Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
Kuchga kirish sanasi
23.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2095]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 22-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 22-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-13-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning (bundan buyon matnda YIT deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq toʻlash fondi qismida yuridik shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular oʻz ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy oʻtgungacha, biroq ularning davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, oʻz ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan YITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITni toʻlaydilar.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 10-yanvardagi 1, 2017-01-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095-5, 17.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 3-son, 45-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. YIT toʻlovchilari YITni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha, biroq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan toʻlovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish predmeti boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. YIT hisoblab chiqarish va toʻlash uchun YITning eng kam miqdorini aniqlash
(II-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. YIT toʻlovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona boʻyicha YITning eng kam miqdorini aniqlaydilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. YITning eng kam miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MRyait =K/n * N, bu yerda:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MRyait — YITning bir oy uchun eng kam miqdori;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qatʼi nazar) soni, biroq korxonada oʻrnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat taʼtillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan taʼtillarga toʻgʻri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasaytirilgan stavkalar boʻyicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilarning ish kunlari (YIT boʻyicha imtiyoz muddati tugagunga qadar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar koʻrsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n — korxonada belgilangan bir oydagi ish kunlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan oʻzgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining oʻrtacha oylik miqdori qoʻllaniladi.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095-4, 31.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 13-son, 126-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. YITning eng kam miqdori har oy hisoblab chiqariladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam boʻlsa, u holda yagona soliq toʻlovi YITning eng kam miqdorining Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qoʻshimcha hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning eng kam miqdoridan koʻp yoki unga teng boʻlsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida toʻlanishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Mikrofirma va kichik korxonalari uchun belgilangan YIT stavkasini hisobot yilida qoʻllagan, biroq hisobot yili yakunlari boʻyicha belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan YIT toʻlovchilari (fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) boʻyicha hisoblab chiqarilgan YIT summasini qoʻshimcha hisoblaydi. Bunda YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qoʻshimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumbelgilangan stavka boʻyicha YITning qoʻshimcha summasi hisobot yili yakuni boʻyicha taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Agar hisobot yilida YITning umumbelgilangan stavkasini qoʻllagan YIT toʻlovchilari hisobot yili yakunlari boʻyicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan YITning stavkasi hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qoʻllaniladi va tegishincha hisobot yil uchun YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qoʻshimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
(71-72-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2095-4, 31.03.2016-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2016-y., 13-son, 126-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. YITning eng kam miqdorini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 23, 2013-8-son qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Maʼlumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun-hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat soliq xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq YITning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qoʻshimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qoʻshimcha hisoblangan YIT summasi toʻlovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (roʻyxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda; 2011-y., 7-8-son, 78-modda; 2014-y., 30-son, 375-modda; 2015-y., 7-son, 88-modda; 2016-y., 13-son, 126-modda; 2017-y., 3-son, 45-modda)