18.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1923
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 18.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1923
Kuchga kirish sanasi
28.03.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUQUMLI KASALLIKKA CHALINGAN HAYVONLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda 1923-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8/B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 17-fevraldagi 8/B-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolatli davlat idoralari, korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Odam va hayvonlar uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brutsellyoz — brutsella mikrobi qoʻzgʻatadigan infeksion kasallik hisoblanib, sigir, qoʻy, choʻchqa uchun xarakterli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalarda brutsellyoz kasalligining oldini olish maqsadida maxsus dastur asosida emlash, davriy tibbiy koʻrik, dispanserizatsiya va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Kasal hayvon organizmidan brutsellalar tashqi muhitga sut, siydik, jinsiy aʼzolardan keladigan suyuqliklar orqali yaylov, suv ichish manbalari, hovli, ferma, ogʻilxonadagi toʻshaklarga va kasal hayvonning terisi hamda junlariga tushadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuydirgi — oʻta ogʻir oʻtuvchi infeksion kasallik boʻlib, qoramol, qoʻy, bugʻu, tuya, ot, choʻchqa va boshqa hayvonlarda uchraydi. Bu kasallik kuydirgi tayoqchalari tomonidan chaqiriladi. Kasallikning oldini olishda odam va hayvonlarni vaqtida emlash asosiy usul hisoblanadi. Kasal hayvonlar izolyatsiya qilinadi. Oʻlgan hayvonlar jasadi kuydiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
leptospiroz — leptospira mikrobi qoʻzgʻatadigan infeksion kasallik boʻlib, odam va hayvonlarda uchraydi. Leptospiroz bilan yirik va mayda shoxli mollar, choʻchqa, ot va boshqa hayvonlar kasallanadi. Meditsina va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish, emlash va kemiruvchilarni oʻz vaqtida yoʻqotish tadbirlari kasallikning oldini olishda asosiy tadbirlar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqsil (ovsil) — virusli kasallik boʻlib, odamlarga, qoramol, tuya, ot, bugʻu, echki, qoʻy, choʻchqa va itlardan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasallikning oldini olish uchun avvalo veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkaziladi. Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalarda kasal hayvon aniqlansa, karantin eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salmonellyoz — salmonella virusi qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik boʻlib, goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilgandan soʻng oshqozon ichak faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga, tozalikka rioya qilish va oshxona anjomlari (goʻsht chopish taxtasi, pichoq, bolta va boshqalar)ni toza saqlash lozim. Soʻyilgan hayvon yoki parranda goʻshtini veterinariya vrachi ruxsatisiz isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuberkullyoz — uzoq vaqt davom etadigan infeksion kasallik hisoblanadi. Tuberkullyoz bilan yirik shoxli mollar, mayda shoxli mollar, parrandalar va choʻchqalar kasallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha ishchi xodimlar reja asosida tekshiruvlardan oʻtadi va shu bilan birga rengenoflyurografiya va immunobiologik reaksiyaga tekshirilib turishlari shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tulyaremiya — kemiruvchilar kasalligi boʻlib, kalamush, andatra, quyon, sugʻur va uy sichqonlarida uchraydi. Kasallik mikrobi kasal hayvonning siydigi va axlati orqali suvni, tuproqni, oʻtni va donlarni zaharlaydi. Agar tulyaremiya bilan kasallangan kemiruvchi aniqlansa, oʻsha tumanda joylashgan barcha fuqarolar emlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tenioz — invazion kasallik hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida choʻchqa solityorining mavjud boʻlishi natijasida kelib chiqadigan kasallik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teniarinxoz — invazion kasalligi. Odam ingichka ichagida koʻp yillar davomida yashaydi. U tashqi muhitga odam organizmidan urugʻlarga toʻlib keyin fekaliy bilan birgalikda chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
exinokokkoz va alveokokkoz — kasallikni odamlarda parazitar gelmintlar qoʻzgʻaydi. Exinokokkoz paraziti mayda sharsimon boʻlib, it, boʻri, tulki, shimol tulkisi va boshqa hayvonlarning ichagida yashaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutirish — oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, boʻri, tulki, daydi itlar va pashshalar kasallik manbai hisoblanadi. Bu kasallikka yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, tuya, choʻchqa, mushuk va odamlar taʼsirchan hisoblanadi. Viruslar kasal hayvon soʻlagida joylashgan boʻlib, u tishlagan vaqtida boshqa organizmga yuqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Umumiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonalarning rahbarlari va barcha xodimlari, shu jumladan yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir korxonada oʻta xavfli sharoitlarda bajariladigan ishlar roʻyxati boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Barcha ishchilar oʻta xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin bunday ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻta xavfli ishlar bilan shugʻullanish belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korxona rahbari oʻta xavfli kasalliklarning oldini olishni tashkil etish va ishlarni xavfsiz oʻtkazishda belgilangan tartibga amal qilish uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilinganlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarurat boʻlganda sinovdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xodimlar salomatligini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ish beruvchi muntazam ravishda ishchi-xodimlarning boshlangʻich davrdagi umumiy va kasb kasalliklarini aniqlash maqsadida ularning sogʻligʻini nazorat qilib borishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan ishchi-xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Ishchi-xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§ Ishchilarning jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish uchun, ularni tegishli standartlar talablariga mos keluvchi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan bepul taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim boʻlgan ishchilar, ularning qoʻllanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) meʼyoriy hujjatlar boʻyicha ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan shaxsiy himoya vositalarining miqdori va nomenklaturasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratning olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qoʻllanilayotgan shaxsiy himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishini (bir marta qoʻllaniladigan shaxsiy himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Barcha xodimlarga berilgan shaxsiy himoya vositalari ishdan soʻng olinib maxsus shkafda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy himoya vositalari bilan belgilangan hududlaridan tashqarida yurishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Barcha shaxsiy himoya vositalari veterinar tomonidan tavsiya etilgan dezinfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Himoya kiyimi ish vaqtida toʻla tugmalanishi, yeng manjetlari va barmoqlari qoʻl himoya vositasi bilan berkitilgan holda boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishchilarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, roʻmol va hokazo ) bilan berkitilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Chorvachilikda xavfli va zararli omillar va ulardan himoyalanish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxonada hayvonlarga qarash, kasallikning oldini olish va davolash paytlari inson organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillar roʻyxati boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Chorvachilik fermalari va komplekslarida insonlar va hayvonlar chalinadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hayvonlarga xizmat koʻrsatishda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agressiv hayvonlar saqlanadigan ogʻilxona yoki bokslar tepasiga ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi shart. Bu belgi sariq rangli yozuv bilan yozilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bogʻlanmay saqlanadigan hayvonlarga xizmat koʻrsatish jarayonida ularning harakatini cheklab qoʻyadigan asbob va uskunalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hayvondan odamga antropozoonos kasalliklarining yuqish usullari turli xil boʻladi. Ayrim kasalliklar hayvonlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarida yuqishi mumkin. Boshqa holatlarda esa, hayvondan olinadigan mahsulotlar, sut, sut mahsulotlari, jun, goʻsht, teri orqali va parrandalar hamda odam va hayvonga hujum qiladigan qon soʻruvchi hasharotlar tomonidan ham bu kasalliklar yuqtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Ishchi-xodimlarning ishlab-chiqarish jarayoniga qatnashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishga qabul qilingan ishchi-xodimlar ish joyida ishni boshlashdan oldin mehnatni muhofaza qilish yoʻl-yoʻrigʻidan oʻtishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Dam olish va mehnat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va ogʻirlik darajasini ham inobatga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat boʻlishi kerak. Gigiyena talablari, shaxsiy zaruriyatlar va dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning ogʻir va yengilligi, jismoniy va psixologik ish turlariga qarab har xil kasblar uchun mehnat va dam olish vaqtlari bilan belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishni korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan guruh olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarni parvarishlash ishlariga profilaktik emlangan, shaxsiy xavfsizlik qoidalari bilan ishlash tartibini biladigan shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Korxona rahbari kasallik aniqlangan taqdirda, darhol veterinariya va meditsina xodimlariga xabar berishi hamda kasal hayvonni izolyatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Izolyatsiya qilingan hayvonlar saqlanadigan joyga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslar kirishi taqiqlanadi. Har bir xonaga kirish yoʻlida dezatoʻshamalar qoʻyilib, dezatoʻshamalar yashiksimon holatda ichiga qirindi bilan toʻldiriladi va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan toʻyintiriladi .
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Dezatoʻshama holatini baholash, ularni tashkil qilish, toʻshamalarni almashtirish, ularga dezinfeksiyalovchi moddalarni quyish veterinariya xodimlariga yuklatiladi va korxonaga kirish-chiqish, poyabzallarni tekshirish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kasallik mavjud boʻlgan korxonalarda ovqatlanish, suv ichish va chekish taqiqlanadi. Ichimlik suvi ishchi xodimlar uchun maxsus bochkalarda qaynatilgan holda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Xoʻjaliklarda yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvonlarni sutini sogʻish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§ Veterinariya-sanitariya chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Veterinariya-sanitariya ishlari olib borilayotgan vaqtda begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Dori vositalarini saqlash, tashish va ishlashda mehnatni muhofaza qilish qonunchilik hujjatlardan foydalaniladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Transport vositalari va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish yuqori bosim ostida (25 — 35 atmosfera) olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Transport vositalarini va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish alohida kameralarda oʻtkaziladi. Chiqindilar oqova suvlari tizimi orqali qoʻl mehnatisiz chiqarib yuborilishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yuvish, dezinfeksiya qilish, transportlarni degazatsiya qilish xonalariga ventilyatsiya oʻrnatiladi va har 10 — 15 daqiqada shamollatiladi. Kirish eshigi tepasiga “Kirish man etiladi” va “Xona tozalangan” deb yozilgan chiroqli peshlavhalar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Hayvonlarni rektal tekshirish ishlari maxsus stanoklarda fiksatsiya qilingan holda amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklari mavjud boʻlgan nosogʻlom xoʻjaliklarda akusherlik qoʻlqopisiz rektal tekshirish oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Oʻlgan hayvon tanasini yorish maxsus (prozektoriy, seksiya zali) joylarda va hayvonlar qabristonida amalga oshiriladi. Oʻlgan hayvon tanasini boʻlaklaganda qon va boshqa suyuqliklarni atrofga sachratish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Oʻlgan hayvonlar tanasi maxsus jihozlangan bort va tagidan suyuqlik oʻtmaydigan transportlarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Oʻlgan hayvonlar tanasini yorish xonalarida devor va pol suv oʻtkazmaydigan, yaxshi yuviladigan, yengil dezinfeksiyalanuvchi jihozlar va qoʻshimcha ventilyatsiya, yuvinish xonasi, patmaterial saqlanadigan xonalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshik va kirish yoʻlaklari oʻlgan hayvonlar tanasini kirgizish uchun qulay boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Kuydirgi kasalligidan oʻlgan hayvonlar tanasini yorishdan oldin uning qonidan surtma tayyorlanib, mikroskopda tekshiriladi. Kuydirgi kasalligidan oʻlgan hayvon tanasi xavfsizlik choralari koʻrilgan holda kuydiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuydirilgan hayvon tanasini biotermik xandaklarga yoki hayvonlar qabristoniga 2 metr chuqurlikda koʻmish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Korxona rahbarining zimmasiga biometrik uskunalarning sozligi va obyektning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish javobgarligi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Oʻlgan hayvonlar tanasini yorish xonasi, asbob-uskunalar va maxsus ish kiyimlari tozalanib, zararsizlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Dezinfeksiya va emlash ishlari aerozol generatori bilan bajarilayotganda yongʻinga qarshi birlamchi va shaxsiy himoya vositasi boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Dezinfeksiyalovchi uskunalarni ishlatish vaqtida ochiq havoda, shamol tegadigan tomonga oʻrnatilib, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlatishda eritmalarning toʻkilishi, oqishi yoki boshqa zaharli moddalarning sochilishi hamda eritmalarni solish va chiqarishda nosoz monometrlarda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Dezinfeksiyalovchi dori vositalarini ishlatishdan oldin ularning hujjatlari, qayd qilish guvohnomasi va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligiga toʻliq ishonch hosil qilish shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlar maxsus ajratilgan binolar va xonalarda saqlanishi, eshik va derazalar temir panjara bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlar seyf yoki temir shkaflarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning hisob-kitobi maxsus jurnallarda qayd qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi moddalar bilan ishlashga veterinariya yoki farmatsevtika sohasida oliy, oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Hayvonlarni davolash ishlari oʻtkaziladigan xonalar asbob-uskunalar va preparatlar saqlanadigan shkaflar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mazkur Qoidalarga rioya qilmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 5-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 5-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 5-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 136-modda; 2010-y., 40-41-son, 349-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)