Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 02.06.2008 yildagi PQ-883-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008 — 2012 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOLALAR SUV SPORTINI RIVOJLANTIRIShNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportning suv turlari bilan shugʻullanishga yanada ommaviy jalb etish, suzish havzalari tarmogʻini kengaytirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, foydalanish-texnik holatini zamonaviy standartlarga hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008 — 2012-yillarda suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash Dasturi, shuningdek, 2008-yilda suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash manzilli dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning ular tomonidan 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2008-yil uchun nazarda tutilgan loyihalarni, suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun 3-ilovaga* muvofiq qoʻshimcha homiylik yordamini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlashning tasdiqlangan parametrlari belgilangan muddatlarda samarali va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda suzish havzalarining aniq soni hamda roʻyxatini ularni rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarni, zarur uskuna va anjomlar bilan jihozlashni moliyalashtirish hajmlarini belgilagan holda koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan barcha manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan kelishilgan holda xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va eng yaxshi xorijiy andoza hamda xalqaro standartlarga mos keladigan suzish havzalarining uchta namunaviy loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash ishlarini olib borish boʻyicha buyurtmachi vazifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlari zimmasiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlashning asosiy mezoni ularning foydalanish-texnik holatini zamonaviy standartlarga va foydalanish xavfsizligi talablariga mos holga keltirish hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qarorga muvofiq pudrat qurilish ishlari faqat budjet tashkilotlari balansida boʻlgan havzalarda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2008-yil uchun nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 15-iyungacha boʻlgan muddatda — suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha ishlarini va davlat ekspertizasi oʻtkazilishini yakunlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda — ijtimoiy soha obyektlarini qurish boʻyicha ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari orasida suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash ishlari ijrochilarini saralab olish boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini nihoyasiga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan soʻng oʻn kun muddatda — tanlov savdolari gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuzish va obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash uchun moliyalashni ochish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovada* koʻrsatilgan parametrlarga qatʼiy rioya qilgan holda, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan suzish havzalarini bir toifadagi qayta tiklash ishlaridan boshqa toifaga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalanish manbaidan qatʼi nazar, namunaviy loyihalar qoʻllanilmasdan va tasdiqlangan qurilish normalari hamda standartlariga, shuningdek, foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash qatʼiyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli dasturga kiritilgan suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha hujjatlari va ishlarning sifati ustidan arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash Dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan pudratchi tashkilotlar tomonidan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar bajarilishining qatʼiy monitoringini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-883-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 6-son, 329-modda)