Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 17.03.2009 yildagi PQ-1073-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KRIZISGA QARShI DASTURGA KIRITILGAN QOʻShIMChA INFRATUZILMA OBYEKTLARI BOʻYIChA LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha infratuzilma obyektlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu asosda iqtisodiyotning tezkor rivojlanishini hamda respublika mintaqalarining tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, shuningdek yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, aholining daromadlari hamda turmush darajasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-yilda qoʻshimcha infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi maʼqullansin. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Krizisga qarshi dasturga kiritilgan, 2009-yilda ishga tushiriladigan qoʻshimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari roʻyxati 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yilda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan infratuzilma obyektlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalarning buyurtmachilari — vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2009-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga kiritilgan loyihalar boʻyicha belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi va ekspertizasi yakunlanishini, tanlov savdolari oʻtkazilishi va moliyalashning ochilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qoʻshimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ishga tushirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlarining hududiy dasturlarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va korxonalar rahbarlari zimmasiga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan qoʻshimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda qurish hamda ishga tushirishni taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga binoan 4-ilovada* koʻrsatilgan telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiyalash hamda rivojlantirish loyihalari doirasida import qilinadigan uskunalar, dasturiy apparat vositalari va materiallar 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi 2009-yilda qoʻshimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi hamda ishga tushirilishini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini har oy Prezidium majlislarida koʻrib chiqqan holda uning qatʼiy nazoratga olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1073-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 128-modda)