Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.05.2008 yildagi PQ-868-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008/2009 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan hamda mamlakatning real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarni maqsadli hamda sifatli tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotning tarkibiy qayta tuzilishi istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan professional kadrlar tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-apreldagi R-2961-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yoʻnalishlari hamda aniq mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlanadigan oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilariga boʻlgan muayyan talab tanqidiy oʻrganilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yilgacha boʻlgan davrda tarmoqlar va mintaqalar doirasida bakalavrlar va magistrlar soni hamda ularni tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha makroiqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotning tarkibiy qayta tuzilishi yuzasidan moʻljallangan istiqbollarni hisobga olgan holda oliy maʼlumotli mutaxassislarga talab belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ularga nisbatan potensial talabi asosida oliy oʻquv yurtlari mutaxassisliklari roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha aniq takliflar tayyorlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining potensial isteʼmolchilari ishtirokida oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan talabni oʻrganish boʻyicha olib borilgan ishlar asosida 2008/2009 oʻquv yiliga bakalavriat va magistratura mutaxassislarini tayyorlash yoʻnalishlari doirasida respublika oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kvotalari boʻyicha takliflar tayyorlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasining 2008/2009 oʻquv yilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 58000 nafar, shu jumladan, 19945 nafar davlat grantlari va 38055 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 5500 nafar, shu jumladan, 1510 nafar davlat grantlari va 3990 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimlarga oʻrta maxsus maʼlumot va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlardan, shuningdek, bolalar sporti murabbiylaridan bakalavrlar tayyorlash uchun umumiy qabul soni 5605 nafar, shu jumladan, 1265 nafar davlat grantlari va 4340 nafar toʻlov-kontrakt asosida ularni oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq taqsimlash orqali belgilash boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2008/2009 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, uning zimmasiga oliy oʻquv yurti bitiruvchilarining real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilishini tahlil qilish asosida yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha oliy oʻquv yurtiga qabul qilish yuzasidan aniq takliflar tayyorlash vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasiga, test sinovlari natijalaridan kelib chiqib, belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasi qabul koʻrsatkichlariga zarur oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi doimiy asosda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar, muassasalarni oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilingani hamda iqtisodiyotning real sektorlari va tarmoqlari hamda hududlarining oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan aniq talabini belgilashni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga oliy taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va hududlar boʻyicha mamlakatning oliy taʼlim muassasalarida ularni tayyorlashdagi vaqtinchalik boʻshliqni hisobga olgan holda iqtisodiyotning real sektorlarida bakalavr va magistrlarga boʻlgan talab toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy asosda yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va aniq kasblar boʻyicha iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida, respublika mintaqalari doirasida oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilariga boʻlgan talab boʻyicha monitoring olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlanishini hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda aniqlangan oliy taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan talabning ekspert baholanishini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarning oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan real talab asosida grant va shartnoma toʻlovi bilan qabul qilish boʻyicha kvotalarni belgilagan holda kelayotgan oʻquv yiliga bakalavr va magistrlarni qabul qilish tizimi parametrlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat komissiyasiga oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavr va magistrlarni qabul qilish boʻyicha asoslangan kelishilgan takliflarni koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008/2009 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat, magistratura hamda maxsus sirtqi boʻlimlarga belgilangan qabul kvotalarini hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-868-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 269-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda)