Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018 30.07.2008 yildagi PQ-928-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IJTIMOIY-IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZINI PROGNOZLAShTIRISh VA MAKROIQTISODIY TADQIQOTLAR INSTITUTI ETIB QAYTA TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3752-sonli “Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chuqur makroiqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognoz qilish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini asoslash, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va uni tarkibiy jihatdan oʻzgartirishni asoslash uchun negiz boʻlib xizmat qiladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognoz qilishning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish va takliflar ishlab chiqish, uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikka erishish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti etib qayta tashkil qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq-budjet, pul-kredit, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosati bilan uzviy bogʻliq holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni chuqur tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini va milliy iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatadigan tashqi omillarni oʻrganish, uning asosida mamlakatni mutanosib hamda barqaror makroiqtisodiy rivojlantirishning moslashuvchan modeli, mexanizmlari va prognozlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10 yil) koʻp variantli prognozlarini shakllantirish, mazkur prognozlar doirasida uzoq muddatli makroiqtisodiy mutanosiblikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va ularning oʻsish surʼatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirish, soliq, budjet hamda kredit siyosatini takomillashtirish, pul muomalasini mustahkamlash, inflatsiyaga qarshi ishlarni tartibga solishning samarali mexanizmini joriy etish, milliy valyuta barqarorligini taʼminlash boʻyicha tendensiyalarni tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq va hududiy nomutanosibliklarni, ularni belgilab beruvchi omillarni teran tahlil qilish, buning asosida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va har tomonlama chuqur rivojlantirishning muhim yoʻnalishi sifatida tarkibiy qayta qurish, uning barqarorligi hamda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, investitsiyaviy siyosatning ustuvorliklarini asoslash, yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi demografik jarayonlarni tadqiq hamda prognoz qilish, mehnat bozori muvozanatlashuvini tahlil etish va aholining oqilona bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, koʻp variantli makroiqtisodiy prognozlarning ijtimoiy oqibatlari va natijalarini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahliliy maʼruzalar va prognozlar tayyorlash, makroiqtisodiy tadqiqotlar natijalari va prognozlarni, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish boʻyicha yondashuvlar va uning mexanizmlarini ommaviy axborot vositalari va ilmiy maqolalarda, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarda mahalliy hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni, manfaatdor xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarni jalb etgan holda keng muhokama qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tadqiqotlarining eng muhim funksional yoʻnalishlari boʻyicha shakllantiriladigan loyihalar Institutning asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot loyihalariga ilmiy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlov asosida tayinlanadigan loyiha rahbarlari boshchilik qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq, loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan bir yilga moʻljallangan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuziladi, ularda mavzu, maqsad, vazifalar va loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda Institut ilmiy kengashi majlislarida tinglab boriladi, ilmiy kengash yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari va sifatiga baho beradi hamda loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha tugatilayotgan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining umumiy cheklangan xodimlar soni 146 kishidan, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 109 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Nizomi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda, belgilangan xodimlarning cheklangan soni doirasida tasdiqlangan Institut tuzilmasiga zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlarga milliy ekspertlar sifatida kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari, idoralar, banklar, tadqiqot markazlari xodimlarini, olimlar va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish uchun boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, fondlar, universitetlar bilan, jumladan, xalqaro va xorijiy muassasalar bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi muammolari boʻyicha axborot-tahliliy sharh va maʼruzalar chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga yuklatilgan vazifalar doirasida markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan zarur boʻlgan barcha normativ, statistik va tahliliy axborotlarni soʻrash hamda bepul olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institutning asosiy moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazani joriy taʼminlash va rivojlantirishga, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan, xorijiy nashrlarga obuna boʻlishni tashkil etish hamda Institutning boshqa ehtiyojlari uchun maqsadli budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtmalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun ular ajratadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institutning daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan uskunalar, kompyuter hamda telekommunikatsiya tizimlari, dasturiy taʼminlash vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar esa Institutning nizom faoliyatini bajarishga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yoʻriqnoma tarzidagi hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik axborot byulletenlari yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning boʻlinmalari makroiqtisodiy tahlil va prognozlash koʻnikmalariga ega boʻlgan, respublikada olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan kontrakt asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Toshkent shahar, A. Qayumov koʻchasi, 2-uy va Gʻulomov koʻchasi, 1-uy manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-928
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 310-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 07/18/3534/0704-son)