Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 10.12.2009 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida samarali davlat nazoratini oʻrnatish, ular noqonuniy aylanishining oldini olish, pirotexnika vositalari namoyish qilinadigan madaniy-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtincha taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, barcha pirotexnika vositalari olib qoʻyilishi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda pirotexnika vositalarini saqlash va yoʻq qilish joylarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bozorlar, savdo komplekslari va korxonalarining rahbarlari oʻz hududlarida pirotexnika vositalari savdosi va saqlanishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha shaxsan javob berishi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda pirotexnika vositalari aylanishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalashni joriy etishga doir takliflar kiritsinlar, litsenziya talabgorlariga va litsenziatlarga qoʻyiladigan aniq litsenziya talablari va shartlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda pirotexnika vositalarini ishlab chiqish, sertifikatlash, sotish va ulardan foydalanishda majburiy boʻlgan xavfsizlikning umumiy talablarini belgilaydigan davlat standartini tasdiqlasin, shuningdek ularni xavflilik darajasi boʻyicha tasniflasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda pirotexnika vositalarini tashish, saqlash va ularni utillashtirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borishga doir chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi holatlarini yoritsinlar, shuningdek ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar tashkil etilishi va ijro etilishi uchun javobgarlik Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 537-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)