Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024 03.07.2008 yildagi 842-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 03.07.2008 yildagi 842-I-son
Kuchga kirish sanasi
10.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOʻSHMA QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI, FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun mustaqil tizim va obyektiv sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi), shuningdek Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond va Parlament komissiyasi “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar taqsimlanishini tashkil etish, NNTni moddiy, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini shakllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablagʻlari bevosita NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning talabnomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tarzida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTni, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fondga budjet mablagʻlarini har yilgi ajratish Parlament komissiyasining taqdimnomasi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tayyorlash, koʻrib chiqish, muhokama qilish va tasdiqlash muddatlarida amalga oshiriladi. Bunda NNTga ajratilgan, hisobot yili oxiridagi foydalanilmay qolgan mablagʻlar budjet daromadiga qaytarilmaydi, balki ulardan belgilangan maqsadiga muvofiq kelasi yili foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya va Moliya vazirliklarining tegishli tuzilmalari, respublika NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari orasidan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari deb belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, ulardan mustaqil NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar muammolarni hal etishda ularning faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun foydalanilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish, ularning NNT, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishi masalalari boʻyicha chet ellik hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish (birgalikda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkazish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va hokazo) bilan bogʻliq dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Fond oʻz faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlik prinsiplari asosida amalga oshiradi, nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan mablagʻlar belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlaydi. Fond oʻz faoliyati, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi va ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va begʻaraz beriladigan mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat Fondining mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Fond balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Parlament komissiyasining asosiy vazifalari deb belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fond mablagʻlari samarali tarzda taqsimlanishini tashkil etish, NNT, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur oʻrganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablagʻlarini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni taʼminlash, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda faol ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond mablagʻlari belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar hamda dasturlar, shu jumladan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda NNTning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi Fondning Vasiylik kengashi vazifasini bajaradi deb belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini taqsimlash tartibi Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari A. Shodmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
842-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
513-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 409-modda)