Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.01.2009 yildagi PQ-1041-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IShLAB ChIQARISh VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI YaNADA RIVOJLANTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning ildam rivojlanishini taʼminlash, shu asosda iqtisodiyotning barqaror hamda jadal taraqqiy topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublika mintaqalarining tabiiy hamda iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek yangi ish oʻrinlarini shakllantirish va aholining, ayniqsa yoshlarning bandligini, odamlarning daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Respublika yoʻl jamgʻarmasining 1-ilovaga* muvofiq Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish doirasida eng serqatnov uchastkalarda yoʻllarni toʻrtta polosagacha kengaytirgan holda yer polotnosini tayyorlash borasidagi yoʻl ishlarini jadallik bilan olib borish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda tayyorlangan 2009-yilda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekenergo” DAK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK bilan birgalikda 1-2-ilovalarda koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar hamda loyiha-smeta hujjatlarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, xoʻjalik birlashmalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining shaxsiy mablagʻlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan tarmoqlar rivojlanish jamgʻarmalarining mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash boʻyicha ishlarni moliyalashning asosiy manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari zimmasiga Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2009-yilda Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Komissiyaga, zarur hollarda, tasdiqlangan Dastur parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining majlislarida har oyda koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1041-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 21-modda)