Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.02.1993 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning qadimiy va saxovatli bayrami boʻlgan Navroʻzni 1993-yilda keng nishonlash uchun, shuningdek, milliy urf-odatlar negizida umuminsoniy qadriyatlarni ulugʻlash, xalq ijodkorlik qudratini namoyon etish, Vatanga muhabbat, mehr-shafqat, yurtimizda yashovchi barcha millatlar oʻrtasida doʻstlik, hamjihatlik, osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qoʻmitaga bir haftalik muddatda bayramni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar hokimlarining shaxsiy rahbarligida shunday tashkiliy qoʻmitalar tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika korxonalari, muassasalari, hamda va davlat xoʻjaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlariga oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari va boshqa zarur ashyolar bilan taʼminlash vazifasi yuklatilsin. Ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan sarf-xarajatlar ularning zimmalarida boʻlishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, “Mahalla” va “Navroʻz” xayriya jamgʻarmalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tegishli tashkilotlarga joylarda bayram madaniy tadbirlarini, ommaviy sport musobaqalarini xalq oʻyinlarini keng tashkil etish, turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Navroʻz bayramida respublikadagi barcha milliy madaniyat markazlarining oʻz dasturlari bilan ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navroʻz bayrami tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan qoplanishi koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla”, “Navroʻz”, EKOSAN, Sharof Rashidov nomli jamgʻarmalarning bayram tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlashda koʻmaklashish borasidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi poytaxtda bayram tadbirlarini oʻtkazish munosabati bilan boʻladigan sarf-xarajatlarni Toshkent shahar hokimligi taqdim etgan moliyaviy hujjatlar asosida Toshkent shahar va respublika budjetlari hisobidan teng miqdorda qoplasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika ommaviy axborot vositalari bayram tayyorgarligi va uning oʻtish jarayonini keng yoritsinlar, Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi va “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasining 21-mart kuniga moʻljallangan “Mustaqillik — insonni eʼzozlashdir” shiori ostida telemarafon oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navroʻz bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasiga bayramni tayyorlash va oʻtkazish ishlarida faol ishtirok etgan barcha idoralar, jamoalar hamda fuqarolarni ragʻbatlantirish haqida tavsiyalar tayyorlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutalov A.M‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri —‎ tashkiliy qoʻmita raisi‎
Umurzoqov M.B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Yoqubov D.‎ —‎‎ “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasining raisi —‎‎ tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi‎

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:

Abdullayev Sh. Y.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎‎
Vohidova U.‎ —‎‎ Qizil yarim oy jamiyatining raisi ‎
Jamol Kamol‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi
Joʻrayev X.R.‎ —‎‎ Oʻzdavkinokompaniya raisi‎
Joʻraboyev A.‎ —‎‎ “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri
Fozilbekov A. I.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimi ‎
Orzimatov A. —‎‎ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi‎
Shodimetov Y.Sh.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim boshligʻi, EKOSAN jamgʻarmasining raisi‎
Hakimov Z.A.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi‎
Temurov Sh.‎ —‎‎ “Mahalla” jamgʻarmasining raisi‎
Xayitboyev E.Q.‎ —‎‎ Oʻzteleradioeshittirish kompaniyasi raisi‎
Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Bosh direktori‎
Ubaydullayev Sh.O. —‎‎ “Oʻzbekiston ovozi” gazetasining bosh muharriri Sharof Rashidov nomli jamgʻarmaning masʼul kotibi‎
Rahimov B.‎ —‎‎ Oʻzbekiston urush va mehnat faxriylari kengashining raisi‎
Rahimov E.‎ —‎‎ Aloqa vaziri‎
Almatov 3.‎ —‎‎ Ichki ishlar vaziri‎
Qodirov P.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qoʻmita raisi‎
Xudoyberdiyeva H.‎ —‎‎ “Saodat” jurnalining bosh muharriri‎
Karimov Sh.I.‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
Usmonov M.3.‎ —‎‎ “Oʻzbeksavdo” uyushmasining raisi‎
Volkov G.R.‎ —‎‎ “Oʻzbekbirlashuv” raisi‎
Yusupova I.T.‎ —‎‎ Bolalar jamgʻarmasining raisi‎
Qayumov N.‎ —‎‎ Qishloq xoʻjaligi vaziri‎
Allamurodov B.A‎ —‎‎ Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi‎
Shogʻulomov R Sh‎ —‎‎ Oʻzdavmatbuotqoʻm raisi‎
Roʻziyev S.‎ —‎‎ Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi‎
Yahyoyev Sh.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi‎
Yoqubov O.‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq yozuvchisi‎
Vohidov E.‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq shoiri‎
Oripov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq shoiri‎
Shukrullo‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq shoiri‎
Qoriyeva B. R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi ‎
Yusupova B. A .‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari‎
Saidov N.‎ —‎‎ Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Xalilov A‎ —‎‎ Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Isroilov J.‎ —‎‎ Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Rahmonov R.‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Velinskiy L.‎ —‎‎‎ Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Dadajonova D.‎ —‎‎ Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari
Xudoyqulov A.‎ —‎‎ Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Gʻulomova S ‎ —‎‎ Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Rajabova L .‎ —‎‎ Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Hamidov H.‎ —‎‎ Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Maxmudov M.‎ —‎‎ Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Jumaniyozov M.‎ —‎‎ Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Jalilov Sh.I.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari‎