23.11.2007 yildagi PQ-738-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING KOREYA RESPUBLIKASIDAGI MEHNAT FAOLIYATI DAVRIDA TOʻLANGAN PENSIYA AJRATMALARINI OLISHDA ULARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KOʻRSATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasida ishlab kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalarini olishda davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasida ishlagan xorijiy fuqarolarning pensiya ajratmalari, Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatida tuziladigan roʻyxatlarga kiritilgan fuqarolarning bankdagi shaxsiy hisobvaragʻiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreya Respublikasining Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan fuqarolar roʻyxati asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qaytariladigan mablagʻlarni olish tartibini koʻrsatgan holda ularga pensiya ajratmalari qaytarilishi toʻgʻrisidagi shaxsiy bildirishnomalarni yoʻllasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat-aksiyadorlik Xalq banki mazkur roʻyxatga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun boshlangʻich mablagʻlar qoʻyilmagan va toʻlovlar undirilmagan holda valyuta hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari qaytarilishini rasmiylashtirish uchun yuboriladigan zarur hujjatlarni diplomatik kanallar orqali uzatishga koʻmaklashsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati bilan Xalq banki Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari oladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida Koreya Respublikasidagi ish davrlarini davlat pensiya taʼminoti huquqini beruvchi mehnat stajiga qoʻshish uchun majburiy sugʻurta badallarini Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-738-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 23-noyabrdagi PQ-738-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan olishda ularga davlat tomonidan yordam koʻrsatish mexanizmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Koreya Respublikasi korxonalarida ishlagan davrda toʻlangan pensiya ajratmalari ularga qaytarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan Koreya Respublikasida ishlagan va qaytariladigan pensiya ajratmalarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar (keyingi oʻrinlarda “fuqarolar” deb yuritiladi) roʻyxatini oladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) fuqarolarning roʻyxatlari asosida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqarolar roʻyxatini olgan paytdan boshlab ikki haftada fuqarolar pensiya ajratmalari olishi tartibini tushuntirgan holda ularga shaxsiy yozma bildirishnomalar yuboradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolarning roʻyxatlari, shuningdek Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan soʻrovnoma-ariza blankasi shakllari hamda valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat ular olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida Agentlik tomonidan Xalq bankining hududiy boʻlimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Mazkur boʻlimlar koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarni ikki ish kuni mobaynida Xalq bankining tuman va shahar filiallariga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati roʻyxatlariga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy arizalari asosida ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha Xalq bankining tuman, shahar filiallari belgilangan tartibda fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochish uchun ushbu hisobvaraqlariga oldindan pul mablagʻlari qoʻyish, shuningdek hisobvaragʻi ochilgani uchun haq toʻlash talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq bankining tuman, shahar filiallari fuqaroga depozit valyuta hisobvaragʻi ochilgandan keyin unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl boʻyicha soʻrovnoma-ariza blankasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl boʻyicha valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatni topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soʻrovnoma-ariza blankasi va valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat fuqaroning oʻz qoʻli bilan toʻldiriladi va imzolanadi. Fuqaroning imzolari belgilangan tartibda notarius orqali tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalari, fuqaroning notarial tartibda tasdiqlangan imzolari bilan, shuningdek fuqaro pasportining nusxasi (2 va 3-sahifalar) fuqaro tomonidan depozit valyuta hisobvaragʻi ochilgan joy boʻyicha Xalq bankining tegishli filialiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalq bankining tegishli tuman, shahar filiallari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolardan olingan hujjatlarni maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga hujjatlar olinganligi toʻgʻrisida yozma tasdiqnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Agentlikka reyestrning nusxasi ilova qilingan holda fuqarolardan tushgan hujjatlarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik Xalq bankining filialidan hujjatlar olingandan keyin ikki hafta mobaynida Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati talablariga muvofiq har bir fuqaro boʻyicha hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishini tekshiradi va har oyda ushbu hujjatlar komplektlarini diplomatik kanallar orqali Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga joʻnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatining tegishli hujjatlari olingandan keyin fuqarolarga pensiya ajratmalarini qaytarish Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar depozit valyuta hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xalq bankining filiali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda fuqaroni uning depozit valyuta hisobvaragʻiga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan mablagʻ tushganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqaroning depozit valyuta hisobvaragʻiga tushgan naqd chet el valyutasi uning birinchi talabi bilan berilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqarolarning Koreya Respublikasida ishlagan davri Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni beradigan stajga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolar zarur hujjatlarni shaxsan rasmiylashtirish va depozit valyuta hisobvaragʻini ochish imkoniga ega boʻlmagan hollarda, ushbu saʼy-harakatlar mazkur Nizomga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudning qarori qonuniy kuchga kirgan taqdirda — vasiylar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli muassasalarning boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalar mavjud boʻlgan taqdirda, — ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro vafot etgan hollarda hujjatlarni rasmiylashtirish uning merosxoʻrlari tomonidan meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaytarilayotgan pensiya ajratmalarini ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar toifasi boʻyicha oʻtkazish uchun depozit valyuta hisobvaraqlari ochish chogʻida Xalq bankining filiallariga vasiylar va merosxoʻrlarning, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslar vakillarining tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi. Xalq banki filiallari qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarni Agentlikka boshqa hujjatlar bilan birga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarga kiritilgan, biroq hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar oʻzlariga pensiya ajratmalarini qaytarish masalasi boʻyicha Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga mustaqil ravishda murojaat qiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 482-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)