Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2013 18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1827
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi , 18.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1827
Kuchga kirish sanasi
28.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUGʻURTALOVChINING (SUGʻURTA BROKERINING) RAHBARIGA VA BOSh BUXGALTERIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1827-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 30-apreldagi 42-sonli “Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2462, 30.05.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1992-yil, 11-son, 37-modda) buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 25-martdagi 52-sonli “Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2004-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1338 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirining
2008-yil 11-iyundagi
61-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom sugʻurtalovchilarning (sugʻurta brokyerlarining) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlanadigan rahbarlariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari — qonunchilik va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻurtalovchilarning (sugʻurta brokyerlarining) rahbarlari va bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) nomzodlarning mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni ular sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga tayinlanishidan (saylanishidan) avval taqdim etishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sugʻurta sohasida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek, yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) bosh buxgalteri quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buxgalter sifatida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida buxgalter sifatida bir yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari (bosh buxgalteri) etib, rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblangan shaxs tayinlanishi (saylanishi) mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Nomzodlarning malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha toʻldirilgan anketa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi (xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumot mavjud boʻlgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi. Oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda mehnat daftarchasida qayd qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Moliya vazirligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) 3 kunlik muddatda yozma ravishda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Moliya vazirligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda 3 kunlik muddatda yozma ravishda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining)
rahbari va bosh buxgalteriga
qoʻyiladigan malaka talablari
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________________________________________________
(sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) nomi
_________________________________________________________
(lavozimning toʻliq nomi))
lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod toʻgʻrisida maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ANKETASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anketa nomzodning oʻz qoʻli bilan, tushunarli dastxatda, siyoh yoki qora, koʻk, binafsha rangli pastali sharikli ruchkada toʻldirilishi lozim. Barcha sanalar arab raqamlarida keltirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anketaning barcha savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi, hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hatto bitta toʻldirilmay qolgan qismining mavjudligi, butun anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qaytariladi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi qism. Anketa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

1.‎ Familiyasi‎
2.‎ Ismi‎
3.‎ Otasining ismi‎
4.‎ Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa)‎
5.‎ Tugʻilgan yili‎
6.‎ Tugʻilgan joyi‎
7.‎ Pasport raqami va seriyasi, qachon va kim
‎tomonidan berilgan‎
8.‎ Uy manzili (pasportda roʻyxatga olingani boʻyicha)‎
9.‎ Uy manzili (yashash joyi boʻyicha)‎
10.‎ Telefon raqamlari (uy, ish, uyali aloqa)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oxirgi 10 yil mobaynida ish bilan taʼminlanganligi
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(maʼlumotlar har bir tashkilot (korxona) boʻyicha alohida keltiriladi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

11.‎ Tashkilot (korxona) nomi ‎
12.‎ Tashkilotning (korxonaning) anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili‎
13.‎ Lavozim (lavozimlar)‎
14.‎ Ish davri‎ “____” ________ yildan
‎ “____” ________ yilgacha ‎
15.‎ Ish bilan taʼminlanganlik tavsifi (keragini belgilang)‎ a) mehnat shartnomasi boʻyicha
‎b) yakka tartibdagi tadbirkor
‎v) ishlamagan

‎‎“b” va “v” bandlari boʻyicha batafsil maʼlumot keltiring‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi,
har bir muassasa boʻyicha alohida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

16.‎ Oliy taʼlim muassasasining nomi‎
17.‎ Ushbu muassasaning anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan
‎oxirgi manzili‎
18.‎ Taʼlim shakli (keragini belgilang)‎ a) kunduzgi;
‎b) sirtqi;
‎v) kechki. ‎
19.‎ Kirgan sana‎
20.‎ Oʻqishni yakunlagan sana‎
21.‎ Olgan darajasi‎
22.‎ Olgan mutaxassisligi‎
23.‎ Taʼlim muassasasida oʻqishni yakunlaganligi toʻgʻrisidagi
‎diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami‎

‎Seriyasi _____________
‎Raqami ______________ ‎
24.‎ Agar anketa toʻldiruvchi ushbu muassasada oʻqishni
‎yakunlamagan ‎boʻlsa, sababini koʻrsating‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kod‎

Savollar‎

Javoblar‎

25.‎

Anketa toʻldiruvchi u tomonidan amalga oshirilgan harakatlar
‎yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish
‎toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi
‎boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan
‎ yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror
‎chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari
‎ (bosh buxgalteri) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang).‎
a) yoʻq;
‎b) ha. ‎
‎‎“b” javobi belgilangan taqdirda, tashkilot nomi va anketa
‎toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Men:
‎— ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini;
‎— ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishganligimni tasdiqlayman. ‎
Anketa toʻldiruvchining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi ‎
Anketa toʻldiruvchining imzosi‎
Imzo sanasi‎
Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketanining har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan imzolaganligini tasdiqlayman.‎
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi‎
Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) masʼul xodimining imzosi‎
Imzo sanasi‎

‎M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 241-modda)