Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.2009 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI SEYSMOLOGIYA INSTITUTINING SEYSMOLOGIYA STANSIYALARI MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfdan himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining eng muhim hayot taʼminoti tizimlari va kommunikatsiyalarida tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmik stansiyalari kompleksining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2009-2010-yillarda seysmik xavf monitoringi tizimini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik stansiyalar kompleksini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallangan obyektlarni tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga qatʼiy muvofiq qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq tender asosida seysmik stansiyalarni qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy ilmiy-texnik asbob-uskunalar sotib olish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi belgilangan tartibda loyiha va tender hujjatlari ishlab chiqilishini, ular ekspertizadan oʻtkazilishini hamda Davlat dasturiga kiritilgan seysmik stansiyalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Davlat dasturiga kiritilgan obyektlarni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek tender savdolari natijalari boʻyicha ilmiy-texnik asbob-uskunalar sotib olish uchun mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010-yilgi Davlat budjeti va Investitsiya dasturini shakllantirishda, zaruriyat boʻlganda, Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Davlat dasturi amalga oshirilishini tugallash uchun budjet mablagʻlari va kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat dasturini amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablagʻlar maqsadli va asosli sarflanishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mintaqalarda yangi seysmik stansiyalar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini va texnik shartlar berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti buyurtmanomalari boʻyicha seysmik stansiyalarni, tegishli ravishda, uzluksiz elektr taʼminoti va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kirish uchun zarur aloqa kanallari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Qosimov va N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191-son