21.05.2009 yildagi PQ-1115-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbanki ishtirokida “Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi korxonalar, obyektlar va aholini elektr bilan taʼminlashning ishonchliligini oshirish, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga taqdim etilayotgan mablagʻlardan foydalangan holda investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tanlov asosida tanlab olingan “Xian Electric Engineer Co. Ltd” kompaniyasi bilan birga “Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish (VL 220 kVga bogʻlamalari bilan “Keles” 220 kV PS, 110 kV kabel liniyasi bilan PP 110 kV “Navoiy” va PS 110 kV “Sayilgoh”)” loyihasini amalga oshirish doirasida 27 742,0 ming AQSH dollari qiymatidagi elektr uskunalari va materiallar yetkazib berish boʻyicha kontrakt imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, cheklangan qiymati 59 166,94 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish” loyihasini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 32 812,04 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Oʻzbekenergo” DAKning oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga taqdim etilgan, “Oʻzsanoatqurilishbank” AK orqali qayta moliyalashtiriladigan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foizlik marjasi bilan yillik foiz stavkasi 2 foiz boʻlgan 26 354,9 ming AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” DAK XXR Eksimbankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijrochi organ va qarz oluvchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlarni soʻndirish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo” DAKning valyuta mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uskunalarning yakuniy qiymati “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan konsalting kompaniya tomonidan ularni yuklab joʻnatish vaqtida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni 2009-yil dekabr oyida foydalanishga topshirgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbanki kreditini soʻndirish, loyiha boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” AK XXR Eksimbanki bilan qarz shartnomasini va “Oʻzbekenergo” DAK bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Oʻzsanoatqurilishbank” AKning XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz shartnomasida nazarda tutilgan shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kafolati boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekenergo” DAK va “Oʻzsanoatqurilishbank” AK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda XXR Eksimbanki qarz mablagʻlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi mablagʻlarni jamlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyihani amalga oshirish davrida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur loyiha doirasida XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlar asosida “Oʻzbekenergo” DAK tomonidan olib kiriladigan uskunalar va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur loyiha doirasida “Oʻzbekenergo” DAK va uning korxonalari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha qiymat soligʻi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAKning buyurtmanomalariga asosan ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1115-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish” (VL 220 kVga bogʻlamalari bilan “Keles” 220 kV PS, 110 kV kabel liniyasi bilan PP 110 kV “Navoiy” va PS 110 kV “Sayilgoh”) loyihasi TIAsining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Jami

shu jumladan:

“Oʻzbekenergo” DAKning oʻz mablagʻlari hisobidan

XXR Eksimbanki hisobidan

1.

Loyihaning cheklangan qiymati*

ming AQSH dollari

59 166,94

32 812,04

26 354,9

2.

Kapital qoʻyilmalarning cheklangan miqdori, jami

ming AQSH dollari

52 372,79

26 017,89

26 354,9

shu jumladan:

2.1.

mashinalar va uskunalar, EKVda

ming AQSH dollari

23 344,00

1 387,10

21 956,9

2.2.

qurilish-montaj ishlari

ming AQSH dollari ekvivalentida

27 171,17

22 773,17

4398,0

2.3.

investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar

ming AQSH dollari ekvivalentida

1 051,67

1 051,67

2.4.

buyurtmachining boshqa xarajatlari, milliy valyutada

ming AQSH dollari ekvivalentida

805,96

805,96

2.5.

Mavjud asosiy fondlarning qiymati

ming AQSH dollari ekvivalentida

6 794,14

6 794,14

3.

Ishga tushiriladigan quvvat

200 MVA (220/110/10 kV) quvvatga ega ikkita avtotransformator, 63 MVA (110/35/10 kV) quvvatga ega ikkita avtotransformator

4.

Band boʻlgan kishilarning taxminiy soni, nafar

44

5.

Loyiha xarajatlarining diskontlanmagan qoplanish muddati

9,4 yil

6.

Investitsiya davrining davomiyligi

16 oy

7.

Barpo etilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati

59 166,94 ming AQSH dollari (ekv.)

8.

Qarz mablagʻlarini soʻndirish muddati

20 yil

shu jumladan imtiyozli davr

5 yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihani amalga oshirishga jalb qilinayotgan mavjud asosiy fondlarning qiymati bilan birga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbanki kreditini soʻndirish, loyiha boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Uskunalarning qiymati

27 742,00

ming AQSH dollari

Avans toʻlovlar 5 foiz

1 387,10

ming AQSH dollari

Qarz summasi

26 354,90

ming AQSH dollari

Qarzni soʻndirish muddati

20

yil

Imtiyozli davr

5

yil

Kreditni soʻndirish muddati

15

yil

Foiz stavkasi

yillik 2,0 foiz

Majburiyat uchun komissiya

qarzning olinmagan summasidan 0,3 foiz

Boshqaruv va agentlik uchun komissiya

qarz summasidan 0,3 foiz

Bank marjasi

0,2 foiz

Yarim yillik toʻlovlar soni

30

ming AQSH dollari

Toʻlov sanasi

Asosiy qarzni toʻlash

Foizlarni toʻlash**

Bank marjasi

Majburiyat uchun komissiya**

Boshqaruv uchun komissiya

Jami toʻlanadigan summa

2009-yil 31-may***

0

105,42

10,84

23,75

79,07

218,75

2009-yil 30-noyabr

0

184,48

18,46

11,86

214,79

2010-yil 31-may

0

263,55

26,36

289,90

2010-yil 30-noyabr

0

263,55

26,36

289,90

2011-yil 31-may

0

263,55

26,36

289,90

2011-yil 30-noyabr

0

263,55

26,36

289,90

2012-yil 31-may

0

263,55

26,36

289,90

2012-yil 30-noyabr

0

263,55

26,36

289,90

2013-yil 31-may

0

263,55

26,36

289,90

2013-yil 30-noyabr

0

263,55

26,36

289,90

2014-yil 31-may

878,50

263,55

26,36

1168,40

2014-yil 30-noyabr

878,50

254,76

25,48

1158,74

2015-yil 31-may

878,50

245,98

24,60

1149,07

2015-yil 30-noyabr

878,50

237,19

23,72

1139,41

2016-yil 31-may

878,50

228,41

22,84

1129,75

2016-yil 30-noyabr

878,50

219,62

21,96

1120,08

2017-yil 31-may

878,50

210,84

21,08

1110,42

2017-yil 30-noyabr

878,50

202,05

20,21

1100,76

2018-yil 31-may

878,50

193,27

19,33

1091,09

2018-yil 30-noyabr

878,50

184,48

18,45

1081,43

2019-yil 31-may

878,50

175,70

17,57

1071,77

2019-yil 30-noyabr

878,50

166,91

16,69

1062,10

2020-yil 31-may

878,50

158,13

15,81

1052,44

2020-yil 30-noyabr

878,50

149,34

14,93

1042,78

2021-yil 31-may

878,50

140,56

14,06

1033,11

2021-yil 30-noyabr

878,50

131,77

13,18

1023,45

2022-yil 31-may

878,50

122,99

12,30

1013,79

2022-yil 30-noyabr

878,50

114,20

11,42

1004,12

2023-yil 31-may

878,50

105,42

10,54

994,46

2023-yil 30-noyabr

878,50

96,63

9,66

984,79

2024-yil 31-may

878,50

87,85

8,79

975,13

2024-yil 30-noyabr

878,50

79,06

7,91

965,47

2025-yil 31-may

878,50

70,28

7,03

955,80

2025-yil 30-noyabr

878,50

61,49

6,15

946,14

2026-yil 31-may

878,50

52,71

5,27

936,48

2026-yil 30-noyabr

878,50

43,92

4,39

926,81

2027-yil 31-may

878,50

35,14

3,51

917,15

2027-yil 30-noyabr

878,50

26,35

2,64

907,49

2028-yil 31-may

878,50

17,57

1,76

897,82

2028-yil 30-noyabr

878,40

8,78

0,88

888,16

26 354,90

6 482,31

648,33

35,58

79,07

33 601,18

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* asosiy qarzning ilk toʻlov sanasi qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** foizlar va komissiya toʻlovlarini toʻlash summasi qarzni haqiqatda oʻzlashtirish, yetkazib berish (olish) va qarz shartnomasining kuchga kirish sanalariga qarab aniqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** qarzni olish sanalari prognoz xarakteriga ega boʻlib, qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.