Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.07.1996 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShINI ZAMONAVIY TEXNIKA BILAN TAʼMINLASh YuZASIDAN BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuqori unumli mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1996 — 2000-yillarda quyidagi birinchi navbatdagi vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadigan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini zamonaviy texnika bilan taʼminlash dasturining asosiy yoʻnalishlariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dvigatellar, boshoqli don ekinlari va paxta yetishtirish va ularni yigʻishtirib olish uchun yuqori unumli traktorlar, mashinalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy firmalar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalarni ularning konstruksiyasida ana shunday xorijiy mashinalarning ilgʻor elementlaridan foydalangan holda modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinadigan murakkab texnikani yigʻishni Oʻzbekistonda tugallagan holda ayrim uzellar va yigʻuv birliklari ishlab chiqarilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini zamonaviy texnika bilan taʼminlash dasturini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsinlar, bunda markazlashtirilgan tartibda nazarda tutilgan mablagʻlardan mablagʻ ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ishlab chiqarishni texnika bilan jihozlash va tayyorlashni amalga oshirish haqidagi 1-ilovaga* muvofiq taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon traktor va qishloq hoʻjaligi mashinasozligining ilgʻor yetakchi xorijiy firmalari bilan 2-ilovaga* muvofiq qoʻshma korxonalar tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil budjetida mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobidan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi 2-ilovada koʻrsatilgan xorijiy sheriklar bilan birgalikda qoʻshma korxonalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi va taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin, ularni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi texnika namunalarini sinab koʻrish va ularga baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan texnikadan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va saqlashning samarali shakllarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnikada ishlash uchun mexanizator kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi har yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga ushbu Dasturning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 25-iyul,

263-son