27.04.2009 yildagi PQ-1106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOSHKENT SHAHRIDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilgʻor taʼlim standartlari darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor xoʻjalik birlashmalari hamda korxonalari tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) qabul qilingan taʼlim dasturlariga hamda oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga muvofiq avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xoʻjalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Universitetning asosiy vazifasi hisoblansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) bilan tuziladigan servis va litsenziya bitimlari asosida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda, barcha darajalardagi mutaxassislar, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi, shuningdek, kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish va Universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari asosida kadrlar tayyorlash uchun ruxsat berilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) hamda boshqa ilgʻor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishuvga asosan tashkil etilgan taʼlim dasturlarida belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabalarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), boshqa ilgʻor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Universitetning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga Universitetning Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) hamda boshqa ilgʻor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishuvga asosan tashkil etilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlaridan foydalanishga asoslangan holda, oʻquv-uslubiy rahbarlikni va oʻquv jarayonini amalga oshirishni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnika adabiyotlari bilan toʻldirishga, oʻquv-laboratoriya bazasi hamda zamonaviy axborot markazini tashkil etishga koʻmaklashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbekistonlik yosh va istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini, shu jumladan chet elda oshirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushadigan mablagʻlar, shu jumladan manfaatdor tashkilotlar tomonidan talabalar bilan tuzilgan kontraktlar asosida beriladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet Vasiylik kengashi qarorlari asosida jalb qilinadigan boshqa mablagʻlar, shuningdek homiylar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barcha turdagi soliqlardan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublikamizga Universitetni rekonstruksiya qilish, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar, kompyuter va tashkiliy texnika, adabiyot, multimediya mahsulotlari, qurilish materiallari, jihozlar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 5 yil muddatga ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning chet ellik professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga, ularning oila aʼzolariga, davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarni jalb qilish uchun Universitetga, uni davlat boji toʻlashdan ozod etgan holda belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi manzildagi tutash hududga ega binolar kompleksida joylashtirilsin: Toshkent shahri, Niyozov koʻchasi (Kichik halqa yoʻli), 17-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda yuqorida koʻrsatilgan tutash hududga ega binolar kompleksini “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga, 2009/2010 oʻquv yili boshlangunga qadar binolar kompleksini kompaniya tomonidan rekonstruksiya qilish va Universitetni zarur mebellar, jihozlar, oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan zamonaviy talablarga muvofiq jihozlashni taʼminlash sharti bilan berishni nazarda tutadigan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

U.U. Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

N.M. Xanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

A.P. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.R. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

Sh.F. Yusupov

“Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi oʻrinbosari

M. Kiaya Bernardino

Turin politexnika universiteti prorektori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

U.U. Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

A.P. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

N.E. Maksumov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

X.A. Muxitdinov

Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

B.M. Teshaboyev

“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruv raisi

A.F. Izbosarov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

Sh.F. Yusupov

“Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi oʻrinbosari

Q.S. Sanaqulov

Navoiy KMK bosh direktori

A.K. Farmanov

“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktori

A.S. Nurutdinov

“Oʻzmetkombinat” AIB bosh direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vasiylik kengashi tarkibiga Vasiylik kengashi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari, xorijiy davlatlar va chet el kompaniyalari vakillari kiritilishi mumkin
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 222-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)