Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1742
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1742
Kuchga kirish sanasi
07.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FAVQULODDA HOLATLARDA OʻZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA RESURSLARINI MARKAZLASHGAN HOLDA BOSHQARISHNING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1742-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilingan Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalari tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
02-8/3189-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati boshligʻi T. ASLANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tizimi ishlashining tamoyillari hamda asosiy qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus isteʼmolchilar — telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining isteʼmolchilari hisoblangan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 43-mh, 9, 60, 6, 23-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-1, 12.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus isteʼmolchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini taʼminlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmogʻini boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rejalashtirish, texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va maʼmuriy boshqarish boʻyicha axborot texnologiyalari majmuasi asosida tarmoqni boshqarish hamda koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha funksiyalarni bajaradigan tizim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik deb yuritiladi) maxsus isteʼmolchilar, shuningdek telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiya tarmoqlari (aloqasi)ni boshqarish markazlari, tasarrufida idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Radiochastota spektridan foydalanish va uni boshqarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Vazirlik tomonidan korxonalarning fuqaro muhofazasini tayyor holatga keltirish toʻgʻrisida tegishli davlat hokimiyati organlaridan, belgilangan tartibda, olingan farmoyishi asosida qabul qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazlashgan holda boshqarishning asosiy vazifasi favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus isteʼmolchilarni aloqa bilan taʼminlash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari resurslarini markazlashgan holda boshqarish Vazirlikning bevosita boʻysunuvida boʻlgan Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini Respublika boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — RBM deb yuritiladi) tomonidan maxsus isteʼmolchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markazlashgan holda boshqarish Oʻzbekiston Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi oʻrinlarda — OʻzTTBT deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Markazlashgan holda boshqarishda OʻzTTBT quyidagilarni taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlari operatorlari tomonidan favqulodda holatlarning oldini olish yoki bartaraf etish bilan bogʻliq davlat boshqaruvi, mudofaa, davlat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlash sohasida kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazishda koʻrsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlari boʻyicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalari shikastlangan holatlarda ularning ishlash qobiliyatini tiklash mobaynida monitoring;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus isteʼmolchilar uchun telekommunikatsiyalar operatorlari tomonidan aloqaning rejalashtirilgan qoʻshimcha kanallari va vositalari ajratilishini nazorat qilish va ular boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. RBM va Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik (keyingi oʻrinlarda — AMH deb yuritiladi) aʼzolari bilan ularning tarmoqlaridan foydalanish zarurati yuzaga kelganda, oʻzaro hamkorlik qiladi. Oʻzaro hamkorlik AMH Aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida amalda boʻlgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa Aloqa maʼmuriyatlari va operatorlar bilan oʻzaro hamkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda Vazirlik bilan ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlikning OʻzTTBTni markazlashgan boshqarish rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishi RBM, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar mintaqasida joylashganlarga tezkorlik bilan yetkaziladi hamda bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markazlashgan holda boshqarish rejimi favqulodda holatlar harakatlarining hududiga bogʻliq ravishda OʻzTTBTning ayrim qismlarida joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. RBMga favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, tarmoq qayta qurilishi va aloqalar tiklanishini tezkor boshqarish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish boʻyicha alohida vakolatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. RBM quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlarda operatorlar tomonidan maxsus isteʼmolchilarni aloqa bilan taʼminlash uchun zarur resurslarni taqdim etish imkoniyatlarini baholash maqsadida, operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarining joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus isteʼmolchilarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlaridan, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalarini, jumladan oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish uchun tegishli soʻrovlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha aloqalarni tashkil qilish uchun farmoyishlarni berish, ushbu farmoyishlar bajarilishining nazorati va muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlar tomonidan favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining holati, avariya-tiklash ishlari oʻtkazilishining borishi va ularni oʻtkazish uchun qoʻshimcha resurslarni jalb qilish zarurligi toʻgʻrisidagi axborotni Vazirlikka yetkazish.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlari operatorlarining boshqarish markazlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish yoxud ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi Vazirlik farmoyishlarini bajarish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha boʻlinmalarni safarbarlik rejalari va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga asosan ish rejimiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qilinadigan mezonlar boʻyicha tarmoqning joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RBMning farmoyishi boʻyicha telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalari va oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarida avariya vaziyatlarini oʻz kuchi bilan yoki Vazirlikning Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini jalb qilgan holda tugatish.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarida aloqalarni tashkil etish va avariya-tiklash ishlarini boshqarish masalalari boʻyicha axborotning tezkor almashinuvi uchun RBM boshqarish markazlari, maxsus isteʼmolchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlari oʻrtasidagi xizmat-texnologik aloqa tarmogʻidan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xizmat-texnologik aloqa tarmogʻi axborot xavfsizligi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Favqulodda holatlarda Vazirlik, maxsus isteʼmolchilar, RBM va operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishning oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan algoritmlari bilan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 491-modda; 2013-y., 33-son, 444-modda; 2015-y., 21-son, 274-modda)