O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar”ni (O‘zR AQ-92) tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-fevralda 1773-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini takomillashtirish va ularni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar (O‘zR AQ-92) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Mazkur Qoidalar amalga kiritilgan vaqtdan boshlab “Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 1999-yil 8-noyabrdagi 163-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i X. TROBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-yanvar,
16-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 30-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish bo‘yicha qoidalar”
(O‘zR AQ-92)
(O‘zR AQ-92)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda), Xalqaro standartlar (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 6-ilovasi), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) muvofiq uchish ishlarini tashkil etish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar maqsadida quyidagi asosiy atamalar, qisqartmalar va tushunchalardan foydalaniladi:
AUTOLAND — HKda avtomatik ravishda qo‘ndirish tizimi.
Oldingi tahrirga qarang.
CAT I-II-III— IKAO tomonidan belgilangan qo‘nishga aniq kirishish va qo‘nishlar toifasi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
SVT — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKga ta’lim berishning kompyuter dasturi (COMPUTER BASE TRAINING)
ETOPS — ikki gaz turbinali kuch o‘rnatmalari o‘rnatilgan samolyotlarning uzaytirilgan masofali parvozlari.
FAA/JAA — Amerika — Yevropa aviatsiya qoidalari.
KHT “FLITEPRO” — kompyuterlashtirilgan navigatsiya trenajyori.
MNPS — minimal navigatsiya xususiyatlariga talablar.
NAT DOC 001 — Shimoliy Atlantika ustida parvoz qilish uchun yo‘riqnoma materiallari.
RVSM — vertikal eshelonlashning qisqartirilgan minimumi.
SIM-CHECK — uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, parvozlar turiga berilgan ruxsatlar va berilgan minimumlar bo‘yicha malakani tasdiqlash uchun trenajyor tekshiruvi.
AGNES — to‘xtab turish joyiga burilish vaqtida HK ekipajiga uzatiladigan yorug‘lik signallari.
ATIS — aerodrom hududida axborotlarni avtomatik uzatish tizimi.
Djeppesen — aeronavigatsiya ma’lumotlarini yetkazib beruvchi firma.
IKAO — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti.
MARSHAL — HKning yerdagi harakatini tartibga soluvchi shaxs.
NOTAM, SNOUTAM — aerodromlar, radio-texnika vositalari, qo‘ndirish tizimlari va h. k.lar to‘g‘risida uchuvchilarga beriladigan ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
SPNB — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish bo‘limi.
(1-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
SMT (FFS) — samolyotning majmuaviy trenajyori.
CAPTAIN (SRT) — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.
CAPTAIN SUPERVISOR — ikkinchi uchuvchilarga yo‘nalish mashqlarini o‘rgatuvchi, g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning komandiri.
CHECK-CAPTAIN (CH-CPT) — amaldagi uchuvchi guvohnomasiga ega, uchuvchilar tarkibini g‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida to‘liq nazariy, mashqiy parvoz qilish, parvoz tayyorgarligi, tekshirish va ularning parvoziga ruxsat berish huquqiga ega aviatsiya xodimi.
FIRST-OFFICIER (F/O) — qat’iy minimum bo‘yicha ekipaj tarkibiga ikkinchi uchuvchi sifatida mustaqil parvozlarga kiritilgan, g‘arbda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.
PILOT — FA UTTDga muvofiq ikkinchi uchuvchi bo‘lib safga kiritish dasturini o‘tovchi Sharqda ishlab chiqarilgan HKdagi ikkinchi uchuvchi.
NAVIGATOR (NAV) — g‘arbda ishlab chiqarilgan HKning shturmani.
AAE — alohida aviaeskadrilya.
ADP — aerodrom dispetcherlik punkti.
AMT (AIP) — aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plami — ichiga uzoq muddatli aeronavigatsiya ma’lumotlarini olgan, davlat tomonidan chiqarilgan yoki ruxsat berilgan nashr.
AMS(F) — Aviatsiya-meteorologiya stansiyasi (fuqaro).
AMX — aviatsiya-muhandislik xizmati.
ATB — aviatsiya-texnika bazasi.
ICHDX — korxonaning ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati.
KTQT — ko‘rinishni taqlid qilish tizimi.
“MAI” A/K — “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi.
MAX — muhandislik-aviatsiya xizmati.
MK — Malaka komissiyasi.
MMK — Mahalliy malaka komissiyasi.
MOK — malaka oshirish kurslari.
MMSH — murakkab meteosharoitlar.
MDH — Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi.
OMK — Oliy malaka komissiyasi.
PAQ — Aviakompaniya (aviakorxona)ning parvozlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi.
PXI — aviakompaniya (aviakorxonaning) parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi.
PEQ — Parvoz ekspluatatsiyasi bo‘yicha qo‘llanma (FCOM, OM).
PX — parvozlar xavfsizligi.
RUUR — radiomarkerli uzoq uzatish radiostansiyasi.
TKB — tajriba-konstruktorlik byurosi.
TUEK — Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi.
UITE — uchish ishini tashkil etish.
UO — uchuvchilar otryadi.
USB — uchish-sinov bo‘linmasi.
UTTD — uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi.
UUB — uchuvchilar-uslubiyat bo‘limi.
UUK — uchuvchilar-uslubiyat kengashi.
UUX — uchuvchilar-uslubiyat xonasi.
FA — fuqaro aviatsiyasi.
SHEHM — shaxsiy elektron hisoblash mashinasi.
O‘M — o‘quv markazi.
O‘MM — o‘quv-mashq markazi.
O‘UTD — O‘quv-uchish tayyorgarlik dasturi.
O‘UTK — o‘quv-uchish tayyorgarlik kursi.
O‘SHKT — o‘zgaruvchan shaffoflikdagi ko‘zgular tizimi.
QQB — qaror qabul qilish balandligi.
HK — havo kemasi.
Aviakompaniya (aviakorxona) — muntazam havo transport qatnovini amalga oshiruvchi yoki shu sohada o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi har qanday aviatransport korxonasi.
Aviatsiya ishlarini bajarish uchun havo kemasi ekipaji — fuqaro havo kemasi ekipajini, shuningdek “buyurtmachi”ning amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga ega bo‘lgan mutaxassislarini o‘z ichiga oluvchi mutaxassislar guruhi.
Aviatsiya xodimlari — faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar.
Aerodrom bosimi (QFE) — uchish-qo‘nish yo‘lagining ishchi ostonasi sathidagi atmosfera bosimi.
Buyruq-boshqaruv tarkib (BBT) — amaldagi parvoz guvohnomasiga ega bo‘lmagan va buyruq chiqaruvchi — rahbar lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zaviatsiya” agentligi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
(1-bandning yetmishinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Dastlabki tayyorgarlik — ekipajning parvoz (parvozlar)ga tayyorgarligining asosiy turi bo‘lib, uning jarayonida materiallarni o‘rganish, hujjatlarni tayyorlash va harakatlarni maromiga yetkazish olib boriladi hamda ekipajning parvozga berilgan topshiriqni bajarishga tayyorligi nazorat qilinadi.
Komandir-uchuvchilar tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga, mutaxassislik bo‘yicha instruktorlar ishlari bo‘yicha ruxsatnomaga ega bo‘lgan va boshqaruv (inspektorlik) uchuvchi lavozimini egallovchi aviatsiya xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchi — yo‘nalishda nazorat o‘tkazish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilik tarkibining shaxsi.
(1-bandning yetmish uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Kuzatuvchi, tekshiruvchidan farqli o‘laroq, HK komandiri va ekipaj a’zolarining parvoz xavfsizligini ta’minlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilishdagi bevosita mas’uliyatiga sherik bo‘lmaydi va uni kamaytirmaydi.
Parvoz oldi tayyorgarligi — ADPga kelish vaqtidan (aviatsiya ishlarida — ishchi aerodromga) parvoz uchun dvigatel (dvigatellar)ning ishga tushirilishigacha bo‘lgan operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi, ushbu parvozni bajarishga ekipajni tayyorlash bosqichi.
Tekshiruvchi — ushbu turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilgan va ekipaj a’zolari (a’zosi)ni o‘qitish, tekshirish, kasbiy tayyorlash va o‘zaro harakatlari, shuningdek inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish, HK parvozining xavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya qilish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan komandir-uchuvchi, instruktorlik tarkibdagi shaxs.
Uchish ishi — parvozga topshiriqni bajarish bo‘yicha ekipaj (uchuvchilar tarkibi) tomonidan o‘tkaziladigan ish.
Uchish ishini rejalashtirish — belgilangan muddatlarda uchuvchilar bo‘linmalari aviakorxonalari (aviakompaniyalari)da va HKning ekipajlarida ustuvor, kundalik va tezkor chora-tadbirlarni bajarishning tartibi va samaradorligining ketma-ketligini ishlab chiqish.
Uchish ishini tashkil etish — uchish ishini rejalashtirish va uchuvchilar bo‘linmalari hamda HK ekipajlarini boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, parvozlarning muntazamligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi.
Uchish mashqlari — parvoz ishlari tajribasiga ega bo‘lish (tiklash) maqsadida uchuvchilar tarkibini o‘qitish jarayoni.
G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: BASE TRAINING — aerodrom sharoitlarida; LINE TRAINING — reys sharoitlarida.
Uchishdan keyingi ish — parvozga topshiriqni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan dvigatel (dvigatellar)ning o‘chirilish vaqtidan to barcha operatsiyalar tugatilishigacha HK ekipaji tomonidan bajariladigan ish.
Uchuvchilar-instruktorlik tarkibi — amaldagi uchuvchilar tarkibi guvohnomasi, mutaxassislik bo‘yicha instruktorlik ishlari ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va instruktor lavozimini (g‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalarida “CAPTAIN — SUPERVISOR” va “CHECK — CAPTAIN”) egallovchi aviatsiya xodimlari.
Uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish — bilim, amaliy tajriba va ekipaj (ekipaj a’zolari) qobiliyatlarini va ushbu Qoidalar va FA uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari bilan ko‘zda tutilgan muddatlarda aniqlash jarayoni.
G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilar tarkibi uchun: FINAL CHECK (F/CH) — reys sharoitlarida birinchi mustaqil parvozdan oldin; LINE CHECK (L/CH) reys sharoitlarida.
Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi — uchuvchilar tarkibining uchish ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribalarga ega bo‘lish, saqlash va takomillashtirish jarayoni.
HK komandiri (HKK) — HKni boshqaruvi va parvoz vaqti davomida uning xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan uchuvchi.
HK ekipaji — havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvi shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.
HK ekipajini tuzish — malakaviy, ishchanlik qobiliyatlari hisobga olingan holda ekipaj a’zolarini tanlash va tayyorlash jarayoni, ekipaj ishida uyg‘unlikni inobatga olgan holda hamda belgilangan talablarga muvofiq parvozlarga ruxsat berish.
HKni boshqarish — fazoda harakatlarining trayektoriyasini yoki HKning havodagi vaziyatini saqlash (o‘zgartirish)ga yo‘naltirilgan uchuvchining harakatlar majmuasi.
Ekipajning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari — maxsus tayyorgarlik va HKning parvoz ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan parvozga topshiriqlarni bajarish vaqtida aniq xizmat majburiyatlarini bajarishga huquq beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan ekipaj a’zolari (bort kuzatuvchilar, yuk tashuvchi havo kemalarining bortoperatorlari va parvoz topshirig‘iga kiritilgan aviatsiya xodimlarining boshqa shaxslari).
Ekipajda parvozlar muhokamasi — HK komandiri (tekshiruvchi)ning ekipaj a’zolarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ekipaj ishida chetga chiqishlarni bartaraf qilish va oldini olish maqsadida har bir ekipaj a’zosining parvozga topshiriqni bajarish sifatining tahlili.
Ekipajning uchuvchilar tarkibi — maxsus tayyorgarlik va ushbu HKning turi va (yoki) uning jihozlari parvoz ekspluatatsiyasiga huquq beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan ekipaj a’zolari.
Ekspluatant — havo kemalarini ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yoki ushbu sohada o‘z xizmatlarini taklif etuvchi shaxs, tashkilot yoki korxona.
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishini tashkil etish masalalarini tartibga soladi.
Ushbu Qoidalarning talablari barcha komandir-uchuvchilar, uchuvchi-instruktorlar, uchuvchilar tarkibi va HKning bortoperatorlari, shuningdek shu sohaga tegishli bo‘lgan boshqa xizmatlarning mansabdor shaxslari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakompaniyalari (aviakorxonalari) va uchuvchilar bo‘linmalariga tatbiq etiladi.
3. Uchish ishlarini tashkil etish FA aviakompaniyalari (aviakorxonalari), tashkilotlari va bo‘linmalarining rahbar, komandir-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Uchish ishini tashkil etish masalalari bo‘yicha buyruq chiqaruvchi — rahbar, komandirlar, uchuvchilar va havo kemalari komandirlarining majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Mazkur mansabdor shaxslarning uchish ishini tashkil etish masalalari bo‘yicha javobgarligi ularning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi yoxud ularga berilgan huquqlardan foydalanmasligi oqibatida vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Insonlar hayotini saqlash yoki tabiiy ofatlar bilan bog‘liq bo‘lgan uchish ishlarini tashkil etishda uchuvchi bo‘linmalarining komandirlari kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda o‘z zimmalariga shaxsiy javobgarlikni olgan holda ushbu Qoidalar talablaridan chetga chiqish huquqiga egadirlar. Qabul qilingan harakatlar haqida ular zudlik bilan o‘zlarining bevosita rahbarlari va “O‘zaviatsiya” agentligini xabardor qilishlari lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
6. Uchish ishini tashkil etish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a) uchish ishini rejalashtirish;
b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;
v) HK ekipajini tuzish;
g) uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruxsat berish;
d) ekipajlarning parvozlarga dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;
e) uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish;
j) ekipaj tarkibida tekshiruvchi va kuzatuvchilar bilan parvozlarni tashkil etish;
i) parvozlar va uchish ishlarining muhokamasi;
k) parvoz ishini nazorat va tahlil qilish;
l) uchuvchilik-uslubiyat ishi.
7. Uchish ishining yuqori samarasi quyidagilar bilan erishiladi:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalarining fan, texnika va amaliy tajriba yutuqlaridan foydalanish asosida uchish ishini tashkil etish shakllari va uslublarining takomillashtirilishi;
b) uchuvchilar tarkibi tomonidan HKning yangi turlari, navigatsiya va qo‘ndirish tizimlarining o‘zlashtirilishi;
v) uchuvchilar tarkibining malakasini oshirish va parvozlarga yuqori sifatli tayyorlash;
g) majmuaviy va maxsuslashtirilgan trenajyorlardan samarali foydalanish;
d) parvoz ma’lumotlarining tahlili materiallaridan foydalanish;
e) parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni zamonaviy ravishda ishlab chiqarish va o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
8. FA aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da parvozlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ta’minlashda foydalaniladigan uchish-shtab hujjatlarining shakllari hamda ularni yuritish tartibi “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan holda ekspluatant tomonidan belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
II. Uchish ishini rejalashtirish
1 §. Asosiy qoidalar
9. Uchish ishini rejalashtirish FA aviakorxonalari (aviakompaniyalari), tashkilotlari va bo‘linmalari ishlarining kelgusida bajariladigan, joriy va tezkor (oylik, sutkalik) rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Uchish ishini rejalashtirish maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
a) aviatashishlar va maxsus aviatsiya ishlarida davlat, tijorat tashkilotlari va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha vazifalarning bajarilishi;
b) parvozlar xavfsizligining yuqori darajasi va muntazamliligini ta’minlash;
v) komandir-uchuvchi, instruktorlar va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligining talab etiladigan darajasini ta’minlash.
11. Ish rejalarini tuzishda quyidagilarga tayanish zarur:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalari oldida turuvchi masalalar;
b) O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalar talablariga;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi holatining tahliliga;
g) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga.
Oldingi tahrirga qarang.
2 §. “O‘zaviatsiya” agentligida uchish ishlarini rejalashtirish
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. “O‘zaviatsiya” agentligida quyidagi uchish ishlari rejalari ishlab chiqiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini (zaruriyat bo‘lganda) tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) yo‘nalishlarda (aviayo‘nalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi;
g) oylik ish rejasi;
d) inspektorlar tarkibining oylik parvoz rejasi.
13. Asosiy chora-tadbirlar yillik rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishni;
b) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha ishlar yo‘nalishlarini ishlab chiqishni;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha aviakorxonalar (aviakompaniyalar), tashkilotlar va uchuvchilar bo‘linmalarida inspektorlik tekshiruvlarini.
14. Yo‘nalishlarda (aviayo‘nalishlarda) inspektorlik tekshiruvlarining yillik rejasi O‘zbekiston Respublikasi FA HKning ekipajlari tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning barcha yo‘nalishlari (aviayo‘nalishlari)ni o‘z ichiga olishi lozim.
15. Oylik ish rejasiga kelgusi oyda amalga oshirish rejalashtirilayotgan uchish faoliyatini tartibga solish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar kiritilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oylik ish rejasiga “O‘zaviatsiya” agentligi komandir-uchuvchilar tarkibi va inspektorlik tarkibining kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha parvozlari kiritilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Rejalarning bajarilishi ustidan nazorat “O‘zaviatsiya” agentligi ahbari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
3 §. Aviakorxona (aviakompaniya)larning parvozlar xavfsizligi inspeksiyasida uchish ishlarini rejalashtirish
18. Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspeksiyada quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) oylik ish rejasi;
g) inspektorlik tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar PXI rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etishni yaxshilash, aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni;
b) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni;
v) uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha aviakompaniya tarkibiga kiruvchi, aviakompaniyaning uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi, uchuvchilar otryadlari) va aviata’mirlash zavodi uchish-sinov bo‘linmasida inspektorlik tekshiruv o‘tkazishni.
20. Tayyorgarlik, mashq qilish va tekshirish reja-jadvali belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim va inspektorlik tarkibga PXI, aviakompaniya uchish xizmati, majmuasi rahbari, O‘MM direktori va uning UITE bo‘yicha o‘rinbosari, “MAI” A/K direktori va uning UITE bo‘yicha o‘rinbosarining ma’lumotlarini inobatga olishi lozim.
21. Oylik ish rejasiga parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan kelgusi oyda amalga oshirish mo‘ljallanayotgan UITE va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar kiritilgan bo‘lishi lozim.
22. Oylik parvozlar rejasiga kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan inspektorlik tarkibining barcha parvozlari kiritilishi lozim.
23. PXIning rejalarini bajarish ustidan nazorat PXI boshlig‘i yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
4 §. Aviakorxona (aviakompaniya)ning uchuvchilar-uslubiyat bo‘limi va uchuvchilar majmuasida uchish ishini rejalashtirish
24. Aviakorxona (aviakompaniya)ning UUB va UMda quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
v) oylik ish rejasi;
g) komandir-uchuvchilar tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar UUB va uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) rahbari tomonidan zaruriy mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va yuqori turuvchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
25. Uchuvchilar majmuasining asosiy chora-tadbirlar yillik rejasining loyihasi tasdiqlanishidan oldin aviakorxona (aviakompaniya)ning parvoz-uslubiyat kengashida ko‘rib chiqilishi lozim. Asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi quyidagilarni tashkil etish va o‘tkazishni ko‘zda tutishi lozim:
a) uchish ishini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi davrlarga tayyorlash bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan yo‘riqnoma-uslubiy majlislar;
b) uchish ishini tashkil etishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha uchuvchilar bo‘linmalarining komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi bilan uslubiy majlislar;
v) parvoz ta’limi uslubiyati masalalari bo‘yicha majmuaviy trenajyorlar instruktorlari bilan uslubiy majlislar;
g) uchuvchilar tarkibining aybi bilan vujudga kelgan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik ishlar masalalari bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi bilan uslubiy majlislar;
d) kutilayotgan sharoitlar va alohida holatlarda HKni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va uning tizimlarining ekspluatatsiyasi bo‘yicha uchuvchilik-texnik anjumanlar;
e) komandir uchuvchi lavozimlariga tayinlanishi mumkin bo‘lgan zaxiradagi xodimlar bilan uslubiy majlislar;
j) uchuvchilar tarkibi aybi bilan vujudga keladigan aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
z) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi tizimida o‘quv-uslubiy bazani rivojlantirish va kompyuter texnikasidan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar.
26. Komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olishi lozim:
a) bo‘lim (guruh) boshliqlari, uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) direksiyasining komandir-uchuvchi va instruktorlar tarkibi, UUB;
b) uchuvchilar otryadlari komandirlari.
27. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan parvoz va metodik ishlarni tashkil etish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim.
28. Aviatsiya ishlarida uchuvchilar tarkibi bilan manyovrlar qilish rejasi zaruriyat bo‘lganda MAI A/Kning UUBda tuziladi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”ning (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
29. Parvozlar rejasi uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati) komandir-uchuvchilar tarkibi direksiyasi va UUBning kelgusi oyga barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim.
30. Rejalarni bajarish ustidan nazorat uchuvchilar majmuasi (uchish xizmati), UUB rahbarining yordamchisi yoki u tayinlagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
5 §. Uchuvchilar otryadi (alohida aviaeskadrilya)da uchish ishini rejalashtirish
31. Uchuvchilar otryadida quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) asosiy chora-tadbirlarning yillik rejasi;
b) komandir-uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirish yillik reja-jadvali;
v) bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajni tekshirish reja-jadvali;
g) oylik ish rejasi;
d) komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar otryadi (AAE) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi.
Rejalar uchuvchilar otryadi shtabi rahbari tomonidan zarur bo‘lgan mutaxassislar jalb etilgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
32. Asosiy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
a) uchish ishini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish;
b) uchuvchilar-uslubiyat bazasini rivojlantirish va undan uchuvchilar tarkibini kasbiy tayyorlashda foydalanish;
v) aviatsiya hodisalari va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
g) ish turlariga talab darajasidagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan HK ekipajlarining zaruriy sonini tayyorlashni tashkil etish.
33. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim:
a) UITE bo‘yicha uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari;
b) uchuvchilar otryadining katta aviatsiya mutaxassislari;
v) aviatsiya eskadrilyalari komandirlari (eskadrilyasiz tuzilmadagi aviatsiya zvenolari);
g) uchuvchilar otryadining uchuvchi-instruktorlari (eskadrilyasiz tuzilmada aviatsiya zvenolari).
34. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish reja-jadvali O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari”da (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) belgilangan talablarga muvofiq shakllantirilishi va aviatsiya ishlarini bajarish davriga tuzilishi lozim.
35. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim.
36. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va UO tarkibining kelgusi oyga rejalashtirilayotgan barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim.
37. Rejalarni bajarish ustidan nazoratni uchuvchilar otryadi shtabining rahbari amalga oshiradi.
6 §. Aviatsiya eskadrilyasida (eskadrilyasiz aviatsiya zvenosi tuzilmalarida) uchish ishlarini rejalashtirish
38. Aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi)da quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) uchuvchilar tarkibini tayyorlash, mashq qildirish va tekshirishning yillik reja-jadvali;
b) oylik ish rejasi;
v) komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (zveno) instruktorlar tarkibining oylik parvozlari rejasi;
g) uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishining oylik reja-jadvali.
Rejalar aviatsiya eskadrilyasi (zvenosi) komandiri tomonidan zarur bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi va uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
39. Tayyorgarlik, mashq qildirish va tekshirish reja-jadvali quyidagi shaxslarning ma’lumotlarini inobatga olishi lozim:
a) aviatsiya eskadrilyasi komandirining o‘rinbosari;
b) AE (zveno) shturmani;
v) aviatsiya zvenolari komandirlari;
g) uchuvchi-instruktorlar va boshqa mutaxassislikka ega bo‘lgan instruktorlar tarkibi;
d) havo kemalari komandirlari va ekipaj a’zolari.
40. Oylik ish rejasi kelgusi oyda bajarilishi mo‘ljallanayotgan tashkiliy va uchish-uslubiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi lozim.
41. Parvozlar rejasi komandir-uchuvchilar tarkibi va AE (aviatsiya zvenosi) instruktorlar tarkibining kelgusi oydagi barcha parvozlarini o‘z ichiga olishi lozim.
42. Rejalarni bajarish ustidan nazorat shtab ishlari bo‘yicha AE (aviatsiya zvenosi) komandiri yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.
7 §. Uchuvchilar bo‘linmalarida parvozlarni tezkor (sutkalik) rejalashtirish
43. Parvozlarni tezkor rejalashtirish uchuvchilar bo‘linmalari shtablari tomonidan HKning harakatlari ro‘yxati, aviatsiya ishlariga topshiriqlar, maxsus reyslarni bajarishga so‘rovlar, mashq qildiruvchi va boshqa parvozlarga asosan amalga oshiriladi.
44. Parvozlar rejalari uchuvchilar bo‘linmalarida tuziladi.
45. Aviatsiya ishlarida parvozlarni tezkor rejalashtirish kelgusi sutkada bajariladigan ishlarga beriladigan so‘rovlarga asosan amalga oshiriladi.
46. Bazadan tashqarida ishlayotgan ekipajlarni tekshirish uchun rejalashtirilgan uchuvchilar otryadining rahbar va komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari aviatsiya ishlari bajariladigan hudud punktlari va tekshiruv muddatlari ko‘rsatilgan holda sutkalik rejaga kiritiladilar.
47. Parvozlarning tezkor rejasi uchuvchilar otryadi komandiri tomonidan tasdiqlanadi va parvozlarni ta’minlovchi barcha xizmatlarga tarqatiladi.
48. Tezkor rejaning bajarilishi va xizmatlarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etish ustidan nazoratni aeroportning ICHDX (ADP) amalga oshiradi.
III. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi
1 §. Asosiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
49. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi kutilayotgan shart-sharoitlarda, shuningdek murakkab fazoviy holatlarga tushib qolishning oldini olish va bunday vaziyatlardan chiqib ketishda o‘z vaqtida va to‘g‘ri harakatlanish uchun ekipaj a’zolarida zarur bilim va tajribani shakllantirish va ularni oshirib borish orqali parvozlarning yuqori xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
50. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) dastlabki tayyorgarlik;
b) boshqa yangi turdagi HKga qayta tayyorgarlik;
v) malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va xavfli yuklarni tashish bo‘yicha tayyorgarlik;
g) uchuvchilar bo‘linmalarida tayyorgarlik;
d) FA bo‘linmalarida trenajyor bo‘yicha tayyorgarlik;
e) FA bo‘linmalarida parvoz tayyorgarligi;
j) mavsumiy tayyorgarlik.
51. Kasbiy tayyorgarlik tasdiqlangan o‘quv rejalari, dasturlari, yo‘riqnomalar, o‘quv-uchish tayyorgarlik kurslari (dasturlari)ga muvofiq o‘tkaziladi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
a) har bir ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida ongli va faol ishtiroki;
b) yakuniy maqsad bo‘lib parvozda kutilayotgan shart-sharoitlar va alohida holatlarda ekipaj a’zolarining bexato va o‘z vaqtida harakat qilishiga yo‘naltirilgan bilimlar va amaliy tajribalarga ega bo‘lish hisoblangan tayyorgarlik jarayonining ekspluatatsiya yo‘nalishi;
v) ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olishga imkon beruvchi SHEHM va boshqa texnik ta’lim vositalaridan foydalangan holda dasturiy ta’limni qo‘llash;
g) parvozlar xavfsizligining talab darajasini ta’minlovchi olingan malakaviy bilimlar va amaliy tajribalarni lozim bo‘lgan darajada ushlab turish maqsadida uchish faoliyati jarayonida ekipaj a’zolarining muntazam mustaqil ta’limi.
52. Aviatsiya xodimlarining kasbiy tayyorgarligini o‘tkazishda quyidagilardan foydalaniladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va espluatantlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) aviatsiya ta’lim tashkilotlari va aviakorxona (aviakompaniya)larning uslubiy jihatdan tayyor va tajribali mutaxassislari jalb etilgan holda O‘M (O‘MM) tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari;
(52-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
v) O‘M (O‘MM)da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy va o‘quv hujjatlari (leksiyalar konspektlari, o‘quv darsliklari).
Oldingi tahrirga qarang.
53. Uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uslubiy ta’minlovini ta’lim tashkilotlari, o‘quv markazlari, uchish-uslubiyat bo‘limlari va uchish-uslubiyat xonalari amalga oshiradilar.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
54. HK komandiri lavozimiga nomzodlar tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga muvofiq olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Kasbiy bilimlar va mohirlik darajasini baholash mezonlari Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) talablariga muvofiq besh ballik tizim bo‘yicha o‘tkaziladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
2 §. Dastlabki tayyorgarlik
56. Uchish bo‘linmalarida dastlabki tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) nazariy tayyorgarlik;
b) aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar;
v) trenajyorda mashqlarni bajarish;
g) uchish tayyorgarligi.
57. Dastlabki tayyorgarlik aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berishda talab etiladigan talablarni qondiruvchi va FA HK ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
58. Dastlabki tayyorgarlik quyidagilar uchun o‘tkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) uchuvchilar — FAning oliy va o‘rta maxsus uchish ta’lim tashkilotlarida;
(58-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) shturmanlar — FAning oliy va o‘rta maxsus uchish ta’lim tashkilotlarida, shuningdek shturmanlik fakulteti mavjud bo‘lgan ta’lim tashkilotlarida;
(58-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
v) bortmuhandislar (bortmexaniklar) — sertifikatlashtirilgan O‘M (O‘MM)da;
g) bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar, bortoperatorlar (maxsus ishlarni bajaruvchi), yuk HKning bortoperatorlari — ko‘rsatilgan mutaxassislarni tayyorlashga sertifikati mavjud bo‘lgan FA O‘M (O‘MM)da maxsus dasturlar bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Kursantlarga ta’lim berish FAning uchish ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi va kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘tkaziladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Uchish ta’lim tashkilotiga nomzodlarni qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan kasbiy tanlov asosida yoshi, bilimi, sog‘lig‘i, psixofiziologik tavsiyalar bo‘yicha parvoz mutaxassisligiga o‘qitish uchun eng layoqatli nomzodlarni qabul qilish maqsadida amalga oshiriladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
61. Ta’lim jarayoni tasdiqlangan yoki qabul qilingan o‘quv-uchish tayyorgarlik o‘quv rejalari, dasturlari va kurslari asosida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Uchuvchilarga ta’lim tashkilotini bitirganlik haqidagi belgilangan shakldagi diplom beriladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Bortmuhandislar (bortmexaniklar), yuk HKning bortoperatorlari, bortradistlar, uchuvchi-kuzatuvchilar va maxsus aviatsiya ishlarini bajaruvchi bortoperatorlarga birlamchi tayyorgarlikning butun kursi tugatilganidan so‘ng nazariy va uchish-uslubiy ta’limining “to‘rt” bahosidan past bo‘lmagan baholari bilan O‘M (O‘MM)ning guvohnomasi va “O‘zaviatsiya” agentligi OMKning taqdimnomasi asosida malaka toifasi berilmasdan mutaxassislik guvohnomasi beriladi. Mutaxassisga malaka toifasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) bilan ko‘zda tutilgan tartibda, UTTD asosida safga kiritilganidan so‘ng beriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
64. Malaka toifasiga ega bo‘lmagan mutaxassis guvohnomasi uning egasiga stajyor sifatida, FA UTTDga asosan safga kiritish dasturini o‘taganidan va malaka toifasi berilganidan so‘ng ekipaj a’zosi sifatida (mutaxassisligi bo‘yicha) parvozlarni bajarish huquqini beradi.
3 §. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorlash
65. Uchuvchilar tarkibini qayta tayyorlash boshqa (yangi) turdagi HKda ekipaj a’zosi sifatida funksional majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va amaliy tajribalarni olish va mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
66. Uchuvchilar tarkibini yangi turdagi HKga qayta o‘qitish tegishli sertifikatiga ega bo‘lgan uchish ta’lim tashkilotlarida, aviatsiya korxonalarida, O‘M (O‘MM)da amalga oshiriladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
67. Boshqa (yangi) turdagi HKga qayta tayyorgarlik kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etiladi va o‘tkaziladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) o‘quv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash;
b) o‘qituvchi va instruktorlar tarkibini tayyorlash;
v) o‘quv bazasini tayyorlash;
g) qayta tayyorgarlik uchun nomzodlarni tanlash;
d) o‘quv jarayonini tashkil etish;
e) trenajyorlarda mashg‘ulotlarni tashkil etish;
j) uchish tayyorgarligini tashkil etish (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
68. PEQ bo‘yicha HK ekipaj tarkibida shturmanning mavjud bo‘lish zaruriyati ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bunday hollarda shturmanlarni yakka tartibda havo kemalariga qayta tayyorlash “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan mustaqil qayta tayyorgarlik maxsus dasturiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Bunday havo kemalariga qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tegishli tartibda sertifikatlashtirilgan O‘M qoshida tashkil etiladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
69. Qayta tayyorlash uchun nomzodlarni tanlash o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
a) nomzodlar tarkibini aniqlash;
b) tibbiy layoqatliligini aniqlash;
v) kasbiy va psixologik tayyorgarligini baholash;
g) taklif etilgan nomzodlarni belgilangan talablarga muvofiqliligini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish.
70. Nomzodlarni tanlash va ularni o‘qishga yuborish ekspluatant tomonidan belgilangan talablar va qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
71. Nomzodlar hujjatlari o‘qish boshlanishidan kechiktirilmagan holda O‘M (O‘MM)ga taqdim etilishi lozim. Tanlovdan o‘tmagan va taqdimnomalari tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan uchuvchilar tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qayta o‘qitish uchun O‘M (O‘MM)ga qabul qilinmaydilar.
72. Yangi (boshqa) turdagi HKga qayta tayyorgarlik tugaganidan so‘ng aviamutaxassisga UTTDga muvofiq safga kiritish huquqini beruvchi nazariy va uchish-amaliy ta’lim natijalari ko‘rsatilgan qayta o‘qiganlik haqida guvohnoma, G‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga qayta tayyorgarlik tugaganidan so‘ng esa, G‘arbda ishlab chiqariladigan havo kemalariga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training” bo‘yicha (bortradistlar uchun nazariy va mashqiy ta’lim natijalari ko‘rsatilgan) nazariy va uchish-amaliy ta’lim bo‘yicha tayyorgarligi natijalari ko‘rsatilgan guvohnoma beriladi.
73. MDHdan tashqarida G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitishda aviamutaxassisga qayta o‘qitish amalga oshirilgan mamlakatning firmasi (zavodi, O‘MM) namunasidagi guvohnoma (sertifikat) beriladi.
74. Qayta o‘qitish to‘g‘risidagi hujjatlarni bo‘lib-bo‘lib rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi:
a) nazariy tayyorgarlikni tugatganlik haqidagi guvohnoma;
b) O‘UTK (O‘UTD) dasturi asosida trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma;
v) O‘UTK (O‘UTD) dasturi bo‘yicha uchish tayyorgarlikni tugatganligi haqida dalolatnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
75. Uchish texnikasi, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish yoki amaliy ish bo‘yicha 3 (uch) baho, kasbiy fanlarning nazariy tayyorgarligi bo‘yicha ikkita yoki undan ortiq 3 (uch) baho olgan tinglovchilar — yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishga ruxsat etilmaydilar. Ularni yangi (boshqa) turdagi HKda parvoz qilishiga keyingi tayyorgarligi haqidagi qarorni “O‘zaviatsiya” agentligining OMK qabul qiladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
76. Aviatsiya xodimlarining qayta o‘qitilishi quyidagi hollarda asossiz hisoblanadi:
a) Sharqiy flotda:
1) nazariy va trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik tugatilgan vaqtidan O‘UTK (O‘UTD)ga muvofiq uchish mashqlari boshlanishigacha bir yil (bortradistlar va bortoperatorlar uchun esa — safga kiritilganiga qadar) va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
2) O‘UTK (O‘UTD)ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan FA UTTD bo‘yicha safga kiritishning boshigacha bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa.
b) G‘arbiy flotda:
1) SVTga muvofiq nazariy tayyorgarlik tugatilgan vaqtdan G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training” (FBS/FFS) asosida trenajyorlar bo‘yicha uchish mashqlari boshlanishiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
2) SVT va (FBS/FFS) va G‘arbda ishlab chiqarilgan HKga qayta o‘qitish kursi “Type rating transition training”ga muvofiq uchish-amaliy ta’lim tugatilgan vaqtdan G‘arbda ishlab chiqilgan HK UTTD bo‘yicha safga kiritilganiga qadar bir yil va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa.
4 §. Malaka oshirish, kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish, avariya jarayonlari va xavfli yuklarni tashish bo‘yicha tayyorgarlik
77. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish, ularning kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida, lavozimga ilk bor tayinlanayotgan komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi uchun esa uchish va uslubiy ishni tashkil etish ularning bilim va tajribalarini takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
78. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning malakasini oshirish quyidagilar orqali erishiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sertifikatlashtirilgan O‘M (O‘MM)larida “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan dasturlar bo‘yicha MOKda o‘qishlar;
(78-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
b) boshqa turdagi HKga qayta o‘qitish (qayta tayyorlash);
v) toifani oshirish.
79. Malaka oshirish kurslarini o‘tish shartlari, davriyligi va tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniyaning PAQga kiritiladi. MOKni o‘tagan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
80. Bir necha turdagi havo kemalarida parvozlarni bajaruvchi uchuvchi mutaxassislar yuqori toifali HK turi yoki ular biror toifasi bo‘yicha, agar HK bitta toifada bo‘lsa, MOKni o‘taydilar.
81. Uchuvchilar tarkibini mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash, chet tillarini va xalqaro parvoz qoidalarini o‘rgatish, ilk bor tayinlanadigan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibini metodik tayyorlash, shuningdek havo transportida xavfli yuklarni tashish hamda avariya-qutqaruv ishlari bo‘yicha tayyorlash kurslari sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larda aviakompaniya (aviakorxona)lardagi uchuvchilar bo‘linmalarining buyurtmalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
82. O‘M (O‘MM)ning tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvali aviakompaniya (aviakorxona)larga kalendar yili boshlanishidan bir oy oldin bo‘lgan muddatdan kechiktirilmagan holda tarqatiladi.
83. Ushbu Qoidalarning 81-bandida ko‘rsatilgan tayyorgarliklar bo‘yicha uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni o‘z vaqtida tayyorgarliklarini tashkillashtirish bo‘yicha javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — rahbarning parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosariga;
b) uchuvchilar bo‘linmalarida — uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosariga.
84. Sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larda o‘qitishning sifati, SHEHMda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik O‘M (O‘MM) yoki test sinovlari o‘tkazuvchi uchuvchilar bo‘linmasining rahbariga yuklanadi.
85. FA tashkilotlarining sertifikatlangan O‘M (O‘MM)lariga ega bo‘lmagan aviakompaniya (aviakorxona)lari shartnoma asosida boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardagi tegishli sertifikatga ega bo‘lgan O‘M (O‘MM)larida uchuvchi mutaxassislar va bortoperatorlarni mazkur Qoidalarning 81-bandida ko‘rsatilgan tayyorgarlikdan o‘tishlarini ta’minlashlari mumkin.
86. Mutaxassislik, chet tili, xalqaro parvoz qoidalari, xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha MOKdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, avariya-qutqaruv tayyorgarligi bo‘yicha guvohnoma nusxasi, parvoz guvohnomasini uzaytirish bo‘yicha taqdimnoma ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yig‘majildida saqlanadi.
Uslubiy tayyorgarlik kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, malaka darajasini oshirish (tasdiqlash) bo‘yicha taqdimnomalar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz hujjatlari yig‘majildida uning parvoz faoliyati tugaguniga qadar saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
87. Malaka darajasini berish, oshirish va tasdiqlash Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
88. Kasbiy bilimlari va amaliy tajribalarini lozim darajada ushlab turish quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)lar, tashkilotlarning uchuvchilar bo‘linmalarida ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi bo‘yicha kasbiy va texnik o‘qitish;
b) har qanday bilim tekshiruvlarida SHEHMda test nazorati;
v) SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlar;
g) aerodrom va reys parvozlarida HKdagi mashqlari va tekshiruvlari;
Oldingi tahrirga qarang.
d) uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) belgilangan tartiblarni bajarish.
(88-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. SHEHMda o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari malaka toifasini berishda (oshirishda, tasdiqlashda), parvozlarga ruxsat berishda, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda, shuningdek O‘Mlarda (O‘MMlarda) o‘qitishda inobatga olinadi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
90. SHEHMda test sinovlarini o‘tkazish kompyuter texnikasi bilan jihozlangan va bunday tekshiruvlar uchun “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatlangan uchuvchilar bo‘linmalarida, shuningdek zaruriyat bo‘lganda aviakompaniyalar uchuvchilar bo‘linmalarining so‘rovnomalari bo‘yicha O‘M (O‘MM)da amalga oshirilishi mumkin.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
91. SHEHMda test sinovlarini o‘tkazish tartibi, uning natijalarini rasmiylashtirish va ulardan foydalanish aviakompaniya (aviakorxona), tashkilot, O‘M (O‘MM)ning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Instruktorlik va komandir-uchuvchilar lavozimlariga nomzodlar tanlash va tayyorlashni tashkil etish aviakompaniya (aviakorxona)larda o‘rnatilgan talablarga muvofiq olib boriladi. Komandir-uchuvchi, uchuvchi-instruktorlik lavozimlariga ilk bor tayinlanayotgan aviatsiya xodimlari “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha O‘M (O‘MM)da uslubiy tayyorgarlik kurslarini o‘tashi lozim.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
93. Aviatsiya xodimlari instruktorlar ishiga (shu jumladan shtatdan tashqari) kiritilishidan oldin uslubiy tayyorgarlik kurslarida aniq turdagi HKga qo‘llaniladigan FA UTTDga muvofiq tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
94. Ekipaj a’zolari va bortoperatorlarni avariya ishlari va xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha tayyorlash avariya sharoiti yoki g‘ayrioddiy holat yuzaga kelganda, parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z majburiyatlari va vazifalarini bajarishda kasbiy bilim va amaliy tajribalarini olish, lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida sertifikatlangan O‘M (O‘MM)larida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
95. Havo kemalarining uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning avariya-qutqaruv tayyorgarligi bir yilda bir marta davriyligi bilan, suvda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (bundan keyingi matnda — suv tadbirlari deb yuritiladi) bo‘yicha esa “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
(95-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Ushbu tayyorgarlikdan o‘tgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarga belgilangan namunadagi, amal qilish muddati ko‘rsatilgan guvohnomaga ilova beriladi (ushbu tayyorgarlik tugagan sanadan bir yil, suv tadbirlari bo‘yicha esa ikki yil). Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda o‘tmagan HK uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar.
96. HK ekipaj a’zolari mahalliy parvozlarni bajarishda suv tadbirlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
97. Xavfli yuklarni tashish qoidalari bo‘yicha uchish ekipaji a’zolari va bortoperatorlarning tayyorgarligi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ikki yilda bir marta davriyligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassisga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Olingan guvohnoma asosida, aviakorxona bo‘linma rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlangan, amal qilish muddati (tayyorgarlikning tugash sanasidan boshlab ikki yil) ko‘rsatilgan guvohnoma-ilova rasmiylashtiriladi. Mazkur tayyorgarlikdan belgilangan muddatlarda o‘tmagan HK uchish ekipaji a’zolari xavfli yuklarni tashishga qo‘yilmaydilar.
(97-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
5 §. Uchuvchilar bo‘linmalarida tayyorgarlik
98. FA bo‘linmalarida uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni tayyorlash quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
a) ishlab chiqarish sharoitlarida (ixtisosligi bo‘yicha) mustaqil ishlash uchun tayyorlash;
b) kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish.
Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni parvozlarga (ishga) tayyorlash, odatda, instruktorlik ishiga ruxsat etilgan bitta shaxs tomonidan o‘tkazilishi lozim.
99. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni mustaqil ishga tayyorlash quyidagilarga bo‘linadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ta’lim tashkilotini bitirganidan so‘ng tayyorlash yoki boshqa turdagi HKga qayta o‘qitish (safga kiritish);
(99-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
b) yangi turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga tayyorlash;
v) tegishli meteo sharoitlar va sutka vaqtlaridagi parvozlarga, shuningdek HKda yangi o‘rnatilgan uskunalardan foydalanish bo‘yicha tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqorida sanab o‘tilgan tayyorgarlik turlari ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlari (UTTD) bo‘yicha o‘tkaziladi. Dasturlarning o‘tilishi mashq bajarish topshirig‘ida hisobga olinadi.
(99-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
100. HK komandirlari va ikkinchi uchuvchilarni safga kiritish aviakompaniyalarning UTTDlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
102. Shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar va bortoperatorlarni safga kiritish, shtatdagi (shtatdan tashqari) instruktor yoki ixtisosligi bo‘yicha komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.
103. Ekipaj kabinasida ajratilgan ish joyiga ega bo‘lgan HKning bortmuhandislari (bortmexaniklari)ni safga kiritish, shtatdagi bortmuhandis-instruktor yoki ushbu ixtisoslikdagi komandir-uchuvchilar tarkibi a’zosi tomonidan amalga oshiriladi.
104. Barcha turdagi tayyorgarliklarda mustaqil ishlashga mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik quyidagilarga yuklanadi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)larda — uchish ishini tashkil etish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlariga;
b) uchuvchilar bo‘linmalarida — uchuvchilar bo‘linmalari komandirlariga.
105. Kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) nazariy tayyorgarlik;
b) aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar;
v) trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik;
g) parvoz tayyorgarligi.
106. Nazariy tayyorgarlik mustaqil tayyorgarlik yoki zarurat bo‘lganda sinf-guruh mashg‘ulotlari shaklida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Mustaqil tayyorgarlik mutaxassislar nazariy tayyorgarligining asosiy shakli hisoblanadi. HK ekipaji a’zolarining bilimi va kasbiy tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun aviakompaniya (aviakorxona)ning MMK (MK)da suhbatlar, SHEHMda bilimlarning test nazorati va “O‘zaviatsiya” agentligining MKda imtihon tekshiruvlari o‘tkaziladi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
108. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), aviatsiya texnikasidan parvozda foydalanish qo‘llanmasi qoidalarining buzilganligi, shuningdek uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar bilimlarining yetarli emasligi aniqlangan hollarda, ularga yozma javob berilishi lozim bo‘lgan aniq savollar shaklida individual topshiriqlar berilishi, SHEHMda bilimlarning test nazoratida tekshirish va topshiriqni bergan komandir-uchuvchilar tarkibi bilan suhbatdan o‘tishlari lozim. Individual topshiriqni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz baho olgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar.
109. Sinf-guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchilar komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibidan tanlanadi va uchuvchilar bo‘linmasi komandirining buyrug‘i bilan butun o‘quv yiliga tasdiqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun O‘M (O‘MM), ATB, AMS(F), aviatsiya xavfsizlik xizmati, avariya-qutqaruv xizmatlarining o‘qituvchilari ushbu bo‘linmalar rahbarlari bilan kelishilgan holda jalb etilishi mumkin.
110. Aviatsiya-texnika mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni katta bortmuhandislar (bortmexaniklar), bortmuhandis (bortmexanik), uchuvchilar bo‘linmalarining muhandislari (mexaniklari), ATB muhandislari o‘tkazadilar.
111. Mutaxassis-o‘qituvchilar mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin konspektlarni kelishish uchun katta mutaxassisga (mutaxassisligi bo‘yicha) va tasdiqlash uchun UO komandiriga taqdim etishlari lozim. Mashg‘ulotlar o‘tkazilganidan so‘ng konspektlar nusxalari uchuvchilar bo‘linmasining uchuvchilik-uslubiyat xonasi (sinfi)da qoldirilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi a’zolari va bortoperatorlarning mustaqil tayyorgarligida foydalanilishi lozim.
112. Uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning nazariy ta’limini tashkil etish, uslubiy ta’minoti va sifati uchun javobgarlik uchuvchilar bo‘linmasi komandirining UITE bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatiladi.
113. Sinf-guruh mashg‘ulotlarining, shuningdek individual topshiriqlarni berish va bajarish hisobi kasbiy tayyorgarlik hisobi bo‘yicha jurnalda olib boriladi.
114. Sinf-guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar uchun mashg‘ulotlar mavzusi ularning mustaqil tayyorgarligiga (individual topshiriqlar beriladi) kiritiladi va ularning bilimlari keyinchalik katta mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
115. Aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlar kasbiy ta’lim rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlardan o‘tish hisobi kasbiy ta’lim hisob jurnalida olib boriladi. Aviatsiya texnikasida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ta’minlash uchun javobgarlik uchish xizmati (bo‘linmasi) rahbariga yuklatiladi.
6 §. Fuqaro aviatsiyasi bo‘linmalarida trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik
116. Uchuvchilar tarkibining trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarligi ekipaj harakatlarining turli sharoitlar va parvozning alohida holatlarida amaliy tajribalarini olishi, lozim darajada ushlab turishi va takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (FFS)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, minimumning berilishi va berilgan minimumning tasdiqlanishi, UTTDga muvofiq minimumning CAT II-III gacha (IL-114-100 HK uchuvchilari uchun CAT I gacha) kamaytirilishi, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq minimum bo‘yicha qo‘nishga kirishish va qo‘nishlarni bajarish bo‘yicha mashqlar va turli ko‘rinishdagi parvozlarga tayyorgarlik uchun SMTda SIM CNECK tekshiruvlari o‘tkaziladi;
(116-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
b) Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida parvoz qiluvchi uchuvchilar tarkibi uchun trenajyor (SMT)da uchuvchi guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun tekshirish o‘tkaziladi. MK (OMK) raisining qarori bo‘yicha esa malaka berish, oshirish va tasdiqlashda hamda xodimlar aybi bilan yuz bergan aviahodisalardan keyin parvozga ruxsat berishda, shuningdek ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq qo‘nishga kirishish va qo‘nishlarni bajarish bo‘yicha minimum mashqlarni bajarish hamda turli ko‘rinishdagi parvozlarga va avariya holatlarga tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
117. Uchuvchilar tarkibi uchun mazkur Qoidalarning III, IV va VI boblarida ko‘rsatilgan trenajyor tayyorgarligi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat etilgan SMTlarda o‘tkazilishi mumkin.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
118. SMT (FFS)da mashqlar va tekshiruvlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi aviakompaniyalarning FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirish va tekshirishni tashkil qilish bo‘yicha hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
119. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik quyidagi turdagi trenajyorlarda amalga oshiriladi:
a) funksional tizimlarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida;
b) ekipaj a’zolarining maxsuslashtirilgan trenajyorlarida;
v) kabinada o‘tkaziladigan tadbirlar trenajyorlarida;
g) samolyotning majmuaviy trenajyorlarida;
d) parvozning to‘liq taqlidi bilan harakatlanuvchan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);
e) parvozning to‘liq taqlidi bilan harakatlanmaydigan platformadagi majmuaviy uchuvchilik trenajyorlarida (FFS);
j) avariya tark etish trenajyorlarida;
z) navigatsiya trenajyorlarida.
Oldingi tahrirga qarang.
120. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tasdiqlagan FA O‘UTK va UTTD dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
121. Egallab turgan lavozimidan va uchish ishi tajribasidan qat’i nazar, uchuvchilar tarkibining barcha a’zolari guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun har yilgi tekshiruvdan o‘tishi va har chorakda uch soatdan kam bo‘lmagan hajmda majmuaviy trenajyorlarda SMT (FFS) muntazam mashqlarni bajarishi zarur. Mashq qilishdagi uzilishlar 3 oydan oshmasligi lozim (ayrim hollarda ekipaj bazaviy aerodromdan tashqarida bo‘lgan hollarda uzilish muddati bir oydan oshishi mumkin). Majmuaviy trenajyorda har chorakdagi mashq qilish hisobiga, agar u har chorak mashq qilish elementlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikning har qanday turini hisobga olinishiga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
g‘arbda ishlab chiqarilgan va Il-114-100 HKlarining shturman-instruktorlari trenajyor tekshiruvidan o‘tkazilmaydi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(122-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(123-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
124. Aviakompaniya rahbariyatining qarori bo‘yicha HKning boshqa turlaridagi havo kemalarining uchuvchi va shturmanlari “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kompyuter-navigatsiya trenajyori KNT “FLITEPRO”da mashqlarni o‘tishlariga yo‘l qo‘yiladi.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
125. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik uchuvchilar bo‘linmalari komandirlari tomonidan har oyga rejalashtiriladi.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
126. Trenajyorda rejali mashqlar va tekshiruvlardan tashqari, uchuvchilar bo‘linmalari komandirlari, aviakompaniya (aviakorxona)lar rahbarlari va “O‘zaviatsiya” agentligining ko‘rsatmalari bo‘yicha rejadan tashqari tekshiruvlar tayinlanishi mumkin.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
127. Ekipaj a’zolariga uchish kunida, shuningdek zaxirada bo‘lgan vaqtlarida trenajyorda mashq qilish yoki tekshirishni rejalashtirish taqiqlanadi.
128. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) parvoz oldi tayyorgarlik;
b) trenajyorda mashq qilish;
v) parvozdan keyingi muhokama.
129. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikning har qanday turini trenajyorning instruktorlik shtatidagi tarkibi o‘tkazadi. Uchuvchilar tarkibining trenajyorda mashq qilishi va tekshirilishi ushbu turdagi HKda parvoz qilish va ushbu turdagi trenajyorda uchuvchilar tarkibini mashq qildirishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
130. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tegishli turdagi HKning majmuaviy trenajyori mavjud bo‘lmaganda, shuningdek uning nosozligi sababli uzoq turib qolishi holatida, trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik shartnoma asosida boshqa davlatlarning aviakompaniya (aviakorxona)larida o‘tkazilishi mumkin yoki “O‘zaviatsiya” agentligining uxsati bilan va u tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha HK kabinasida trenaj bilan almashtirilishi mumkin.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
131. Ikki turdagi HKda parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi shaxslari, tegishli turdagi trenajyorlarda har chorakdagi mashqlarni ketma-ket almashtirgan holda har bir turda 6 oy davomida bir martadan kam bo‘lmagan hisobda o‘taydilar.
132. Parvozlarga yagona ruxsatnomaga ega bo‘lgan Boing-767-300ER va Boing-757-200ER havo kemalarining uchuvchilari uchun trenajyorda mashq qilish bir turli hisoblanadi.
133. Bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolari trenajyorlarda quyidagi tartibda mashqlarni o‘taydilar:
a) I va III choraklarda — HKning oliy turi bo‘yicha SMTda, II va IV choraklarda esa — HKning boshqa turlari bo‘yicha SMTda (agar parvozlar turli toifadagi havo kemalarida bajarilsa);
b) chorakda bir martadan kam bo‘lmagan holda — har qanday SMTda va bir yilda bir martadan kam bo‘lmagan holda har bir SMTda (agar parvozlar bir toifadagi havo kemalarida bajarilsa).
134. Belgilangan muddatlarda trenajyorda mashqlarni o‘tamagan yoki qoniqarsiz baho olgan, shuningdek har chorakdagi mashq qilish dasturini to‘liq hajmda bajarmagan shaxslar SMT (FFS)da tegishli mashq qilishni o‘tamaguniga qadar parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydilar.
135. Trenajyorlarda mashq qilish sifati uchun javobgarlik trenajyorning tarkibi yoki mashqni o‘tkazgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining a’zolariga yuklatiladi.
7 §. FA bo‘linmalarida parvoz tayyorgarligi
136. FA bo‘linmalarida parvoz tayyorgarligi parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida bajariladi. Parvozning turli sharoitlarida HKni boshqarish hamda uning tizimlarini ekspluatatsiya qilish tajribalarini lozim bo‘lgan darajada ushlab turish va takomillashtirish quyidagilar bilan ta’minlanadi:
a) uchuvchilar tarkibining majmuaviy trenajyorlarda muntazam ravishda mashq qilishlari;
b) HK komandiri tomonidan o‘tgan 3 oy davomida uchtadan kam bo‘lmagan avtomatik ravishdagi qo‘nishlar “AUTOLAND” (bunday tizim bilan jihozlangan samolyotlarda), yoki murakkab meteo sharoitlarda HKda uchtadan kam bo‘lmagan qo‘nishlar bilan qo‘nishga kirishish, yoki KTQT pardachasi, shuningdek QQB + 30 metrga teng bo‘lgan balandlikkacha tekshiruvchi (instruktor) bilan pardacha orqasida shaffof bo‘lmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKlarida va HK bortida yo‘lovchilar mavjud bo‘lmaganda) bajarish. Kuzgi-qishki (sentabr — fevral) mavsum davrida qo‘nishga kirishishlarning yetishmayotgan soni, bahorgi-yozgi (mart — avgust) mavsum davrida esa MMSHda uchta qo‘nishga kirishishning hammasini HK komandirining minimumi bo‘yicha SMT (FFS)da mashq qilishda bajarishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
HKni boshqarishda mashq qilish va tajribalarni takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarish sharoitlarida, bortda yo‘lovchilar bilan HKning shaffof bo‘lmagan shtatli pardacha orqasida 200 metrdan past bo‘lmagan balandlikda qo‘nishga kirishishni bajarish ruxsat etiladi. Ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan uslubiyat bo‘yicha shaffof bo‘lmagan shtatli pardachadan foydalanish faqatgina HKda ekipaj ish joyining birini egallovchi tekshiruvchi (instruktor) bilan amalga oshiriladi;
(136-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
v) HK komandiri tomonidan o‘tgan 12 oy ichida HKga berilgan minimumga muvofiq meteo sharoitlarda HKda uchta qo‘nishga kirishishdan kam bo‘lmagan yoki KTQT pardachasi orqasida qo‘nishlar bilan bajarilishi;
g) HK komandiri tomonidan o‘tgan 12 oy ichida aerodrom sharoitlarida uchtadan kam bo‘lmagan qo‘nishga kirishish va bitta qo‘nish hamda HKK minimumiga muvofiq real meteosharoitlarda, bulutlar balandligi ko‘rinish masofasi yoxud O‘SHKTdan foydalangan holda (4-toifali samolyotlarda va barcha toifadagi vertolyotlarda), yo‘nalish bo‘yicha HKda (umumiy davomiyligi bir soatdan kam bo‘lmagan) ikkitadan kam bo‘lmagan parvozni bajarish;
d) o‘tgan 3 oy davomida ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida quyidagilarni bajarish:
HKK uchun — kamida 6 ta uchish va 6 ta qo‘nish;
ikkinchi uchuvchilar uchun (HKK nazorati ostida uchish va qo‘nishni bajarishga ruxsat etilgan) — kamida 3 ta uchish va 3 ta qo‘nish.
Oldingi tahrirga qarang.
137. MMSHda qo‘nishga kirishishlar bo‘yicha va berilgan minimumni tasdiqlashga 136-bandda sanab o‘tilgan talablar g‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKning ikkinchi uchuvchilariga F/O qo‘llaniladi.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
138. MMSHda uchishlar, parvozlar, qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlarning hisob-kitobi mashq qilish topshirig‘i varaqasida olib boriladi.
139. Ishlab chiqarish yoki aerodrom sharoitlarida bajarilgan uchishlar va qo‘nishlarning hisob-kitobi uchuvchilar tarkibining ishi va dam olishi bo‘yicha har oygi reja-jadvallarida va mashq qilishning topshiriq varaqalarida olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
140. Ko‘rinish bo‘yicha 500 metrdan past bo‘lgan uchish meteominimumiga ega bo‘lgan HK (g‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKdagi ikkinchi uchuvchi (F/O) uning tasdig‘i uchun o‘tgan 12 oy ichida KTQTdan foydalangan holda, ko‘rinish bo‘yicha 500 metrdan past bo‘lgan sharoitda kamida bitta uchishni bajarishi yoki uchish-qo‘nish yo‘lagida — 200 metr ko‘rinishiga taqlid qilingan SMT (FFS)da ruxsat etilgan minimumni tasdiqlashi uchun kamida ikkita uchishni bajarishi lozim.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
141. Komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibiga o‘ng tomondagi uchuvchi o‘rindig‘idan parvozlarni bajarishda murakkab meteorologik sharoitlarda, shu jumladan minimum bo‘yicha bajarilgan qo‘nishlarga kirishishlari hisobga olinadi.
142. Bir nechta turdagi HKlarida parvoz qilishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi shaxslariga quyidagilarni bajarish zarur:
a) ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan murakkab meteo sharoitlar yoki KTQTdan foydalangan holda, har bir turdagi HKda navbatma-navbat uchta qo‘nishga kirishishni har uch oyda bajarish;
b) har bir turdagi HKda berilgan meteominimum bo‘yicha parvozlar huquqini tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
143. G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKda parvozlarni bajarayotgan uchuvchilar tarkibi uchun ushbu Qoidalarning 136-bandida ko‘rsatilgan trenajyorda (FFS) bajarilgan MMSHda uchishlar, qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlar hisobga olinadi.
(143-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
144. Uchuvchilar tarkibi ob-havoning eng so‘nggi meteominimumlarida parvozlarga mashq qildirish uchun komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadilar va mashq minimumlari bo‘yicha parvozlarga ruxsat etiladilar.
(144-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
145. Ushbu Qoidalarning 136-bandida ko‘rsatilgan MMSHda qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlarni bajarmagan HKning komandirlari, MMSHda yoki KTQT pardachasi orqasida, yoki QQB + 30 metrga teng bo‘lgan balandlikkacha shaffof bo‘lmagan shtatli pardacha orqasida (yuk HKda va yo‘lovchilar mavjud bo‘lmaganda yo‘lovchi samolyotlarida), yoki meteo sharoitlarda majmuaviy trenajyorda tekshiruvchi (instruktor) bilan HK komandirining berilgan minimumigacha muvofiq yetishmayotgan qo‘nishga kirishishlar sonini olguniga qadar, parvozlarni mustaqil bajarishga qo‘yilmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
146. Ushbu Qoidalarning 136-bandida ko‘rsatilgan meteo sharoitlarda berilgan minimumga muvofiq qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlarni bajarmagan HKning komandirlari, oldin berilgan minimumni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan kiritilgan SMTda, katta uchuvchi komandir (boshlig‘i) nazorati ostida va javobgarligida tasdiqlashlari mumkin. Berilgan minimum bo‘yicha parvozlarga huquqni tasdiqlamagan HKK, bir pog‘onaga ko‘tarilgan meteominimum bo‘yicha, lekin birinchi marta ruxsat etilgan meteominimumidan baland bo‘lmagan, agar UTTDda boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, parvozga ruxsat etiladilar.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
147. Ushbu Qoidalarning 136-bandida belgilangan HKda uchish va qo‘nishning minimal soni bajarilmaganda HKK mustaqil parvozlarni bajarishga va ikkinchi uchuvchi ekipaj tarkibida parvozlarni bajarishga qo‘yilmaydi.
HKKning mustaqil parvozlarga, ikkinchi uchuvchini — ekipaj tarkibida uchish va qo‘nish huquqi bilan parvozlarga ruxsat etilishi, zarur bo‘lganda qo‘shimcha parvoz tayyorgarligi hajmini belgilovchi bevosita (yoki yuqori turuvchi) uchuvchi komandir (boshliq) tomonidan bajarilgan navbatdan tashqari uchish tekshiruvi natijalari bo‘yicha xulosa asosida amalga oshiriladi.
148. Barcha mutaxassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi a’zosining uchish malakasini lozim bo‘lgan darajada ushlab turish uchun HK turidan qat’i nazar, kamida ikkita parvozni mustaqil ravishda (aerodrom yoki reys sharoitlarida), shu jumladan chap tomondagi o‘rindiqdan kamida bitta va o‘ng tomondagi o‘rindiqdan (uchuvchilar uchun) kamida bitta parvozni har oyda bajarishi lozim. Mustaqil parvozlar quyidagi hollarda bajarilgan hisoblanadi:
a) tekshiruvchilar sifatida parvoz topshirig‘iga belgilangan tartibda kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolariga (uchuvchilarga), ular uchishdan qo‘nishgacha parvozni mustaqil ravishda bajarganlarida;
b) komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi a’zolari (uchuvchilarga) topshiriqqa qo‘shilganda va parvozni HKK sifatida bajarganlarida;
v) boshqa mutaxassislar (tekshiruvchilar) uchishdan qo‘nishgacha tekshirilayotgan ekipaj a’zosining joyini egallaganlarida.
149. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlar bajarilganida — oliy turdagi HKda (yoki toifasi bo‘yicha unga teng bo‘lgan) bir oyda kamida ikkita mustaqil parvozlar va o‘tgan uch oy ichida boshqa turdagi har bir HKda kamida bitta mustaqil parvoz bajarilishi lozim.
Mustaqil parvozlarning belgilangan normalari bajarilmaganda, barcha mutaxassislikdagi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi ushbu Qoidalarning 247-bandida belgilangan hajmda tayyorgarlikni o‘tishi lozim.
150. Mustaqil ravishda bajarilgan parvozlar (uchuvchi o‘rindig‘i ko‘rsatilgan holda) va parvozlar miqdori haqidagi yozuvni komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi reys haqidagi hisobotning yuqori chap burchagida qayd etadilar va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydilar. Mustaqil parvozlar va parvozlar soni mashq qilish topshirig‘ida hisobga olinadi.
151. Uchish malakasini lozim bo‘lgan darajada ushlab turish uchun instruktorlar ishiga ruxsati bo‘lgan HKKlari, uchuvchilarning o‘ng tomondagi o‘rindig‘idan kamida bitta parvozni (aerodrom va reys sharoitlarida) har oyda mustaqil ravishda bajarishlari lozim. Parvozlarning bajarilishi (uchuvchi o‘rindig‘i ko‘rsatilgan holda) mashq qilish topshirig‘ida hisobga olinadi. Ushbu talab 60 kun davomida bajarilmaganda, HKK uchuvchining o‘ng tomondagi o‘rindig‘idan parvozlarni bajarish huquqini yo‘qotadi. Ushbu ruxsatnomani tiklash uchun ishlab chiqarish sharoitlarida tekshiruv parvozi (1 ta uchish va 1 ta qo‘nish) bajariladi.
152. Ekipaj a’zolarining parvoz tayyorgarligi nazorati va javobgarligi uchuvchilar bo‘linmasi (uchuvchilar otryadi) komandirining uchish ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga yuklatiladi.
8 §. Mavsumiy tayyorgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
153. Mavsumiy tayyorgarlik 2 — 4 toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi uchun o‘tkaziladi.
(153-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
154. Mavsumiy tayyorgarlik FA aviakompaniya (aviakorxona)lari, tashkilotlari bo‘yicha buyruq bilan belgilangan muddatlarda kuz-qish va bahor-yoz davrlarda uchuvchilar bo‘linmalarini parvozlarga tayyorlash bo‘yicha tashkiliy-metodik ko‘rsatmalarda ko‘zda tutilgan tartibda va hajmlarda o‘tkaziladi.
155. Tashkiliy-metodik ko‘rsatmalar ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
156. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga nazariy tayyorgarlik har oygi kasbiy ta’lim bilan qo‘shiladi va tasdiqlangan mavzu bo‘yicha o‘tkaziladi. Tayyorgarlikning asosiy turi bo‘lib, mustaqil tayyorgarlik bo‘lishi lozim.
157. Tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmasida mavjud bo‘lgan, kuz-qish va bahor-yoz davrlarda parvozlarning nazariy tayyorgarligi mavzusi uchuvchilar otryadlarining kasbiy ta’lim rejasiga maxsus bo‘lim sifatida qo‘shiladi. Individual topshiriqlar mustaqil tayyorgarlik uchun savollar ro‘yxatidan tuziladi va zaruriyat bo‘lganda tashkiliy uslubiy ko‘rsatmasida nazarda tutilgan tartibda uchuvchilar tarkibiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(158-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
159. 2—4-toifadagi samolyotlarda va vertolyotlarda mavsumiy tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) parvoz tayyorgarligi (4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarda);
b) uchish-texnik anjumani;
v) mavsumiy davrda parvozlarni bajarishga ruxsat etishdan oldin bilimlarning nazorati.
160. Kuz-qish va bahor-yoz davrlarida parvozlarga ruxsat etish uchun trenajyorlarda maxsus mashq qilish talab etilmaydi. Barcha turdagi HKlari uchuvchilar tarkibining har chorakda mashq qilishi yilning aniq mavsumida parvozlarni bajarish va HK parvoz ekspluatatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mavsumiy davrda SMTda amalga oshiriladi.
161. Nazariy tayyorgarlikdan so‘ng kelgusida parvozlarni bajarishga ruxsat etishdan oldin 2—4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlar uchuvchilar tarkibining bilimlari nazorati o‘tkaziladi. Bilimlar SHEHMda yoki imtihon biletlari bo‘yicha kasbiy ta’lim hisobi jurnalida natijalar rasmiylashtirilgan holda tekshiriladi.
162. Ekipajlar nazariy tayyorgarligining yakuniy bosqichi bo‘lib, eng muhim masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilinadigan, o‘tgan davrlarda UITE tahlili va PX holatlari eshitiladigan, kelgusidagi ishlar bo‘yicha tavsiyalar beriladigan uchish-texnik anjumani hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
163. 2 — 4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarning uchuvchilar tarkibi ishtirokidagi uchish-texnik anjumanlar bir yilda ikki marta (kuz-qish davri va bahor-yoz davrlari uchun tayyorgarlikning oxirida) o‘tkaziladi.
(163-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
164. Parvoz tayyorgarligi 4-toifadagi samolyotlar va barcha toifadagi vertolyotlarni ekspluatatsiya qiluvchi bo‘linmalarda amalga oshiriladi va FA UTTDda nazarda tutilgan hajmda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
165. “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilar tarkibi mavsumiy tayyorgarlikni ekspluatantning uchuvchilar bo‘linmalarining birida o‘taydi.
(165-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
166. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi mavsumiy tayyorgarlikdan to‘liq hajmda uchuvchilar bo‘linmalarida oliy turdagi (toifa bo‘yicha teng bo‘lgan) HKda o‘taydilar va boshqa turdagi HKlari bo‘yicha uchish-texnik anjumanida qo‘shimcha ravishda ishtirok etadilar, 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda parvozlarni bajaruvchilar esa — ushbu turdagi HKlarida parvoz tayyorgarligidan ham o‘tadilar.
167. Instruktorlik tarkibining trenajyordagi mavsumiy tayyorgarligi, ularning HK turlari bo‘yicha uchish-texnik anjumanidagi ishtiroki bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
168. Uchuvchilar tarkibini mavsumiy davrda 2—4-toifadagi HK va barcha toifadagi vertolyotlarda parvozlarga ruxsat etish to‘g‘risidagi tegishli yozuv parvoz daftarchalarida uchuvchilar bo‘linmasi komandiri aviakompaniya (aviakorxona), uchuvchilar majmuasi, O‘M (O‘MM) rahbari)ning buyrug‘i asosida rasmiylashtiriladi.
(168-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
169. Mavsumiy davrda uchuvchilar tarkibini parvozlarga tayyorlash sifati uchun javobgarlik ekipaj a’zolarining tayyorgarligi va tayyor bo‘lganliklarining nazoratini amalga oshiruvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi a’zolariga yuklatiladi.
IV. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
170. Guvohnomaning amal qilish muddatining uzaytirilishi “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(170-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tibbiy xulosa, bilimlar tekshiruvi, parvoz va trenajyorlar bo‘yicha tekshiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi. Bilimlar “O‘zaviatsiya” agentligining OMK, aviakompaniya (aviakorxona)lar va uchuvchilar otryadlarining MMK (MK)larida, O‘M (O‘MM)da MOKlarda tekshiriladi. Baholar 6 oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
172. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning (bortoperatorlar uchun faqat parvoz tekshiruvlari) parvoz va mashqiy tekshiruvlari ularning ushbu turdagi HKda parvoz qilish uchun berilgan ruxsatnomaga ega bo‘lgan bevosita yoki yuqori turuvchi komandirlari (boshliqlari, katta mutaxassislar, ixtisosligi bo‘yicha shtatdagi instruktorlar), ularda bunday ruxsatnoma bo‘lmaganida esa boshqa uchish bo‘linmalarining (aviakompaniyalar ichida) yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibi — aviakompaniya (aviakorxona)ning PXI boshlig‘i ruxsati bo‘yicha, yoki boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan — “O‘zaviatsiya” agentligining ruxsati bo‘yicha quyidagi muddatlarda o‘tkazadilar:
(172-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
a) uchuvchilarni uchish texnikasi (malaka toifasidan qat’i nazar) — bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun olti oyda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa — oliy turdagi HKda olti oyda kamida bir marta va har bir boshqa turdagi HKda bir yilda kamida bir marta;
b) Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega bo‘lgan uchuvchilarning har bir turdagi HKda LINE-CHECK hajmidagi uchuvchilik texnikasi va amaliy ish tekshiruvi — kamida olti oyda bir marta, bunda HK turlari navbatma-navbat almashtiriladi;
v) uchuvchilarning samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi (malaka toifasidan qat’i nazar) — bir turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun — bir yilda kamida bir marta, bir necha turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa — oliy turdagi HKda (toifasi bo‘yicha teng bo‘lgan HKning bittasi) bir yilda kamida bir marta;
g) shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlarning amaliy ish — 1-2-toifadagi aviamutaxassislari uchun bir yilda kamida bir marta va 3-toifadagi aviamutaxassislar uchun olti oyda kamida bir marta;
d) bortoperatorlarning amaliy ishlari — bir yilda kamida bir marta (malaka toifasidan qat’i nazar);
e) uchuvchilar tarkibining barcha mutaxassislari va bortoperatorlari ushbu turdagi HKda parvozlarga (HKK yoki ekipaj a’zosi sifatida) ruxsat etilgandan so‘ng birinchi mehnat yili davomida — malaka toifasidan qat’i nazar, uch oyda kamida bir marta (ixtisosligi bo‘yicha);
j) uchuvchilar tarkibining barcha mutaxassislarini trenajyorlar bo‘yicha tekshiruv har bir turdagi HKda bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komandir-uchuvchilar tarkibi uchun parvoz va trenajyorlar bo‘yicha tekshiruvlarni “O‘zaviatsiya” agentligining OMK tomonidan tayinlangan shaxslar bajaradi.
(172-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Parvoz tekshiruvlari reys (ishlab chiqarish) yoki aerodrom sharoitlarida FA UTTDda ko‘zda tutilgan hajmlarda, trenajyorlar bo‘yicha tekshiruvlar esa tegishli turdagi HKda SMT (FFS)da UTTDda ko‘zda tutilgan hajmlarda bajariladi.
173. Parvoz tekshiruvining natijasi, guvohnomani uning butun amal qilish muddati davomida uzaytirish uchun trenajyorlar bo‘yicha tekshiruvlar, bitta turdagi HKda parvozlarni bajaruvchilar uchun 6 oy davomida, bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajaruvchilar uchun esa oliy (toifasi bo‘yicha teng bo‘lgan bittasida) turdagi HKda 6 oy davomida hisobga olinadi.
174. Tegishli turdagi HKda parvoz va (yoki) trenajyorlar bo‘yicha tekshiruvning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, mutaxassis ushbu turdagi HKda parvozlarni mustaqil bajarish huquqini yo‘qotadi.
175. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarga ruxsat etilgan aviatsiya xodimlarining xalqaro havo yo‘nalishlari bo‘yicha reys sharoitlarida uchish texnikasi, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish va amaliy ishining tekshiruvi HK turlarining birida o‘tkaziladi.
176. Boshqa turdagi HKga qayta o‘qitilgan 1-2-toifadagi uchuvchilar tarkibi shaxslari uchun bunday turdagi HKda birinchi mehnat yili davomida kalendar parvoz tekshiruvlarida va guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilishida uchish texnikasi, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish va havoda amaliy ish bo‘yicha 4 (to‘rt) baho qo‘yilishi mumkin.
177. Guvohnomaning amal qilish muddati o‘z vaqtida uzaytirilishi uchun komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari va UO katta mutaxassislari (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) javobgar bo‘ladilar. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik uchuvchilar bo‘linmalarining komandirlariga yuklatiladi.
178. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish yillik rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
179. Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasining baholar varaqasida bilimlar tekshiruvining natijalari qayd etiladi va imtihon qabul qiluvchining (MMK, MK a’zosi) imzosi bilan tasdiqlanadi, uchish texnikasi, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish, havoda amaliy ish tekshiruvi natijalari — parvoz daftarchasi va Guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida, SMT (FFS)da tekshiruvlar natijalari — mashq qilish topshirig‘i (dalolatnoma) va guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida tasdiqlanadi.
180. OMK (MK, MMK) qarori guvohnomani uzaytirish taqdimnomasida rasmiylashtiriladi.
181. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv mutaxassisning parvoz daftarchasiga va guvohnomasiga kiritiladi.
182. Guvohnomaning yaroqlilik muddati, TUEK natijalari bo‘yicha mutaxassisning parvoz ishiga yaroqlilik muddati bilan aniqlanadi.
183. Bir necha turdagi HKlarida parvozni bajarayotgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlarini tekshirish HKning oliy turi bo‘yicha o‘tkaziladi va qo‘shimcha ravishda boshqa turdagi HKda PEQ bo‘yicha bilimlari tekshiriladi, parvoz tekshiruvi esa HKning har bir turida bajariladi (Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega bo‘lgan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibining bilimlar tekshiruvi Boing-767 HK bo‘yicha o‘tkaziladi va qo‘shimcha ravishda “Boing-767/757 HKlarining farqlari” kursining bilimlari tekshiriladi).
184. Agar uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasining amal qilish muddati yangi (boshqa) turdagi HKga qayta o‘qish yoki safga kiritish davrida tugagan va boshqa turdagi HKda parvozlar bajarilmayotgan bo‘lsa, uchuvchilar tarkibi mutaxassislariga guvohnoma TUEK tibbiy ma’lumotnomasi asosida uzaytiriladi, nazariy bilimlar va parvoz tekshiruvi esa yangi (boshqa) turdagi o‘zlashtirilgan HKda mustaqil parvoz (ish)ga ruxsatnomaning rasmiylashtirilishida bajariladi.
185. Agar guvohnomaning va parvoz tekshiruvining amal qilish muddatlari tugagan bo‘lsa, uchuvchilar tarkibi mutaxassisining guvohnomasi TUEK tibbiy ma’lumotnomasi va nazariy bilimlar tekshiruvi natijalari asosida uzaytiriladi. Parvoz tekshiruvi uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilar guvohnomasi uzaytirilgandan so‘ng bajariladi.
186. Samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasini tekshirish — bu ekipaj a’zolari (uchuvchi, shturman)ning havo navigatsiyasi sohasining va parvozlarni bajarishning barcha bosqichlaridagi tayyorgarligi bo‘yicha bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratini majmuaviy tekshirish bo‘lib, buning natijasida quyidagilar aniqlanadi:
a) kelgusi parvozning bajarilishini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar va yo‘riqnomalar talablarini bilish;
b) tayyorgarlikning barcha bosqichlarida va parvozlarni bajarishda (ish texnologiyasi va PEQ talablariga muvofiq) tekshirilayotgan ekipaj a’zolari (uchuvchi, shturman) harakatlarining ketma-ketligi, to‘g‘riligi va asoslanganligi;
v) belgilangan yo‘nalish bo‘yicha samolyot boshqaruvining aniqligi va belgilangan obyektga chiqish aniqligi (aerodrom, qo‘nish maydonchasi, yukni tashish maydonchasi, nazorat mo‘ljali va boshqalar);
g) parvozning navigatsiya elementlari hisob-kitobini aniqlashning o‘z vaqtidaligi, to‘g‘riligi, aniqligi, tezligi.
Tekshiruv natijasida tekshiruvchi tekshiruvning alohida elementlari bo‘yicha baho qo‘yadi.
Samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvining natijalari parvoz va shtab hujjatlarini olib borish talablari hisobga olingan holda, tekshiriluvchi parvoz daftarchasining tegishli bo‘limiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
187. Sharqda ishlab chiqarilgan HKda komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi va shturmanlarining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini shtat birligidagi shturman-instruktor va undan yuqori turuvchi mutaxassislar, “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilar tarkibining esa — “O‘zaviatsiya” agentligining ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniya (aviakorxona)lari komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibining mansabdor shaxslari o‘tkazadilar.
(187-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
188. Sharqda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilari, shu jumladan komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchi-instruktorlik tarkibi (uchuvchi)ning samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasini tekshirish quyidagi shaxslar tomonidan bajarilishiga ruxsat beriladi:
a) komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari — shturmanlar, tekshiriluvchining malaka toifasidan qat’i nazar;
b) komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari — ushbu Qoidalarning 191, 192-bandlariga muvofiq olingan, tegishli ruxsatnoma va tekshiriluvchi toifasidan past bo‘lmagan malakaga ega bo‘lgan 3, 4-sinf HK va vertolyot uchuvchilari.
189. G‘arbda ishlab chiqarilgan HK uchuvchilarining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini reys sharoitlarida, parvoz tekshiruvi (LINE CHECK) jarayonida komandir-uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibi (CHECK CAPTAIN) shaxslari bajaradilar.
190. Samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvi, dastlabki tanishtiruv parvozi yoki mashq qilish uchun tekshiruvchilar sifatida parvoz ekipajiga kiritilgan komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaxslari va uchuvchilar tarkibi — shturmanlar, HKning bevosita komandiriga bo‘ysunadilar va quyidagilar uchun javobgar bo‘ladilar:
a) ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi sifati;
b) samolyot yo‘nalishi bo‘yicha boshqaruvining aniqligi va bortdagi navigatsiya uskunalarining to‘g‘ri ekspluatatsiyasi;
v) parvozda ekipaj tomonidan yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljalni saqlash va samoviy hududdan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilish;
g) tekshirilayotgan uchuvchi (shturman)ning kasbiy tayyorgarligi darajasi va tajribasining mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqliligini to‘g‘ri aniqlash;
d) qo‘yilayotgan baholar va xulosalarning obyektivliligi.
191. Komandir-uchuvchilik tarkibi — 3-toifadagi HK uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, uchuvchi-instruktorlik va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaxslari samolyotni yo‘nalish bo‘ylab boshqarish texnikasi bo‘yicha tekshiruvidan quyidagilarni o‘tagandan so‘ng bajarishga ruxsat etiladilar:
a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari bo‘yicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;
b) AE shturmani va undan yuqori bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan parvozda samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarishning amaliy tajribalari tekshiruvidan.
192. Komandir-uchuvchilik tarkibi — 4-toifadagi HK va vertolyotlar uchuvchilari, komandir-uchuvchilar tarkibi, parvoz-instruktorlar va uchuvchilar tarkibi (uchuvchilar) shaxslarining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini amalga oshirishda quyidagilardan o‘tgandan so‘ng bajarishga ruxsat etiladilar:
a) UO katta shturmani va undan yuqori lavozimni egallovchi shturman tomonidan havo navigatsiyasi masalalari bo‘yicha nazariy bilimlar tekshiruvidan;
b) samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruviga ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuqori turuvchi komandir-uchuvchilar tarkibi mansabdor shaxsi yoki uchuvchi tomonidan parvozda samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarishning amaliy tajribalarining tekshiruvidan.
193. Nazariy bilimlar tekshiruvini 191 va 192-bandlarga muvofiq o‘tkazish samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini o‘tkazishga dastlabki qo‘yishda o‘tkaziladi. Bu haqda uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasiga “Havo navigatsiyasi masalalari bo‘yicha nazariy bilimlar darajasi ... HKda uchuvchilarning samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasini tekshirishga ruxsat olishga muvofiqdir” yozuvi kiritiladi va tekshiruvchining lavozimi, imzosi, familiyasi ko‘rsatiladi.
194. Parvozda samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi amaliy bilimlarining tekshiruv natijalari 191 va 192-bandlarga muvofiq uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasining “Parvoz tekshiruvlari va mashqlari” bo‘limida tegishli ruxsatnoma rasmiylashtiriladi: “…turdagi HK uchuvchilarining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini o‘tkazishga ruxsat etilgan”. Mazkur ruxsatnoma samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasining navbatdan tashqari tekshiruvida tasdiqlanadi.
195. Tekshiruvchi (shturman)ga uchuvchilar kabinasida birga bo‘lgan shturman va uchuvchining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini qo‘shib o‘tkazishga ruxsat etiladi.
196. Shturman tomonidan uchuvchini samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi va bir vaqtning o‘zida, uning uchuvchilik texnikasini (tekshiruvchi uchuvchi tomonidan) tekshirishga ushbu Qoidalarning 268-bandiga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
197. Parvoz topshirig‘iga muvofiq HK shturmani majburiyatlarini bajaruvchi katta mutaxassis-shturman tomonidan uchuvchilarning samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasining tekshiruvini o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
198. Nomzodlarga 1-toifani berishda samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini o‘tkazish “O‘zaviatsiya” agentligi OMK raisining ruxsati bilan UO katta shturmani va undan yuqori turuvchi OMK a’zolari va uchuvchilar bo‘linmalarining komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
(198-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
199. Quyidagi toifalarni berish uchun 4-toifa HKlari va vertolyotlarda komandir nomzodlarining samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi tekshiruvini o‘tkazishga ruxsat etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) 1-toifani berish uchun — “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishuv asosida OMK a’zosi Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari tomonidan, ularda tegishli ruxsatnoma mavjud bo‘lganda;
(199-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
b) 2-toifani berish uchun — Komandir-uchuvchilik tarkibi uchuvchilari (UO komandiri va undan yuqori) tomonidan, ularda tegishli ruxsatnoma mavjud bo‘lganda.
V. Havo kemalari ekipajlarini tuzish
200. HK ekipajlarini tuzish tartibi ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi. Ekipajning tarkibi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda HKning PEQ bilan aniqlanadi.
201. Boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan HK ekipajlari (yoki ekipajning alohida a’zolarini) shartnoma bo‘yicha parvozlar uchun jalb etilgan hollarda ularga dastlabki tayyorgarlik va HK PEQ hamda HK ekipaj a’zolarining o‘zaro harakatlari va ishlash texnologiyasi yo‘riqnomasi bo‘yicha bilimining tekshiruvlari o‘tkazilgandan so‘ng parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi natijalarini baholar varaqasida rasmiylashtirish bilan biriktirilgan uslub bo‘yicha UO komandirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
202. HK komandiri parvozga tayyorgarlik sifati, tartib-intizom, o‘z ekipaj a’zolarining ishini tashkil etish va parvoz topshirig‘ining muvaffaqiyatli bajarilishi uchun asosiy va javobgar shaxs hisoblanadi.
VI. Uchuvchilar tarkibiga parvozlarni bajarishga ruxsat berish
1 §. Asosiy talablar
203. Uchuvchilar tarkibini mustaqil parvozlarga ruxsat etish belgilangan tartibda tasdiqlangan UTTD ga muvofiq amalga oshiriladi.
204. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi shaxslarini mustaqil parvozlarga, shuningdek aviatsiya ishlari turlariga dastlabki ruxsat etilishi ularning mashq qilishlari va HK turlari bo‘yicha tayyorgarlik dasturlari (UTTD)ga muvofiq tekshiruvdan so‘ng amalga oshiriladi.
205. Instruktor (mashq qildiruvchi) xulosasi, shuningdek nazorat-tekshiruv parvozini amalga oshirgan katta komandirning yakuniy xulosasi parvozlarga ruxsat etishga asos bo‘lib hisoblanadi.
206. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning mashq qilishlarini ta’minlash tegishli turdagi HKda instruktorlik ishini bajarishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibida a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
207. Aviakompaniya (aviakorxona)larning komandir-uchuvchilar tarkibida a’zolari uchtadan ko‘p bo‘lmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin.
208. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning instruktorlik tarkibidagi shaxslar, HK komandirlari va ekipaj a’zolari ikkitadan ko‘p bo‘lmagan turdagi HKda parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin.
209. Ikkita turdagi HKda parvozlarni bajarish quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
a) HKK sifatida — yangi turdagi HKda kamida 200 soat va boshqa turdagi (oldin o‘zlashtirilgan) HKda kamida 1000 soat mustaqil parvoz soatlariga ega bo‘lganda;
b) ikkinchi uchuvchi, bortmuhandis (bortmexanik) sifatida — har bir turdagi HKda kamida 200 soat parvoz soatlariga ega bo‘lganda;
v) shturman, bortradist, bortoperator sifatida — HKning har bir turida parvozlar soatining cheklovlarisiz.
210. Mazkur Qoidaning 207, 208-bandlarida ko‘rsatilgan aviatsiya xodimlariga bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarishga ruxsat etilishi mumkin. Bunda HK turlari toifasi farqi bittadan oshmasligi va asbob-uskunalari (instrumental va displeyli) indikatsiyalari shartlari bo‘yicha farqlarga ega bo‘lmasligi kerak.
211. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlar HK ekipaji tarkibida parvoz topshirig‘ini mustaqil bajarishga quyidagi shartlarda ruxsat etilishi mumkin:
a) ularda amaldagi parvoz guvohnomasi mavjud bo‘lganda;
b) parvoz topshirig‘ida ko‘rsatilgan HKda, mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ishga ruxsatnomasining mavjudligida;
v) parvoz oldi dam olishning tartibi va davomiyligiga rioya qilganda;
g) ish vaqti normalariga rioya qilganda;
d) mutaxassislik bo‘yicha kalendar tekshiruv muddatlariga rioya qilganda;
e) TUEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlari va uchuvchilar otryadi shifokorida ko‘rikdan o‘tishga rioya qilganda;
j) ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga (tekshiruvchilar uchun) ruxsatnomaga ega bo‘lganda;
z) parvoz topshirig‘ida belgilangan maxsus aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsatnomaga ega bo‘lganda;
i) ushbu turdagi HKda avariya-qutqaruv tayyorgarligini o‘tish (sertifikat mavjud bo‘lganda) muddatlariga rioya qilganda;
k) SMT (FFS)da mashqlarni o‘tash muddatlariga rioya qilganda;
l) dastlabki tayyorgarlikdan o‘tish muddatlari va shartlariga rioya qilganda;
m) ushbu Qoidalar talablariga (uchuvchi va shturmanlar uchun) muvofiq trassalar bo‘yicha va aerodromlardagi (parvoz topshirig‘iga muvofiq) dastlabki tanishtiruv parvozida;
n) ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq, MMSHda qo‘nishga kirishishlar va qo‘nishlarning (yo‘nalish bo‘yicha) zaruriy soni, shuningdek qo‘nishlarni bajarishning (HKKlari va ikkinchi uchuvchilar uchun) minimal soni mavjud bo‘lganda;
o) muhokamalarda va kasbiy ta’lim vaqtida material hamda ko‘rsatmalarni o‘rganganda (ularning o‘tkazilishida ishtirok etmagan hollarda);
p) berilgan individual topshiriqlarni bajarganda;
r) parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va axborotlarni o‘rganganda.
212. Berilgan minimumni tasdiqlash uchun qo‘nishga kirishishlar bo‘yicha talablarga rioya qilinmaganda, HK komandiri (ekipaji) bir pog‘onaga baland bo‘lgan minimum bo‘yicha mustaqil parvozlarga ruxsat etilishi mumkin.
213. Mustaqil parvozlar va aviatsiya ishlari turlariga ruxsat etishni rejalashtirish, uchuvchilar tarkibini mashq qildirish va tekshirish reja-jadvaliga binoan amalga oshiriladi va oylik hamda sutkalik rejalarni tuzishda inobatga olinadi.
214. Meteominimum pasaytirilganda mustaqil parvozlar, aviatsiya ishlari turlari, kechki parvozlarga tayyorgarlik va ruxsat etish hisobi mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi. Ruxsatnoma UTTD talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
215. Ushbu turdagi HKda parvozlar yoki aviatsiya ishlari turlariga kiritishni tasdiqlash mashq qilish topshirig‘ida va parvoz daftarchasining “Parvoz tekshiruvlari” bo‘limida rasmiylashtiriladi. Qaydlar UTTDning namunalariga muvofiq bajariladi.
216. 4-toifadagi samolyotlar va vertolyotlarda sutkalar vaqti va shassi turlari bo‘yicha parvozlarga kiritish, bunday turdagi HKda uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
217. Uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni aniq turdagi HKda instruktorlar ishiga ruxsat etish UTTD talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Instruktorning uchuvchilar tarkibini dastlabki tayyorlash va mashq qildirish huquqini beruvchi malakaviy bahosi “O‘zaviatsiya” agentligi tarkibidagi OMK tomonidan rasmiylashtiriladi.
(217-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
218. Parvozlarga ruxsat etishning shartlariga rioya qilinishi to‘g‘ri va rasmiylashtirilishi ustidan javobgarlik quyidagilarga yuklatiladi:
a) UO komandiriga — CHECK-CAPTAIN, AE komandirlari, ularning o‘rinbosarlari va UO (xizmati)ning katta mutaxassislari uchun;
b) AE komandirlariga — aviazveno komandirlari va AE katta mutaxassislari uchun (zvenosiz tuzilmada HK komandirlari uchun);
v) aviazveno komandirlariga (eskadrilyasiz tuzilmada shtatdagi uchuvchiga) — HK komandirlari uchun;
g) UO (xizmati)ning katta mutaxassislariga — ekipaj a’zolari uchun (mutaxassisligi bo‘yicha);
d) HK komandirlariga — ekipaj a’zolari uchun.
219. Ruxsat etish shartlariga rioya qilish nazorati parvozlarni oylik va sutkalik rejalashtirishni amalga oshirayotgan uchuvchilar tarkibi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
2 §. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi
220. Uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etish tekshiruvi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) yangi o‘zlashtirilgan HKda birinchi mustaqil parvozdan oldin;
b) birinchi mustaqil parvozdan oldin (aviatsiya ishlari turlari bo‘yicha);
v) boshqa murakkabroq meteosharoitlar va sutka vaqtlarida parvozlardan oldin;
g) HKda oldin foydalanilmagan yangi o‘rnatilgan uskuna va tizimlardan foydalanadigan parvozlardan oldin;
d) toifani berish (oshirish) va tasdiqlashda;
e) parvoz tekshiruvining kalendar amal qilish muddati uzaytirilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Parvozlarga ruxsat etish tekshiruvining tasdiqlanishi, shuningdek “O‘zaviatsiya” agentligi, aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning alohida ko‘rsatmalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
222. Yangi o‘zlashtirilgan HKdagi parvozlar, aviatsiya ishlari turlari bo‘yicha mustaqil parvozlar, minimumni tasdiqlash va berishga ruxsat etish tekshiruvlari HK toifasining UTTDga muvofiq amalga oshiriladi.
223. Parvoz tekshiruvlari UTTD muvofiq komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi shaxslar tomonidan bajariladi.
224. Ikkinchi uchuvchida uchuvchilik texnikasi tekshiruvini biriktirilgan ekipaj tarkibida HKning komandiri bajarishi mumkin, agarda u:
a) ushbu turdagi HKda so‘nggi meteominimum bo‘yicha parvozlarga ruxsatga ega bo‘lsa;
b) uslubiy tayyorgarlikdan o‘tgan va ushbu turdagi tekshiruvga UO komandirining buyrug‘i bilan ruxsat etilgan bo‘lsa.
225. Bir nechta turdagi HKda komandir-uchuvchilar tarkibi instruktorlik, uchuvchilar tarkibi va bortoperatorlarning parvozida ushbu Qoidalarning 172-bandida nazarda tutilgan kalendar muddatlardagi parvoz tekshiruvlari quyidagilarda o‘tkaziladi:
a) uchuvchilarda — uchuvchilik texnikasi har bir HK turida, samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi esa — oliy turdagi HKda (toifa bo‘yicha teng bo‘lgan HK turida);
b) ekipajning boshqa a’zolarida — mutaxassislik bo‘yicha har bir HK turida amaliy ishi.
Oldingi tahrirga qarang.
226. Parvoz ta’lim tashkilotlari yoki boshqa aviakompaniya (aviakorxona)lardan kelgan uchuvchi va shturmanlar mustaqil parvozlarni bajarishdan oldin quyidagi tekshiruvlardan o‘tishlari lozim:
(226-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
a) uchuvchilik va samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi (uchuvchilar uchun);
b) samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish texnikasi (shturmanlar uchun).
227. Uchuvchilar otryadi katta bortoperatorini tekshirish UO komandirining ruxsati bo‘yicha aynan o‘sha uchuvchilar otryadining bortoperator-instruktori yoki uchuvchilar otryadining katta bortmuhandisi tomonidan o‘tkaziladi.
3 §. Aerodromlar, trassa, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki tanishtiruv parvozlari
228. HK komandirlari va shturmanlarini uchish va yo‘nalish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aerodromlarga mustaqil parvozlarni bajarishga ruxsat etish, quyidagi dastlabki tanishtiruv parvozidan so‘ng amalga oshiriladi:
1) aerodromlarga:
a) tog‘li — kamida ikki marta;
b) tog‘li emas — kamida bir marta.
2) uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalish bo‘yicha:
a) 1, 2, 3-toifali HKdagi parvozlarda — kamida bir marta;
b) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda tog‘li hududlar ustidagi parvozlarda — kamida ikki marta;
v) 4-toifadagi HK va vertolyotlarda tog‘li bo‘lmagan hududlar ustidagi parvozlarda — kamida bir marta.
3) MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan:
a) Sharqda ishlab chiqarilgan HK ekipajining a’zolari uchun — kamida ikki marta;
b) G‘arbda ishlab chiqarilgan HK ekipajining a’zolari uchun — kamida bir marta.
229. Mazkur qoidalarning 228-bandida nazarda tutilgan tanishtiruv parvozlarini qo‘shib o‘tkazishga ruxsat etiladi.
230. Dastlabki tanishtiruv parvozi borish va qaytish yo‘nalishida amalga oshiriladi.
231. G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchilari va Sharqda ishlab chiqarilgan HKning bortradistlarini MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga ruxsat etish ushbu Qoidalarning 228-bandida ko‘rsatilgan dastlabki tanishtiruv parvozidan so‘ng amalga oshiriladi.
232. Dastlabki tanishtiruv parvozi komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolari yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha (uchuvchi — uchuvchini, shturman — shturmanni) shtatdagi instruktorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari SAT-II-III hamda SAT-I minimumi bo‘yicha parvozlarga ruxsat berilgan komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan o‘tkaziladi, MNPS samoviy hududi, Shimoliy Atlantika ustidagi samoviy hudud hamda aviakompaniyalar tomonidan belgilangan maxsus va tog‘li aerodromlar bundan mustasno.
Tanishtiruv parvozlari g‘arbda ishlab chiqarilgan HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati bo‘lgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan o‘tkaziladi.
(233-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
234. Il-114-100 HK komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar bilan uchish hamda qo‘nish punktlari orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlarga tanishtiruv parvozlari mazkur turdagi HKda shturman-instruktor sifatida parvozlarga ruxsati bo‘lgan uchuvchilar otryadi katta shturmani va undan yuqori lavozimdagi shturmanlar tomonidan o‘tkaziladi.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
235. HK ekipaj a’zolarining MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustida dastlabki tanishtiruv parvozlarini bajarishga, komandir-uchuvchilar tarkibi shaxslari yoki ushbu Qoidalarning XIII bobi 3 paragrafiga muvofiq tayyorgarlikni o‘tagan va amaldagi dastlabki tanishtiruv parvozi ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shtatdagi instruktorlar ruxsat etiladilar.
236. Aerodromlarga, shuningdek uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga ruxsat etish to‘g‘risidagi qarorni, uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) quyidagi sharoitlarda uchuvchi yoki shturmanning tayyorligiga bog‘liq bo‘lgan holda qabul qilishi mumkin:
1) tog‘li bo‘lmagan aerodromlarga va MDH mamlakatlari chegarasida uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha, agarda:
a) HK komandiri — birinchi malaka toifasidagi uchuvchi bo‘lsa;
b) HK komandiri — malaka toifasidan qat’i nazar, havodan tanlangan maydonchalarga qo‘nishlar bilan trassadan tashqaridagi parvozlarga ruxsat etilgan bo‘lsa;
v) HK shturmani — birinchi malaka toifasidagi shturman bo‘lsa;
2) uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlarga, agarda:
a) ushbu turdagi HKda (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) instruktorlar ishiga ruxsat etilgan, ikkinchi malaka toifasidan past bo‘lmagan HK komandiri yoki shturmani bo‘lsa;
b) uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu aerodromlarda, o‘tgan 36 oy mobaynida HK komandiri yoki shturmani 228-bandning talablariga muvofiq aynan o‘sha toifadagi HKda (uchuvchi HKK sifatida) yoki ushbu turdagi HKda HKK va shturmani stajyorlar sifatida parvozlarni bajargan bo‘lsalar.
237. Ekspluatant ushbu turdagi HKning barcha komandirlari va shturmanlarining malaka toifasi, egallayotgan lavozimi va ushbu turdagi HKda ish tajribasidan qat’i nazar, dastlabki tanishtiruv parvozlarni bajarish majburiy hisoblangan maxsus aeroportlar va yo‘nalishlar ro‘yxatini ishlab chiqishi va PAQga kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
238. G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HK komandirlari SMT (FFS)da tegishli tayyorgarlikni o‘tganidan so‘ng, aerodromlarda mustaqil parvozlarga ruxsatnomani olishlari mumkin. Bunda, HKK ushbu aerodromga kamida 3 ta uchish va qo‘nishga kirishishni bajarishi lozim, SMT (FFS) esa ushbu aerodromda mashq qilish uchun sertifikatlashtirilgan bo‘lishi lozim. Olingan ruxsatnoma HK komandiri parvoz daftarchasining “Aerodromlarga va trassalar bo‘yicha parvozlarga ruxsat etish” bo‘limida “SMT (FFS)” qo‘shimcha yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
(238-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
239. Komandir-uchuvchilar tarkibi va shtatdagi (uchuvchilar, shturmanlar) dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz mustaqil parvozlarga, shuningdek ushbu Qoidalarning 232, 233, 234-bandlariga muvofiq aerodromlarda va ular tomonidan avval parvozlar bajarilmagan uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) parvozlarni bajarishga ruxsat etiladilar.
240. Uchish va qo‘nish punkti orasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tog‘li aerodromlarga, shu jumladan MDHdan tashqaridagi (MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi parvozlardan tashqari) dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan so‘ng) 36 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
241. MNPS samoviy hududi va Shimoliy Atlantika ustidagi dastlabki tanishtiruv parvozlari, ularni bajarish muddatidan yoki avvalgi parvoz muddatidan (dastlabki tanishtiruv parvozidan so‘ng) 24 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
242. Bajarilgan dastlabki tanishtiruv parvozi haqidagi qayd uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarning parvoz daftarchasida, parvozni amalga oshirgan shaxs tomonidan yoziladi. Dastlabki tanishtiruv parvozining mavjudligi, shuningdek ushbu Qoidalarning 240-bandiga muvofiq, uning muddati uzaytirilishiga huquq beruvchi, kelgusi parvoz sanasi jadvalda ko‘zda tutiladi.
243. Dastlabki tanishtiruv parvozining muddati tugagan holda, ushbu Qoidalarning 228-bandiga muvofiq, qayta dastlabki tanishtiruv parvozi bajariladi va bu haqda parvoz daftarchasiga qayd qilinadi.
244. Parvozga HKK, shturmanlar va bortradistlarni, ularning dastlabki tanishtiruv parvozlari hisobga olingan holda (shu jumladan, kelgusi/o‘tgan davr uchun parvozlarni bajarish muddatlari hisobga olingan holda), rejalashtirish uchun nazorat va javobgarlik tegishli mutaxassislik bo‘yicha uchuvchilar bo‘linmasining komandir-uchuvchilar tarkibiga yuklatiladi.
245. Ayrim hollarda, HK ekipaji bazadan tashqari ish uchun yo‘naltirilayotgan (shu jumladan, xorijga) bo‘lsa, ekipaj bilan to‘liq hajmda dastlabki tayyorgarlik amalga oshirilganidan so‘ng, uning tarkibiga dastlabki tanishtiruv parvozlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni kiritishning imkoni bo‘lmaganda, ish joyiga uchish va u yerda parvozlarni bajarishga — dastlabki tanishtiruv parvozlarisiz ruxsat etiladi, bu haqda uchuvchilar otryadi komandiri (shef-uchuvchi) tomonidan dastlabki tayyorgarlik hisobi jurnalining parvoz topshiriqlari (xizmat belgilari) bo‘limida tegishli yozuv qayd etiladi.
4 §. Parvoz ishida (parvozlarda) uzilishlardan so‘ng uchishga ruxsat etish
246. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi shaxslarining parvoz ishida (parvozlarda) uzilishlardan so‘ng parvozga ruxsat etish, ular tomonidan uzilishning davomiyligi, ushbu turdagi HKda parvozlar staji (tajribasi) va mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lgan holda aniqlanadigan tartiblardan o‘tishlari sharti bilan amalga oshiriladi.
247. Parvoz ishida (parvozlarda) 30 kundan 60 kungacha bo‘lgan uzilishlardan keyin parvozlarga ruxsat etish, quyidagilardan so‘ng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda o‘zlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va axborotlarni o‘rganish;
b) dastlabki tayyorgarlik.
Uchuvchilar tarkibi mutaxassisi uchun trenajyorlar bo‘yicha va (yoki) uchish tayyorgarlik (tekshiruv)ning zaruriyatini ushbu mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javobgar bo‘lgan parvoz komandiri (boshlig‘i) aniqlaydi.
Tayyorgarlik kasbiy va dastlabki tayyorgarlik jurnallarida hamda mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi.
248. Parvoz ishida (parvozlarda) 60 kundan 90 kungacha bo‘lgan uzilishlardan keyin uchishga ruxsat etish, quyidagilardan so‘ng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda o‘zlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va axborotlarni o‘rganish;
b) dastlabki tayyorgarlik;
v) har chorakdagi dastur hajmida SMTda mashqlar (MMSHda qo‘nishga kirishishlar);
Oldingi tahrirga qarang.
g) aerodrom sharoitlarida (kamida uchta qo‘nishga kirishish, ikkita qo‘nish, ulardan bittasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (kamida ikkita qo‘nish, ulardan bittasi kechasi) — barcha turdagi HKlari komandirlari va G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi va Il-114-100 HK uchuvchilari uchun. Boshqa mutaxassislar (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning ikkinchi uchuvchisi, shturmani, bortmuhandisi, bortmexanigi, bortradisti) uchun uchish mashqlarining zaruriyatini ushbu mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga bevosita javob beruvchi uchuvchi komandiri (boshlig‘i) aniqlaydi. (An-2 HKda parvozlar uzilishidan so‘ng kechasi o‘tkaziladigan mashqiy parvozlar bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlarida parvozlarda uzilishlaridan so‘ng komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz bajariladi.).
(248-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat bo‘yicha parvoz tekshiruvi bilan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bunda ijobiy natijalar bo‘lganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.
249. Parvoz ishida (parvozlarda) 90 kundan bir yilgacha bo‘lgan uzilishlardan keyin parvozlarga kiritish, quyidagilardan so‘ng amalga oshiriladi:
a) ushbu davrda o‘zlashtirish sifati nazorati bilan kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va axborotlarni o‘rganish;
b) amaliy aerodinamika va HK PEQ bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik (qaytarish) (G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning parvoz xodimlari uchun — SVT);
v) katta mutaxassislar rahbarligida HK konstruksiyalari va parvoz ekspluatatsiyasidagi o‘zgarishlarini o‘rganish;
g) mavsumiy tayyorgarlik;
d) dastlabki tayyorgarlik;
Oldingi tahrirga qarang.
e) SAT II-III yoki avval berilgan minimum bo‘yicha qo‘nishga kirishish bilan SIM CHECK hajmida FFS trenajyorida tekshiruvlar (G‘arbda ishlab chiqarilgan HKning uchuvchilari uchun) hamda SAT I yoki avval berilgan minimum bo‘yicha qo‘nishga kirishish bilan SMT hajmida trenajer tekshiruvlari (Il-114-100 HKning uchuvchilari uchun);
(249-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
j) HK komandirlariga berilgan minimumga muvofiq meteosharoitlarda qo‘nishga kirishishlar bilan har chorakdagi dasturlar hajmlarida SMTda mashq qilish (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning parvoz xodimlari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
z) aerodrom sharoitlarida (MMSHda kamida oltita qo‘nishga kirishish va to‘rtta qo‘nish, ulardan ikkitasi kechasi) yoki ishlab chiqarish parvozlarida (MMSHda kamida to‘rtta qo‘nish, ulardan ikkitasi kechasi) (Sharqda ishlab chiqarilgan HKning komandirlari uchun), ikkinchi uchuvchilari uchun esa — ikkita parvoz (ulardan bittasi kechasi). Boshqa ekipaj a’zolari uchun (shturman, bortmuhandis, bortmexanik, bortradist) — sutka vaqtidan qat’i nazar, mutaxassislik bo‘yicha instruktor bilan kamida ikkita qo‘nish. AN-2 HKda parvozlarda uzilishlar bo‘lganda mashqiy parvozlar kechasi bajarilmaydi. Aviatsiya-kimyoviy ishlardagi parvozlarda uzilishlar bo‘lganda ishlab chiqarish sharoitlarida 5 ta parvoz Komandir-uchuvchilar tarkibi nazorati ostida bajariladi.
(249-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) G‘arbda ishlab chiqarilgan hamda Il-114-100 HKlarda reys sharoitlaridagi (LINE CNECK) parvoz tekshiruvida HKK (SRT) uchun — kamida to‘rtta parvoz, ikkinchi uchuvchilar uchun esa — kamida ikkita parvoz.
(249-bandning “i” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 28-sentabrdagi 66-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-2, 13.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 529-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
MMSH mavjud bo‘lmagan holda, HK bortida yo‘lovchilar bo‘lmaganda, yuk va yo‘lovchi samolyotlarida — ko‘rishni taqlid qilish tizimi pardachalaridan, O‘SHKTdan foydalangan holda, shuningdek shtatdagi shaffof bo‘lmagan pardacha orqasida QQB + 30 metrga teng bo‘lgan balandlikkacha, HK bortida yo‘lovchilar bo‘lganda esa 200 m dan past bo‘lmagan uchib o‘tish balandligigacha, ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus “Uslubiyot” bo‘yicha foydalanish bilan qo‘nishga kirishishlarni bajarishga ruxsat etiladi.
(249-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Tayyorgarlik kasbiy, dastlabki tayyorgarlik jurnallarida, mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi. Agar uchish mashqlari kalendar muddat bo‘yicha parvoz tekshiruvi bilan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bunda ijobiy natijalar bo‘lganda, uchish mashqlari parvoz daftarchasiga qaydning kiritilishi bilan parvoz tekshiruvi sifatida qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi mumkin.
250. Ushbu turdagi HKda instruktorlik parvozlarga ruxsat etilgan uchuvchilarning uchish mashqlari (tekshiruvi) xuddi shu hajmda olib boriladi, bu holda, o‘ng tomondagi uchuvchi o‘rindig‘idan kamida bitta parvoz bajarilishi lozim. Parvoz ta’limi bo‘yicha bilimi va uslubiyotning qo‘llanilishi qo‘shimcha ravishda baholanadi.
251. Parvoz ishida (parvozlarda) bir yildan besh yilgacha bo‘lgan uzilishlardan keyin uchishga ruxsat etish, quyidagilardan so‘ng amalga oshiriladi:
a) O‘M (O‘MM)da malaka oshirish kurslarida o‘qishlar;
b) safga kiritishda UTTDning hajmida SMT (FFS)da mashqlar;
v) mavsumiy tayyorgarlik;
g) biriktirilgan instruktor bilan birga ishlab chiqarish parvozlarida uchish mashqlari UTTDga muvofiq, safga kiritish dasturining trassa parvozlari sonining kamida 50% hajmida, boshqa mutaxassislar (ikkinchi uchuvchi, shturman, bortmuhandis, bortradist) uchun esa — aerodrom va ishlab chiqarish sharoitlarida mashq qilishlarning kamida oltita parvoz (qo‘nish) hajmida;
d) UTTDga muvofiq ishlab chiqarish parvozlarida parvoz tekshiruvlari;
Oldingi tahrirga qarang.
e) aviakompaniya (aviakorxona)ning MMK (MK) va “O‘zaviatsiya” agentligining OMKda malaka toifasini tasdiqlash. Ushbu turdagi HKda parvoz ishining uzilishlarida, agar boshqa turdagi HKda parvoz ishi uzilishlari bo‘lmagan bo‘lsa — malaka toifasini tasdiqlash talab etilmaydi;
(251-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
j) hujjatlarning rasmiylashtirilishi:
1) O‘M (O‘MM)da malaka oshirish kurslari tugatilganidan so‘ng guvohnoma beriladi;
2) UTTDga muvofiq, uchish mashqlari, trenajyorda mashq qilishlar va tekshiruvlar, mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi;
3) mavsumiy tayyorgarlik mashq qilish topshirig‘ida va kasbiy ta’lim jurnalida rasmiylashtiriladi;
4) parvoz tekshiruvi natijalari mashq qilish topshirig‘ida va parvoz daftarchasida rasmiylashtiriladi;
5) malaka toifasini tasdiqlash Malakani tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomada rasmiylashtiriladi;
6) parvozlarga ruxsatnoma UO komandirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
252. Agar mutaxassis parvoz ishidan aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining buyrug‘i bilan chetlashtirilgan bo‘lsa, uzilishning muddatidan qat’i nazar, quyidagilar rasmiylashtiriladi:
a) uchuvchilar bo‘linmasi komandirining arizasi bilan aviakorxona (aviakompaniya) rahbarining nomiga mutaxassisning bildirishnomasi;
b) lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi taqdimnoma;
v) malakani tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma.
Materiallar aviakompaniya (aviakorxona)ning MK (MMK)ga taqdim etiladi.
Masala ijobiy hal qilinganda va aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining mutaxassisni parvoz ishiga tiklash haqidagi buyrug‘i chiqqanida, ushbu Qoidalarning 248, 249, 251-bandlariga muvofiq uning parvozlarga ruxsat etilishi, parvoz ishi (parvozlar)da uzilish muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
253. Boshqa turdagi HKda parvozlarda besh yildan ortiq uzilish bo‘lganda (agar parvoz ishi uzilmagan bo‘lsa), bunday turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomani tiklash O‘M (O‘MM)da MOKdan va FA O‘TTDga muvofiq, to‘liq hajmda uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilarni safga kiritishdan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Parvoz ishida besh yildan ko‘p muddatga uzilish bo‘lganda parvoz va xizmat ko‘rsatish xodimlarining mutaxassislari (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar, bortoperatorlar) parvozlarga ruxsatnomani tiklash huquqini yo‘qotadilar. Bunday uchuvchilar tarkibi mutaxassislari va bortkuzatuvchilardan parvoz ishida foydalanish masalasi “O‘zaviatsiya” agentligining OMK bilan kelishilgan holda yoshga doir o‘rnatilgan talablarga rioya etish bilan hal etilishi mumkin.
(253-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
254. Bir nechta turdagi HKlarida parvozlarni bajarayotgan komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga parvoz ishida yoki yuqori toifadagi HKlarida parvozlarda uzilishlar bo‘lganda, ushbu Qoidalarning 247, 248, 249, 252-bandlariga muvofiq bunday turdagi HKda parvozlarga ruxsat etish uzilish muddatiga bog‘liq bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Boshqa turdagi (toifasi bo‘yicha teng yoki quyi bo‘lgan) HKlarida parvozlarda uzilishlar bo‘lganda:
a) 60 kundan 90 kungacha — parvozlarni davom ettirishdan oldin, ushbu turdagi HKning PEQ dagi qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil tayyorgarlikni o‘tishlari lozim;
b) 90 kundan bir yilgacha — parvozlarga ruxsat etish, ushbu Qoidalarning 248-bandiga muvofiq;
v) bir yildan besh yilgacha — ushbu Qoidalarning 249-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
255. Aviatsiya ishlari turlari bo‘yicha parvozlarda 12 oydan ko‘p muddatga uzilishlar bo‘lganda, uchuvchilar tarkibining ushbu turdagi aviatsiya ishlari (parvozlar) turlariga ruxsatnomalar o‘z kuchini yo‘qotadi, ruxsatnomalarning tiklanishi UTTDga muvofiq aniq turdagi HKga qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.
256. Yuk HK bortoperatorlarining parvoz ishi (parvozlar) uzilishida parvozlarga ruxsat etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) 60 kundan 90 kungacha uzilish bo‘lganda o‘zlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va ma’lumotlarni o‘rganish.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda aks ettiriladi:
2) 90 kundan bir yilgacha uzilish bo‘lganda, quyidagilardan so‘ng:
a) HK PEQ, Ish texnologiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma, o‘zlashtirish sifati nazorati bilan, ushbu davrda kasbiy ta’lim va muhokama materiallari, shuningdek parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelgan hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil o‘rganib chiqish;
b) mavsumiy tayyorgarlik;
v) dastlabki tayyorgarlik;
g) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;
d) ikkita to‘liq “ortish-tushirish” sikldagi reys sharoitlarida amaliy ishning tekshiruvi.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshirig‘i va bortoperatorning parvoz daftarchasida aks ettiriladi;
3) bir yildan besh yilgacha uzilish bo‘lganda quyidagilardan so‘ng:
a) O‘M (O‘MM)da MOKlarida o‘qish;
b) HKning yuk kabinasidagi mashqlar;
v) mavsumiy tayyorgarlik;
g) biriktirilgan instruktor bilan FA UTTDga muvofiq safga kiritish dasturining 50 foizigacha hajmidagi reys sharoitlaridagi mashqlar;
d) reys sharoitlaridagi amaliy ishning tekshiruvi.
Tayyorgarlik tegishli jurnallarda, mashq qilish topshirig‘ida va bortoperatorning parvoz kitobchasida aks ettiriladi. Parvozlarga ruxsat etish UO komandirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
257. Komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibi uchun parvoz ishida (aniq turdagi HKda parvozlarda) bir yildan ortiq uzilishlar bo‘lganda, ushbu turdagi HKda instruktorlar ishiga berilgan ruxsatnoma o‘z kuchini yo‘qotadi. Uning tiklanishi uchun UTTDga muvofiq (tegishli mutaxassis uchun dasturning “Instruktorlar ishiga tayyorgarlik” bo‘limi) yerdagi va mashqiy tayyorgarlik hamda nazorat-tekshiruv parvozlari talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boing-767-300ER va Boing-757-200ER HKlarida parvoz qilishga yagona ruxsatnomaga ega bo‘lgan komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibiga, ushbu turdagi HKlaridan bittasida parvozda uzilishlar bo‘lganda, parvozlarga yagona ruxsatnoma UTTDga muvofiq tiklanadi.
(257-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 21-iyuldagi 50-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-1, 31.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 391-modda)
VII. Dastlabki tayyorgarlik
258. Har bir parvoz oldidan ekipaj puxta tayyorgarlikdan o‘tkazilishi lozim. Egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qat’i nazar, ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq tayyorgarlik va parvozga tayyorligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishlari lozim.
259. Dastlabki tayyorgarlik — kelgusi parvoz (parvozlar) uchun materiallarni o‘rganish, hujjatlarni tayyorlash, amaliy harakatlarni qayta ishlash va ekipajning tayyorligi nazorati o‘tkaziladigan tayyorgarlikning asosiy turidir.
260. Dastlabki tayyorgarlik o‘tkazilishining tartibi va mazmuni ekspluatant tomonidan ishlab chiqiladi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi.
VIII. Ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi ishtirokidagi parvozlar
1 §. Asosiy talablar
261. Tekshiruvchilarning ekipaj tarkibidagi parvozlari, komandir-uchuvchilar tarkibi va instruktorlik tarkibining, tasdiqlangan parvozlar rejalariga muvofiq va yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning topshiriqlari bo‘yicha bajariladi. Tekshiruv (mashq qilish)ning maqsadi parvoz topshirig‘ining “o‘quv-mashq topshirig‘i” ustunida yoziladi.
262. Tekshiruvchiga qo‘yilgan talablar, tekshiruvchini ekipaj tarkibiga kiritish, uning javobgarligi, huquq va majburiyatlari, shuningdek parvozlarni bajarish vaqtida ekipaj a’zolari bilan o‘zaro harakatlari ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniya (aviakorxona)ning PAQiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
263. Aerodrom sharoitlarida o‘quv va mashq qilish parvozlarini bajarishda tekshiruvchi (mashq qildiruvchi)ning ekipaj a’zolari bilan o‘zaro xatti-harakatining tartibi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan FA o‘quv parvoz tayyorgarligi kursi, o‘quv parvoz tayyorgarligi dasturi, UTTD va boshqa dasturlar bilan qo‘shimcha ravishda belgilanadi.
(263-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
264. Mashq qiluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi shaxs mashq qilish parvozlarini tashkil etish va o‘tkazishda tekshiruvchi bo‘lishi mumkin. Mashq qildiruvchiga ham tekshiruvchiga bo‘lgan talablar qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
265. “O‘zaviatsiya” agentligining ruxsatnomasi bo‘yicha tekshiriluvchiga nisbatan quyi lavozimni egallovchi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining a’zosi tekshiruvchi etib tayinlanishi mumkin. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirishda parvoz daftarchasida ushbu ruxsatnoma ko‘rsatib o‘tiladi.
(265-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
266. Tekshiruvchiga ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda avariya holatni yoki tizimlar, uskuna va jihozlarning to‘xtashini taqlid qilib bajarish taqiqlanadi.
267. Komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibidagi a’zo ekipaj tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilishi uchun quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
a) FA mutaxassisining amaldagi parvoz guvohnomasi;
b) ushbu turdagi HKda instruktorlik ishlariga ruxsatnoma;
v) ushbu turdagi HKda ushbu ishni bajarishga ruxsatnoma;
g) tekshiriluvchi toifasidan past bo‘lmagan mutaxassis toifasiga;
d) shaxsiy minimum tekshirilayotgan HKK minimumidan past (minimumni pasaytirishga tekshiruvda), tekshirilayotgan HKK minimumidan past yoki baravar (tekshiruvlarning har qanday boshqa turlarida);
e) aviakompaniya (aviakorxona)ning parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmasi talablariga muvofiq parvoz oldi dam olishi.
Oldingi tahrirga qarang.
268. Ishlab chiqarish va uslubiy parvozlarni bajaruvchi parvoz ekipaji tarkibiga uchuvchilar tarkibi shaxslaridan bitta tekshiruvchi va bitta instruktor bilan bitta stajyorni kiritish ruxsat etiladi. Ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lganda “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining ruxsati bilan ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibi a’zolaridan turli mutaxassislik bo‘yicha ikkita tekshiruvchi HK ekipaji tarkibiga kiritilishi mumkin.
(268-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
269. Ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi a’zolariga parvoz topshirig‘ini bajarishda yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar) ruxsatisiz bir ekipajdan boshqasiga o‘tish taqiqlanadi.
270. O‘zbekiston Respublikasining mahalliy havo yo‘nalishlarida parvozlar bajarilishida, ushbu Qoidalarning 267, 268-bandlari talablariga rioya qilingan holda, ekipaj tarkibiga tekshiruvchini mustaqil ravishda kiritish huquqi quyidagilarga taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilar tarkibiga — O‘zbekiston Respublikasi FA HKlarining barcha ekipajlariga;
(270-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
b) eksplutantlarning komandir-uchuvchilar tarkibiga — bevosita bo‘ysunuvdagi ekipajlarga.
Oldingi tahrirga qarang.
2 §. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik va inspektorlik tarkibining parvozlari
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. “O‘zaviatsiya” agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
272. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi tomonidan, ekspluatantning HK ekipaji tarkibida parvozlarning bajarilishi quyidagilarni nazarda tutadi:
(272-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
a) ekspluatatsiya inspeksiyasi, sertifikatlashtirish va doimiy nazorat ishlarining bajarilishi;
b) ekspluatantlarning komandir-uchuvchilar, uchish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining malaka tekshiruvlari;
v) maxsus parvozlar va ishlar turlarini bajarish — aylanib uchishlar, HKlarini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish (peregonka), ekipajlarni dastlabki tanishtiruv parvozlari va boshqalar;
g) parvozning turli sharoitlarida, HKni boshqarish va uning tizimlarini ekspluatatsiya qilishdagi tajribalarni, lozim bo‘lgan darajada ushlab turish va takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladigan mustaqil parvozlar.
Oldingi tahrirga qarang.
273. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi “O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyatining topshiriqlari bo‘yicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qo‘shimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshirig‘iga kiritilishi mumkin.
(273-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
274. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatantning HK ekipaji tarkibiga ekspluatantning komandir-uchuvchilar tarkibidagi shaxslar sonidan tekshiruvchilarning mavjudligidan qat’i nazar, kiritiladi.
“O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi haqidagi yozuvlar parvoz topshirig‘ining “uchuvchilar tarkibi” ustunida lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan holda yoziladi. Tekshiruvning maqsadi parvoz topshirig‘ida ko‘rsatib o‘tiladi.
(274-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
275. “O‘zaviatsiya” agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining tekshiruvchi sifatidagi parvozlari:
(275-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi shaxslaridan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi ekipaj ishini kuzatish uchun o‘z xohishi bo‘yicha joyni tanlaydi (mustaqil mashq qilish parvozlarini bajarishdan tashqari, ekipaj a’zolari ish joyini egallamagan holda);
(275-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
b) tekshiruvchi ekipaj tomonidan parvozning bajarilishini, parvoz oldi tayyorgarligining sifati, samolyotni yerda boshqarish uchun belgilangan sxemalarga rioya qilinishi, uchish aedromidan chiqishning bajarilishi, yo‘nalish bo‘yicha parvoz, qo‘nish oldi tayyorgarligining sifati, pasayish va qo‘nishga kirishish sxemalariga rioya qilinishi, uchuvchilik texnikasi, amaliy ish, o‘zaro harakatlar va ishlash texnologiyalarining sifatini nazorat qiladi;
v) tekshiruvchi HKni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalarni berishi mumkin, bu holda u berilgan ko‘rsatmalar (buyruqlar)ning va parvoz xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarining asoslanganligi uchun javobgar bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibidagi shaxslardan ekipaj tarkibiga kiritilgan tekshiruvchi mutaxassisligi bo‘yicha (uchuvchidan tashqari) HK komandiriga bo‘ysunadi va o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ekipaj tomonidan ishning bajarilishi va parvoz xavfsizligining ta’minlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
(275-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
276. “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ekspluatant ekipajining tarkibiga kiritilishida ushbu Qoidalarning 267-bandi talablariga rioya qilishi lozim.
(276-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
277. “O‘zaviatsiya” agentligining barcha mutaxassislikdagi uchuvchi-inspektorlik tarkibiga kiruvchi shaxslarining parvoz malakasini imkon darajasida ushlab turish uchun ushbu Qoidalarning 136-bandi talablariga rioya qilishlari lozim. Ekspluatant ekipajining tarkibiga tekshiruvchi sifatida kiritilgan “O‘zaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi ishlab chiqarish parvozlarini bajarishda mustaqil mashq qilish maqsadida ekipaj kabinasida (uchuvchilar uchun), HK komandiri yoki ikkinchi uchuvchi joyini egallashi mumkin. Bunda, uchuvchining boshqa o‘rindig‘ida ekspluatantning komandir uchuvchi (instruktor)lar tarkibidagi shaxs bo‘lishi lozim. Bu holda ekspluatantning komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga, HKni o‘zi boshqarayotganligidan yoki mashq qiluvchi uchuvchiga topshirganligidan qat’i nazar, parvozning xavf-xatarsiz o‘tishiga shaxsan javobgar bo‘lgan tekshiruvchiga nisbatan qo‘llaniladigan talablar qo‘yiladi.
(277-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Uchuvchi-inspektorlik tarkibi mustaqil mashq qilishning bajarilishi (uchuvchining qaysi o‘rindig‘idan bajarilganligi ko‘rsatiladi) va parvozlar soati to‘g‘risidagi yozuvni reys haqida hisobotning yuqori chap burchagida amalga oshiradi va shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
278. Davlat tomonidan o‘rnatilgan HKning parvozlari xavfsizligini ta’minlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yo‘nalishlari bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi o‘tkaziladi. Parvoz topshirig‘ida uchuvchilar kabinasi va yo‘lovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj a’zolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga “O‘zaviatsiya” agentligidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.
(278-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
279. Ekspluatant HK ekipajining parvoz topshirig‘iga “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan kiritiladigan inspektor kuzatuvchi sifatida quyidagilarga rioya qilishi lozim:
(279-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) “O‘zaviatsiya” agentligi inspektorining amaldagi guvohnomasining mavjudligini;
(279-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tasdiqlangan oylik reja-jadvali yoki inspeksiyani o‘tkazish uchun “O‘zaviatsiya” agentligining yozma topshirig‘iga ega bo‘lishi;
(279-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
v) O‘zbekiston Respublikasi FA havo kemalarida ekipaj a’zolari uchun belgilangan talablarga muvofiq parvoz oldidan yetarlicha dam olgan bo‘lishi kerak.
280. Ekipaj a’zolarining ishini kuzatuvchi parvoz vaqtida HKKga bo‘ysunishi, ekipajning ishlash texnologiyasini kuzatish uchun o‘z xohishi bo‘yicha (ekipaj a’zolarining ish joyini egallamasdan) joy tanlashi, parvoz ekipaji a’zolarining majburiyatlarini bajarishga va parvozda hushyorlikka rioya qilishga o‘zining ishtiroki bilan xalaqit bermasligi lozim. Bunda kuzatuvchining javobgarligi HKK va ekipaj a’zolarining parvoz xavfsizligini ta’minlash va aviatsiya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha javobgarligi bilan barobar bo‘lmaydi hamda kuzatuvchining parvozdagi ishtiroki ularning javobgarligini kamaytirmaydi. Kuzatuvchi parvoz oldi tayyorgarligida ekipaj a’zolarini mazkur yo‘nalishda inspeksiyaning bajarilish tartibi to‘g‘risida axborot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
282. Kuzatuvchi o‘tkazilgan inspeksiya natijalari bo‘yicha inspeksiya bayonnomasini rasmiylashtiradi va o‘z navbatida komandir uni imzolaydi, agar nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan bo‘lsa, bitta nusxasini parvoz topshirig‘iga ilova qilib qo‘yadi, ikkinchi nusxasini esa SPNBga topshiradi.
(282-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
IX. Parvozlar muhokamasi
1 §. Asosiy talablar
283. Parvozlar muhokamasi uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi, HK ekipaji va uchuvchilar bo‘linmasi ishining samaradorligi va sifatini oshirishning asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
284. Parvozlar muhokamasi quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
a) parvozlar xavfsizligining holati, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini baholash;
b) HKning har bir ekipaji va umuman uchuvchilar bo‘linmasi ishini baholash;
v) uchuvchilar bo‘linmalari ekipajlari bilan parvozlarni ta’minlovchi bo‘linmalarining o‘zaro harakatlarini baholash;
g) HK ekipaji a’zolari, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish;
d) ekipajlar va uchuvchilar bo‘linmalarining uchish ishini, ilg‘or tajribasini umumlashtirish va ommalashtirish;
e) aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
j) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining tashkiliy, tarbiyaviy va uslubiy ishini takomillashtirish.
285. Parvozlar muhokamasida faqatgina uchish ishini tashkil etish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar hal etilishi lozim.
286. Parvozlar muhokamasi uning maqsadi va ishtirokchilarning tarkibidan kelib chiqqan holda quyidagilarga bo‘linadi:
a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama;
b) bo‘linmada, aviazvenoda, AE da, UO (xizmati) da parvozlar muhokamasi. Uchuvchilar otryadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan muhokama hamda ekipajlar bilan umumiy muhokama o‘tkaziladi, muhokamaga parvozlarni ta’minlovchi boshqa xizmatlar, shuningdek trenajyorlarning instruktorlik tarkibi vakillari taklif etiladi;
v) zaruriyat tug‘ilganda, bo‘linmaning turli toifadagi xodimlari bilan rejadan tashqari muhokamalar o‘tkaziladi. Rejadan tashqari tahlil, odatda, aviatsiya hodisasi noxush hodisa holatlari va sabablarini tezkor o‘rganish, hamda uning qaytarilishining oldini oladigan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladi.
g) uslubiy (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi) muhokama bo‘linmaning komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining uslubiy tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
2 §. Parvozlar muhokamasini tashkil etish
287. Parvozlar muhokamasi quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
a) ekipajda parvozdan keyingi muhokama — parvoz topshirig‘i bajarilganidan so‘ng, aviatsiya ishlarini bajarayotgan ekipajlar uchun esa — parvoz kuni tugaganidan so‘ng;
b) aviazvenoda, AE da — bir oyda kamida bir marta;
v) uchuvchilar otryadida: komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi bilan — bir oyda kamida bir marta, umumiy muhokama — bir oyda bir marta.
288. Rejadan tashqari va uslubiy (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi) muhokamalar bo‘linma (xizmat) komandirining qarori yoki yuqori turuvchi boshliqning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
289. Bo‘linmada parvozlarning muhokamasi, odatda, uchish-uslubiyat sinfida o‘tkaziladi, uning uskunalari, ko‘rgazmali qurollari muhokamaning sifatli va samarali o‘tkazilishiga yordam berishi lozim.
290. Aviatsiya ishlarini bajarish jarayonida, ekipajlarni qayerda joylashganlik shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, aviazvenoda muhokamani o‘tkazish joyini aviazveno komandiri belgilaydi.
291. Parvozlar muhokamasi tayyorgarligi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan FA ekipajlari va uchuvchilar bo‘linmalarida parvozlar muhokamasini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarga muvofiq bo‘linmaning komandiri tashkil etadi va ushbu muhokamalarni o‘tkazadi.
292. Uslubiy (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi) muhokama yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan o‘tkaziladi.
293. Parvozlar muhokamasining mazmuni muhokamada ishtirok etmagan barcha komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibiga yetkazilishi lozim.
Ushbu maqsadlar uchun muhokamaning mazmuni, maxsus jurnal (blanka)ga, shuningdek audio-video texnikaga (u mavjud bo‘lgan bo‘linmalarda) yozib qo‘yiladi. Muhokamaning barcha materiallari uchish-uslubiyat sinfida jamlangan bo‘lishi lozim.
X. Ekipajda uchish ishlarini tashkil etish
1 §. Asosiy talablar
294. Parvoz topshirig‘ini amalga oshirishda ekipajning bajaradigan ishi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), mazkur Qoidalar va ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan parvozlarning xavfsizligini, muntazamligini ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi.
Ekipajda uchish ishini tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) parvoz oldi tayyorgarligi;
b) parvozni bajarish jarayonida ishni tashkil etish;
v) parvozdan keyingi ishlar;
g) parvozdan keyingi muhokamalar.
2 §. Parvoz oldi tayyorgarligini tashkil etish
295. Har bir parvoz oldidan parvoz oldi tayyorgarligi o‘tkazilishi shart. Parvoz oldi tayyorgarligi aviakompaniya (aviakorxona)da tasdiqlangan parvoz oldi tayyorgarligining texnologik jadvallari, HK ekipaji a’zolarining o‘zaro harakatlari va ishlash texnologiyasi bo‘yicha yo‘riqnomalar, HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qo‘llanmasi hamda ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar talablariga muvofiq HK komandiri tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
3 §. Parvozda ekipaj ishini tashkil etish
296. HK komandiri ekipajning barcha faoliyatini boshqaradi, HKda intizom va tartibni, parvoz qoidalari va HK ekspluatatsiyasiga rioya etilishini ta’minlaydi.
297. HK komandiri parvozda barcha ekipaj a’zolarining bajaradigan ishini O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), PEQ, ekipajning o‘zaro harakati va ishlash texnologiyasi bo‘yicha yo‘riqnomalari, shuningdek parvozlar xavfsizligi, muntazamligi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa hujjatlar talablariga muvofiq ravishda tashkil etadi. Vizual va radioalmashinuv frazeologiyasining belgilangan qoidalarining bajarilishini ta’minlaydi.
4 §. Ekipajning parvozdan keyingi ishlari
298. Ekipajning parvozdan keyingi ish tartibi HK turini parvozda ekspluatatsiya qilish qo‘llanmasi, HK ekipaji a’zolarining o‘zaro harakatlari va ishlash texnologiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek parvozlar xavfsizligi, muntazamligini ta’minlash bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ekspluatant tomonidan belgilanadi.
5 §. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama
299. Bajarilgan parvozning tahlili (parvozga tayyorgarlik, uchuvchilik texnikasi, havo navigatsiyasi, HKning ekspluatatsiyasi, ekipaj a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar) va keyingi parvozlardagi chetga chiqishlar va kamchiliklarning oldini oluvchi chora-tadbirlarni aniqlash, parvozdan keyingi muhokamaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
300. Ekipajda parvozlar muhokamasini HK komandiri o‘tkazadi. Ekipaj tarkibida tekshiruvchi bo‘lganda, u muhokama o‘tkazilish sifatini baholaydi.
301. Ekipajda parvozdan keyingi muhokama, odatda, parvoz topshirig‘i bajarilganidan so‘ng (aviatsiya ishlarida parvoz kuni tugaganidan so‘ng) HK kabinasida o‘tkaziladi. HK komandirining qaroriga binoan parvozdan keyingi muhokama keyingi kunga ko‘chirilishi va uslubiyat sinfida o‘tkazilishi mumkin.
302. Parvozdan keyingi muhokama ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar bilan belgilangan tartib va hajmlarda o‘tkaziladi.
XI. Uchish ishini tashkil etishning nazorati va tahlili
1 §. Asosiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
303. Ekipajlar, bo‘linmalar, aviakompaniya (aviakorxona)lar, ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi va ta’minlanishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash uchish ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
(303-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Uchish ishi holatini nazorat qilish muntazam, obyektiv, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim va quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
a) uchuvchilar bo‘linmalari, O‘MMning UUB, PX bo‘yicha inspeksiya va aviakompaniya (aviakorxona) direksiyasining komandir-uchuvchilar tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilar tarkibi.
(303-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
304. Uchish ishida chetga chiqishlarga yo‘l qo‘ygan yoki yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan va parvozlar xavfsizligi darajasining pasayishi sabablarini aniqlash uchish ishini tashkil etish tahlilining maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Uning tahlili ma’lumotlari uchish ishi nazoratining barcha turlari va uchuvchilar bo‘linmalari, aviakompaniya (aviakorxona)lar va “O‘zaviatsiya” agentligining komandir-uchuvchilar tarkibidagi a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan parvoz axboroti materiallarining tahlilini ta’minlaydi.
(304-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
305. Quyidagilar nazorat va tahlil qilinishi lozim:
a) uchish ishini rejalashtirish;
b) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi;
v) HK ekipajlarini tuzish;
g) uchuvchilar tarkibini parvozlarga ruxsat etilishi;
d) ekipajlarning dastlabki va parvoz oldi tayyorgarligi;
e) uchuvchilar tarkibi tekshiruvlari;
j) ekipaj tarkibida tekshiruvchilar bilan parvozlar;
z) parvozlar muhokamasi;
i) uchish-uslubiyat ishi;
k) uchish-shtab hujjatlari.
2 §. Parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalarining ma’lumotlari bo‘yicha parvozlarni bajarish sifatining nazorati va tahlili
306. Parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalaridan foydalanish bilan birga bajarilgan parvozlarning tahlili uchuvchilik texnikasi va parvozning turli bosqichlarida ekipajning ishlash texnologiyasidagi xatoliklar va chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida, shuningdek ushbu xatoliklar va chetga chiqishlarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan sabablarni aniqlash uchun o‘tkaziladi.
U uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va aviatsiya hodisalarining oldini olishga yo‘naltirilgan.
307. HKning har bir komandiri tomonidan bajarilgan parvozlar tahlili materiallari, HK komandiri guvohnomasining navbatdagi amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi, uning muddati uzaytirilgandan so‘ng tahlil materiallari (uchish texnikasi va parvozlar qoidalarining qo‘pol buzilishlari mavjud bo‘lmaganda) yo‘q qilinadi.
308. Parvoz axboroti materiallarining nazorati va tahlili muntazam ravishda amalga oshiriladi, bunda, u quyidagicha o‘tkazilishi shart:
a) bir oyda kamida bir marta (HKning har bir komandiri uchun);
b) literli reyslarning bajarilishida;
v) HK komandiri tomonidan malaka tasdiqlanishida va komandir-uchuvchilar, hamda instruktorlik tarkibi tomonidan mashq qilish parvozlarining bajarilishida;
g) HKning maxsus uchishlari bajarilishida;
d) uchuvchilar bo‘linmalarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi, shuningdek yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar)ning ko‘rsatmalari bo‘yicha;
e) O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), HK PEQ va havo harakatini boshqarishning buzilishlari aniqlanganda;
j) HK komandirining talabi bo‘yicha (HKning bortjurnalida yozuv bilan).
309. Tahlil uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
a) parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalari yordamida olinganlar;
b) parvoz hujjatlaridan (parvoz topshirig‘i, shturmanlik bort jurnali va boshqalar);
v) parvoz bosqichlari bo‘yicha meteosharoitlar haqida;
g) uchish va qo‘nish aeroportlarida uchish-qo‘nish yo‘lagining holati haqida;
d) ushbu turdagi HKda uchishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida.
310. Tahlil quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
a) uchuvchilik texnikasi va samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarishning sifati (parvozning tavsiya etiladigan parametrlariga rioya qilish);
b) ekipaj a’zolarining ishlash texnologiyasiga rioya qilish;
v) HK tizimlarini ekspluatatsiya qilish sifati;
g) radioalmashinuvning belgilangan frazeologik qoidalariga rioya qilish.
311. Tahlil natijasida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va chetga chiqishlarning sabablari aniqlanadi, bajarilgan parvoz bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
312. Tahlil O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), PEQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar, shuningdek xavfsizlikka tahdid soluvchi parvoz rejimiga rioya qilishdagi qo‘pol xatoliklarni aniqlashga imkon beradigan hollarda, barcha axborot manbalaridan foydalanib, ushbu ekipaj ishining majmuaviy tekshiruvini o‘tkazish lozim.
313. Ekipajning uchish ishi tahlilini bajaruvchi komandir profilaktik tadbirlar sifatida quyidagilardan foydalanadi:
a) agar xatolik yoki chetga chiqish tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lmasa, ekipaj a’zolari bilan individual ravishdagi suhbatlar o‘tkazish;
b) HK komandirlari kengashida HK komandiri (ekipaj a’zolari)ni eshitish;
v) ekipaj bilan parvozlar bajarilishida chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilgan elementlarni qayta ishlash uchun qo‘shimcha mashqlarni o‘tkazish;
g) tegishli hujjatlardagi talablarni bajarmaganlik oqibatida yuzaga kelgan xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan individual topshiriqlarni o‘rganish.
314. Parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalaridan olingan ma’lumotlardan foydalanish, xatoliklar va chetga chiqishlar, shuningdek ularning sabablari batafsil, malakaviy, obyektiv tahlil qilinganda, uchish ishining tashkil etilishida barcha kamchiliklar ochilgan bo‘lsa, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydigan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilganda samarali hisoblanadi.
315. Parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalari ma’lumotlaridan foydalangan holda, ekipaj uchish ishi tahlilining natijalari uchish ishi tahlilida uchuvchilar tarkibi bo‘linmasiga yetkazilishi lozim. Bunda, chetga chiqishlar (xatoliklar, kamchiliklar)ning illustratsiya materiallarining ko‘rsatilishi va xatoliklar hamda chetga chiqishlarning nazariy asoslanganligi bilan qisqacha ta’rifi beriladi, chetga chiqishlarning keyingi rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalar ko‘rsatiladi, vujudga kelgan sharoitlarda ekipajning har bir a’zosi ishiga va ekipajning kasbiy tayyorgarlik sifatiga baho beriladi, shuningdek qabul qilingan profilaktik chora-tadbirlar haqida axborot beriladi.
3 §. Uchish ishini nazorat qilish
316. Uchish ishini nazorat qilishda majmuaviy tarzda quyidagilardan foydalaniladi:
a) uchish ishi rejasi;
b) uchish-shtab hujjatlari;
v) uchish va meteorologik hujjatlar;
g) uchuvchilar tarkibining tekshiruv materiallari;
d) aviakorxona (aviakompaniya) komandir-uchuvchilar tarkibi parvozlarining natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
e) “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan yo‘nalishlar bajarilganda tekshiruv natijalari;
(316-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
j) parvozlarni ta’minlovchi harakat xizmatlari, MAX va boshqa xizmatlar ma’lumoti;
z) HKning inspektorlik va tanlangan ko‘riklari hamda aviatsiya texnikasi ekspluatatsiyasi tahlilining natijalari;
i) parvoz ma’lumotlari, parvoz parametrlari va nutqiy almashinuvni ro‘yxatga olishning bortdagi va yerdagi vositalari tahlili materiallari.
317. Uchish ishlari holatini nazorat qilish uchish ishlarining tashkil etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni tahlil qilish maqsadida o‘tkaziladi hamda quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “O‘zaviatsiya” agentligining inspektorlar tarkibi;
(317-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
b) aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning komandir-boshqaruvchi, komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibiga kiruvchi a’zolar;
v) uchuvchilar bo‘linmalari va xizmatlarining mavsumiy davrlarda ishga tayyorligining tekshiruvi bo‘yicha komissiyalar.
318. Uchish ishini nazorat qilish natijalari bo‘yicha quyidagilarni bajarish zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
a) tekshirilayotgan uchuvchilar bo‘linmasi, aviakorxonasi (aviakompaniyasi), ta’lim tashkilotida uchish ishini tashkil etish natijalariga baho berish;
(318-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) uchuvchilar bo‘linmasi, aviakorxonasi (aviakompaniyasi), ta’lim tashkiloti ustidan rahbarlik qilish darajasini baholash;
(318-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
v) ishda aniqlangan kamchiliklar va ijobiy taraflarni tahlil qilish;
g) tekshiruv dalolatnomasi (ma’lumotnomasi)ni tuzish, zaruriyat bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar (taqdimnomalar) berish.
4 §. Uchish ishini tashkil etish tahlilini o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
319. Parvozlar xavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, O‘Mda, O‘MMda, aviakompaniya (aviakorxona)larda hamda “O‘zaviatsiya” agentligida o‘tkaziladi.
(319-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
320. Tahlilda quyidagilar ifoda etiladi:
a) parvozlar soati bo‘yicha ma’lumotlar;
b) mutaxassislar bilan ta’minlanganlik;
v) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish (qayta o‘rgatish, safga kiritish, toifalilik, minimumlar, ishlar turlari va trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik va h. k.);
g) parvozlar tahlilining sifati;
d) rahbariy hujjatlarni o‘rganish;
e) uchuvchilik texnikasining holati, ekipaj tomonidan HKning uchish-texnik ekspluatatsiyasi va uning uskunalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish;
j) parvoz ma’lumotlaridan foydalanish;
z) maxsus aviatsiya ishlarini bajarishda parvozlarni tashkil etish;
i) ekipajning mehnati va dam olish normalariga rioya qilish;
k) uchish-shtab hujjatlari;
l) xalqaro parvozlarni tashkil etish va bajarish;
m) tahlil etilayotgan davrda uchuvchilar tarkibining faoliyati bilan bog‘liq aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning mavjudligi va tahlili;
n) uchish-uslubiyat ishining holati;
o) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan bajarilgan ish natijalariga baho berish;
p) parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
321. O‘tkazilgan tahlillarning nusxalari UO dan aviakompaniya (aviakorxona)larning uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi)ga, aviakompaniyadan “O‘zaviatsiya” agentligiga nazorat uchun va O‘zbekiston Respublikasi FAda parvozlar xavfsizligi bo‘yicha yig‘ma tahlilni tayyorlash uchun yuboriladi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
322. Tahlil butun komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibida unga taalluqli bo‘lgan qismda o‘rganilishi shart.
323. Tahlilni tuzish uchun javobgarlik uchish ishi (parvoz tayyorgarligi)ni tashkil etish bo‘yicha komandirlar (boshliqlar) o‘rinbosarlariga yuklatiladi.
XII. Uchish-uslubiyat ishlari
1 §. Asosiy talablar
324. Uchish-uslubiyat ishi uchish ishini tashkil etilishining va parvozlarning bajarilishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishga, shuningdek parvozlarning xavfsizlik, muntazamlilik va iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish maqsadida komandir-uchuvchilar, instruktorlik va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorlangan samarali tizimining yaratilishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ifoda etadi.
325. Uchish-uslubiyat ishlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) parvozlarni bajarishning ratsional uslublarini, muhandislik psixologiyasi va ergonomika talablari asosida HK ekipaji a’zolarini parvoz ta’limining samarali uslublari, vositalari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
b) fan, texnika yutuqlari va aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning amaliy ish tajribasi asosida uchish ishini tashkil etishning yanada takomillashgan shakllari va uslublarini yaratish;
v) ekipaj a’zolarini o‘rgatish va tarbiyalash bo‘yicha komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining nazariy bilimlari, amaliy tajribalari va uslubiy mahoratlarini takomillashtirish;
g) uchuvchilar tarkibini o‘rgatish uslubiyatlarini tushunish va foydalanishda umumiylikni belgilash;
d) aviatsiya texnikasining rivojlanishida erishilgan yutuqlar va uning ekspluatatsiyasini amaliy tajribasini hisobga olgan holda, yangi turdagi HK ekspluatatsiyasini o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish tizimini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
e) aviakorxonalar, aviakompaniyalar, uchuvchilar bo‘linmalari va ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy bazasini yaratish, ta’mirlash va undan samarali foydalanish;
(325-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
j) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini baholash vositalari va uslublarini samarali qo‘llash;
z) HK ekspluatatsiyasi tajribasi, uchuvchilar tarkibini o‘rgatish, yangi turdagi parvozlarga, shuningdek yilning mavsumiy davrlaridagi parvozlarga tayyorlash masalalari bo‘yicha uchish-uslubiyat va uchish-texnik anjumanlarni o‘tkazish;
i) parvoz eksperimentlarini rejalashtirish va ularga tayyorgarlik ko‘rish.
326. Uchish-uslubiyat ishi quyidagilar bilan ta’minlanadi:
a) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining uchuvchilar tarkibi bilan maqsadga yo‘naltirilgan tashkiliy, uslubiy ishi;
b) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining unga biriktirilgan uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi va intizomining holati uchun shaxsiy javobgarligi;
v) komandir-uchuvchilar, instruktorlik va o‘qituvchilar tarkibining mustaqil mashg‘ulotlari va malakani oshirish kurslaridan o‘tish yo‘li bilan tajribasini muntazam ravishda oshirish va uslubiy tayyorgarligini takomillashtirish;
g) uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish, ushbu Qoidalar va uchish-uslubiyat ishini tashkil etish, ta’minlash va o‘tkazishni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar talablarini bajarish;
d) komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibining ish tajribasini ommaviylashtirish.
327. Uchish-uslubiyat ishi, uning barcha bosqichlarida ushbu Qoidalar va FA uchish-uslubiyat ishini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq rejalashtiriladi va tashkil etiladi.
328. Uchish-uslubiyat ishini tashkil etish quyidagilarga yuklatiladi:
a) aviakompaniya (aviakorxona)da (UM da) — UITE bo‘yicha rahbari o‘rinbosariga;
b) UO da (alohida AE da) — UITE bo‘yicha komandir o‘rinbosariga;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ta’lim tashkilotining uchuvchilar bo‘linmasida — uchish ishini tashkil etish bo‘yicha boshliq o‘rinbosariga.
(328-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
2 §. Uchish-uslubiyat ishlarini rejalashtirish
329. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishi ustuvor va amaldagi rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
330. Rejalar aviakorxona (aviakompaniya)ni rivojlantirish umumiy rejalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
331. Uchish-uslubiyat ishi rejalarining loyihalari quyidagilar asosida tuziladi:
a) aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ning buyruqlari va ko‘rsatmalari;
b) uchish ishini va O‘zbekiston Respublikasi FAda parvozlar xavfsizligini tashkil etishning tahlili;
v) yangi turdagi HKni, uchuvchilik navigatsiya majmualarining ekspluatatsiyaga kiritilish zaruriyati;
g) fan va texnikaning oxirgi yutuqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
d) yetakchi ekipajlar, bo‘linmalar, aviakorxonalar (aviakompaniyalar) va FA ta’lim tashkilotlarining ish tajribasi;
(331-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
e) IKAO standartlari va tavsiya etilayotgan tajribalar;
3 §. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish
332. Uchish ishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishi komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan barcha darajalarda o‘tkaziladigan uchish-uslubiyat ishining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
333. O‘zbekiston Respublikasi FAda uchish faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni yaratish o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi lozim:
a) mavzuga oid topshiriqlarning ishlab chiqilishi;
b) hujjatning loyihasi (dastlabki material)ni ishlab chiqish va uni aviakorxonalar (aviakompaniyalar)ga muhokama uchun tarqatish;
v) muhokama natijalarini (ommalashtirilgan materiallar) hisobga olgan holda, hujjat loyihasini ishlab chiqish;
g) hujjatni o‘zaro muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
d) hujjatni nashr etish va uni joriy qilish.
334. Hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan rahbar har bir mavzu bo‘yicha mas’ul ijrochilarni tayinlaydi, mavzuga oid topshiriqlarni ishlab chiqishni va ishlarning bosqichma-bosqich bajarilish muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
335. Hujjatlarning loyihalari (umumlashtirilgan material) “O‘zaviatsiya” agentligining UUKda ko‘rib chiqiladi. Hujjat loyihasining o‘zaro kelishilishi va tasdiqlashga taqdim etilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(335-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
336. Hujjatlarda uni joriy qilinishidan maqsad, amal qilish muddati, shuningdek zaruriy tashkiliy chora-tadbirlari ko‘rsatiladi va “O‘zaviatsiya” agentligining buyrug‘i bilan mas’ul etib tayinlangan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(336-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
337. Hujjatni joriy etish jarayonida uning xarakteri, hajmi va muhimligiga bog‘liq holda, ta’lim tashkilotida, aviakorxonada (aviakompaniyada), uchuvchilar bo‘linmasida quyidagilar o‘tkaziladi:
(337-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
a) hujjatni komandirlar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan o‘rganish;
b) hujjatning joriy etilishini tashkil etish va uning ijro etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul shaxslar tayinlash to‘g‘risidagi farmoyish hujjatlarini o‘rganish;
v) joriy etilayotgan hujjat talablari bilan vujudga kelgan zaruriyat bo‘yicha uchuvchilar tarkibining nazariy, trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarligi va uchish mashqlari.
Oldingi tahrirga qarang.
338. Aviakorxonalar (aviakompaniyalar), ta’lim tashkilotlari va uchuvchilar bo‘linmalarida hujjatlarni yanada sifatli va samarali o‘rganish uchun uslubiy materiallar ishlab chiqiladi, texnik vositalardan foydalaniladi.
(338-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
4 §. Uchish-uslubiyat ishini amalga oshiruvchi organlar, ularning asosiy vazifalari
339. Aviakompaniya (aviakorxona) uchuvchilar-uslubiyat bo‘limi (UUB)ning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
a) aviakompaniya (uchuvchilar majmuasi)ning uchish-uslubiyat bo‘linmalarida uchish-uslubiyat ishini tashkil etish;
b) uchish-uslubiyat ishini tashkil etishni takomillashtirish, uchuvchilar bo‘linmalari ishining ilg‘or tajribalarini ommaviylashtirish va joriy etish;
v) uchuvchilar tarkibining kasbiy ta’limi, shuningdek MK va MMK faoliyatini uslubiy boshqarish;
g) aviakompaniya (aviakorxona)ga kelayotgan yangi aviatsiya texnikasining o‘zlashtirilishida, tashkiliy-uslubiy chora-tadbirlar;
e) HKning yangi (boshqa) turlariga tayyorlash va qayta tayyorlashda FA uchuvchilar tarkibi tomonidan mashqlar bajarilishi;
j) FA HK uchuvchilari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun (o‘quv parvoz tayyorgarlik kursi, o‘quv parvoz tayyorgarlik dasturi, UTTD) dasturlari hamda uslubiy qo‘llanmalarini ishlab chiqish;
z) parvozlarga mavsumiy tayyorgarlik o‘tkazish uchun uchish-texnika anjumani va uchuvchi xodimlar bilan kasbiy mashg‘ulotlarning mavzuga oid rejalarini ishlab chiqish;
i) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibini uchish va uslubiy ishlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha dastlabki tayyorlash va malakasini oshirish;
k) HKK lavozimiga nomzodlar tayyorlash;
l) komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilik tarkibi bilan uchuvchilar tarkibining (KTS (FFS) va HKda aerodrom va reyslardagi parvozlar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va mashqlarni bajarishning yagona uslubini mukammal o‘rganish bo‘yicha seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish;
m) kasbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda uchish bo‘linmalariga yordam ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
n) aerodrom va ishlab chiqarish parvozlarida, shuningdek aviakompaniya (aviakorxona)ning buyurtmalari hamda “O‘zaviatsiya” agentligining topshirig‘i bo‘yicha qatnovlarda va aerodromlar yo‘nalishida bajariladigan dastlabki tanishtirish parvozlarida mashqlarning bajarilishi va aviakompaniya (aviakorxona) uchuvchi xodimlarini tekshirish.
(339-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
340. UUK aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi) rahbarligidagi muhokama organi bo‘lib hisoblanadi. UUK ishini uchish ishini tashkil etish bo‘yicha rahbarning o‘rinbosari boshqaradi.
341. UUK o‘z faoliyatini quyidagi masalalar muhokama etiladigan yig‘ilish va kengashlarni o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiradi:
a) UITE va PX bo‘yicha uchish xizmati (uchuvchilar majmuasi) ishining ustuvor rejalari;
b) uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini amalga joriy etish;
v) aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi)da uchish ishining tashkil etilishi va bajarilishi masalalari bo‘yicha ekspluatant UUBning uslubiy ishlanmalarini joriy etish;
g) uchish-uslubiyat ishining takomillashtirilishi, uchuvchilar bo‘linmalari va ekipajlarning ustuvor ish tajribalarini o‘rganish, ommaviylashtirish va tarqatish;
d) yangi (boshqa) turdagi HKning ekspluatatsiyasini amaliy o‘zlashtirish;
e) UITEni takomillashtirish va uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi masalalarida parvoz ma’lumotlarini yig‘ish vositalarining materiallaridan foydalanish;
j) mavsumiy davrlarda uchish xizmatini parvozlarga tayyorlash;
z) uchuvchilar tarkibi aybi bilan sodir etilgan aviatsiya hodisalari, noxush hodisalar sabablarini va ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
i) UUBda ishlab chiqilgan uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturlarini joriy etish.
342. Aviakompaniya (aviakorxona) (uchuvchilar majmuasi)ning uchuvchilar-uslubiyat xonasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibi tomonidan uchish-uslubiyat ishlarining amalda bajarilishi bo‘yicha asosiy organ hisoblanadi.
343. UUX asosiy vazifasi komandir-uchuvchilar, instruktor-uchuvchilar tarkibini HK ekipaji a’zolari bilan uchish-uslubiyat ishlarini tashkil etish va amaliy bajarish, uchuvchilar otryadlarining uchish-uslubiyat sinflaridagi uslubiy ishlarning ilg‘or tajribalarini ommaviylashtirish va tarqatishdir.
344. UUX ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Uchuvchilar-uslubiyat xonasi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.
345. UUKga uchish ishini tashkil etish bo‘yicha uchuvchilar otryadi komandirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi. Quyidagilar uchuvchilar otryadi uchuvchilar-uslubiyat kengashining asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi:
a) uchish ishi, havo harakatini boshqarish, aviatsiya texnikasining uchish-texnik ekspluatatsiyasi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash sifatini va parvozlar xavfsizligini oshirishni tashkil etishni yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni berish;
b) bo‘linmaning uchuvchilar-uslubiyat sinfi ishini boshqarish;
v) uchuvchilar tarkibi bilan kasbiy ta’lim rejalarini takomillashtirish;
g) aviakompaniya (aviakorxona)larning UUBda ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona)larning uchuvchilar otryadlarida joriy etilayotgan ishlash uslubiyotlari, texnologiyalari, yo‘riqnomalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni berish;
d) uchish-uslubiyat ishini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni berish.
346. Uchuvchilar bo‘linmasining uchuvchilar-uslubiyat sinfi uchuvchilar bo‘linmasining o‘quv-uslubiy bazasi hisoblanadi. Uchuvchilar-uslubiyat sinflari har bir uchuvchilar bo‘linmalarida tashkil etiladi.
Uchuvchilar-uslubiyat sinfining asosiy vazifasi bo‘lib, bo‘linmaning komandir-uchuvchilar, instruktorlar va uchuvchilar tarkibi bilan o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlarining uslubiy ta’minoti hisoblanadi.
347. Uchuvchilar-uslubiyat sinfining ishi ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va aviakompaniya (aviakorxona) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan uchuvchilar-uslubiyat sinfi haqidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi.
5 §. Uchish-uslubiyat ishining holatini nazorat qilish
348. Uchish-uslubiyat ishi holatini nazorat qilishning asosiy vazifalari — bu uchish-uslubiyat ishini keyinchalik takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning keyingi tahlili va ishlab chiqilishi maqsadida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, ta’minlash va o‘tkazishda kamchiliklar va chetga chiqishlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
349. Uchish-uslubiyat ishining holatining nazorat qilinishi muntazam, obyektiv va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi va uchuvchilar tarkibini tayyorlash va tekshirishning barcha turlarida amalga oshirilishi kerak.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
a) komandir-uchuvchilik tarkibining uchish-uslubiyat ishi samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida uchuvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) bo‘linmalar, ta’lim tashkilotlari, aviakompaniya (aviakorxona)lar uchuvchilar-uslubiyat kengashlarining ishi;
(349-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
v) UUX va sinflarining ishi;
g) parvozlarni bajarish va ularning xavfsizligi sifatini oshirishga yo‘naltirilgan uchish-uslubiyat ishida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi;
d) parvoz ma’lumotlari vositalarining materiallari bilan ishlash;
e) komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan HK ekipaji a’zolarining uchuvchilik texnikasi va amaliy ishlari tekshiruvining ma’lumotlari;
j) SMT (FFS)da uchuvchilar tarkibi tekshiruvi va o‘tkazilgan mashqlar ma’lumotlari;
z) muhokamalarni o‘tkazish sifati;
i) aviatsiya hodisalari, noxush hodisalarning oldini olish tahlilidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar;
k) o‘quv bazalarining texnik ta’minoti;
l) aviakompaniya (aviakorxona)larning UUBda ishlab chiqilgan uslubiy darsliklar, tavsiyalarini amaliyotga joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
m) uchuvchilar bo‘linmalarida, ta’lim tashkilotlarida va aviakorxonalar (aviakompaniyalar)da uchish-uslubiyat ishining yetakchi tajribasining ommaviylashtirish va joriy etish ma’lumotlari;
(349-bandning “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
n) zaxiradagi xodimlarning komandirlik lavozimlariga tayyorgarlik holati.
6 §. Uslubiy parvozlarni tashkil etish va bajarish
350. Uslubiy parvozlar quyidagi maqsadlarda bajariladi:
a) uchuvchilar tarkibini o‘qitish dasturlari va uslubiyatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
b) parvozlarni tashkil etish va bajarishning ilg‘or tajribalarini joriy etish.
351. Uslubiy parvozlar, bunday parvozlarni bajarishga ruxsat etilgan aviakorxona (aviakompaniya)lar va O‘MMlarining komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
352. Uslubiy parvozlarga tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) uslubiy parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilar ishlab chiqiladi:
a) uslubiy parvozlar dasturi;
b) ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Uslubiy parvozlar dasturi, ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadi;
(352-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
2) uslubiy parvozlarga tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq o‘tkaziladi, bunda qo‘shimcha ravishda quyidagilar o‘rganiladi:
a) uslubiy parvozlarni bajarish bo‘yicha dastur va uslubiy ko‘rsatmalar;
b) topshiriqni bajarish ketma-ketligi va aniq sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan holda, uni o‘zgartirish imkoniyati;
v) o‘xshash bo‘lgan uslubiy parvozlarning (zaruriyat bo‘lganda) bajarilishidan olingan ma’lumotlar;
g) parvoz profili va ushlab turiluvchi rejimlar xarakteristikasi;
d) parvozning turli sharoitlarida ekipaj a’zolarining o‘zaro xatti-harakatlari tartibi;
e) parvoz davomida ekipaj a’zolari va parvoz ishtirokchilari hal etishi lozim bo‘lgan masalalar ro‘yxati;
j) ushbu parvoz uchun HKga qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan apparatura, uskuna va jihozlar.
353. Uslubiy parvoz uslubiy parvoz dasturiga muvofiq va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda aviakorxona (aviakompaniya) rahbari tomonidan berilgan parvoz topshirig‘i asosida bajariladi.
354. Uslubiy parvozlar bajarilishda ekipaj zarur bo‘lgan axborotlarning ro‘yxatga olinishini ta’minlashi lozim. Parvozda dastur bilan ko‘zda tutilmagan har qanday holatlar yuzaga kelgan holda, HKning komandiri dasturning bajarilishini to‘xtatishi va parvozning normal rejimini tiklashi lozim.
355. Shartlar parvozning ushbu elementi bo‘yicha dasturning talablariga muvofiq bo‘lmaganda, HKning komandiri dasturning bajarilishini to‘xtatishi yoki agar bu dasturda belgilangan bo‘lsa, parvozlar ketma-ketligini o‘zgartirishi lozim.
XIII. Xalqaro parvozlar bajarilishida uchish ishlarini tashkil etish
1 §. Kasbiy tayyorgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
356. Uchuvchilar tarkibi, bortoperatorlar va bortkuzatuvchilarning xalqaro parvozlar uchun dastlabki tayyorgarligi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha O‘Mlarida o‘tkaziladi, uning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
(356-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) uchuvchilar tarkibini radiotelefon aloqasida foydalanuvchi tilda so‘zlashishga va uni “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) bilan tasdiqlangan 3-ilovaning 2-bandi darajasida tushunish, aviatsiyaning standartli frazeologiyasi, dispetcherlik ruxsatlari, yerdan va HK sathidan turli ma’lumotlarni qabul qilish, savol va javoblarni to‘g‘ri ifoda etishga, shuningdek kartografiya va matn ko‘rinishidagi axborotlarni o‘qish va tushunishga o‘rgatish;
(356-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
b) ekipaj a’zolarini yerdagi xizmat ko‘rsatuvchi personal bilan ingliz tilida so‘zlashishga o‘rgatish;
v) ekipaj a’zolarini xalqaro meteorologik kodlar va ob-havo haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa materiallardan foydalanishga o‘rgatish;
g) ekipaj a’zolarini xalqaro havo yo‘nalishlarida parvoz vaqtida radioaloqani olib borishning xususiyatlari bilan tanishtirish;
d) xalqaro parvozlar qoidalari, IKAO standartlarini o‘rganib chiqish;
e) ekipajlarni bojxona qoidalari va chegara nazorati, chet el (xorij) da yurish-turish qoidalari bilan tanishtirish.
357. Agar uchuvchilar tarkibi mutaxassisining nazariy tayyorgarligi tugagan vaqtdan boshlab xorijga stajyorlik parvozlari boshigacha 12 oy va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, uning xalqaro parvozlarni bajarish uchun tayyorgarligi amalga oshmagan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
358. Xalqaro parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar tarkibi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida sertifikatlangan O‘Mlarda (O‘MMlarda) uch yilda bir marta chet tili, xalqaro parvozlar qoidalari va maxsus intizom kurslari bo‘yicha malaka oshiradilar.
(358-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
Oldingi tahrirga qarang.
359. HK sahnida radiotelefon aloqasini olib borishi lozim bo‘lgan komandir-uchuvchilik, instruktorlik va uchuvchilar tarkibi, shuningdek shturmanlar, bortradistlar “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida (O‘ZR AQ-61) (ro‘yxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) belgilangan radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasini aniqlash maqsadida sertifikatlangan O‘Mlarida test sinovlaridan o‘tadilar.
(359-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Radiotelefon aloqasida foydalaniladigan tilni bilish darajasiga qo‘yilgan baho aviakompaniya (aviakorxona) rahbarining buyrug‘iga muvofiq O‘M tomonidan berilgan sertifikat asosida uchuvchilar tarkibi mutaxassisining guvohnomasiga kiritiladi.
2 §. Xalqaro trassalar bo‘yicha parvozlarga tayyorgarlik
360. Xalqaro trassalar bo‘yicha parvozlarga tayyorgarlikda qo‘shimcha ravishda quyidagilar o‘rganiladi:
a) aeronavigatsiya axboroti to‘plamlarida nashr etilgan xorij davlatlarining samoviy hududida parvozlar qoidalari va trassalar o‘tadigan mamlakatlar uchun AMT(AIP) va chet el firmalari tomonidan nashr etiladigan boshqa hujjatlar “Djeppesen” va boshqalar) qoidalari;
b) FA Aeronovigatsiya axborotlar markazi nashridagi va xorij nashridagi (odatda, “Djeppesen” firmasining xaritalari) aeronavigatsion va radionavigatsion xaritalar bo‘yicha parvozlar yo‘nalishlari;
v) tegishli radionavigatsion xaritalar;
g) chet el radiotexnik vositalari (tizimlari)dan foydalanish tartibi;
d) samoviy hududida parvozlar bajarilayotgan davlatlarning iqlimiy xususiyatlari;
e) NOTAMlar, qorli NOTAMlar (SNOUTAMlar);
j) HK bosib olingan holda, uzatiladigan signallar;
z) “Djeppesen” to‘plamlari va boshqa parvoz hujjatlarida qabul qilingan shartli belgilar;
i) asosiy va zaxira aerodromlarining harfli belgilari (to‘rtta belgili);
k) xorijiy qo‘nish aeroportlarida parvoz hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;
l) uchib chiqishga qarorni qabul qilish va flayt-plani (uchish rejasi) ni tuzish tartibi;
m) trassa bo‘yicha eshelonlashtirish xususiyatlari;
n) radioaloqani olib borish va HK tanish signallarini ishlatish, ATIS ma’lumotlarini olish tartibi qoidalari;
o) perronda va HK turish bekatida uzatiladigan signallar (“Marshal” signallari, “AGNES” chiroqli signallari va boshqalar);
p) xorij aeroportlarida uchish-qo‘nish yo‘lagi, turish joyi va uchish-qo‘nish yo‘lagini markerlash qoidalari;
r) davlat chegarasini uchib o‘tganda chegara chizig‘i, chegaraviy pelenglar va masofalar, davlat chegarasini kesib o‘tish (uchib o‘tish)dan oldin va keyin radioaloqaning yo‘q bo‘lishida ekipajning xatti-harakatlari;
s) treklar bo‘yicha parvoz qoidalari, uzoq va yaqin navigatsiya tizimlaridan foydalanish usullari;
t) g‘arbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun ETOPS bo‘yicha uchib chiqish qarorini qabul qilish qoidalari;
u) havo harakatini boshqarishni (havo harakatini tashkil etish) tashkil etish tizimlari;
f) pasport, sanitar va bojxona nazoratidan o‘tish tartiblari.
3 §. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari (MNPS/ RVSM, NAT)
361. Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni bajarish uchun tayyorgarlikka xalqaro havo yo‘nalishlarida lozim bo‘lgan darajadagi nazariy tayyorgarlik va parvozlar tajribasi, uchuvchilik va samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarishning oliy texnikasiga ega bo‘lgan uchuvchilar tarkibi kiritiladi:
a) HK komandirlari — 1-toifa va undan quyi minimumda parvozlarga ruxsatnomaga ega bo‘lgan 1-toifali uchuvchilar (2-toifa va undan quyi — Sharqda ishlab chiqarilgan HKlarida);
b) ushbu turdagi HKda 200 soatdan kam bo‘lmagan mustaqil parvozlar soatiga ega bo‘lgan ikkinchi uchuvchilar, G‘arbda ishlab chiqarilgan HKlarida parvozlarni bajaruvchilar esa, shuningdek 2-toifa va undan quyi minimum bo‘yicha parvozlarga ruxsatnomaga ega bo‘lishlari lozim;
v) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam bo‘lmagan mustaqil parvozlar soatiga ega bo‘lgan 1-toifali shturmanlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomaga oldin ega bo‘lganlarga esa — 200 soatdan kam bo‘lmagan holda;
g) ushbu turdagi HKda 500 soatdan kam bo‘lmagan mustaqil parvozlar soatiga ega bo‘lgan bortradistlar, Shimoliy Atlantika ustidan boshqa turdagi HKda parvozlarga ruxsatnomaga oldin ega bo‘lganlarga esa — 200 soatdan kam bo‘lmagan holda.
362. Shimoliy Atlantika ustidan treklar bo‘yicha parvozlarga tayyorgarlikda va ularni bajarilishida har bir ekspluatant quyidagilar bilan nazarda tutilgan katta masofaga parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblarini bilishi va bajarishi lozim:
a) Shimoliy Atlantika MNPS/RVSMda parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma;
b) parvozlar va havo harakatiga xizmat ko‘rsatish qoidalari (Doc. 4444 PANS/ RAC);
v) Shimoliy Atlantika hududi bo‘yicha yig‘ma yo‘riqnomaviy material (NAT Doc. 001);
g) qo‘shimcha hududiy qoidalar Doc. 7030;
d) joriy NOTAMlar Shimoliy Atlantika hududi davlatlarining AIRlari;
e) FAA va JAA tavsiyalari va sirkulyarlari;
j) “UZBEKISTAN AIRWAYS ETOPS OPERATIONS MANUAL” ETOPS bo‘yicha parvozlarni bajarish qo‘llanmasi (g‘arbda ishlab chiqarilgan ikkita dvigatelli HKlari uchun).
363. Uzoq masofadagi parvozlarni bajarishning standartlashtirilgan tartiblaridan foydalangan holda MNPS samoviy hududida parvozlarga tayyorgarliklar o‘tkazilgandan so‘ng, shuningdek bunday parvozlarda bir yildan ortiq muddatga uzilishlar bo‘lganda, MNPS samoviy hududida parvozlarni bajaruvchi uchuvchilar va shturmanlar, standartlashtirilgan tartiblarni bajarish bo‘yicha bilimlar tekshiruvidan o‘tishlari shart. Bilimlar tekshiruvining natijalari mashq qilish topshirig‘ida rasmiylashtiriladi.
364. MNPS va/yoki Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarga mutaxassisning kiritilishi UO komandirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
365. Har bir tanishtiruv parvozidan oldin ekipaj bilan qo‘shimcha dastlabki tayyorgarlik o‘tkaziladi, uning jarayonida quyidagilar o‘rganilishi zarur:
a) treklar bo‘yicha parvozlarda ekipajga metodik tavsiyalar;
b) Shimoliy Atlantika ustidan parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
v) IKAO hujjatlari (Shimoliy Atlantika hududi bo‘yicha yo‘riqnomaviy va axborot material) NAT Doc. 001;
g) tashkillashtirilgan treklar tizimining tuzilmasi, ularni almashtirish davrlari;
d) treklar tizimida parvozlarga ruxsatni so‘rash va olish tartibi;
e) treklar bo‘yicha parvozlarda minimal navigatsiya xarakteristikalari, yon tomondan, uzunasiga va vertikal eshelonlashtirish aniqligi bo‘yicha talablar;
j) okean ustida navigatsiya radiotexnika vositalari ishlashining xususiyatlari, ularning joylashuvi va ishlash vaqti;
z) ekipajlarni parvoz, meteorologik va navigatsion hujjatlar, hujjatlarda foydalaniladigan shartli belgilar bilan ta’minlash;
i) HKda o‘rnatilgan navigatsiya vositalarining ishlaridagi chetga chiqish holatlarida ekipajning harakatlari hamda bu vositalarning ishdan chiqish belgilari;
k) trassada ishdan chiqishlarda, treklar tizimida parvozni davom ettirishga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlar yuzaga kelganda, ekipajning harakatlari; navigatsiya imkoniyatlarining qisman va to‘liq yo‘qotilishida foydalaniladigan doimiy yo‘nalishlar;
l) MNPS hududida parvoz qilishda RVSM harakatlarida eshelonlashtirish xususiyatlari;
m) HK va ekspluatantlarni 1000 fut vertikal eshelonlashtirish minimumi sharoitlarida parvozga kiritish qo‘llanmasi (Doc. T.17.1.IN-340. ATM);
n) jadvallardan foydalangan holda navigatsion majmuasi uchun trek bo‘yicha parvozlar parametrlarining hisob-kitob uslubiyoti (hisob-kitobning minimal vaqti 15 daqiqa);
o) aloqa tartiblari, joylashgan joyi to‘g‘risida ma’lumotlarni uzatish, radioaloqa va frazeologiyani olib borish xususiyatlari;
p) Shimoliy Atlantikada foydalaniladigan aeronavigatsion xaritalar, nuqsonlar hajmi va chiziq xaritalarida samolyotning holatini joylashtirishda ularni hisobga olish tartibi, xaritalarni tayyorlash;
r) Shimoliy Atlantika ustidan HK chetga chiqishlarining xarakterli sabablari, ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
s) ekipaj a’zolarining parvoz oldi tayyorgarligi va parvozning bajarilishida o‘zaro harakatlari texnologiyasi;
t) suvga majburiy qo‘nishda ekipajning xatti-harakatlari.
4 §. Mo‘ljal olish darajasi kam bo‘lgan hududlar va suv hududi ustidan parvozlarga tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari
366. Oriyentirlik darajasi kam bo‘lgan hudud va suvli hudud ustidan parvozlarga dastlabki tayyorgarlik jarayonida quyidagilar o‘rganiladi va tahlil qilinadi:
a) ushbu hududda FA HKlari parvozi uchun ruxsat etilgan yo‘nalishlar;
b) parvozlar hududining iqlimiy xarakteristik xususiyatlari;
v) hududning relyefi va radiolokatsiya mo‘ljalini olib borish xususiyatlari, xaritada mumkin bo‘lgan radiolokatsiya mo‘ljallarini tanlash;
g) uzoq navigatsiya tizimlari yordamida oriyentirovka (mo‘ljal) ni olib borish usullari, HKning hisoblangan joylashuvlarni to‘g‘rilash nuqtalarini aniqlash uslublari (navigatsiya uchuvchilik majmuali HKlari uchun);
d) momaqaldiroqlarni aylanib o‘tish tavsiyalari, xavfsizlik chora-tadbirlari;
e) chang va qumli bo‘ronlar, tropik bo‘ron va quyunlari hududlari (Hind okeani hududi);
j) yo‘nalishlar bo‘yicha va aerodromlar hududlarida samolyotni yo‘nalish bo‘yicha boshqarish xususiyatlari;
z) HKni tijorat yuklovi va yoqilg‘i quyilishining optimal variantlari;
i) nostandart tizimlar bilan jihozlangan aerodromlarda, instrumental va vizual qo‘nishga kirishish sxemalarining xususiyatlari;
k) meteosharoitlar to‘satdan yomonlashgan sharoitlarda ekipajning xatti-harakatlari (momaqaldiroq, quyun, bo‘ronli boltanka, shamolning qattiq siljishi, chang va qumli to‘fon va h. k.);
l) Afrika va Osiyo mintaqalari trassalari bo‘yicha meteo ta’minotning xususiyatlari.
5 §. Tog‘li hududlar ustida parvozlarga tayyorgarlik
367. Tog‘li hududlar va tog‘li aerodromlarda o‘tkaziladigan parvozlarga tayyorgarlikda quyidagilarni inobatga olish zarur:
a) parvoz yo‘nalishidan ikki tomonga 50 kilometrdan kam bo‘lmagan radiusda, kabinaning germetizatsiyasi buzilganda yoki dvigatel to‘xtab qolganda (ikkita dvigatelli HKlari uchun) avariya pasayish ehtimolida hudud relyefini o‘rganish (ayrim balandliklar, cho‘qqilarning yo‘nalishi, daralar, tog‘ vodiylari va ularning o‘zaro joylashuvi);
b) xaritaga belgilangan eng baland cho‘qqilarni, chegaraviy pelenglarni kiritish va xavfli meteo hodisalar bilan uchrashish ehtimoliga aylanib o‘tish yo‘nalishlarini belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
v) parvoz xaritasida balandlikni oshirish va pasayish uchastkalari uchun hududning profilini chizib olish (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
g) meteosharoitlar va havoning qattiq ko‘tariluvchi va pasayuvchi oqimlari, jala yomg‘irli bulutlar va momaqaldiroqlar, shuningdek uchib chiqish va qo‘nish hududida orografik boltankaning vujudga kelishi mumkinligini tahlil qilish;
d) xaritada majburiy qo‘nish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan joylarni o‘rganish va belgilash (4-toifa samolyotlar va vertolyotlar uchun);
e) dengiz sathidan tog‘li aerodromlarning balandligini, ulardan uchib chiqish, balandlikni oshirish, pasayish, qo‘nishga kirishish va qo‘nishni bajarish xususiyatlarini, shuningdek barometrik balandlikni o‘lchagichlardan foydalanish qoidalarini, aerodrom bosimini hisoblash tartibini, bosimni millibardan millimetrga o‘tkazish, qo‘nishga kirishish va qo‘nishda haqiqiy havo tezligining o‘sish hisob-kitobini, sekinlashishning boshidagi tezlik va boshqa cheklovlarni o‘rganish.
368. Dastlabki tayyorgarlik jarayonida ekipaj tog‘li aerodromlarda xarakterli aviatsiya hodisalari sabablarini qo‘shimcha ravishda o‘rganishga majbur.
369. Tog‘li aerodromga dastlabki tanishtiruv parvozda va uch oydan keyin tog‘li hududda ushbu trassa bo‘yicha muntazam parvozlar va tog‘li aerodromlarga qo‘nish bilan bog‘liq parvozlarda ekipaj trenajyorlarda navbatdagi har chorakdagi mashqlarni tog‘li aerodrom sxemasi bo‘yicha qo‘nishga kirishishlarni bajarishlari zarur.
XIV. Sinov parvozlarining o‘tkazilishida uchish ishlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
1 §. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
370. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), tarkibida USB bo‘lgan ekspluatant tomonidan ishlab chiqilgan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida sinov parvozlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma va parvoz sinovlarini bajarish dasturi HKning parvoz sinovlari o‘tkazilishida asosiy hujjatlar hisoblanadi.
(370-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)
371. Sinovlar dasturi parvozlar mazmuni, ularni bajarish uslublari va sharoitlarini belgilaydi.
372. USBda uchish ishining tashkil etilishi ushbu Qoidalar va sinov parvozlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
373. Sinovchi uchuvchilar tarkibining ish vaqti, dam olish vaqti me’yorlari, shuningdek parvoz vaqti (parvoz soatlari) me’yorlari USB ning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
374. Parvoz sinovlarining o‘tkazilishiga uchuvchilar tarkibi, shuningdek to‘liq hajmda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va sinovdan o‘tkazuvchining amaldagi guvohnomasiga ega bo‘lgan sinov ishtirokchilari kiritiladi.
375. Alohida holatlarda kapital ta’mirlashdan so‘ng HK uchirish dasturi bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga USBning instruktor-sinovchisi bilan namunaviy dastur bo‘yicha parvozda trenajyorlarda va HK kabinasidagi trenajyorlarda mashq qilishlarni o‘tgan va sinov parvozlariga ruxsatnomani olgan FA ishlab chiqarish bo‘linmalarining uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar kiritiladi. Ruxsatnoma aviata’mirlash zavodi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, mutaxassisning parvoz daftarchasi va parvoz guvohnomasida bu haqda tegishli yozuv yoziladi.
376. Aviatsiya texnikasini uchirib ko‘rib sinovdan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis sifatida HK bortida sinov parvozlarini bajarish vaqtida USB uchuvchilar tarkibi va sinov qatnashchilaridan tashqari parvozda ishlab chiqarish bo‘linmalarini komandir-uchuvchilik va uchuvchilar tarkibi bo‘lishi mumkin. Ularning ishtiroki sinovni amalga oshirayotgan aviatsiya birlashmasi, FA korxonasi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
2 §. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash
377. Ekipajni sinov parvozlariga tayyorlash — sinovlar dasturi bo‘yicha tayyorgarlik, dastlabki va parvoz oldi tayyorgarlik bosqichlaridan tashkil topgan.
378. Sinov dasturlari bo‘yicha tayyorgarlik sinovlar bo‘yicha yetakchi muhandis (sinov brigadasining rahbari) va yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Unga quyidagilar kiradi:
a) sinov maqsadlarini va sinov brigadasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘rganish;
b) sinovdan o‘tkazilayotgan obyektga qo‘yiladigan texnik talablarni o‘rganish;
v) dasturning mazmuni va bajarilish uslubi, uning bajarilish ketma-ketligini o‘rganish;
g) tajriba-konstruktorlik byurosida obyektlar sinovining natijasini o‘rganish;
d) sinov dasturining bajarilishi uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblarning bajarilishi va ma’lumotlarning o‘rganilishi;
e) jihozlar va eksperimental uskunalarning adabiyotlarini o‘rganish;
j) xavfsizlik masalalari va avariya holatida HK tashlab ketish vositalarini o‘rganish.
379. Sinovlar dasturi bo‘yicha tayyorgarlik hajmi va hajmning murakkablik darajasiga bog‘liq bo‘ladi va parvoz kunidan bir kun oldin tugatilishi lozim.
380. Sinov brigadasining barcha a’zolari sinovlar dasturini bajarishga faqatgina uni bajarishga tayyorligi tekshiruvidan so‘ng kiritiladilar.
Ekipaj uchuvchilar tarkibining sinov dasturini bajarishga tayyorligini USB boshlig‘i (uchish xizmati bo‘yicha USB boshlig‘ining o‘rinbosari) tekshiradi.
381. Har bir parvoz oldidan ekipaj dastlabki tayyorgarlikdan o‘tkazilishi shart. Ekipaj tarkibiga kiruvchi barcha shaxslar, egallab turgan lavozimi va ish tajribasidan qat’i nazar, parvozga dastlabki tayyorgarlikdan o‘tishlari shart.
382. Dastlabki tayyorgarlik — bu tayyorgarlik jarayonida materiallarni o‘rganish, hujjatlarni tayyorlash, kelgusi parvoz (lar) uchun amaliy harakatlarni yaxshilab o‘rganishdan iborat bo‘lgan tayyorgarlikning asosiy turidir.
383. Sinov parvozlariga dastlabki tayyorgarlik parvoz kunidan bir kun oldin ekipaj va sinov ishtirokchilarining to‘liq tarkibida yetakchi muhandis va uchuvchi-sinovchi rahbarligida o‘tkaziladi.
384. Dastlabki tayyorgarlik ekipajning parvozni bajarishga tayyorligi bo‘yicha nazorat bilan tugatiladi. Bu nazoratni USB boshlig‘i o‘tkazadi.
385. Dasturni bajarish bo‘yicha tayyorgarlik tartibi va mazmuni USB tomonidan ishlab chiqiladi.
386. Sinov parvoziga topshiriq USB boshlig‘i yoki aviatsiya birlashmasi (aviata’mirlash korxonasi) rahbarining buyrug‘i bo‘yicha bunday huquqqa ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
387. Ekipajning parvoz oldi tayyorgarligi yetakchi uchuvchi-sinovchining rahbarligi ostida, HK turini ekipaj a’zolarining o‘zaro harakatlari va texnologik ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma, HK ni parvozda ekspluatatsiya qilish qo‘llanmasi, USB da tasdiqlangan parvoz oldi texnologik jadvallari va USB da ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarga muvofiq, har bir parvozdan oldin uchib chiqishning rejalashtirilgan vaqtidan 1,5 soat oldin o‘tkaziladi.
XV. Fuqaro aviatsiyasining parvoz o‘quv-mashq markazlarida uchish ishini tashkil etish
1 §. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
388. FA ta’lim tashkilotlari va O‘quv-mashq markazlarida parvoz va metodik ishlarning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalari” (O‘zR AQ-91) (ro‘yxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr), ushbu qoidalar talablari, o‘quv parvoz tayyorgarlik kursi, o‘quv parvoz tayyorgarlik dasturi, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari bilan tartibga solinadi.
(388-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
Ushbu ishni FA O‘quv-mashq markazlari rahbarlarining parvoz tayyorgarligi va parvoz-metodik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari tashkil etadilar. Ushbu ishni uchish-uslubiyat bo‘limlari amalga oshiradilar.
389. Parvoz ta’limining hisobotlari, rejalashtirilishi va nazorat qilinishi bo‘yicha hujjatlar FA O‘MMlarida belgilangan shakl bo‘yicha olib boriladi.
390. O‘quv parvozlarning bajarilishiga, ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lganda, bunday ishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan FA, aviakompaniya (uchuvchilar majmualari) o‘quv-mashq markazlari, UMBning komandir-uchuvchilari va uchuvchilar tarkibi jalb etilishi mumkin.
2 §. Komandir uchuvchilar va instruktorlar tarkibining kasbiy tayyorgarligi
391. O‘MMda komandir-uchuvchilar, instruktorlik tarkibning kasbiy tayyorgarligiga quyidagilar kiradi:
a) mustaqil instruktorlik ishiga kiritilishi uchun boshlang‘ich tayyorgarlik;
b) ushbu Qoidalarning talab etilayotgan talablariga muvofiq kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va takomillashtirish;
v) malaka oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
392. Instruktorlikka nomzodlarni tanlash ularning nomzodlarini ta’lim tashkiloti pedagogik kengashi (O‘MM)da dastlabki muhokamasi va tasdiqlanishi bilan o‘tkaziladi. Tayyorgarlikni shu maqsadda tayinlangan instruktorlar o‘tkazadilar.
(392-band O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 26-dekabrdagi 6-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1773-4, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)
393. Bunday mutaxassislarning barchasi uchun mashqiy va tekshiruv parvozlarini instruktor-uchuvchilarni safga kiritish bo‘yicha hamda komandir-uchuvchilar va instruktorlik tarkibining mashqiy parvozlari bilan birga bajarishga ruxsat beriladi.
394. Ishlab chiqarish korxonalaridan instruktorlik ishlariga qabul qilingan uchuvchilarni tayyorlash va safga kiritish instruktor-uchuvchilar uslubiy tayyorlash kurslarini o‘tish majburiyati bilan instruktorlar tarkibini HKning tegishli turlariga tayyorlash dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.
395. Uchuvchi-instruktor sifatida mustaqil ishga kiritilish tekshiruvini O‘MM UUBning komandir-uchuvchilar tarkibi o‘tkazadi.
396. Instruktorlik ishiga mutaxassislar O‘MMning uchish-uslubiyat bo‘limi boshlig‘ining bayonnomasi asosida O‘MM rahbarining buyrug‘i bilan kiritiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda; 2014-y., 31-son, 391-modda; 2015-y., 41-son, 529-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son; 13.01.2026-y., 10/26/1773-4/0035-son)