Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2014 09.12.1992 yildagi 748-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi Nizom (ilova qilinadi) tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
748-XII-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining

1992-yil 9-dekabrdagi

748-XII-son qarori bilan

TASDIQLANGAN

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURASI IDORALARI XODIMLARINING MAXSUS UNVONLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Ushbu Nizom prokuratura idoralarining xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublika Prokuraturasi ilmiy muassasalari va oʻquv yurtlari xodimlarining darajali maxsus unvonlarini belgilash va berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Prokuratura idoralari xodimlarining quyidagi darajali maxsus unvonlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajali maxsus unvonlar‎ —‎ Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi,‎
—‎‎ 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi,‎
—‎‎ 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi,‎
—‎‎ 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;‎
yuqori darajali maxsus unvonlar‎ —‎‎ adliya katta maslahatchisi,‎
—‎‎ adliya maslahatchisi,‎
—‎‎ adliya kichik maslahatchisi;‎
quyi darajali maxsus unvonlar‎ —‎‎ 1-darajali yurist,‎
—‎‎ 2-darajali yurist,‎
—‎‎ 3-darajali yurist,‎
‎—‎‎ kichik yurist.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Darajali maxsus unvonlarni berish xodimlarning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda hamda uning egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq holda bosqichma-bosqich tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Unvonning nomi ‎

Lavozimi‎

Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.‎
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini oʻrinbosarlari.
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi boshqarma va boʻlimlarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlar.‎
Adliya katta maslahatchisi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining kata yordamchilari va maxsus topshiriqlar boʻyicha yordamchilari, boshqarma va boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari, boshqarmalar tarkibidagi boʻlimlarning boshliqlari, ilmiy muassasa va oʻquv yurtining rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosarlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning oʻrinbosarlari.‎
Adliya maslahatchisi ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yordamchilari, boshqarmalar tarkibiga kiruvchi boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boshqarmaning katta prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilari va katta tergovchilari, ilmiy muassasa va oʻquv yurti rahbarining oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va sektor rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar boshqarma va boʻlimlarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, shahar tuman va ularga tenglashtirilgan prokurorlar.‎
Adliya kichik maslahatchisi‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilari hamda oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, shahar, tuman va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning oʻrinbosarlari.‎
1-darajali yurist‎
2-darajali yurist‎
‎3-darajali yurist‎
Shahar va tuman prokurorlarining yordamchilari, tergovchilari (darajali unvonga ega boʻlgan muddatga bogʻliq tarzda)‎
kichik yurist‎ Prokuratura idoralarida ish oʻrganayotganlar, yosh mutaxassislar, mutaxassisligi boʻlmagan shaxslar va yordamchi lavozimlarda ishlayotganlar.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Prokuratura idoralarining xodimlariga egallab turgan lavozimiga mos keladigan darajali maxsus unvonlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir darajali maxsus unvonni egallab turish muddati quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik yurist‎ —‎ 1 yil‎
3-darajali yurist‎ ‎—‎ 2 yil‎
‎2-darajali yurist‎ ‎—‎ 2.5 yil‎‎
‎1-darajali yurist‎ ‎—‎ 3 ‎yil‎
Adliya kichik maslahatchisi‎ ‎—‎ ‎3 yil‎
‎Adliya maslahatchisi‎ ‎—‎ ‎3.5 yil‎
‎Adliya katta maslahatchisi‎ ‎—‎ 4 ‎yil‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi unvonlarini egallab turish muddati belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi, shuningdek, 1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi daraja maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa darajadagi maxsus unvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kichik yurist darajali maxsus unvoni attestatsiyadan oʻtgan va lavozimga tasdiqlangan yosh mutaxassislarga beriladi. Ish oʻrganish davrida alohida oʻrnak koʻrsatgan yosh mutaxassislar 3-darajali yurist unvoniga taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura idoralarining ishlar boshqarmasida, moliya, moddiy-texnikaviy taʼminot tarmoqlarida ishlayotgan hamda attestatsiyaga daxli boʻlmagan oʻzga xodimlar mehnatda alohida oʻrnak koʻrsatganliklari uchun istisno tariqasida darajali maxsus unvonga taqdim etilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Prokuratura idoralariga huquqni muhofaza qilish idoralaridan va boshqa tashkilotlardan ishga oʻtgan xodimlarga tayinlangan lavozimiga, ularning bilimi va ish tajribasiga bogʻliq ravishda darajali maxsus unvonlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim hollarda oʻz xizmat burchini namunali bajarganligi uchun xodimlarga darajali maxsus unvonlarni Ushbu Nizomning 5-moddasida koʻrsatilgan muddat tugamasdan avval berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqoriroq lavozimga tayinlanganda navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan unvondan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori turgan unvon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Prokuratura idoralarining darajali maxsus unvon berilgan xodimlari mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun prokuratura idoralaridan boʻshatilganda darajali maxsus unvondan mahrum etilishi mumkin. Prokuratura idoralarining xodimlari oʻz xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan holda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Prokuratura xodimlarini oliy darajali maxsus unvonlardan mahrum etish yoki ular unvonini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa unvonlardan mahrum etish yoki unvondan pasaytirish — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Prokuratura organlari idoralarining darajali maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlariga mansab okladlariga qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Prokuratura organlarining darajali maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlari xizmat vazifalarini bajarish davrida alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libos kiyadilar. Oliy darajali maxsus unvonga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan prokuratura idoralari xodimlari alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libosni kiyib yurish huquqini saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi tarkibiga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurollik kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida qonunlarning ijrosini nazorat qiluvchi harbiy prokuraturaning xodimlariga unvonlar berish alohida Nizom bilan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining

1992-yil 9-dekabrdagi

748-XII-son qarori bilan

TASDIQLANGAN

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURASI IDORALARI XODIMLARINI RAGʻBATLANTIRISh VA ULARNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Prokuror-tergov xodimlarining bilimdonligi, yuksak axloqiy fazilatlari va ongli shaxsiy intizomi prokuratura zimmasiga yuklangan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishining muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular halol va qonunlarning buzilishiga murosasiz boʻlishlari, oʻz kasb vazifalarini fuqarolik matonati bilan adolatli va vijdonan bajarishlari lozim. Prokuratura xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya qilishlari, ishda tashabbuskor boʻlishlari, ishning sifati va samaradorligini oshirishlari, oʻz faoliyatlari orqali qonunning ustuvorligini taʼminlashga, fuqarolarning huquqiy ongini qonunlarga hurmat ruhida shakllantirishga koʻmaklashishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror-tergov xodimlari tomonidan sodir etilgan har qanday qonunbuzarlik va xizmat intizomining buzilishi prokuratura obroʻsini tushiradi, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq prokuror-tergov xodimlarining, shuningdek, prokuratura oʻquv, ilmiy va boshqa muassasalarining xodimlarini mukofotlash va ularni intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. RAGʻBATLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Prokuror-tergov xodimlari, shuningdek, prokuraturaning, oʻquv, ilmiy va boshqa muassasalarining xodimlari xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari, tashabbuskorligi va ishdagi izchilligi uchun ragʻbatlantiriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ragʻbatlantirishning quyidagi turlari mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tashakkurnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) pul mukofoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sovgʻa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qimmatbaho sovgʻa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) darajali unvonini koʻtarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura idoralarining xodimlari mehnatdagi alohida xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” Faxriy unvoniga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti, sovgʻa berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorlari, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, transport prokurorlari, harbiy prokurorlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho sovgʻa bilan mukofotlar, darajali unvonini oshirish, “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoniga hamda boshqa davlat mukofotlariga tavsiya etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar prokurorlari, shuningdek harbiy prokurorlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan prokuratura idoralarining xodimlarini ragʻbatlantirish haqidagi taqdimnomani yuqori turuvchi prokurorga kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ragʻbatlantirish buyruq orqali eʼlon qilinadi va xodimning mehnat daftarchasiga hamda shaxsiy ishida qayd qilib qoʻyiladi. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq bilan mukofotlangan xodim, mazkur prokuratura xodimlari, lozim hollarda esa barcha prokuror-tergov xodimlari tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. INTIZOMIY JAZO
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Prokuror-tergov xodimlariga, shuningdek prokuraturaning oʻquv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo, oʻz xizmat vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki prokuratura xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tanbeh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hayfsan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qattiq hayfsan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) darajali unvonini pasaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishonidan mahrum etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) lavozimini pasaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ishdan boʻshatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) ishdan boʻshatib, darajali unvonidan mahrum etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori respublika Prezidenti bergan darajali unvonlardan mahrum etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idorasi tomonidan tayinlangan shaxslarni lavozimlaridan boʻshatishdan (shu jumladan, ayni bir paytda ularni darajali unvonlaridan mahrum etishdan) tashqari barcha intizomiy jazo turlarini qoʻllash huquqiga ega. Bu hollarda Bosh prokuror tegishli taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idorasiga murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, transport, harbiy va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlar oʻziga boʻysunuvchi xodimlarga quyidagi intizomiy jazo turlarini qoʻllashi mumkin: tanbeh, hayfsan, qattiq hayfsan, shuningdek ularning nomenklaturasiga kiradigan shaxslarni lavozimidan pasaytirish va ishdan boʻshatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ularga boʻysinadigan prokuror va tergov xodimlariga jazo berish uchun yuqori turuvchi prokurorga taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sodir etilgan aynan bir nojoʻya xatti-harakat uchun xodimga faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Intizomiy jazo qoʻllash masalasini hal etayotgan prokuror sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatni shaxsan oʻzi oʻrganib chiqishi hamda uni sodir etgan shaxsdan yozma tushuntirish olishi shart. Zarur hollarda esa xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat maʼlum boʻlgan kundan boshlab bir oy muddatdan kechiktirilmay qoʻllaniladi, lekin bunda xodim betob boʻlgan, mehnat taʼtilidagi vaqti, shuningdek, xizmat tekshiruvchi uchun ketgan vaqt hisobga kirmaydi. Nojoʻya xatti-harakat maʼlum boʻlgan kundan boshlab bir yil oʻtgan boʻlsa intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim prokuratura idoralarida ishlashga zid boʻlgan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan, shuningdek harakatlar jinoiy va fuqarolik protsessual qonunlarning talabini buzish bilan bogʻliq boʻlsa, bu xatti-harakatlar sodir etilgan muddatdan qatʼi nazar, u intizomiy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazo buyruq bilan berilib, intizomiy jazoga tortilgan xodimga eʼlon qilinadi va uning shaxsiy ishiga tikib qoʻyiladi. Intizomiy jazo toʻgʻrisidagi buyruq ushbu prokuratura xodimlariga va zarur hollarda barcha prokuror-tergov xodimlariga ham eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuqori turuvchi prokuror buyrugʻida oʻz qarorini asoslagan holda jazoni bekor qilish, kuchaytirish yoki yengillashtirishi mumkin. Intizomiy jazo sifatida lavozimdan pasaytirish yoki ishdan boʻshatish jazosi qoʻllanilgan boʻlsa, bu lavozimning pasaytirilishini yoki ishdan boʻshatilishni noqonuniy deb topsa yuqori turuvchi prokuror jazolangan xodimni avvalgi lavozimiga tiklash va ishdan boʻshatilgan kundan boshlab majburan ishlamagan vaqti uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash yoki past lavozimda ishlagan vaqt uchun maoshning farqini koʻpi bilan bir yil uchun toʻlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodim intizomiy javobgarlikka tortilgandan keyin bir yil ichida qaytadan javobgarlikka tortilmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. Bir yillik vaqtning oʻtishi tegishli jazo choralari qoʻllangan xodimlarning “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni qaytarilishiga, avvalgi lavozimiga tiklanishiga va daraja unvonlarining qaytarilishiga olib kelmaydi. Ilgarigi darajali unvonlariga va lavozimlariga tiklash faqat attestatsiyadan oʻtkazish tartibida amalga oshriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotganini namoyon qilsa, unga berilgan intizomiy jazoni jazo bergan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror muddatidan ilgari olib tashlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimning intizomiy jazoga tortilishi uning navbatdagi darajali unvonga va yuqori lavozimga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaydigan holat boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intizomiy jazoning borligi beriladigan mukofotning miqdoriga, mehnat taʼtilini belgilash va boshqa imtiyozlarni berishda taʼsir koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Prokuror intizomiy jazo berishda oʻz vakolat doirasidan chiqsa yoki uni yetarli darajada qoʻllamasa, yuqori turuvchi prokuror oldida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimga berilgan intizomiy jazo ustidan shikoyat berishi mumkin. Ariza yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga eʼlon qilingandan keyin ikki hafta ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori turuvchi prokuror yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori arizani tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqib qaror qabul qiladi, agarda qoʻshimcha tekshirish kerak boʻlsa, bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat berilishi intizomiy jazoning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻziga boʻysunadigan prokurorlar tomonidan berilayotgan ragʻbatlantirish va jazo choralarining asosliligi va qonuniyligini nazorat qilib boradi va asossiz hamda noqonuniy buyruqlarning bekor qilish tadbirini koʻradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 31-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda)