Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2020 20.08.2007 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklari va kichik biznes boshqa subyektlarining kredit resurslari olishini hamda lizing xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 20-avgustdagi 178-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlari — yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga deb ataladi) tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning amal qilishi (III boʻlimdan tashqari) meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari (keyingi oʻrinlarda imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari deb ataladi) fermer xoʻjaliklari va kichik biznes boshqa subyektlarining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamlari ochilgan tijorat banklari tomonidan beriladi va koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari qaytarish, pullilik, taʼminlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlarida beriladi va koʻrsatiladi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar (keyingi oʻrinlarda imtiyozli kreditlar deb ataladi) 5 yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi, kamida 18 oyni tashkil etadigan imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fermer xoʻjaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun lizing xizmatlari koʻrsatish muddati 7 yildan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Imtiyozli kreditlar boʻyicha foiz stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan banklarning imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga beriladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish kunidagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning boshqa oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga beriladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha — bank bilan fermer xoʻjaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lizing boʻyicha foiz stavkasi bank bilan fermer xoʻjaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Imtiyozli kreditlar boʻyicha asosiy qarzni qaytarish imtiyozli davr tamom boʻlgandan keyingi oydan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Zarar koʻrib ishlayotgan va nolikvid balansga ega boʻlgan fermer xoʻjaliklariga yoki kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berilmaydi va lizing xizmatlari koʻrsatilmaydi, ilgari berilgan imtiyozli kreditlar va koʻrsatilgan lizing xizmatlari esa shartnomada belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinishi kerak. Ushbu shart kredit shartnomasida majburiy tartibda qayd etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga imtiyozli kreditlar berish Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan kredit bitimlari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fermer xoʻjaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti imtiyozli kreditlar olish uchun kredit buyurtmanomasi bilan birgalikda tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditning butun muddati uchun pul oqimlari prognozi majburiy tartibda koʻrsatilgan biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
potensial qarz oluvchi roʻyxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuv mavjud boʻlgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit qaytarilishining bir yoki bir necha turdagi taʼminlanishini taqdim etish toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fermer xoʻjaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash uchun imtiyozli asosda lizingga mini-texnologiyalar hamda ixcham asbob-uskunalar olish uchun tijorat bankiga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va uning sotuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli lizingning butun muddati uchun pul oqimi prognozi koʻrsatilgan holdagi biznes-reja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
potensial qarz oluvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi yozuv mavjud boʻlgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha ularni olish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish, rasmiylashtirish, hisobga olish, ularni qaytarish va ulardan maqsadli foydalanish monitoringini olib borish, toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, ushbu Nizom normalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning boshqa oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobidan beriladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha ularni olish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish, rasmiylashtirish, hisobga olish, ularni qaytarish va ulardan maqsadli foydalanish monitoringini olib borish, toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq, ushbu Nizom normalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish va bank xulosasini berish muddati hujjatlar bankka tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshishi mumkin emas.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Imtiyozli kreditlar qaytarilishini taʼminlash va lizing xizmatlari xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini taʼminlash sifatida kredit shartnomasi boʻyicha sotib olinadigan mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 foizi miqdorida garov uchun qabul qilinadi. Imtiyozli kreditning mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar garovi bilan qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi taʼminlashning quyidagi turlaridan bir yoki bir nechtasini taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa mol-mulkni va mulkiy huquqlarni, shu jumladan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kafolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslarning kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik tavakkalchiliklarining sugʻurta polisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yoʻqolish va yaroqsizlanish holatlaridan sugʻurta qilinishi kerak. Sugʻurta polisi bankka lizing shartnomasida belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing foizlarini toʻlash va lizing operatsiyalarini oʻtkazish natijasida sarflangan mablagʻlarni qaytarish kafolati sifatida lizing beruvchi bank lizing oluvchidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan boshqa taʼminlash turlarini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tijorat banklari oʻzlari bilan doimiy aloqada boʻlgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimiga, ijobiy nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan fermer xoʻjaliklariga va boshqa kichik biznes subyektlariga, ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan qaytarish taʼminlovisiz, ishonchga asoslangan kreditlar berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Har qanday mol-mulk, shu jumladan “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garov predmeti boʻlishi mumkin boʻlgan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti boʻlishi mumkin (muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi oʻz hisobiga garov predmetining yoʻqolishi va yaroqsizlanishi holatlari yuzasidan sugʻurta shartnomasi tuzadi. Sugʻurta polisi bankka kredit shartnomasida belgilangan muddatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kafolatnoma qonun hujjatlariga muvofiq garantning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kafillik kafil boʻluvchi bilan qarz oluvchi oʻrtasida yozma shaklda uch nusxada bank foydasiga tuziladigan kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida, kafil boʻluvchi va qarz oluvchi imzolaridan keyin mazkur kafillikning bank tomonidan qabul qilingani qayd etiladi, u bank filiali boshqaruvchisining imzosi va bank filialining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sugʻurta kompaniyalari fermer xoʻjaliklari va boshqa sugʻurta bozori qatnashchilari murojaatlariga koʻra ularning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini, shuningdek lizing obyekti yoʻqolishi va yaroqsizlanishidan sugʻurtalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi. Bunda koʻrsatib oʻtilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha har yilgi sugʻurta mukofoti summasi, belgilangan sugʻurta tariflari miqdorlaridan qatʼi nazar, sugʻurta toʻlovi summasining bir foizidan oshishi mumkin emas.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 346-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda)