Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 16.05.2002 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IJTIMOIY KOʻNIKMA MARKAZLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga etmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarda ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayotga moslashuvini taʼminlash va Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini hamda Ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2002-2003-yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi taʼlim muassasalarining faoliyatini oʻrganib, ularni rivojlantirish boʻyicha ikki oy muddatda asoslangan takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 317-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 27-son, 314-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov va Ichki ishlar vaziri Z. Almatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 16-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-maydagi
162-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini va ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2002-2003-yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎

Masʼullar‎

1.‎ Voyaga etmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni (11 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar va oʻgʻil bolalar kesimida) mintaqalar boʻyicha tahlil qilish‎ 2002-yil iyun‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi‎
2.‎ Voyaga etmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning tahlili asosida ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi taʼlim muassasalarini tashkil etish joylarini, binolarini va taʼminotini aniqlash‎ 2002-yil iyun‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda‎
3.‎ Ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎ 2002-yil iyun‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda‎
4.‎ Yoshlarning ijodiy va tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining muassasalarini aniqlash va tashkil etish boʻyicha takliflar va namunaviy nizom loyihalarini tayyorlash. Quyidagilar jamgʻarmalarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
— sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va yoshlarni yuksak maʼnaviyat, madaniyat, milliy anʼan�larga sadoqat, vatanparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalashda ishtirok etish;
— ‎deviant (belgilangan ijtimoiy axloq normalariga nomuvofiq xulqli) yoshlar va oʻsmirlarning ijtimoiy hayotda moslashib, oʻz oʻrnini topishlarida koʻmaklashish,ularga kasb tanlash va taʼlim olishda yaqindan yordam koʻrsatish, ushbu toifadagi yoshlar va oʻsmirlarda ijobiy dunyoqarash, qadriyatlarni shakllantirish;
‎— tarbiyalanuvchilarga menejment, kichik va oʻrta biznes asoslarini oʻrgatishni tashkil etishda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga moliyaviy yordam koʻrsatish;
‎— mazkur muassasalar bitiruvchilarining kelgusida ijtimoiy muhitga moslashuvi hamda zarur malaka va kasbni egallashlari uchun maxsus oʻquv-ishlab chiqarish kichik korxonalari tarmogʻini rivojlantirish;
‎— yoshlarning tadbirkorlik va ijodiy faolligini maxsus mukofotlar joriy etish va boshqa yoʻllar bilan ragʻbatlantirish‎
2002-yil iyun‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Maʼnaviyat va maʼrifat” Respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
5.‎ Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha hududiy muvofiqlashtirish komissiyalarini tuzish‎ 2002-yil iyun‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Mahalla” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari‎
6.‎ Voyaga etmaganlar va yoshlarning boʻsh vaqtini tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlari bilan band qilish imkoniyatini yaratuvchi sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy guzarlarni barcha mahallalarda barpo etish‎ 2002-2003-yil‎ Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
7.‎ Viloyat markazlari, yirik shaharlar, tuman markazlari va qishloqlarda militsiya tayanch punktlari uchun joy ajratish masalasini hal qilish (viloyat markazlari va yirik shaharlarda 2 ta profilaktika inspektoriga 1 ta militsiya tayanch punkti, qishloq joylarda 1-2 profilaktika inspektoriga 1 ta militsiya tayanch punkti tashkil etish va jihozlash)‎ 2003-yil yanvar‎ Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari‎
8.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining masʼul xodimlari ishtirokida voyaga etmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlarini tashkillashtirish hamda ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan seminar - kengashlar oʻtkazish‎ 2003-yil mobaynida‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, hududiy muvofiqlashtirish komissiyalari‎
9.‎ “Islom dinida maʼnaviyat talqini”, “Din va jamiyat” va “Dinlar tarixi” kabi mavzularda islomshunos va jamiyatshunos olimlar ishtirokida munozaralar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish‎ Muntazam ravishda‎ Mahalliy hokimliklar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi‎
10.‎ Huquqiy taʼlim-tarbiya mavzusida fikr almashish, uchrashuvlar, muloqotlar oʻtkazish‎ Muntazam ravishda‎ Mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Ijtimoiy koʻnikma markazlari‎
11.‎ Har bir mahalla guzarida gazeta-jurnallar bilan savdo qiluvchi shoxobchalar, taksofonlar, kutubxona va maʼrifat xonalari tashkil etish‎ 2002-2003-yillar mobaynida‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
12.‎ Militsiya tayanch punktlari joylashgan mahalla guzarlari hududlarida, imkoniyat doirasida, basseynlar, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, shaxmat-shashka klublari, milliy kurash, karate, dzyudo, boks toʻgaraklari hamda boshqa sport va madaniy-ijodiyot toʻgaraklari tashkil etish‎ 2002-2003-yillar mobaynida‎ Hokimliklar, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎
13.‎ Voyaga etmaganlar va yoshlarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish:
— kasbga yoʻnaltirish ishlarini joylashtirish;
‎— kasb-hunar kollejlarida duradgorlik, naqqoshlik, haydovchilik, tikuvchilik, avtochilangar va boshqa kundalik turmushda zarur hunarlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini ochish;
— vaqtinchalik yoki bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarida muntazam ravishda ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish‎
2002-yil mobaynida‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
14.‎ Mahalla guzarlarida:
— poyabzal tikish va taʼmirlash ustaxonalari;
‎— kiyim bichish, tikish sexlari;
— radioteleapparaturalarni taʼmirlash ustaxonalari;
‎— novvoyxona;
— qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari;
‎— sartaroshxonalar;
‎— soatsozlik ustaxonalari;
‎— milliy hunarmandchilik ustaxonalari;
‎— kompyuter markazlari tashkil etish‎
2002-2003-yillarda‎ Hokimliklar, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎
15.‎ Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish hamda voyaga etmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlarini tashkil etish va ularning boʻsh vaq�ini oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan hududiy muvofiqlashtirish komissiyalariga hisobot berib borish‎ Har yarim yilda‎ Shahar, tuman ichki ishlar idoralari va ij�imoiy koʻnikma markazlari‎
16.‎ Respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tarbiyaviy ishlarni olib borish” mavzusidagi darslarni tashkil qilish‎ 2003-yil 1-yarim yilligida‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
17.‎ 17 yoshga toʻlishi munosabati bilan mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi maktab-internatlar, kasb-hunar maktablaridan qaytganlar va voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari tomonidan yoʻllanganlar, mustaqil daromad manbai boʻlmagan va boquvchisini yoʻqotgan yoshlarga, ichki ishlar idoralari tomonidan tavsiya etilgan shaxslarga ijtimoiy koʻnikma markazlari orqali moddiy va maishiy jihatdan, shuningdek ishga va oʻqishga joylashishda yordam koʻrsatish‎ Muntazam ravishda‎ Ichki ishlar idoralari va ijtimoiy koʻnikma markazlari‎
18.‎ Voyaga etmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport tadbirlarini hamda ularning boʻsh vaqtini uyushgan holda tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish‎ Muntazam ravishda‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari‎