Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 08.04.2009 yildagi PQ-1092-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 YILDA MAHSULOT EKSPORTINI RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek jahon narxlari konyunkturasi jadal oʻzgarayotgan sharoitlarda mahsulotlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksport qilishga ruxsatnomalarni tezkorlik bilan berish mexanizmini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasiga (Sh.M. Mirziyoyev) mazkur qaror bilan belgilangan tartibda, 2009-yilda respublika korxonalariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilinadigan tovarlarga jahon narxlarining amalda yuzaga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda, tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda erkin ayirboshlanadigan valyutaga eksport qilish uchun ruxsatnomalar berish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eksport qilinadigan tovarlarga jahon narxlarining amalda yuzaga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda 2009-yilda tovarlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksport qilish uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2009-yilda oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo kompaniyalari (birlashmalari), shuningdek “Oʻzinterimpeks” DATK, “Oʻzmarkazimpeks” DATK, “Oʻzsanoatmashimpeks” DAK, “Markazsanoateksport” DATK orqali tannarxidan pastroq narxda erkin ayirboshlanadigan valyutaga eksport qiladigan korxonalar uchun soliqqa tortish maqsadlarida sotishdan olinadigan tushum eksport qilinadigan tovarlarni sotishning amaldagi narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda korxonalar 2009-yilda tovarlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksportga sotishning, shuningdek olingan tushumni soliqqa tortishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibiga qatʼiy rioya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1092-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 182-modda)