Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.06.1996 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ABN-AMRO” (NIDERLANDLAR) BANKI KREDITINI JALB ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Oʻzsavdogarbank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining ilovaga muvofiq “ABN-AMRO”“ (Niderlandlar) banki bilan 5 yilgacha muddatga 50 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditni jalb etish yuzasidan shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditning Hukumat kafolati ostida 7,25 yillik foiz stavkasi bilan jalb etilayotgani va “Oʻzsavdogarbank” tomonidan xizmat koʻrsatiladigan korxona va tashkilotlarga kredit berish va soʻmdagi tushumlardan banklararo kreditlarni uzishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi orqali sotilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsavdogarbank” tomonidan kreditni toʻlovlar jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida toʻlash maqsadida soʻmdagi mablagʻlar, keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida EMVga konvertatsiya qilgan holda, maxsus schyotda jamgʻariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsavdogarbank” tomonidan kreditga xizmat koʻrsatish schyotiga toʻlovlar kechikkan taqdirda Moliya vazirligi “Oʻzsavdogarbank”ning korrespondentlik schyotlaridan mablagʻlar koʻchirishni qatʼiy tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzsavdogarbank”:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ABN-AMRO” banki bilan kredit bitimini ishlab chiqish va tuzishni tugallasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun ikki oy muddatda soʻm va valyutada maxsus schyotlar ochsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit bitimi tuzilgandan soʻng bir hafta muddatda kredit boʻyicha Hukumat kafolatini imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-iyundagi 211-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsavdogarbank”ning AVN—AMRO banki kreditiga xizmat koʻrsatish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchov birligi 1996-y. (2-yar. yil) 1997-y.‎ 1998-y.‎ 1999-y.‎ 2000-y.‎ 2001-y.‎
Kredit jalb etish mln AQSH‎ doll. 50.0‎

Yil boshidagi holat:‎

Kredit portfeli hajmi‎
mln soʻm‎ 1850.0‎ 2146.7‎ 2640.4‎ 2879.3‎ 2490.7‎ 2042.2‎
mln AQSH‎ doll. 50.0‎ 56.5‎ 67.7‎ 72.0‎ 60.7‎ 48.6‎

Yil davomidagi oʻzgarishlar:‎

Kreditlar boʻyicha soʻmdagi yillik foiz stavkasi ‎ %‎ 40‎ 30‎ 20‎ 17‎ 15‎ 12‎
Bank kreditlari boʻyicha daromad‎ mln soʻm‎ 370.0‎ 644.0‎ 528.1‎ 489.5‎ 373.6‎ 122.5‎
Asosiy qarzni toʻlash‎‎ mln AQSH‎ doll. 15.0‎ 15.0‎ 20.0‎
AQSH dollaridagi yillik foiz stavkasi ‎ %‎ 7.25‎ 7.25‎ 7.25‎ 7.25‎ 7.25‎ 7.25‎
AQSH dollari hisobidagi ustama foizlar summasi‎ mln AQSH‎ doll. 1.8‎ 3.6‎ 3.6‎ 3.6‎ 2.5‎ 0.7‎
AQSH dollarining soʻmga nisbatan kutilayotgan kursi‎ soʻm/dollar 37.00‎ 38.00‎ 39.00‎ 40.00‎ 41.00‎ 42.00‎
Soʻm hisobidagi asosiy qarzni toʻlash‎ mln soʻm‎ —‎ —‎ —‎ 600.0‎ 615.0‎ 840.0‎
Soʻm hisobidagi foizlarni toʻlash‎‎

mln soʻm‎‎

67.1‎

137.8‎

141.4‎

145.0

104.0‎

30.5‎

Soliq toʻlash‎

—‎

—‎‎

135.3‎

120.6‎

94.3‎

32.2‎

Maʼmuriy va boshqa xarajatlar‎ mln.soʻm‎ 6.3‎ 12.5‎ 12.5‎ 12.5‎ 8.8‎ 5.0‎

Yil oxiridagi holat:‎‎

Asosiy qarz summasi‎ mln AQSH doll.‎ 50.0‎ 50.0‎ 50.0‎ 35.0‎ 20.0 —‎

Kredit portfeli hajmi:‎

mln soʻm‎ 2146.7‎ 2640.4‎ 2879.3‎ 2490.7‎ 2042.2‎ 1257.0‎
mln AQSH‎ doll. 58.0‎ 69.5 73.8‎ 62.3‎ 49.8‎ 29.9‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma: Jalb etilayotgan kreditning 902 mln soʻm (24,4 mln AQSH dollari) hajmidagi qismi banklararo kreditni toʻlashga yoʻnaltiriladi.