29.01.2009 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAMLAKATIMIZ ISHLAB CHIQARUVCHILARI MAHSULOTLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini kengaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yirik sanoat korxonalari, xoʻjalik birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda tanqidiy tahlil asosida texnologiya jarayonlarini hamda xom ashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va qoʻshimcha sarf-xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga sanoat mahsuloti tannarxini kamaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini qisqartirishning 1-ilovaga* muvofiq yigʻma parametrlari boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tarmoq boʻyicha tannarxni qisqartirishning tasdiqlangan yigʻma parametrlaridan kelib chiqib oʻz tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni qisqartirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yirik sanoat korxonalarida tannarxni kamaytirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlash funksiyalari idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari boshchilik qiladigan maxsus ishchi guruhlarga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan har choraklik monitoring oʻrnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan monitoring yakunlari boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mahsulot tannarxini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning toʻliqligi va samaradorligiga koʻra korxonalarning rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish choralarini qoʻllasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ning 1.1-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan, ular boʻyicha ushbu qarorga muvofiq 2009-yilda mahsulot tannarxini pasaytirishning yigʻma eng kam parametrlari (keyingi oʻrinlarda chora-tadbirlarning yigʻma komplekslari deb ataladi) kelishilgan yirik sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatiga baho berish va ularni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalarning quyidagi rahbar xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani boshqarishning ijro etuvchi organi rahbari va uning oʻrinbosarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh muhandis, bosh texnolog, bosh energetik, bosh mexanik, bosh buxgalter, iqtisodiy (moliyaviy) xizmat boshligʻi, tannarxni tartibga solish boʻyicha maxsus boʻlinma boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalari rahbarlari faoliyati baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati ushbu Nizomga muvofiq baholanadigan rahbar xodimlarning aniq roʻyxati korxonaning kuzatuvchi kengashi yoki korxonani boshqarishning boshqa organi (keyingi oʻrinlarda korxonani boshqarishning vakolatli organi deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rahbar xodimlar faoliyatini baholash yilning har choragida korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi. Rahbar xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish yuzasidan qarorlar kalendar yil yakunlari boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Korxonaning rahbar xodimlari faoliyatini baholash mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tasdiqlangan yigʻma chora-tadbirlar kompleksi asosida korxona rahbari tomonidan asosiy boʻlinmalar va kalendar davrlar boʻyicha har bir tadbir amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan rahbar xodimlar nomma-nom koʻrsatilgan holda mahsulot tannarxini pasaytirish tadbirlari (keyingi oʻrinlarda tadbirlar roʻyxati deb ataladi) tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirlar roʻyxati doirasida 2009-yilda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qaroriga 1-ilovada belgilangan xarajatlarni pasaytirishning tegishli maqsadli koʻrsatkichlaridan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mahsulot tannarxini pasaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardosh narx va zarur foyda hisobga olingan holda aniqlanadi. Tannarxni pasaytirishning maqsadli koʻrsatkichlari va ularga erishishning kompleks chora-tadbirlari korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning maqsadli parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun yigʻma kompleks chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligida kelishgan holda 2009-yil uchun tayyorlangan mahsulotlarning asosiy turlari boʻyicha korxonaning daromadlari va xarajatlari hisob-kitob jadvali qoʻllaniladi. Korxonaning xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ochib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotning har bir turi boʻyicha mahsulot birligi tannarxi hisob-kitobini aniqlash qiyin boʻlgan yoki mumkin boʻlmagan hollarda sotiladigan mahsulotning bir soʻmi hisobiga tiyinlardagi xarajatlar koʻrsatkichidan foydalaniladi. Korxona ishlab chiqariladigan mahsulotning tiplari (xillari)ning katta miqdoriga ega boʻlgan yoki yil mobaynida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari mutlaq ifodada oshishi mumkin boʻlganda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirgan hollar ana shunday hollarga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar mehnatiga haq toʻlashga moliyaviy resurslar tejalishini taʼminlash faqat xodimlarning oʻrtacha ish haqi hisobot davrida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgarishi surʼatlaridan past boʻlmagan miqdorda oʻsishini taʼminlash sharti bilan texnologiya jarayonlari va xodimlar sonini maqbullashtirish, funksiyalar takrorlanishini istisno etish, xodimlarning ish unumdorligini oshirish hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir kalendar chorak yakunlari boʻyicha hisob-kitob jadvalida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari hisobga olingan va hisobga olinmagan holda mahsulotlarning asosiy turlari boʻyicha korxona daromadlari va xarajatlarining kutilayotgan va amaldagi koʻrsatkichlari ochib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonaning choraklik (yillik) moliyaviy hisoboti shakllantirilishi muddatlaridan kechikmay yigʻma chora-tadbirlar kompleksining va korxonani boshqarishning vakolatli organi koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan chora-tadbirlar roʻyxatining amalda bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moddiy va moliyaviy resurslarni tejash miqdori (hajmi) hamda sotuv hajmi oʻsishi natijasida olingan foyda toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻma chora-tadbirlar kompleksiga muvofiq buxgalteriya hisobi maʼlumotlari va, zaruriyat boʻlganda, nazorat-oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xarajatlarni (mahsulot tannarxini) kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish bilan birgalikda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmining yigʻma chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan darajadan past boʻlmasligini taʼminlash korxonaning rahbar xodimlariga ijobiy baho berishning zarur sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Korxonani boshqarishning vakolatli organi kalendar yil tamom boʻlgandan keyin oʻn kun mobaynida bayonnoma bilan rasmiylashtirilgan qaror qabul qiladi, qarorda har bir rahbar xodimga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning faoliyatiga baho beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy ragʻbatlantirishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorda, shuningdek umuman korxona boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxati amalga oshirilishiga baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Rahbar xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tannarxni pasaytirishning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarini bajarish va tashqi bozorlarda sotishning oʻsishi taʼminlangan taqdirda kalendar yil yakunlari boʻyicha rahbar xodimlarga 8 ta lavozim maoshi miqdorida bir yoʻla mukofot toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot tannarxini kamaytirish va tashqi va ichki bozorlarda sotish hajmining oʻsishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida olingan korxonaning qoʻshimcha foydasi ana shunday mukofotlashning manbai hisoblanadi. Bunda mukofotlashning umumiy summasi mahsulot tannarxini kamaytirish hamda tashqi bozorlarda sotish hajmini koʻpaytirishning tasdiqlangan yigʻma chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish natijasida olingan foyda hajmining 40 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan, korxona faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqib, alohida hollarda, kalendar yil yakunlari boʻyicha ayrim rahbar xodimlarga hatto umuman korxona boʻyicha maqsadli koʻrsatkich bajarilmagan taqdirda ham ularga tegishli qism yuzasidan xarajatlar (mahsulot tannarxi)ni kamaytirishning belgilangan maqsadli koʻrsatkichlariga erishganlik uchun mukofot tayinlanishi mumkin. Ushbu holatda bir yoʻla beriladigan mukofot miqdori 6 ta lavozim maoshidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yigʻma chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan ayrim tadbirlar bajarilmagan taqdirda ushbu tadbirlar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan tegishli rahbar xodimlarni mukofotlash amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har choraklik monitoring olib borish davomida, maqsadli parametrlar, shuningdek tannarxni pasaytirish boʻyicha umuman yil boʻyicha ularning bajarilishi barbod boʻlishiga xavf solayotgan aniq chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda korxonani boshqarishning vakolatli va ijro etuvchi organlari yuzaga kelgan ahvolni oʻrganib chiqishlari, chora-tadbirlar roʻyxati bajarilmasligining sabablarini va aybdor shaxslarni aniqlashlari, ularni bajarish boʻyicha barcha zarur qoʻshimcha saʼy-harakatlarni koʻrishlari kerak. Chuqur oʻrganib chiqish va mahsulot tannarxini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishidagi qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun korxonani boshqarishning vakolatli organi taftish komissiyasini, korxonaning ichki audit xizmatini yoki boshqa tashqi ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda chora-tadbirlar roʻyxati bajarilishi barbod boʻlishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan belgilangan davrda mukofotlardan va (yoki) lavozim maoshlariga alohida ustamalardan mahrum boʻladi. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan boshqa tadbirlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xarajatlarni (mahsulot) tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxonani boshqarishning vakolatli organlari korxona tomonidan xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirish chora-tadbirlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Har bir kalendar chorak yakunlari boʻyicha korxonani boshqarishning vakolatli organi boshqaruvning yuqori organiga (vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmasi, mustaqil korxonalar — Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentiga) ushbu Nizomning 8—10-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar hajmida yigʻma chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Har bir xoʻjalik birlashmasi boʻyicha yigʻma axborot har chorakda maqsadli koʻrsatkichlar bajarilmasligi xavfi mavjud boʻlgan korxonalar boʻyicha aniq takliflar bilan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi koʻrsatib oʻtilgan axborot asosida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mustaqil korxonalarning rahbarlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirish chora-tadbirlari bajarilmasligi sabablarini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda, xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirishning nazarda tutilgan parametrlari bajarilishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish, shu jumladan korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini pasaytirishda koʻmaklashish, korxonaning menejmentini boshqarish boʻyicha Hukumat qarorlari qabul qilish borasida korxonalarning rahbarlariga yordam beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 44-modda, 46-son, 498-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)