Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018 04.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1832
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 04.07.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1832
Kuchga kirish sanasi
14.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

TAʼLIM MUASSASALARI VA KORXONALAR OʻRTASIDAGI ShERIKLIK MUNOSABATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-iyulda 1832-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 16-martdagi 6-2018, 3/qq, 2-mh, 9-qq, 10 va 65-sonli “Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1832-2, 03.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi “Yoshlar yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-805-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining 46-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2008-yil 30-may,

157-son

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-08/1750-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 30-maydagi 157, 21/QQ, 23, 01-08/1750, 54, 56-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 56-modda) 46-bandiga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (bundan keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida sheriklik munosabatlarining yoʻlga qoʻyilishi malakali kichik mutaxassis kadrlarni tayyorlash va bitiruvchilarni ish oʻrinlari bilan taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻquvchilarning amaliyoti oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalar va taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro sheriklik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi. Shartnomada amaliyot oʻtkazish, korxonalar tomonidan zarur yoʻnalishlar boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun bitiruvchilarni ishga joylashtirishni kafolatlovchi buyurtmalar va boshqa talablar koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarining maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarining maqsadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat bozori talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va oʻzaro foydali integratsiyani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonalarda unumli mehnat asosida kadrlar tayyorlashning ikki tomonlama tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) amaliyot oʻtashni davlat taʼlim standartlari talablari darajasida tashkil etish va bitiruvchilarni mutaxassisliklariga mos ish joylari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklikning vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kasb-hunar taʼlimini isloh qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va mehnat bozori oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash uchun taʼlim va ishlab chiqarishni uygʻunlashtirish asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korxonalardagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda integratsiyalashgan zamonaviy oʻquv-laboratoriya va amaliyot bazalaridan samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Taʼlim muassasalari va sherik korxonalarning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sherik korxonalar buyurtmasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablari darajasidagi malakali kichik mutaxassislar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sherik korxonalarning takliflariga muvofiq oʻquv reja va dasturlarga oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) amaliyotlarni oʻtkazish jadvali va amaliyotlar ishchi dasturini namunaviy dastur asosida sherik korxonalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish, korxonalar bilan kelishish va hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasida tasdiqlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻquvchilarning sherik korxonalardagi ichki mehnat tartibi, mehnat muhofazasi, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sherik korxonalar xodimlari bilan hamkorlikda oʻquv-tarbiyaviy ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) oʻquvchilarning amaliyot dasturida nazarda tutilgan ishlarni bajarishlarini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sherik korxonalarning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini dastur talablari darajasida yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) amaliyot oʻtash davrida oʻquvchilarni amaliyot dasturida koʻzda tutilgan ishlarni bajarishlari uchun yetarli ish oʻrni, asbob-uskunalar, xomashyo materiallari hamda maxsus ish kiyimi va himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼlim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida korxonalarning tajribali va malakali xodimlarini amaliyotlar ishchi dasturlarini ishlab chiqishda, ilmiy-amaliy seminarlarda hamda bitiruvchilarning kasbiy-amaliy imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlari himoyasida faol ishtirok etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) amaliyot oʻtash jarayonida faol ishtirok etgan va yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan oʻquvchilarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oʻquvchilarning amaliyotiga korxona tomonidan rahbar etib tayinlangan xodimlarga oʻrnatilgan tartibda korxonaning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda qoʻshimcha ustama haqi toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq buyurtmada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mutaxassisliklari boʻyicha ish bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Amaliyot oʻtash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlim muassasalari oʻquvchilarining amaliyot turlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallash uchun taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan oʻquv amaliyoti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv amaliyoti oʻquvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashlari uchun oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqarish amaliyoti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish amaliyoti sherik korxonalar faoliyatini oʻrganish asosida maxsus fanlarni oʻqitish jarayonida egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tizimlashtirish maqsadida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) diplom oldi amaliyoti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplom oldi amaliyoti taʼlimning yakunlovchi bosqichi boʻlib, oʻquvchilarning dastlabki kasbiy tajribalarga ega boʻlishlari, boʻlajak mutaxassisning mustaqil faoliyat koʻrsatishi uchun kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshirish va bitiruv malakaviy ishiga maʼlumotlar yigʻish uchun sherik korxonalarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari taʼlim muassasalaridagi oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari, sex va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari barqaror ishlaydigan sherik korxonalarda ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida amaliyot ishchi dasturiga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlariga rahbarlik qilish uchun taʼlim muassasalari va sherik korxonalardan amaliyot rahbarlari tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquvchilar sherik korxonalarga amaliyotchi sifatida qabul qilingan vaqtdan boshlab, ularga korxonada oʻrnatilgan ichki tartib va mehnat muhofazasi qoidalari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-dekabrdagi 439-sonli “Kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, oʻquvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti davrida bajarilgan ishlarga tegishli malaka darajasidagi ishchilarning oylik maoshlariga belgilangan koeffitsiyentlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar hisobga olingan holda amaldagi meʼyorlar, narxlar, stavkalar (maoshlar) boʻyicha haq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Amaliyot oʻtash vaqtida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan oʻquvchilarni Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) koʻrsatilgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 22-maydagi 196-Q, 01/QQ, 20, 119/Q, 96 va 38-son qarori (roʻyxat raqami 1832-1, 02.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻzaro sheriklik shartnomasiga asosan sherik korxonalar tomonidan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari — yosh mutaxassislarning ishga joylashishi uchun lavozim, kasblar roʻyxati”ga (2006-yil 18-oktabr, roʻyxat raqami 1631) muvofiq ish bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shartnomada koʻrsatilgan oʻquvchilardan tashqari amaliyot davrida faol ishtirok etgan hamda oʻzini malakali mutaxassis sifatida namoyon qilgan oʻquvchilar ham sherik korxonalarning tavsiyasiga asosan, taʼlim muassasasini tugatganlaridan soʻng, ishga qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼlim muassasalari bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishi boʻyicha monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablarini buzgan tomonlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 259-modda; 2010-y., 22-son, 179-modda)