Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 15.02.1991 yildagi 226-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1991-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritilsin, ushbu Qarorning 4-bandida koʻzda tutilgan qoida bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari ushbu Qonunga zid boʻlmasa, qoʻllanaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, budjet bilan hisob-kitob qilinayotganda 1991-yilgi faoliyat yakunlaridan boshlab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 6-modda 6-bandidagi “a” kichik bandida nazarda tutilgan qoidalar sovet va chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaratilgan va 1991-yilning 1-yanvarigacha roʻyxatdan oʻtgan qoʻshma korxonalarga nisbatan ularning faoliyat sohasidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Isteʼmolga qaratilgan mablagʻlar xarajatini tartibga soluvchi soliq 1991-yilda olinmasligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, foydadan olinadigan soliq stavkasini qoʻllayotganda hisobga olinadigan rentabellik eng yuqori darajasi uning tarmoqdagi oʻrtacha darajasiga nisbatan ikki hissa ortiq holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreliga qadar yangi ulgurji, xarid, chakana va smeta narxlarini va tariflarni hisobga olgan holda xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha rentabellik va uning oʻrtacha hajmini hisoblash tartibini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, 1991-yilda soliq solinadigan foyda hisoblab chiqilayotgan mehnatga haq toʻlash uchun qilinadigan xarajatlarning norma belgilanadigan meʼyori korxonalar tomonidan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining oʻsishiga yoki faoliyatining boshqa koʻrsatkichlariga qarab aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilning 1-apreligacha xalq xoʻjaligi tarmoqlari va sanoat (asosiy faoliyat turlari) boʻyicha mehnatga haq toʻlash uchun qilinadigan xarajatlarning oʻsish koeffitsiyenti belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yilda mehnatga haq toʻlash uchun qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqarishning bazaviy miqdori sifatida 1990-yilda mazkur maqsadlar uchun qilingan, asosiy faoliyatda band boʻlgan xodimlar ( shu jumladan ishlab chiqarish kooperativlari xodimlari) ning tarkib topgan oʻrtacha ish haqining Qonundagi 3-modda 4-bandga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladigan qismiga qarab hisoblab chiqariladigan, lekin 400 soʻmdan koʻp boʻlmagan, 1991-yilning II kvartalidan boshlab esa 480 soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar qabul qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyundagi 294a-XII-sonli qarori tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 192-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Qonunning 7-moddasi qoidalari, basharti ajnabiy qatnashchining ulushi ustav fondining 30 foizidan oshib ketmasa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet yuridik shaxslari hamda ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tuzilgan qoʻshma korxonalarga, xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro nohukumat tashkilotlar (birlashmalar) hamda xalqaro birlashmalarga hamda boshqa ittifoqdosh respublikalar va chet el davlatlari hududida respublika korxonalar, tashkilotlar, muassasalari va tadbirkorlari ishtirokida tuzilgan qoʻshma korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan filiallariga soliq solishga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti 1991-yilga respublika budjeti loyihasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan undiriladigan soliqlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berishning tarkibi, miqdorlari va tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qonunni roʻyobga chiqarishni taʼminlash uchun zarur qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston ASSR hujjatlarini “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga doir takliflarini taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Korxona, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashiga kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarning foydalariga solinadigan soliq stavkalarini hamda mazkur soliqlar boʻyicha imtiyozlarni belgilash chogʻida Qonun amalga kiritilgan paytda jumhuriyat boʻyicha koʻrsatilgan xoʻjaliklarning tarkib topgan budjetga toʻlovlari oʻrtacha darajasidan kelib chiqish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga korxonalar balansida turgan sogʻliqni saqlash, maktabgacha tarbiya muassasalari, pioner lagyerlari va Qonunning 6-moddasi 1-bandi “j” kichik bandida sanab oʻtilgan boshqa obyektlarni saqlab turish uchun ketadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 87-modda; 8-son, 192-modda)