Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.05.2009 yildagi PQ-1113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 YILGI BOShOQLI DON EKINLARI HOSILIDAN BOʻShAGAN YERLARNI ShUDGORLAShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan boʻshaydigan yerlar oʻz vaqtida va sifatli shudgor qilinishini taʼminlash, kelgusi yil hosili uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2009-yilgi boshoqli don ekinlari hosili oʻrib-yigʻib olingandan keyin oʻtkaziladigan shudgorlash ishlarining ilovaga* muvofiq hajmlari va muddatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishilgan taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi rahbarlari shudgorlash ishlarining oʻz vaqtida tashkil etilishi va sifatli oʻtkazilishi, hisobotning buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshoqli don ekinlari oʻrib-yigʻib olingandan keyin shudgorlash ishlari mazkur Qarorning ilovasiga qatʼiy muvofiq belgilangan hajmlar va muddatlarda oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin. Aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan qattiq javobgarlik choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2009-yilgi boshoqli don ekinlari hosili yigʻishtirib olingandan keyin shudgorlash ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar hamda idoralar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda zarur resurslar bilan taʼminlanganlikni hamda yer fondidan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda tumanlar va xoʻjaliklar boʻyicha shudgorlash ishlarini oʻtkazish jadvallarini tuzsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shudgorlash ishlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan maydonlarda poxol yigʻishtirib olinishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, shartnoma asosida boshqa korxonalar hamda tashkilotlarning haydov agregatlarini jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydov agregatlarining ikki smenada ishlashini va ulardan otryadlar tashkil etish usuli bilan samarali foydalanishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida ehtiyot qismlar yetkazib berishni, shuningdek koʻchma taʼmirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni shudgorlashning sifat koʻrsatkichlariga erishishni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan birgalikda poxolni yoqishdan kelib chiqadigan zarar va noxush oqibatlarni keng tushuntirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlash ishlarida qatnashuvchi mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjalik korxonalariga dizel yonilgʻisi qiymatining 60 foizi oldindan toʻlangandan keyin ularga yonilgʻi-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1113-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 5-son, 197-modda)