Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-sentabr,
PQ-962-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ–962-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
“v” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport, transport kommunikatsiyalari hamda xalqaro logistika, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, respublikaning tranzit potensialini oshirish va transport-kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash maqsadida yangi transport yoʻnalishlari (yoʻlaklari)ni ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
“v” kichik bandining oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, eksport-importni litsenziyalash, eksport kontraktlarni roʻyxatga olish va import kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish, boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyxatga va hisobga olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
“d” kichik bandi quyidagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsion takliflarning yagona bazasini shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;
respublika Hukumati nomidan xorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda investitsiya shartnomalarini tuzadi”;
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“e) unga yuklangan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 393-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)