Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.06.2000 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAShQADARYo VILOYATINING QAMAShI TUMANIDA YuZ BERGAN ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 20-aprelda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, tuman aholisini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat komissiyasining Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida zilzila oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasining zilziladan zarar koʻrgan Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar tiklash ishlari olib borilishini va yangi qurilishni amalga oshirishni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi istisno tariqasida 2000-yilda Vazirlar Mahkamasining Kafolatli jamgʻarmasidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga ilovaga muvofiq taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish va yangi qurilish uchun 2,0 mlrd soʻm ajratsin. Ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tiklash ishlari va yangi qurilish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan Qashqadaryo viloyati hokimligi maqsadli foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2001-yilgi Investitsiya dasturida Qashqadaryo viloyati hokimligiga buzib tashlanayotgan va tiklab boʻlmaydigan obyektlar oʻrniga qurilayotgan obyektlar ishga tushirilishini taʼminlash uchun maqsadli markazlashtirilgan sarmoya qoʻyilmalarining tegishli limitlarini ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xoʻjaligi, maʼmuriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish yoʻnalishidagi obyektlarni tiklash va taʼmirlash tadbirlari tegishli vazirliklar, idoralarning mablagʻlari hamda korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdagi tashkilotlar boʻyicha tiklanmaydigan obyektlarni buzish va taʼmirlash ishlari mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar va korxonalarga zilziladan zarar koʻrgan obyektlarda qurilish va tiklash ishlarini mahalliy smetalar boʻyicha loyihalash bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi tomonidan Xalq banki boʻlimlari orqali zilziladan zarar koʻrgan xususiy uy-joylar egalariga 6709,8 ming soʻm miqdorida sugʻurta toʻlovlari berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta-bank”, “Oʻztadbirkorbank” va Xalq banki tomonidan zilziladan zarar koʻrgan xususan uy-joylarning eng muhtoj egalariga kredit berish uchun 17 mln soʻm miqdorida (5—7 foizli yillik stavka bilan) imtiyozli kreditlar ajratish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi 2000-yilda Qamashi tumanida ilovaga muvofiq nazarda tutilgan rekonstruksiya qilish va tiklash, shuningdek foydalanishga topshirish ishlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar, bolalar bogʻchalari, kollejlar, shu jumladan, ilgari foydalanishga topshirilishi 2001-yilga moʻljallangan qurilish kollejining birinchi bosqichi boʻyicha — 2000-yil 1-sentabrgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash obyektlari boʻyicha — 2000-yil 1-noyabrgacha tugallashni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar, idoralar va Qashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har oyning 1 va 16-kunlarida Hukumat komissiyasiga axborot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Qashqadaryo viloyati hokimi Sh.R. Begmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244-son