Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013 01.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2084
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 01.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2084
Kuchga kirish sanasi
11.03.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

KREDIT UYuShMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2084]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2426, 14.02.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda) qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 13-maydagi 11/9-sonli “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1586, 2006-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 25-26-son, 243-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda) va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-6-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi — kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli aʼzolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash departamenti — litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish vazifalari yuklatilgan Markaziy bankning tarkibiy tuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kredit uyushmalari uchun ustav fondining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 ming Evro ekvivalentida — Toshkent shahrida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 ming Evro ekvivalentida — boshqa aholi punktlarida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti muassislar tomonidan kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun eʼlon qilingan yevro kursi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ustav fondi mazkur Nizomda kredit uyushmalariga oʻrnatilgan miqdordan kam boʻlgan kredit uyushmalari ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab bir yil davomida ustav fondining miqdoriga qoʻyilgan talablarni bajarishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy valyuta ekvivalentidagi ustav fondining miqdorini aniqlash hisobot oyining oxirgi kuniga Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutalar boʻyicha eʼlon qilingan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan kredit uyushmasining ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi shaxslar kredit uyushmasi aʼzolari boʻla olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa kredit tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxslar va ushbu hududda roʻyxatga olingan norezident yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududlarda joylashgan banklarda hisobvaraqqa ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, agar ularning aksiyadori (ishtirokchisi) offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxs yoki roʻyxatga olingan yuridik shaxslar boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytigacha ustav fondi mablagʻlarini toʻplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi kredit uyushmasining vakolatli vakili arizasi asosida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Pay badallari kredit uyushmasi aʼzolari tomonidan ustav fondini shakllantirish uchun kredit uyushmasi nomiga tijorat bankida ochilgan vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻiga shaxsan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bankka kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻliq hujjatlar toʻplami taqdim etilgandan soʻng va kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olgunga qadar, banklarda ochilgan vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻiga qoʻshimcha pul mablagʻlarini qoʻyish yoki jamgʻarilgan pul mablagʻlarini qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollarda vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻidagi mablagʻlar muassislarga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etishdan avval kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji Markaziy bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan holda toʻlangan davlat boji Markaziy bank tomonidan uch kun ichida muassislarga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaziy bank tomonidan kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish yoki rad etish oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassislar kredit uyushmasi manfaatlarini va Markaziy bankning davlat roʻyxatidan oʻtkazishga hamda litsenziya berishga doir talablarini bajarishga vakolatli shaxsni tayinlaydilar. Mazkur shaxsning vakolatlari muassislar umumiy yigʻilishining bayoni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli shaxs muassislar umumiy yigʻilishi tomonidan kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng oʻttiz kundan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning hududiy boshqarmasiga uch nusxada quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muassislar umumiy yigʻilishining kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kredit uyushmasining ustavi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq kredit uyushmasi faoliyatining biznes-rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuridik shaxslar — muassislarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) kredit uyushmasining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kredit uyushmasida axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida quyidagilar mavjud boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanish uchun modem aloqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi binosi va bank telekommunikatsiya tarmogʻining jihozlari oʻrnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatlangan elektr taʼminoti (220 V);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa texnik vositalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasi binosi va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasi binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining oʻzaro ishlashi va almashinuvini taʼminlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish boʻyicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy taʼminot bilan taʼminlanganligi boʻyicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-may 14/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2084-1, 25.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 214-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yigʻmajild shaklida tikilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan hujjatlar hududiy boshqarmaga taqdim etilgan boʻlsa, hududiy boshqarma uch kun muddat ichida hujjatlar toʻplamini mazkur Nizom talablariga muvofiq toʻliqligini oʻrganib chiqadi, shundan keyin ushbu hujjatlar toʻplamini kredit uyushmasi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash — yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha xulosa bilan birga Markaziy bankka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakolatli shaxs yoki tegishli hududiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa, qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, litsenziyalash departamenti komissiyaga kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi masalani kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda kredit uyushmasiga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq litsenziya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida kredit uyushmasi oʻz faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bank uch nusxada quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yuridik yigʻmajildlarni rasmiylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar umumiy yigʻilishining kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi ustavi (ustki qismiga Markaziy bank vakolatli mansabdor shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qoʻyilgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasini roʻyxatga olish kartasi (mazkur Nizomga 3-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Uch nusxada tayyorlangan yuridik yigʻmajildlar Markaziy bank tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning asl nusxasini oʻz ichiga olgan bir nusxasi kredit uyushmasining kengashi raisiga imzo qoʻydirilgan holda kredit uyushmasiga topshiriladi. Kredit uyushmasiga topshirilgan yuridik yigʻmajild yuridik hujjatlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus joyda saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nusxasi Markaziy bankda qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nusxasi kredit uyushmasi joylashgan manzili boʻyicha Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaziy bank quyidagi sabablarga koʻra kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, shuningdek biznes-reja asosli boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlmish bir yoki bir necha muassislarning moliyaviy ahvoli qoniqarsiz boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taqdim etilgan biznes-reja quyidagi hollarda asosli deb hisoblanmaydi, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes-reja istiqbolini belgilashda ishlatilgan maʼlumotlar noreal taxminlarga asoslangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi faoliyatini rivojlantirish strategiyasi va asosiy yoʻnalishlari toʻliq yoritib berilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy istiqbollar (taxminiy buxgalteriya balansi, yangi aʼzolarni jalb qilish rejasi, depozit mablagʻlarini shakllantirish rejasi) buzib tuzilgan hamda kredit uyushmasi faoliyatining moʻljallangan strategiyasiga mos kelmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya talabgori kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng hujjatlarni qaytadan koʻrish uchun Markaziy bankka taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokidagi kredit uyushmasini tashkil etishga qoʻshimcha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar ulushlari) norezident jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida boʻlgan rezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan yoki tashkil etilgan kredit uyushmasiga aʼzo boʻlish faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kredit uyushmasini tashkil etishda norezident yuridik shaxslar qatnashsa, mazkur Nizomning 16-bandida keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) norezident yuridik shaxs vakolatli organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kredit uyushmasiga aʼzo boʻlishi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan norezident yuridik shaxsning oxirgi uch yillik moliyaviy hisoboti (kamida uch yil faoliyat koʻrsatgan boʻlishi shart);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar norezident yuridik shaxsning mamlakati qonunlari talab qilsa, u joylashgan mamlakat nazorat organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kredit uyushmasiga aʼzosi boʻlishga roziligini tasdiqlovchi hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) norezident yuridik shaxsning toʻlovga layoqatliligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) norezident yuridik shaxsning muassislari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis-yuridik shaxslar uchun — firma nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi, muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis-jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili), muassisning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kredit uyushmasini tashkil etishda norezident jismoniy shaxs qatnashsa, mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda oxirgi ikki yil uchun soliq deklaratsiyasi ham ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizomning 29 va 30-bandlarida qayd etilgan hujjatlar norezident yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki norezident jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasida, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, norezident yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki norezident jismoniy shaxs yashayotgan davlatning Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda legallashtiriladi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Norezidentlarning arizasini koʻrib chiqish va ularning moliyaviy ahvolini baholashda, Markaziy bank norezidentlar mamlakatining nazorat organi maʼlumoti va fikr-mulohazalariga tayanadi. Zarurat boʻlganda, Markaziy bank oʻz mezonlari va fikr-mulohazalarini qoʻllash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Norezidentlar ishtirokidagi kredit uyushmasini tashkil etishga berilgan arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy iqtisodiyotga yoki raqobat muhitiga salbiy taʼsir oʻtkazish xavfi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezident mamlakatining nazorat qiluvchi organlari tomonidan rad etish tavsiya qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning ustav fondida jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlarning mavjud boʻlishi yoxud ularning aksiyadorlari (ishtirokchilari) tarkibida offshor hududlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs yoki offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxs mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hududlarda joylashgan banklarda hisobvaraqqa ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisi offshor hududda doimiy yashovchi jismoniy shaxs yoki ushbu hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentning moliyaviy holati qoniqarsiz boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Kredit uyushmasi nomiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kredit uyushmasining firma nomida “kredit uyushmasi” soʻz birikmasi ifodalanishi va firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Kredit uyushmasi aʼzolik sertifikati shakli va uni berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kredit uyushmasi davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng kredit uyushmasini tashkil etish uchun pay badallarini toʻlagan aʼzolarga kredit uyushmasiga aʼzo boʻlganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi. Sertifikat shaxsning kredit uyushmasiga aʼzo ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sertifikat kredit uyushmasi ijro etuvchi organi tomonidan imzolanadi va uning imzosi kredit uyushmasi muhri bilan tasdiqlanadi. Kredit uyushmasi aʼzosi tomonidan kiritilgan pay badali miqdori sertifikatning ilovasida aks ettiriladi va u sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sertifikatning ilovasi bosh buxgalter imzosi hamda kredit uyushmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kredit uyushmasining aʼzosi — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganida, berilgan sertifikat bekor qilinadi va kredit uyushmasiga aʼzo boʻlgan sanasi koʻrsatilgan holda yangi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi oʻzgartirishlar bundan mustasno) Markaziy bankda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kredit uyushmasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida Markaziy bankka quyidagi hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi kengashi raisi imzosi bilan ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi Kengashi raisi tomonidan imzolangan kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Kredit uyushmasining nomi va joylashgan yerini (pochta manzilini) oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida Markaziy bankka bu haqda xabar berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa, qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, litsenziyalash departamenti komissiyaga kredit uyushmasining ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalani kiritadi, aks holda hujjatlar toʻplami sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Komissiya tomonidan kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng, kredit uyushmasi ustavi ustki qismiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadigan kredit uyushmasining yuridik yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Taqdim etilgan hujjatlarning qolgan nusxalari komissiyaning oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qilingan majlis bayonnomasidan koʻchirma bilan birga Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasiga va kredit uyushmasiga ularda saqlanadigan yuridik yigʻmajildga tikib qoʻyish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Markaziy bankda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Kredit uyushmasi filialini tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Filial kredit uyushmasining u joylashgan yerdan tashqarida tashkil etiladigan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida boʻlinmasidir. Kredit uyushmasi filiali Markaziy bankda roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Filial nomlanishi “filial” soʻzi koʻrsatilgan holda uni tashkil etgan kredit uyushmasi nomi bilan mos kelishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan kredit uyushmasi filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kredit uyushmasi filiali Markaziy bankning oldindan roziligi olingandan soʻng, qonun hujjatlariga muvofiq kredit uyushmasi kengashi qaroriga binoan tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Filial oʻz faoliyatini kredit uyushmasi kengashi tasdiqlagan filial toʻgʻrisidagi nizom va kredit uyushmasiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kredit uyushmasi filial tashkil etish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoniqarli moliyaviy holatga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va Markaziy bankning talablariga javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olingan kundan boshlab kamida ikki yildan ziyod oʻz faoliyatini amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Kredit uyushmasi quyidagi hollarda qoniqarli moliyaviy holatga ega deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yil natijalariga koʻra sof foydaga ega boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtgan kreditlarning summasi oxirgi bir yil davomida kredit uyushmasi kredit portfelining 5% dan kam miqdorini tashkil etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasining jami kapitalidan ustav fondi va tekinga olingan mulklar chegirilgandan soʻng, qolgan kapitali oxirgi bir yil davomida kredit uyushmasi aktivlarining kamida 10 % ni tashkil etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Kredit uyushmasi filialini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza;

filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi kengashining qarori;

kredit uyushmasi filiali toʻgʻrisida nizom;

filial rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filial kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash — yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa, qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, litsenziyalash departamenti komissiyaga kredit uyushmasining filialini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani kiritadi. Agar taqdim etilgan hujjatlar toʻplami ushbu Nizom va qonun hujjatlari talablariga zid boʻlsa, hujjatlar toʻplami sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi. Hujjatlar qaytadan taqdim etilganda, filial toʻgʻrisidagi nizom kredit uyushmasi kengashi tomonidan qaytadan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Kredit uyushmasi filialini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda keyinchalik notoʻgʻri yoki haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan holda hamda filialning faoliyati natijasida kredit uyushmasining moliyaviy holati ogʻirlashganda Markaziy bank kredit uyushmasidan mazkur filialni tugatishni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Kredit uyushmasi filiali roʻyxatga olingandan soʻng Markaziy bank quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yigʻma jildni rasmiylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi kengashining qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi filiali toʻgʻrisida nizom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning kredit uyushmasi filialini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi filialini roʻyxatga olish kartasi (mazkur Nizomga 5-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Kredit uyushmasining filiali joylashgan manzili boʻyicha qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda bankda hisobvaragʻini ochadi va qonun hujjatlariga hamda kredit uyushmasining filiali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq operatsiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-6-son, 142-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Litsenziyaning asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, kredit uyushmasi bir haftalik muddatda bu haqda Markaziy bankka yozma ravishda axborot beradi va uni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning yoʻqolganligi sababi koʻrsatilgan hamda litsenziya dublikati berilishini soʻrab, litsenziyani saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topilmalar byurosi tomonidan litsenziyaning yoʻqotilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari manbalarida yoʻqotilgan litsenziyani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida berilgan eʼlon nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Markaziy bank bir oy muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va kredit uyushmasi tomonidan koʻrilgan tadbirlarni mazkur Nizomning 57-bandiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgan taqdirda litsenziyani yoʻqotgan kredit uyushmasiga uning dublikatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Agar litsenziya dublikati olingandan soʻng avval yoʻqotilgan litsenziya topilsa, kredit uyushmasi besh ish kuni ichida litsenziyaning asl nusxasini bekor qilish uchun Markaziy bankka topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ushbu Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda) rioya etilgan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Biznes-rejani ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy maʼlumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasining firma nomini va manzilini koʻrsatib oʻting.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kredit uyushmasining faoliyati tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasining asosiy faoliyat yoʻnalishini koʻrsating.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasining moʻljallangan xizmatlar roʻyxatini va ularni amalga oshirish rejasini koʻrsating. Moʻljallangan xizmatlarni qisqacha tavsifi hamda ularni omonatlar, kreditlar va boshqa xizmatlar boʻyicha tasnifini taqdim eting.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlarni amalga oshirish rejasini taqdim eting. Moʻljallangan xizmatlarni joriy etish strategiyasini tavsiflab bering. Kredit uyushmasi aʼzolariga xizmatlar koʻrsatishga doir mavjud usullarini koʻrsating (ommaviy axborot vositalarida reklamalar joylashtirish, ilmiy seminarlar va yigʻilishlar oʻtkazish yoʻli bilan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Rahbariyat va boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmasining muassislari rahbarlari va kengash aʼzolari, ijro etuvchi organi haqida maʼlumot keltiring:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasining barcha muassislari va kengash aʼzolarining nomlari va manzillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasining ijro etuvchi organi aʼzolarini hamda bosh buxgalter nomlari va manzillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakil shaxsning ismi-sharifi va manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari, ijro etuvchi organ, kredit qoʻmitasi va taftish komissiyasining tashkiliy tarkibi va majburiyatlarini tavsiflab bering.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bozor tahlili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatilishi moʻljallanayotgan bozorni tahlil qiling. Sizning tashkilotingiz xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan bozorni iqtisodiy jihatdan tavsiflab bering. Bozorda kutilayotgan oʻzgarishlarni, bunday oʻzgarishlarga taʼsir etuvchi omillarni va ularning tuzilayotgan kredit uyushmasiga taʼsirini tavsiflab bering. Tahlil oxirgi iqtisodiy maʼlumotlardan foydalanishga asoslangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzda tutilayotgan xizmat koʻrsatish bozoridagi raqobatni tahlil qilib chiqing. Siz xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan bozor segmenti (boʻgʻimi)dagi raqobatchilarni, mazkur bozorga taʼsir oʻtkaza oladigan tashqi raqobatchilarni, shuningdek, boshqa potensial raqobatni sanab oʻting. Ularning bozor strategiyasi tahlili hamda oʻzingizning oʻzlashtirishingizni va tuzilayotgan kredit uyushmasiga kutilayotgan taʼsirini tavsiflab bering.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Maqsad va rejalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor tahlilida, yangi kredit uyushmasini maqsad va prognozlarni oʻrnatilishida foydalanilgan asosiy prognoz taxminlarini tushuntiring va taqdim eting. Eng kamida quyidagi maʼlumotlarni kiriting:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor oʻsishi, foiz stavkalari, resurslar qiymati, raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktiv va majburiyatlar tarkibi. Moliyaviy prognoz hisobotlar aktiv va majburiyatlar tarkibini, asosiy vositalarga boʻlgan investitsiyalarni hamda xodimga berilgan kompensatsiya (toʻlov)larni koʻrsatishlari lozim. Ular bozor tahlili va strategiyalarda aks ettirilgan taxminlarga asoslanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Kapitalizatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlab olingan strategiya va rejalashtirilgan xarajatlarga, tashqi sharoitga koʻproq muvofiq keluvchi, taxmin qilinayotgan kapital tarkibini taqdim eting.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapitalning oʻsish rejasini va birinchi uch yilda moliyaviy oʻsish faoliyatini tasvirlab bering.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Kredit uyushmasini tuzishga manfaatdor boʻlgan shaxslar guruhlarini oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir potensial kredit uyushmasi mahalliy aholining kredit uyushmasi faoliyatiga boʻlgan qiziqishlarini, shuningdek, kredit uyushmasining potensial aʼzolarini aniqlash maqsadida tadqiqotlar oʻtkazadi. Tadqiqotlar natijalari taxminiy boʻlib, yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda kredit uyushmasining potensial homiylarini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎Kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun

‎______-sonli litsenziya

‎‎‎200__ y. “___” ________

‎Toshkent sh.‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 20___ yil “____” ___________dagi _______-sonli qaroriga muvofiq
‎__________________________________________________________________

‎(Kredit uyushmasining toʻliq nomi)

____________________________________________________ kredit uyushmasi

(pochta manzili va boshqa rekvizitlar)‎

‎‎
‎Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
‎Ushbu litsenziya belgilanmagan muddat davomida amal qiladi.
‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu litsenziya amal qilishini toʻxtatib turishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda uni bekor qilishi mumkin.

‎Kredit uyushmasi 20____ yil “____” ___________ da ______-raqam ostida kredit uyushmalarini roʻyxatga olish Davlat kitobiga kiritildi.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining oʻrinbosari
‎‎_________________________________ ________________‎ ________________‎

‎‎(ismi, sharifi)

(M.Oʻ.)‎

(imzo)‎

Seriya AA № 000000‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Kredit uyushmani roʻyxatga olish kartasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushma nomi‎
Joylashgan yeri (pochta manzili)‎
Kredit uyushma Kengashi raisi‎
Kredit uyushma ijro etuvchi organi rahbari‎
Telefon raqami
Litsenziya berilgan sana‎
Litsenziya raqami‎
Ustav fondi miqdori‎
Kredit uyushma aʼzolari soni:
‎Shulardan,
‎Jismoniy shaxslar —
‎Yuridik shaxslar —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Kredit uyushmasiga aʼzolik toʻgʻrisida

‎‎__ - sonli SERTIFIKATI

‎‎№ _____________________

(aʼzo tartib raqami)‎

‎20___ y “___” ________.‎

‎_______________ shahri‎

‎Ushbu sertifikat‎
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(kredit uyushmasining toʻliq nomi)

‎__________________________________________________________________

‎(pochta manzili va boshqa rekvizitlar)

‎‎quyidagilarni tasdiqlash uchun berildi ________________________________

‎‎(F.I.Sh,

___________________________________________________________________

‎‎ manzil, jismoniy shaxslar uchun pasport maʼlumotlari yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎yuqorida koʻrsatilgan kredit uyushmasining aʼzosi deb‎
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(kredit uyushmasiga aʼzo boʻlgan sana)

hisoblanadi.‎

‎‎
‎Imzo: _____________________________________

‎(kredit uyushmasi rahbari)

Muhr

‎Seriya _____ №________‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Kredit uyushmasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi ____ – sonli sertifikatga ilova

‎‎‎PAY BADALI MIQDORI

Pay badali miqdorini kiritgan (oʻzgartirgan) sana‎

Pay badali qoldigʻi‎

Aʼzo imzosi

Bosh buxgalter imzosi (muhr)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kredit uyushmasi filialini roʻyxatga olish
KARTASI

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filialining toʻliq nomi)‎

Kredit uyushmasi nomi________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filialining pochta manzili)‎

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filiali rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filiali Bosh buxgalterining familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filialining roʻyxatga olish raqami)‎

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filialining telefon raqamlari)‎

____________________________________________________________________‎

(Kredit uyushmasi filialiga talab qilib olguncha depozit hisob raqami ochiladigan bank nomi)

‎20____yil “____” ________________‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda; 2011-y., 20-21-son, 214-modda)