01.07.2008 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KASANACHILIKNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH HAMDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA XOʻJALIK BOSHQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING UNI RIVOJLANTIRISH PARAMETRLARI BAJARILISHI YUZASIDAN JAVOBGARLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar ayniqsa ishchi kuchlari ortiqcha boʻlgan kichik shaharlar va qishloq tumanlarida aholini mehnat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek shu asosda aholining ish bilan bandligi va daromadlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashdi. 2006-yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrda 190 mingdan ortiq kasanachilik ish oʻrni tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻrganib chiqish natijalari kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini ishlab chiqish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish metodologik bazasining takomillashmaganligini, kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish, shuningdek ularning uyda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashning puxta mexanizmi yoʻqligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikning yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilikning turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish, shuningdek kasanachilarni buyurtmalar, xom ashyo, materiallar bilan oʻz vaqtida taʼminlash va ularga ish haqi toʻlanishini nazorat qilish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va hokimliklar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi, kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berishni tartibga solish, shuningdek ularning uyida ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari kasanachilikni rivojlantirishning tegishli ravishda hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirishning har yilgi hududiy va tarmoq parametrlari shakllantirilishini, zaruriyat boʻlganda, koʻrsatib oʻtilgan parametrlarga kasanachilikning yangi ish oʻrinlari tashkil etishning aniqlangan zaxiralari ishga tushirilishini nazarda tutadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi ustidan monitoring oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining uyida yoki oʻziga tegishli boshqa joylarda ishlab chiqarish topshirigʻini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda korxonalar tomonidan 2008-yilda kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish va kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan shaklga moslashtirish ishlarining muvofiqlashtirib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi, shu jumladan hududiy boʻlinmalarda shakllantirilishi va muntazam yangilab borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb etish, korxonalar va kasanachilik oʻrtasidagi kooperatsiyani kengaytirish va shu asosda aholi bandligini hamda turmush darajasini oshirish maqsadida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kasanachilik ish oʻrni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachi va korxona oʻrtasida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachining uyida tashkil etilgan ish oʻrni ish beruvchining ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish shartlariga muvofiq boʻlsa tashkil etilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachi va korxona oʻrtasidagi mehnat shartnomasining amal qilishi toʻxtatilganda kasanachilik ish oʻrni tugagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkil etilgan kasanachilik ish oʻrni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachi hisobot davri mobaynida ishlarni mehnat shartnomasiga muvofiq bajargan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachiga bajarilgan ish uchun har oyda ish haqi yozib turilgan boʻlsa, kasanachi ushbu davrda mehnat taʼtilida boʻlgan yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan taqdirda — unga mehnat taʼtili haqi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yozilgan boʻlsa faoliyat koʻrsatayotgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda, shuningdek mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda tashkil etilgan kasanachilik ish oʻrni faoliyat koʻrsatmayotgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxonalar tomonidan tumanlar (shaharlar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari bilan birgalikda har yili joriy yilning 5-yanvarigacha korxonalar faoliyati xususiyatlarini hamda ulardagi kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etishning mavjud zaxiralarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasanachilik turlarini kengaytirish hisobiga joriy kalendar yil uchun kasanachilikni rivojlantirish parametrlari ishlab chiqiladi. Korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqiladi hamda tumanlar (shaharlar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida korxonalar va uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi komissiyalar (keyingi oʻrinlarda ishchi komissiyalar deb ataladi) bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning tuman (shahar) parametrlarini ishlab chiqadilar. Tumanlar (shaharlar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish tuman (shahar) parametrlari tegishli ravishda joriy yilning 8-yanvariga qadar muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga taqdim etiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tuman (shahar) kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda, kasanachilikni rivojlantirishning hududiy parametrlarini ishlab chiqadilar hamda ularni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun joriy yilning 15-yanvarigacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadilar.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy parametrlarini joriy yilning 20-yanvarigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadilar. Tasdiqlangan hududiy parametrlar ularning bajarilish monitoringini taʼminlash uchun koʻrsatib oʻtilgan muddatda ishchi komissiyalarga ham joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy parametrlarini umumlashtiradi va joriy yilning 25-yanvarigacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi korxonalar ushbu Nizomning 6-bandi birinchi xatboshiga muvofiq ishlab chiqilgan parametrlarni joriy yilning 8-yanvarigacha viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi yuqori tashkilotlarga ham joʻnatadilar. Viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi tashkilotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan parametrlar xoʻjalik boshqaruvi organining markaziy apparatiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik boshqaruvi organlarining viloyat (hududiy, mintaqaviy) boʻlinmalari korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini umumlashtiradilar va ularni 10-yanvargacha boʻlgan muddatda xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlariga kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik boshqaruvi organlari (markaziy apparatlar) taqdim etilgan materiallar asosida kasanachilikni rivojlantirishning tarmoq parametrlarini ishlab chiqadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar hamda ularni 20-yanvargacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga kiritadilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy parametrlari aholi bandligi hududiy dasturlarini shakllantirishda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish, shuningdek kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi monitoringining (keyingi oʻrinlarda monitoring deb ataladi) hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olishning asosiy maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirish hududiy va tarmoq parametrlarining oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni oʻrganish va aniqlash, shu asosda ularni bartaraf etish hamda korxonalarga kasanachilikni tashkil qilish va uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash masalalarida koʻmaklashish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha kasanachilik bilan band boʻlgan shaxslarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilgan va tugagan kasanachilik ish oʻrinlarining haqqoniy statistik hisobini tashkil qilish, kasanachilik ish oʻrinlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari amalga oshirilishi monitoringi (keyingi oʻrinlarda monitoring deb ataladi) va kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarida nazarda tutilgan kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirish tegishli hududiy parametrlarining bajarilishi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni rivojlantirishning tegishli tarmoq parametrlari boʻyicha — xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar) hududida joylashgan korxonalarda kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi boʻyicha — ishchi komissiyalar, tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash boʻyicha hududlar va tarmoq dasturlari doirasida kasanachilikni rivojlantirishning borishini umumlashtirish va tahlil qilish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilgan va tugagan kasanachilik ish oʻrinlarining statistik hisobini tashkil qilish boʻyicha — davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kasanachilik ish oʻrinlari monitoringi va ularni hisobga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishchi komissiyalar va korxonalarning oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Monitoring:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilgan, faoliyat koʻrsatayotgan va tugagan kasanachilik ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarning mehnat qonunchiligiga muvofiq kasanachilar huquqlariga rioya qilinishiga, tashkil etilgan kasanachilik ish oʻrinlarining faoliyat koʻrsatishiga taalluqli materiallarini;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda ularning yuqori tashkilotlari — xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar va oʻrganishlar materiallarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik ish joylarining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida ruxsat berilgan manbalardan olinadigan boshqa axborotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlari, monitoring va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazadigan tekshirishlari natijalari, statistika maʼlumotlari asosida kasanachilik ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yuritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kasanachilik ish oʻrinlarining davlat statistika hisobi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq har bir kalendar yil uchun belgilanadigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan davlat statistika hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kasanachilik ish oʻrinlari monitoringi va ularni hisobga olish natijalarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Monitoring natijalari boʻyicha har chorakda yigʻma tahliliy axborot tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiyaga — tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hayʼatiga — vazirlikning markaziy apparati tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruviga (kollegial organga) — koʻrsatib oʻtilgan xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparati tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yigʻma tahliliy axborotda kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlardan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parametrlarni bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻygan tumanlar (shaharlar) va korxonalar (iqtisodiyot tarmoqlari) koʻrsatilgan holda kasanachilikni rivojlantirish hududiy va tarmoq parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik ish oʻrinlari soni koʻpayishini, shu jumladan maqsadli kreditlar ajratilishini taʼminlash boʻyicha tuman, viloyat, tarmoq va respublika darajasida koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik ish oʻrinlari soni koʻpaytirilishini taʼminlash, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha asoslangan takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari tasdiqlagan kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish dasturlarini bajarishda jiddiy qoloqlikka yoʻl qoʻygan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomning 15-16-bandlariga muvofiq kiritilgan yigʻma tahliliy-axborot kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻygan rahbar va masʼul xodimlarning javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilagan, shuningdek yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrgan holda koʻrib chiqiladi. Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislarida ishchi komissiyalar rahbarlarining hisobotlari majburiy tartibda eshitib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kasanachilikni rivojlantirish hududiy parametrlarining bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, kasanachilikni rivojlantirish tarmoq parametrlarining bajarilishi —Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20__yilda kasanachilikni rivojlantirish parametrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona nomi
Yuridik manzili
Asosiy mahsulot turi
IFUT kodi DBIBT

‎‎
I. Asosiy koʻrsatkichlar
‎‎

T/r‎ Koʻrsatkichlar nomi Koʻrsatkich miqdori

1.‎

Yil boshidagi holatiga koʻra kasanachilar bilan birga jami ishlovchilar, kishi

shu jumladan:

1.2.‎

Mehnat shartnomalari boʻyicha kasanachilik ish oʻrinlari soni

2.‎

20___ yilda yaratish nazarda tutilayotgan kasanachilik ish oʻrinlari

shu jumladan choraklar boʻyicha

2.1.‎

Birinchi chorakda

2.2.‎

Ikkinchi chorakda

2.3.‎

Uchinchi chorakda

2.4.‎

Toʻrtinchi chorakda

3.‎

20___ yilda kasanachilar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning prognoz hajmi, mln soʻm

4.‎

Kasanachilik ish oʻrinlari yaratish uchun bir yilga hisoblangan moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan prognoz ehtiyoj, mln soʻm
shu jumladan ehtiyojni quyidagilar hisobiga qoplash nazarda tutilmoqda:

4.1.‎

korxonalarning oʻz mablagʻlari

4.2.‎

kreditlarni jalb etish

4.3.‎

boshqa manbalar

5.‎

20___ yil oxirida mehnat shartnomalari boʻyicha kasanachilik ish oʻrinlarining prognozi

‎‎
II. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va kasanachilik ish oʻrinlari soni
‎‎

T/r Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi Kasanachilik ish oʻrinlari soni

1. 20__gacha yaratilgan ish oʻrinlarida

1.1.‎

‎‎‎

1.2.‎

‎‎‎

…‎

‎‎‎

2. 20__ yilda yaratilayotgan ish oʻrinlarida

2.1.‎

‎‎‎

2.2.‎

‎‎‎

…‎

‎‎‎
Jami:
‎‎
Korxona rahbari ______________________________________

(imzo)‎

Kadrlar boʻlimi boshligʻi _______________________________________

(imzo)‎

Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
‎______________________________________________________________

(imzo)‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari monitoringini olib borishda hamda kasanachilik ish oʻrinlarini hisobga olishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishchi komissiyalar va korxonalarning oʻzaro hamkorligi mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Axborot beruvchi organ (subyekt)

Axborot olish manbai

Axborot mazmuni

Taqdim etish muddatlari

Axborot qayerga taqdim etiladi

1.‎‏

Korxona

‎‏Kadrlarni hisobga ‎olish va korxonaning buxgalteriya hisobi

Tashkil etilgan va chiqib ketgan ish oʻrinlari ‎soni ( 1-T)-shakl‎

Hisobot choragidan keyingi oyning 3-kuni‎

Tuman (shahar) statistika boʻlimi‎

Korxona boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

Hisobot choragidan keyingi oyning 3-kuni*

Viloyat (hududiy-mintaqaviy) darajadagi yuqori tashkilot ‎(xoʻjalik boshqaruvi organining markaziy apparati — agar viloyat (hududiy-mintaqaviy) boʻgʻin mavjud boʻlmasa)

2.‎‏

Tuman (shahar) statistika boʻlimi

Mehnat boʻyicha davlat statistika hisoboti

Yaratilgan va tugagan ish oʻrinlari soni (1-T shakl)

Hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha

Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi

Viloyat (hududiy) statistika boshqarmasi

3.‎

Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi‎

Tuman (shahar) statistika boʻlimi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari‎

Kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi toʻgʻrisida yigʻma tahliliy maʼlumot‎

Hisobot choragidan keyingi oyning 6- kunigacha‎

Ishchi komissiya, Qoraqalpogʻiston ‎Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

4.‎‏

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari

Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari

Kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 7-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.‎

Viloyat (hududiy) statistika boshqarmasi

Tuman (shahar) statistika boʻlimlari

Yaratilgan va tugagan ish oʻrinlari soni (1-T shakl)

Hisobot choragidan keyingi oyning 7-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

6.‎

Xoʻjalik boshqaruvi organining viloyat (hududiy, mintaqaviy) boʻlinmasi

Boʻysunuvchi korxonalar, boʻysunuvchi korxonalarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari

Kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 7-kunigacha

Yuqori xoʻjalik boshqaruvi organi markaziy apparati

7.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi

Mehnat boʻyicha davlat statistika hisoboti

Yaratilgan va tugagan ish oʻrinlari soni

Hisobot choragidan keyingi oyning 8-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.‎

Yuqori xoʻjalik boshqaruvi organi markaziy apparati

Hududiy boʻlinmalar va boʻysunuvchi korxonalar, boʻysunuvchi korxonalarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari

Kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 8-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

9.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari

Kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yigʻma tahliliy maʼlumotlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 9-kunigacha

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.‎

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari

Kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 9-kunigacha

Vazirlar Mahkamasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh. Korxona xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan taqdirda.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari va kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda “ishchi komissiya” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi komissiyaning tarkibiy soni kamida 7 kishidan iborat boʻlishi kerak. Ishchi komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari ishchi komissiyaning raisi, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazining direktori esa raisning oʻrinbosari hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi ishchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya tarkibiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlari;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” jamgʻarmasi vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar rahbarlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ishchi komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar ishchi komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi kasanachilik ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilikdan foydalanish turlarini kengaytirish hisobiga tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlashda va ishga solishda korxonalarga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalari va kasanachilik oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalar buyurtmalari boʻyicha uyida ishlaydigan fuqarolarga asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan taʼminlashning barqaror sharoitlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish va ish haqi toʻlash kafolatlarini yaratish boʻyicha masalalarni tezkorlik bilan hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) hududlarida joylashgan korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilarga ularning huquqlari, koʻrsatib oʻtilgan huquqlar ish beruvchi korxonalar tomonidan buzilgan taqdirda, himoya qilinishini taʼminlashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan uzviy oʻzaro hamkorlikda kasanachilik bilan shugʻullanishni xohlovchi band boʻlmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining koʻrsatib oʻtilgan toifalarini keyinchalik ishga joylashtirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri), tuman (shahar) darajasida aholi bandligining hududiy va tarmoq dasturlariga kiritish uchun korxonalar boʻyicha yangi kasanachilik ish oʻrinlari parametrlari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar bilan uzviy oʻzaro hamkorlikda, band boʻlmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish zaxiralarini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini oʻrganish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) korxonalarida kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish va kengaytirish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqadi va tavsiyalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning rahbarlari va mulkdorlariga kasanachilikdan foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik bilan shugʻullanishni xohlovchi, ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilar mehnatidan foydalanish jarayonida paydo boʻladigan shikoyatlar va nizoli masalalarning koʻrib chiqilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishchi komissiyaning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishchi komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish masalalari boʻyicha maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlaridan hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soʻrash va olish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda tuman (shahar) korxonalari boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar hamda uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan takliflarni tuman (shahar) hokimligiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishchi komissiyaning ish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi komissiya majlislar oʻtkazishning har choraklik jadvali asosida faoliyat koʻrsatadi. Keyingi chorak uchun majlislar jadvali joriy chorakdagi oxirgi majlisda shakllantiriladi va ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun masalalarni va hujjatlarni tayyorlash tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, soliq organlari, shuningdek korxonalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi komissiya qarori uning uchun ishchi komissiya aʼzolarining kamida yarmi ovoz bergan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi komissiya hujjatlarini yuritish ishchi komissiya raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi komissiya har oyda oʻz faoliyati toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimiga, shuningdek har chorakda tuman (shahar) boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisida — viloyat hokimligiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkent shahar hokimligiga) hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilik toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kasanachilarga korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnat shartnomasiga muvofiq ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va anjomlar (keyingi oʻrinlarda mol-mulk deb ataladi) kasanachiga bepul foydalanish uchun yoki ijaraga, shu jumladan moliyaviy lizingga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kasanachilik sharoitlarida bepul foydalanishga, ijaraga, moliyaviy lizingga va foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kuch, energiyani koʻp talab qiladigan va texnik jihatdan murakkab boʻlgan asbob-uskunalar, shuningdek maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab qiladigan, kasanachilik sharoitlarida nazorat qilinishi mumkin boʻlmagan xavfli kimyoviy komponentlar berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mol-mulk kasanachiga yozma ravishda tuzilgan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida, yuk hujjati (keyingi oʻrinlarda yuk hujjati deb ataladi) boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni bepul foydalanishga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻliq shaxsiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni ijaraga, shu jumladan moliyaviy ijaraga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha mulk ijarasi shartnomasi (ijara shartnomasi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mehnat shartnomasida belgilangan topshiriqni bajarish uchun korxonadan ijaraga yoki bepul foydalanishga olingan mol-mulkni qoʻllagan holda kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar) korxonaning mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha ishlarni bajarish uchun kasanachiga berilgan mol-mulk buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mol-mulkni kasanachiga berishda korxona belgilangan tartibda mol-mulkdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalari boʻyicha tushuntirishlar oʻtkazadi. Tushuntirishlar bevosita korxonada oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mol-mulkni kasanachiga bepul foydalanish uchun berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mol-mulk kasanachiga bepul foydalanish uchun mehnat shartnomasida belgilangan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) muddatiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kasanachiga bepul foydalanish uchun mehnat shartnomasiga muvofiq topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan mol-mulk beriladi. Yuk hujjati kasanachi tomonidan mol-mulkdan foydalanish huquqini belgilaydigan hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk uning ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan barcha anjomlari bilan birga beriladi. Mol-mulk hujjatlari (texnik pasport, sifat sertifikati va boshqalar) ish beruvchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona kasanachiga mol-mulkni mehnat shartnomasi shartlariga, ishlab chiqarish topshirigʻiga va mol-mulkdan foydalanish maqsadiga muvofiq boʻlgan holatda berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kasanachiga bepul foydalanish uchun beriladigan katta hajmli mol-mulk korxona tomonidan kasanachi ishlarni bevosita amalga oshiradigan joyigacha yetkazib beriladi. Kasanachiga bepul foydalanish uchun beriladigan kichik hajmli anjomlar kasanachi tomonidan kasanachilik amalga oshiriladigan joygacha yetkazib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni undan foydalanib boʻlingandan keyin olib ketish korxona hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korxona asbob-uskunalarni kasanachi tomonidan ishlar bevosita bajariladigan joyda oʻrnatishni, ishga tushirishni va sinashni amalga oshiradi, soʻngra ushbu asbob-uskunalar kasanachiga yuk hujjati boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxona asbob-uskunalarni joriy profilaktika qilishni, sozlashni, tartibga solishni, u kasanachining aybisiz ishdan chiqqan taqdirda esa — uni taʼmirlashni yoki almashtirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachi zarur malakaga ega boʻlgan taqdirda uning asbob-uskunani mustaqil ravishda sozlashiga, tartibga solishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Asbob-uskunaning kasanachining aybisiz ishdan chiqishi (sinishi) sababli ishdan toʻxtab qolgan taqdirda unga oʻrtacha ish haqi miqdorida pul toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asbob-uskuna kasanachining aybi bilan ishdan chiqqan (singanligi) sababli kasanachining ishi toʻxtab qolganda unga haq toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki asbob-uskunani almashtirishni talab qiladigan topshiriq oʻzgargan taqdirda kasanachiga bepul foydalanish uchun berilgan mol-mulk yuk hujjati boʻyicha korxonaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mol-mulkni kasanachiga ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxona tomonidan mol-mulkni kasanachiga ijaraga berish vaqtinchalik foydalanish uchun toʻlov asosida, mehnat shartnomasida belgilangan muddatga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachiga ijaraga berilgan mol-mulkning mehnat shartnomasiga muvofiq sotib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachiga mehnat shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan mol-mulk qayta ijaraga (subijaraga) berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kasanachi korxona tomonidan oʻziga berilgan mol-mulkdan mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish topshirigʻiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kasanachi mehnat shartnomasida belgilangan topshiriq bajarilgandan keyin oʻziga ijaraga berilgan mol-mulkni qoʻllagan holda shartnomaviy narxlar boʻyicha sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Kasanachiga korxona tomonidan mehnat shartnomasiga muvofiq topshiriqni bajarish uchun berilgan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan kasanachi tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachiga berilgan mol-mulkni kasanachining bevosita ish joyigacha yetkazib berish va foydalanib boʻlingandan keyin olib ketish, oʻrnatish va ishga qoʻshish, joriy profilaktika qilish, sozlash va taʼmirlash (shu jumladan mukammal taʼmirlash), agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, korxona tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mehnat shartnomasining amal qilishi tugagandan keyin yoki ijaraga berilgan mol-mulk tarkibini oʻzgartirishni talab qiladigan buyurtma oʻzgargan taqdirda ushbu mol-mulk korxonaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda mulk ijarasi shartnomasining amal qilishi yo toʻxtatiladi yoxud unga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mol-mulkni kasanachiga lizing shartlari boʻyicha berish tartibi Fuqarolik kodeksiga va “Lizing toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kasanachilar va korxona oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachilik sharoitlarida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GOST 12.01.007-76 boʻyicha xavflilikning I—III klasslariga mansub boʻlgan zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ionlashtiruvchi nurlanishlarning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv nurlanishning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lazerli nurlanishning (optik va kvantli generatorlar), sanitariya normalaridan ortiq diapazonli elektromagnit energiyalarning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalaridan ortiq tebranish va shovqinning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitning sanitariya normalaridan ortiq yuqori yoki past haroratining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalaridan ortiq ultrabinafsha nurlanishning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ultratovushning manbai hisoblanadigan asbob-uskunalar va anjomlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Portlash xavfiga ega boʻlgan asbob-uskunalar va anjomlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Selsiy boʻyicha 115 darajadan yuqori haroratda bosim taʼsirida yoki 0,07 MP bosimda qaynash haroratidan ortiq haroratli suyuqlik idishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,07 MPdan ortiq bosim taʼsirida siqilgan, suyultirilgan yoki eritilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻlarining bosimi Selsiy boʻyicha 50 daraja haroratda 0,07 MP bosimdan oshadigan suyultirilgan gazlarni tashish uchun sisternalar, bochkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulardagi 0,07 MPdan yuqori bosim ularning tarqalishi uchun vaqti-vaqti bilan sharoit yaratadigan siqilgan, suyultirilgan gazlarni, suyuqliklarni va sochiluvchan jismlarni tashish va saqlash uchun sisternalar, idishlar va boshqa sigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,07 MPdan yuqori ishchi bosimga ega boʻlgan bugʻqozonlar, avtonom bugʻli isitgichlar va ekonomayzerlar, Selsiy boʻyicha 115 darajadan ortiq suv haroratiga ega boʻlgan suv isitish qozonlari va avtonom ekonomayzerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanoat koʻlamida don yanchish va omixta ozuqalar tayyorlash boʻyicha asbob-uskunalar va anjomlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energiyani koʻp talab qiladigan asbob-uskunalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380 voltdan ortiq ishchi kuchlanishga ega boʻlgan asbob-uskunalar (220 voltdan ortiq kuchlanishda ishlaydigan asbob-uskunalar elektr xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilgan holda oʻrnatilishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har soatda 1 kub metrdan ortiq suv isteʼmol qiladigan asbob-uskunalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GOST 12.01.007-76 boʻyicha xavflilikning I—III klasslariga mansub boʻlgan kimyoviy moddalarning toksik xossalariga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy radionuklidlar konsentratsiyasining cheklangan yoʻl qoʻyiladigan normalaridan ortiqcha boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oson alangalanadigan suyuq moddalar” toifasiga mansub boʻlgan xom ashyo, materiallar va mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyuq xlor, ammiak, selitra, karbomid, ammofos, metonal, sinil kislotasi, sianidlar, nitroakril kislotasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Barcha tur va nomlardagi pestitsidlar, gerbitsidlar va prekursorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Charm va moʻyna xom ashyosi (toʻliq ishlov berilgan va tikishga tayyor boʻlganlardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Asbest va tarkibida asbest boʻlgan materiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ularni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat belgilangan tartibda litsenziyalanadigan boshqa moddalar, materiallar, xom ashyo va ulardan tayyorlangan buyumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona tomonidan kasanachiga bepul foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar va anjomlar yuzasidan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_____________ shahri

20__ yil “__” __________

‎‎

‎Keyingi oʻrinlarda “korxona” deb ataladigan ___________________________
‎‎___________________________________________________________________

(korxonaning nomi)

nomidan Ustav (Nizom) asosida ish koʻradigan ___________________________
‎______________________________________________________ bir tomondan

(javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi)

va kasanachi ________________________________________________________

(kasanachining F.I.O.)

ikkinchi tomondan, 20__ yil “___” __________dagi ___-son mehnat shartnomasiga muvofiq korxona buyurtmanomasi boʻyicha ishlarning kasanachi tomonidan bajarilishini taʼminlash maqsadida, kasanachiga korxona tomonidan bepul foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar va anjomlar (keyingi oʻrinlarda “mol-mulk” deb ataladi) yuzasidan toʻliq shaxsiy javobgarlik haqidagi ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

‎‎1. Korxona ______________________________________________________ ni

(ishlab chiqariladigan mahsulot, koʻrsatiladigan xizmatlar turi)

‎‎ishlab chiqarish boʻyicha korxona buyurtmasiga doir ishlarni bajarish uchun kasanachiga toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik ostida quyidagi mol-mulkni bepul foydalanishga beradi:

T/r Nomi Miqdori, ta Inventar № Berilgan kundagi balans qiymati Mol-mulk berilayotgan muddat Izohlar

1.‎

2.‎

3.‎

...‎


‎2. Kasanachi oʻziga berilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash yuzasidan toʻliq shaxsiy javobgarlikni zimmasiga qabul qiladi va quyidagi majburiyatlarni oladi:
‎olingan mol-mulkni toʻliq saqlash, uni ishga tayyor holatda saqlash, mol-mulkning buzilishi va oʻgʻirlanishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
‎korxonani mol-mulkning saqlanishiga rioya qilinmasligi hollaridan, xonalarning qoniqarsiz holati, iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar oqibatida yaroqsizlanishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish;
‎korxonaning birinchi talabi boʻyicha oʻziga berilgan mol-mulkning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etish, korxona vakillarini ushbu mol-mulk oʻrnatilgan xonaga, shu jumladan uy-joy binolariga kiritish;
‎oʻziga berilgan mol-mulkdan foydalanishning texnik shartlariga va mehnat shartnomasiga, shuningdek korxona buyurtmasiga qatʼiy muvofiq holda foydalanish.

‎3. Korxona, mol-mulkni kasanachining toʻliq shaxsiy moddiy javobgarligi ostida bergan holda, zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
‎kasanachiga berilgan mol-mulk toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlarni (foydalanish, tashish, saqlash va shu kabilar boʻyicha yoʻriqnomani) taqdim etish;
‎texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish;
‎kasanachini mol-mulkni toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik ostida berish vaqtida korxona va kasanachi oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi zarur normativ hujjatlar, mol-mulk kasanachi aybi bilan buzilgan, yaroqsizlangan yoki oʻgʻirlangan taqdirda zararni qoplash shartlari va tartibi bilan tanishtirish.

‎4. Berilgan mol-mulk kasanachining aybi bilan buzilganligi, yaroqsizlanganligi, oʻgʻirlanganligi sababli korxonaga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda yoki mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda yetkazilgan zararni qoplash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kasanachi hisobidan amalga oshiriladi.

‎5. Moddiy zarar yetkazishda kasanachining aybi boʻlmaganda (zarar tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar tufayli yetkazilganda) kasanachi moddiy javobgar boʻlmaydi.

‎‎6. Har yili kasanachi ishtirokida uning toʻliq shaxsiy moddiy javobgarligi ostida berilgan mol-mulk xatlovdan oʻtkaziladi va qayta baholanadi.

‎7. Korxona va kasanachi oʻrtasidagi ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan moddiy javobgarlik boʻyicha oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

‎8. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
‎Ushbu shartnomaning amal qilish muddati mol-mulkdan bepul foydalanishning mehnat shartnomasida belgilangan butun davriga tatbiq etiladi.
‎Boshlanishi: 200__ yil “___” ____________
‎Tugallanishi: 200__ yil “___” ___________
‎Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.

‎‎
Tomonlarning yuridik manzillari:

‎Korxona:
_______________________________________________
Kasanachi: ______________________________________________

(uy manzili)

‎‎
Pasporti: seriyasi ____________ nomeri _________________________,
‎___________________________________________ tomonidan berilgan.

Tomonlarning imzolari:
‎Korxona
‎‎


‎Kasanachi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona buyurtmasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va anjomlarni kasanachilar tomonidan mulk ijarasiga (ijaraga) olish yuzasidan
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________ shahri‎‎

20__ yil “___” __________

‎‎

Keyingi oʻrinlarda “korxona” deb ataladigan ___________________________
‎‎___________________________________________________________________

(korxonaning nomi)

nomidan Ustav (Nizom) asosida ish koʻradigan ___________________________
______________________________________________________ bir tomondan

‎‎(javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi)

va kasanachi ________________________________________________________,

(kasanachining F.I.O.)

ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

‎1. Korxona korxonaga tegishli quyidagi asbob-uskunalar va anjomlarni (keyingi oʻrinlarda “mol-mulk” deb ataladi) foydalanish uchun beradi, kasanachi qabul qilib oladi:

T/r Nomi Miqdori, ta Inventar № Berilgan kundagi balans qiymati Mol-mulk berilayotgan muddat Izohlar

1.‎

2.‎

3.‎

...‎


Jami ijaraga koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk umumiy summasi _______________
‎____________________________________________ soʻm miqdorida beriladi.

(soʻz bilan)

2. Koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk kasanachi tomonidan 20__ yil “___” ________dagi ___-son mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarish yuzasidan korxona buyurtmasi boʻyicha quyidagi ___________________________________________________________________
‎mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
‎Korxonaning mehnat shartnomasi va ishlab chiqarish topshirigʻida belgilangan buyurtmasi toʻliq bajarilganda kasanachi oʻziga berilgan mol-mulkdan shartnoma narxlarida sotish uchun boshqa mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish huquqiga ega boʻladi. Bunda korxona koʻrsatib oʻtilgan mahsulotni sotib olishda ustunlik huquqini oladi.

‎‎3. Mol-mulk ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga berilgan hisoblanadi.

‎4. Kasanachi ilova qilinayotgan hisob-kitoblar boʻyicha yiliga umumiy summasi ___________________________________________ soʻm miqdoridagi

‎‎(soʻz bilan) ‎

ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini oladi.
‎Ijara haqi korxonaning hisob raqamiga har chorakda teng ulushlarda (chorakdan keyingi oyning ___ kunidan kechikmay) oʻtkaziladi.
‎Toʻlovning bir oydan ortiq muddatga kechiktirilganligi uchun kasanachi navbatdagi toʻlov summasining ___ foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

‎5. Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra ___ yilda bir marta oʻzgartirilishi mumkin. Markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan narxlar va tariflar oʻzgargan taqdirda ijara haqi miqdorlari tomonlardan birining talabiga koʻra muddatidan oldin qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

‎6. Korxona mol-mulkni undan zarur darajada foydalanish imkonini beradigan holatda topshiradi.

‎7. Kasanachi:
‎a) korxonaning mahsulotlar (tovarlar, ishlar)ni ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmasini mehnat shartnomasida yoki ishlab chiqarish topshirigʻida belgilangan hajmdan kam boʻlmagan hajmda toʻliq ishlab chiqarish;
‎b) ijaraga olingan mol-mulkdan korxona buyurtmasiga koʻra ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maqsadlar uchun foydalanish;
‎v) mol-mulkni toʻliq ishga tayyor holatda saqlash majburiyatini oladi.

‎8. Kasanachi ijaraga olingan mol-mulkning buzilganligi uchun javob beradi.

‎9. Mulk ijarasi shartnomasi toʻxtatilganda kasanachi mol-mulkni korxonaga qaysi holatda olgan boʻlsa, normal eskirishini hisobga olgan holda, oʻsha holatda qaytarishi shart.
‎Agar kasanachi ijaraga olingan mol-mulkni qaytarmagan boʻlsa yoxud oʻz vaqtida qaytarmasa korxona muddati oʻtkazib yuborilgan vaqt uchun mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlov korxonaga yetkazilgan zararni qoplamagan taqdirda korxona zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

‎10. Shartnoma shartlari tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, bekor qilinishi va toʻxtatilishi mumkin.
‎Boshqa tomon shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tomonlardan birining talabiga binoan shartnoma sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

‎11. Ijaraga olingan mol-mulk yana ijaraga (subijaraga) berilishi mumkin emas.

‎12. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi, shartnomaning bir tomonlama oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi uchun tomonlar yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplaydilar (ushbu shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalaridan tashqari).

‎13. Tomonlarning ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

‎14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.

‎15. Ijara muddati ___ yil etib belgilanadi.

‎16. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.

‎‎
Tomonlarning yuridik manzillari:
Korxona: _______________________________________________
Kasanachi: __________________________________________________

(uy manzili)

‎‎
Pasporti: seriyasi ______________ nomeri ________________________,
‎____________________________________________ tomonidan berilgan.

Tomonlarning imzolari:
‎Korxona
‎‎


Kasanachi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining uyida yoki oʻziga tegishli boshqa joylarda ishlab chiqarish topshirigʻini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va kasanachining uyida yoki unga tegishli boʻlgan boshqa binolarda ishlab chiqarish topshirigʻini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash shartlari hamda tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kasanachining oʻz mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kasanachining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish uchun mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachiga tegishli boʻlgan mol-mulkining eskirishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish uchun sarflangan elektr energiyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida ancha miqdorda sovuq va/yoki issiq suvdan foydalanish talab qilinsa, sovuq va/yoki issiq suvga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish uchun foydalanilgan tabiiy gazga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar kasanachining funksional vazifalari mehnat quroli sifatida aloqa vositalaridan foydalanishni nazarda tutsa — telefon va pochta aloqasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachi tomonidan xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni va tayyor mahsulotlarni tashish bilan bogʻliq transport xarajatlariga qilgan xarajatlari qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kasanachining xarajatlarini qoplash miqdori hamda uni aniqlash tartibi korxona va kasanachi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarining har bir qoplanishi korxonaning rahbari (bosh buxgalteri) va kasanachi tomonidan imzolangan tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonaning kasanachi xarajatlarini qoplashga xarajatlari “Davr xarajatlari”ga kiritiladi va korxona mahsuloti tannarxiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kasanachilarning mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashning buxgalteriya hisobi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kasanachining oʻz mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri qoplanishi uchun javobgarlik korxonaning rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kasanachining mehnat jarayonida foydalaniladigan mol-mulki eskirishini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kasanachi tomonidan ish beruvchining ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish jarayonida doimiy va bevosita anjomlari, asbob-uskunalari, transporti va boshqa mol-mulkining eskirishi qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining ishlari amalga oshiriladigan binolar va xonalar, shuningdek mebellar va kam qiymatli mol-mulklarning eskirishi qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mol-mulkning eskirishini qoplash miqdori uning mehnat shartnomasini tuzish vaqtidagi baholash qiymatidan va mol-mulkning ushbu turi uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan yillik eskirish ajratmalari miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari isteʼmolda boʻlgan mol-mulkning baholash qiymati mehnat shartnomasi tuzish vaqtida uning eskirganligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash qiymatini aniqlashni soddalashtirish maqsadida ana shunday asbob-uskunalarning joriy bozor qiymatidan va mol-mulkning sotib olingan (yoki ishlab chiqarilgan sanasi) vaqtidan boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtgacha boʻlgan davrda undan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda eskirishi ajratmalarning belgilangan normalari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mol-mulkning eskirishini qoplash mehnat shartnomasiga muvofiq kamida har 3 oyda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Elektr energiyasi, sovuq va/yoki issiq suv, tabiiy gaz va aloqa vositalari xarajatlarini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektr energiyasi xarajatlarini qoplash miqdori mehnat faoliyati jarayonida kasanachi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunaning energiya sarf qilishi (quvvati)dan, mahsulot birligini ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish uchun) ushbu asbob-uskunadan foydalanishning normativ vaqtidan, shuningdek kasanachining mehnat faoliyati amalga oshiriladigan joyda aholi uchun elektr energiyasiga belgilangan tariflardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun energiyasiga xarajatlarini qoplash miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V(soʻm) = Σ (Mi(kVt/s) * VRi(norma)) * Tarif(soʻm), bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V(soʻm) — ishlab chiqarilgan mahsulot birligi (koʻrsatilgan xizmatlar) uchun qoplash miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Σ — elektr energiyasiga xarajatlarni qoplash miqdorini aniqlashda mahsulot birligini ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun zarur boʻlgan, elektr isteʼmol qiladigan asbob-uskunaning quvvati va undan foydalanish normativ vaqtining alohida-alohida hisobga olinishini koʻrsatuvchi summa belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mi(kVt/s) — mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan elektr energiyasi isteʼmol qiluvchi asbob-uskunaning quvvati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VRi(norma) — elektr energiyasi isteʼmol qiluvchi asbob-uskunadan foydalanishning normativ vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarif(soʻm) — elektr energiyasi uchun toʻlovning aholi uchun belgilangan tarifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kasanachining ish joyini yoritish uchun foydalaniladigan elektr energiyasi toʻlovi uchun xarajatlari ham qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bir oydagi elektr energiyasi uchun xarajatlarni qoplash miqdori ish beruvchi tomonidan kasanachidan qabul qilib olingan barcha buyumlarni ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi xarajatlarini va bir oy uchun hisoblangan ish joyini yoritish uchun elektr energiyasi xarajatlari qiymatini jamlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish jarayonida kasanachi tomonidan foydalaniladigan suv uchun xarajatlar texnologik operatsiyalarni (buyumlarni yuvish, tozalash va shu kabilarni) amalga oshirish uchun suv sarfining texnik normativlaridan hamda mazkur joydagi aholi uchun belgilangan sovuq va/yoki issiq suvdan foydalanish tarifidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Gaz uchun xarajatlar kasanachi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot birligi hisobida, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun gaz sarfining texnik normalaridan va aholiga gaz yetkazib berish tarifidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xonani isitish uchun foydalaniladigan issiqlik energiyasi xarajatlari qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aloqa vositalari xarajatlarini qoplash kasanachining funksional vazifalari ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida uy telefonidan va telefon aloqasining raqamli kanallaridan va/yoki muntazam ravishdagi pochta va telegraf joʻnatmalaridan foydalanish bilan bevosita va doimiy bogʻliq boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kasanachining aloqa vositalari xarajatlarini qoplash miqdori ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish uchun zarur boʻlgan telefon orqali bogʻlanishlarining normativ hajmi (vaqti)dan va telefon aloqasi tariflaridan, shuningdek aloqa xizmatlari toʻlovi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar bilan tasdiqlangan pochta va telegraf joʻnatmalarining haqiqiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Telefon orqali bogʻlanishning normativ hajmini (vaqtini) belgilash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kasanachining Internet tarmogʻiga ulanish va undan foydalanish xarajatlari qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining funksional vazifalari Internet tarmogʻidan doimiy foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda kasanachining Internet tarmogʻiga ulanishi va Internet tarmogʻidan foydalanish normativ vaqtini belgilash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishlab chiqarish topshirigʻini bajarish uchun foydalanilgan elektr energiyasi, suv va gaz xarajatlarini, shuningdek aloqa vositalariga xarajatlarni qoplash, qoidaga koʻra, har oyda kasanachidan mahsulotlarni (xizmatlarni) qabul qilib olish vaqtida amalga oshiriladi. Bunda kasanachining gaz uchun xarajatlarini qoplash kasanachida gaz hisoblagich mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kasanachining transport xarajatlarini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kasanachining xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va kichik anjomlarni tashishga, shuningdek tayyor mahsulotlarni yollangan transport bilan tashishga qilgan haqiqiy xarajatlari qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoplash miqdori korxona va kasanachi oʻrtasida tuzilgan bitim boʻyicha, mazkur joydagi transport xizmatlarining bozor qiymatini, kasanachining ish joyi bilan korxona oʻrtasidagi masofani, tashish uchun yollangan transport vositasi turini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasanachining faqat yuklarni tashishga qilgan xarajatlari qoplanadi. Transport vositasining yuksiz yurish qiymati qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashish temir yoʻl transportida (yaqin masofaga qatnaydigan elektr poyezdida) amalga oshirilgan taqdirda transport xarajatlari taqdim etilgan yoʻl hujjati qiymati boʻyicha qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kasanachining transport xarajatlarini qoplashda ushbu xarajatlarning maqsadga muvofiqligi haqqoniy aniqlangan boʻlishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 254-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda, 34-son, 405-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)