Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 21.05.2009 yildagi PQ-1114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEZ TIBBIY YORDAM KOʻRSATISh TIZIMI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga gʻoyat katta mablagʻlar yoʻnaltirilayotganiga qaramasdan, zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanishda jiddiy kamchiliklar mavjud, ixtisoslashtirilgan tibbiyot avtotransporti parki yetarlicha tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filiallari tomonidan ixtisoslashtirilgan avtotransportdan nooqilona va maqsadga nomuvofiq tarzda foydalanish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda, garaj xoʻjaligi va transportga texnik xizmat koʻrsatish tizimlari sust tashkil etilgan, sogʻliqni saqlash boshqarmasi hududiy organlari tomonidan nazorat-taftish ishlari past darajada olib borilmoqda, ayrim hollarda esa batamom xoʻjasizlikka yoʻl qoʻyilmoqdaki, bunga mutlaqo toqat qilib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida ayniqsa noxush holat yuzaga kelgan boʻlib, mazkur viloyatlardagi tez tibbiy yordam koʻrsatish avtomobil parki deyarli toʻliq eskirib ketgan va oʻz resursini tugatib boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud ixtisoslashtirilgan avtotransport parkidan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash yuzasidan joylardagi sogʻliqni saqlash tizimi hamda davlat hokimiyati organlari rahbarlarining javobgarligini tubdan oshirish, shuningdek tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga sogʻliqni saqlash hududiy boshqarmalari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning joylardagi filiallari faoliyati vazirlik tomonidan yetarlicha nazorat qilinmayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, birinchi navbatda uning hududiy filiallari kadrlar tarkibini mustahkamlash borasida qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 07/18/3494/0624-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash muassasalarining mansabdor shaxslari va haydovchilari tomonidan avtomobillarning chiqish-kirishini hisobga olish tizimiga rioya etilishi, shuningdek ularning ixtisoslashtirilgan avtotransportdan maqsadli foydalanishni taʼminlashlari ustidan doimiy ravishda qattiq nazoratni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tibbiyot avtotransportidan maqsadga nomuvofiq foydalanilishining har bir aniqlangan faktini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallari rahbarlari tomonidan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish deb hisoblasin. Bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni qonun hujjatlariga muvofiq holda koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tez tibbiy yordam tizimi avtogaraj xoʻjaligiga va uning moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlanganligiga nisbatan talablarni, shuningdek ixtisoslashtirilgan avtotransportning uzluksiz ishlashi uchun yoqilgʻi-moylash materiallari hamda ehtiyot qismlar sarfi normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda avtoxoʻjaliklarni yiriklashtirishni, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, taʼmirlash ustaxonalari bilan taʼminlashni va ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda garaj xoʻjaligini boshqarish va undan foydalanishni toʻliq qayta tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan avtotransportga xizmat koʻrsatuvchi muhandis-texnik va taʼmirlovchi xodimlar malakasini oshirish chora-tadbirlari muntazam asosda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy moliya organlari va sogʻliqni saqlash organlari rahbarlari zimmasiga ixtisoslashtirilgan avtotransportning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sarf normalariga muvofiq, zarur ehtiyot qismlar hamda yoqilgʻi-moylash materiallarining oʻz vaqtida xarid qilinishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning viloyat filiallariga Koreya Respublikasi hukumatining grant mablagʻlari hisobiga keltirilgan 110 ta tez yordam avtomobillarini 2-ilovaga* muvofiq foydalanishga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi avtoparkida mavjud boʻlgan sanitariya avtotransportini 3-ilovaga* muvofiq tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam xizmatlariga topshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tez hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini sanitar avtotransporti bilan jihozlash uchun Koreya Respublikasi hukumatining grantidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 5-noyabrdagi PQ–724-son qarorining ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 250-modda; 2017-y., 11-son, 152-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 07/18/3494/0624-son)