Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.03.1999 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMXALQ BAYRAMI 9 MAY — XOTIRA VA QADRLASh KUNINI OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi PF-2243-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kunini oʻtkazish boʻyicha respublika Tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita oʻn kun muddatda ushbu sanani umumxalq bayrami sifatida yuksak maʼnaviy-axloqiy saviyada oʻtkazish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqsin va ularning bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— joylarda umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kunini yuksak saviyada oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan hamda Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan barcha vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— bugun ham saflarimizda turib Vatan obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan barcha kishilarga munosib izzat-ikrom koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— faxriylarga, Vatanimiz mustaqilligi va shaʼnini himoya qilganlarning barchasiga moddiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va uni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1941 — 1945-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya qilishdagi ulkan xizmatlari uchun ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilarini mukofotlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarga respublika budjetidan mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarini bayram arafasida toʻlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga 1999-yildan boshlab har yili umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida Fanlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda joylardagi muzeylar, kutubxonalar va madaniyat saroylarida Vatanimiz mustaqilligi va shaʼnini himoya qilgan kishilar hayotini yorqin aks ettiruvchi maxsus koʻrgazmalar, yoshlar bilan uchrashuvlar, maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazishni tashkil etish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar hamda idoralar oʻquv dasturlariga xotira va qadrlash darslarining kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzteleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kuni tadbirlarini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-martdagi 119-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kunini oʻtkazish boʻyicha respublika Tashkiliy qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H.S. ‎‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi
Joʻrayev N.Q. ‎‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) ‎
Toʻlaganov K.N. ‎‎ —‎ Toshkent shahar hokimi ‎
Joʻrayev X.R. ‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri ‎
Joʻrayev T.J. ‎ —‎ Fanlar akademiyasi prezidenti ‎
Boliyev A. —‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori ‎
Obidov O. —‎ Ijtimoiy taʼminot vaziri ‎
Yoʻldoshev J.Gʻ. —‎ Xalq taʼlimi vaziri
Gʻulomov S.S. ‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri ‎
Aminov N. ‎ —‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari ‎
Boqiboyev E. ‎ —‎ “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi ‎
Zokirov M.O. ‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri
Abdullayev Sh.Y. ‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Abdullayev Q. ‎ —‎ Mudofaa vazirining oʻrinbosari ‎
Abduraimov H. ‎ —‎ “Kamolot” jamgʻarmasi raisi ‎
Jalilov Sh.I. ‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasi raisi ‎
Parpiyev B.R. ‎ —‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari ‎
Koʻchimov A. ‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi ‎
Sobirov F. ‎ —‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi‎
Shogʻulomov R.Sh. ‎ —‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika tashkiliy qoʻmitasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga shu vazifaga tayinlangan shaxslar kiritiladi.