Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2019 17.02.2010 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HARBIY AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda respublikada harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishga doir muayyan ishlar amalga oshirildi. Harbiy akademik litseylarda oʻqitish tizimi belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiqlashtirildi, zamonaviy talablarga javob beradigan va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini taʼminlaydigan zarur infratuzilma yaratildi, har bir litseyda oʻqitishning oʻziga xosligi hisobga olingan holda oʻquvchilarni tanlov boʻyicha tanlab olish tizimi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida funksiyalar va masʼuliyat yoʻnalishlarini aniq ajratish, bitiruvchilarning keyingi oʻqishi va ishga joylashishini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litsey toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar oʻquvchilarining kiyim-bosh formasi namunalari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq inventar bilan taʼminlash normalari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar oʻquvchilari ovqatlanishining sutkalik normasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablar bajarilishining amaldagi monitoringi tizimini, harbiy akademik litseylarga tezkor munosabat bildirish hamda zarur huquqiy, metodik va texnik yordam koʻrsatish tartibini oʻz ichiga oladigan harbiy akademik litseylar faoliyati samarali boshqarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarni Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida namunaviy taʼlim muassasalari darajasigacha yetkazgan holda ularni rivojlantirish va takomillashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda harbiy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun test sinovlari topshirishda ular toʻplagan jami ballarga ballarning toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdorining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 277-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda harbiy akademik litseylarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirmagan bitiruvchilarini ish bilan taʼminlasin, shu jumladan bunda zaxiraga qoʻyiladigan (kvotalangan) ish oʻrinlaridan foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2010-yil 1-martgacha Harbiy akademik litseylarga oʻquvchilar qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi har yili harbiy akademik litseylarning ofitser va serjantlar tarkiblari harbiy xizmatchilarini ushbu maqsadlar uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida taʼminotning barcha turlari, shu jumladan pul taʼminoti bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-oktabrdagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 59-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litsey toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom harbiy-kasbiy yoʻnalishdagi akademik litsey (keyingi oʻrinlarda harbiy akademik litsey deb yuritiladi) maqomini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom, shuningdek, oʻquvchilarni qabul qilish maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, tartibini, harbiy akademik litseylar rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Harbiy akademik litsey davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Harbiy akademik litseyda oʻquv-tarbiya jarayoni oʻquvchilarni harbiy-kasbiy yoʻnaltirishni hamda ularning keyinchalik oliy harbiy va oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini nazarda tutadigan Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi harbiy akademik litseyga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyatini moliyalashtiradi, uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Harbiy akademik litsey yuridik shaxs hisoblanadi hamda bank muassasalarida hisob-kitob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, oʻz nomi yozilgan belgilangan namunadagi muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Harbiy akademik litseyning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan kasbiy, tabaqalashtirilgan, kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, ularning intellektual rivojlanishini, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini taʼminlash harbiy akademik litsey faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar harbiy akademik litseyning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik gʻoyalariga, oʻz xalqining maʼnaviy va tarixiy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalangan yoshlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarga qonunchilikni toʻgʻri tushunishni va ularga ongli rioya qilishni taʼminlaydigan yuksak madaniyatni, koʻnikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsey ixtisosiga muvofiq oʻquvchilarning tegishli mutaxassisliklar boʻyicha oliy, shu jumladan oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli boʻlgan chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda jismoniy chidamlilik, kuch, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Harbiy akademik litseyda oʻquv jarayoni Davlat taʼlim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq, Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Harbiy akademik litseyda oʻqish davlat va rus tillarida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻquv rejasi, oʻquv jarayoni jadvali, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqib, harbiy akademik litseyning oʻziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻqitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishning turli zamonaviy shakllari va usullaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻqitish, mehnat, dam olish va turli tadbirlarni qoʻshib olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini taʼminlaydigan kun tartibi oʻquvchilarning harbiy akademik litseyda kecha-kunduz boʻlishini hisobga olgan holda tuziladi va Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Harbiy akademik litseyning mansabdor shaxslari va oʻquvchilarining vazifalari va funksional majburiyatlari harbiy akademik litseyning ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻqish tamom boʻlgandan keyin har bir kursda reyting nazorati va attestatsiya natijalari boʻyicha harbiy akademik litsey oʻquvchilarini navbatdagi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarning kursdan kursga oʻtishi harbiy akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muntazam ravishda fanlarni oʻzlashtirmaslik, oʻqishni xohlamaslik, ichki tartibni qoʻpol ravishda va bir necha marta buzish, kasallikka chalingan holatlarida yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan oʻquvchilar tarkibidan chiqarish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Harbiy akademik litseyga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va oʻzlashtirish daftarchasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy akademik litsey ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy akademik litseyda oʻqish muddati uch yildan iborat boʻladi. Harbiy akademik litsey oʻquvchilarining soni koʻpi bilan 450 kishini tashkil qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Harbiy akademik litseyning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq oʻqitish kurslari boʻyicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi. Bunda vzvodlardagi oʻquvchilar soni 150 kishidan, akademik guruhlardagi oʻquvchilar soni esa — 30 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Harbiy akademik litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni beriladi. Harbiy akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi koʻkrak nishoni koʻkrakning (kitel, kostyumning) oʻng tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Rahbar va pedagog kadrlar, harbiy akademik litseyni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Rahbar va pedagog kadrlar tarkibidagi lavozimlarni, shuningdek kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar safini toʻldirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar harbiy akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ish jarayonida vakolatli organlar tomonidan harbiy akademik litseyning oʻqituvchilar tarkibi attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Taʼlim muassasasining rahbariyati qonun hujjatlarida belgilangan oʻquvchilarning oʻqish, mehnat va dam olish sharoitlariga rioya etilishi yuzasidan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Harbiy akademik litseyga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Direktor harbiy akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, harbiy akademik litseyning oʻquv-metodik va moliya-xoʻjalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi. Direktor belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida shtatlar jadvalini, pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini tasdiqlaydi, xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy akademik litsey boʻyicha buyruqlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Harbiy akademik litsey direktorining harbiy-jismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari, oʻquv vzvodlari va akademik guruhlar komandirlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri bilan kelishilgan holda ofitsyerlar va serjantlar tarkibidagi muayyan tajribaga ega boʻlgan, oʻquvchilarda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻulari, yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlar va faol hayotiy pozitsiya shakllantirilishini taʼminlashga qodir boʻlgan, yuqori malakali harbiy xizmatchilar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Harbiy akademik litseylar direktorlarining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda harbiy akademik litsey direktori tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Harbiy akademik litseyda taʼlim muassasasi direktori huzurida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan Pedagogik kengash tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari harbiy akademik litsey ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Harbiy akademik litseyning direktori va direktor oʻrinbosarlari, shuningdek boshqa mansabdor shaxslari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakti)da va harbiy akademik litsey ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarining bajarilishi yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Davlat organlarining harbiy akademik litseylarni boshqarish boʻyicha vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq harbiy akademik litseylarning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid oliy taʼlim muassasalari bazasida va malaka oshirish muassasalarida oʻqituvchilar malakasini oshirishni hamda harbiy xizmatchilar malakasini psixologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga hamda oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr etishni hamda harbiy akademik litseylarni ular bilan taʼminlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarni aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish va oliy oʻquv yurtiga kirishgacha tayyorlash, harbiy akademik litseydagi oʻqitish yoʻnalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar boʻyicha kasbiy mahorat va koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish, birkitilgan oliy taʼlim muassasalarining harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oliy harbiy va oliy taʼlim muassasalariga sifatli tayyorlashdagi roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarning oʻquv-moddiy bazasini oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarning maʼmuriy, moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik taʼminotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-ashyoviy mulkni xarid qilish yuzasidan tender (tanlov) savdolari oʻtkazish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan yetkazib beruvchilardan, ushbu maqsad uchun budjet parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida, harbiy akademik litseylar oʻquvchilari uchun belgilangan normalar boʻyicha kiyim-bosh va poyabzal komplektlarini markazlashtirilgan tartibda sotib olishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yakuniy attestatsiyasini tashkil etish va harbiy akademik litseylar bitiruvchilariga diplomlar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga va oʻquv jarayoniga joriy etishda zarur yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturiga muvofiq harbiy akademik litseylarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlashda belgilangan tartibda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar oʻquvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablari bazalarida taktik, oʻq otish, maxsus tayyorgarlik boʻyicha (shu jumladan dala sharoitlarida ham) amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini kasbga samarali yoʻnaltirishni taʼminlash maqsadida ularning Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga, serjantlar tayyorlash maktablariga, harbiy qismlar va muassasalarga borishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylarda harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitser va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni oziq-ovqatlar va kiyim-boshlarning barcha turlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litsey direktorining boʻsh lavozimiga nomzodlar tanlashda belgilangan tartibda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy akademik litseylar harbiy xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarining malaka oshirish fakultetlarida va Metodik markazida malaka oshirishini tashkil etish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmasiga binoan, harbiy ashyoviy mulkni xarid qilish yuzasidan tender (tanlov) savdolari oʻtkazishda harbiy akademik litseylar oʻquvchilari uchun kiyim-bosh va poyabzal komplektlariga boʻlgan ehtiyojni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqishga qabul qilish komissiyalari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasini oʻtkazish komissiyalari ishida qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy harbiy va oliy taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga va oʻquv jarayoniga joriy etishda zarur ilmiy-metodik yordam koʻrsatadilar, shuningdek oʻquvchi yoshlarni oliy oʻquv yurtiga kirishdan oldin kasbga yoʻnaltirishni, sifatli tanlashni va pedagog kadrlar malakasini oshirishning samarali tashkil etilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari koʻrsatib oʻtilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Harbiy akademik litsey faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va taʼlim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Moliyaviy mablagʻlar harbiy akademik litsey tasarrufida boʻladi hamda ulardan qonun hujjatlariga va harbiy akademik litseyning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Harbiy akademik litseyning moddiy vositalari, binolari, inshootlari va anjomlari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi balansida, harbiy akademik litseyning foydalanishida boʻladi va ulardan belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Harbiy akademik litseyning oʻquv-laboratoriyalarini, kabinetlarini va boshqa obyektlarini jihozlash Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi jarayonini moddiy-texnik taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Harbiy akademik litsey oʻquvchilari qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq bepul turar joy, oziq-ovqat va kiyim- bosh bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Harbiy akademik litseylarning rahbarlar tarkibiga, oʻqituvchilari va boshqa xodimlariga akademik litseyning tegishli lavozimi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Harbiy akademik litseyning ofitser va serjantlar tarkiblari harbiy xizmatchilarining pul taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan xizmatni oʻtash tartibini, taʼminoti boʻyicha imtiyozlar va normalarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Harbiy akademik litsey belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy akademik litseyda xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 51-modda, 44-45-son, 383-modda; 2012-y., 28-son, 315-modda, 39-son, 452-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 28-son, 667-modda)