Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.08.1999 yildagi 403-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 YIL PAXTA HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShNI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta terish mashinalarini, transport traktorlarini, paxta tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillarini, paxta tozalash zavodlari va paxta tayyorlash punktlarini hamda quritish-tozalash sexlarini shu yil 1-sentabrgacha hozirlab qoʻyishni tugallash, shuningdek, xoʻjaliklarni talab qilingan miqdorda fartuklar, yigʻim-terimni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliklarsiz nihoyasiga yetkazish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining eng muhim vazifalari hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 18-martdagi PF-1978-son Farmoniga muvofiq yalpi paxta hosili 1999-yilda 4 mln tonna hajmida belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari va ichki xoʻjalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarori bilan 1999-yil paxta hosilining xarid narxi 1 tonna uchun oʻrtacha 34800 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1999-yil uchun paxta tolasi davlat xaridi uni ishlab chiqarish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolinsin. Belgilansinki, tasdiqlangan davlat xarid hajmidan ortiqcha paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi xoʻjaliklar ixtiyorida qoladi va paxta tayyorlash topshirigʻi bajarilgan taqdirda ular tomonidan shartnoma narxlari boʻyicha sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 248-son qarorini bajarish maqsadida shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari har bir oila (jamoa) va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida hisob-kitob qilinishini, shuningdek, ayrim boʻlinmalar zararlari boshqa boʻlinmalar daromadlari hisobiga qoplanishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Murodov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza bargini toʻkish topshiriqlari agrotexnika talablariga muvofiq bajarilishini va paxta terish mashinalari paxta yigʻim-terimiga 1-ilovaga* muvofiq chiqarilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklarga talab qilingan miqdorlarda defoliantlar yetkazib berishni va gʻoʻza bargini toʻktirishni 1999-yil 20-sentabrdan kechiktirmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktabrgacha tugallagan holda eng qulay muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etsinlar. Gʻoʻza bargini toʻkishni yerda olib borish usuli bilan oʻtkazish uchun texnika vositalari va apparaturalar tayyorlab qoʻyilishiga birinchi darajali ahamiyat bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtani mashinada terishni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlarining tavsiyanomalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirsinlar, dalalarni “Keys” gorizontal shpindelli mashinalar ishlashiga tayyorlashga alohida eʼtibor bersinlar, har bir ana shunday mashina uchun kamida 180 gektar paxta maydoni ajratilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻsak terish va koʻsak chuvish mashinalarining ahvolini tekshirib chiqsinlar, ularni hozirlab qoʻyishni shu yil 15-sentabrgacha tugallash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta terish mashinalari uchun dvigatellar, uzellar, agregatlar va boshqa materiallarning almashtirish fondlarini tashkil etsinlar, ularning belgilangan joylarga zudlik bilan yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻktirish uchun zarur boʻlgan miqdorda samolyotlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari ortiqcha mehnat resurslarini ushbu viloyatlar xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga safarbar qilishni 2-ilovaga* muvofiq tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi koʻrsatib oʻtilgan terimchilarning belgilangan joygacha olib borilishini va qaytarib olib kelinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi paxta tashish uchun yuk avtomashinalariga boʻlgan talabni mamlakat mintaqalari boʻyicha birgalikda oʻrganib chiqsinlar va ulardan foydalanish uchun tegishli shartnomalarni oldindan rasmiylashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Paxta yigʻim-terimida moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq toʻlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi terimda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali nav paxta uchun — kamida 8 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 9 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali urugʻlik paxta uchun — kamida 10 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 12 soʻm haq toʻlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashina-traktor parklari va xoʻjaliklar mexanik-haydovchilarga ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun — kamida 200 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilgan paxta uchun — 130 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 100 soʻm miqdorida haq toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta terimi uchun hisob-kitob qilishda aniq narxnomalar har bir xoʻjalik boʻyicha mahalliy sharoitlarni va xoʻjaliklarning oʻzlarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjaliklarga, ularda moliyaviy resurslar mavjud boʻlganda, ayrim hollarda paxta yigʻim-terimi tugallanishi davrida mehnatga haq toʻlashning oshib boruvchi koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek, paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati koʻrsatish va tuzatishda band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni, mashina-traktor parklarini, tayyorlov punktlarini, paxta tozalash zavodlarini mehnatga haq toʻlashning idora ichki normativlari boʻyicha naqd pul bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi paxta yigʻim-terimi mavsumida qatnashuvchi paxta terish mashinalari va boshqa texnikalarning uzluksiz ishlashi uchun paxta ekuvchi xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida viloyatlarga sanoat korxonalarini 3-ilovaga* muvofiq biriktirib qoʻysinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) yigʻim-terim ishlarini bajarish, paxtani transportda tashish va ishlov berish uchun xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash sanoati korxonalariga zarur boʻlgan miqdorda yonilgʻi-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzbeksavdo” kompaniyalari, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi qishloq aholisini, ayniqsa, paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa xalq isteʼmoli tovarlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga muntazam ravishda tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosil yigʻim-terimi davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat ustalari va adabiyot namoyandalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403-son