Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 30.05.2007 yildagi PQ-644-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING OʻN OLTI YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn olti yilligini munosib kutib olish, bu qutlugʻ sana munosabati bilan mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish yoʻlida erishilgan ulkan yutuq va natijalarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga bebaho neʼmat boʻlmish mustaqillikning beqiyos ahamiyati, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada chuqurroq singdirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn olti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi “Bu bayram — barchamizniki, butun xalqimizniki” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini 20 kun muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlar va tantanali marosimlarni koʻtarinki ruh va kayfiyatda, tashkiliy, gʻoyaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyada, aholining barcha qatlamlari, keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazish uchun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalariga alohida tadbirlar rejasini tayyorlash va amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tadbirlar rejasida quyidagi masalalarga eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqlolning yosh avlod taqdirida, ularning zamonaviy dunyoqarashi, bilim va tafakkuri, faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarish, yosh oilalarni koʻllab-quvvatlashdagi beqiyos oʻrni va ahamiyatini, yigit-qizlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarida, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini koʻz qorachigʻidek asrash borasida erishayotgan yutuqlarini aniq hayotiy misollar orqali koʻrsatish va keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, el-yurt tayanchi boʻlmish oila institutini har tomonlama mustahkamlash, uning farovonligini oshirish boʻyicha, jumladan, “Ijtimoiy himoya yili” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, yurtimiz shuhratini dunyoga tarannum etish, yoshlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalashda oʻz shaxsiy ibrati va hayotiy tajribasi bilan namuna koʻrsatayotgan, el-yurtga xizmati singan keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, faxriylarning mehnatini munosib qadrlash, ular ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar, maʼrifiy tadbirlar uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqlolimiz bilan bogʻliq ezgu tushunchalarni yanada chuqurroq anglash, uning qanday kurash va mashaqqatlar, fidokorona mehnat va qatʼiyat evaziga qoʻlga kiritilgani, keng koʻlamli islohotlarimiz mohiyat eʼtibori bilan inson manfaatlarini taʼminlashga qaratilganini taʼsirchan usul-uslublar orqali yoritish, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi insonning jamiyatimizdagi tub oʻzgarishlardagi ishtiroki, hayotga ongli munosabati, daxldorlik tuygʻusi va masʼuliyat hissi, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari tobora kuchayib borayotganini, bu esa barcha yutuqlarimizning, bugungi va ertangi taraqqiyotimizning asosiy sharti va garovi boʻlib xizmat qilayotganini har tomonlama chuqur ochib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi oʻz yigʻilishlarida markazda va joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha hisobotlarni muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeystyerlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlar, folklor sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, koʻp qavatli uylar atrofida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda Vatanimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qoʻshiq va musiqiy asarlar uchun respublika tanlovini oʻtkazish maqsadida uning nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bagʻishlangan “Eng ulugʻ va eng aziz” anʼanaviy tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar oʻrtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda gʻoliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xoʻjaliklar, jamgʻarmalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning oʻn olti yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-644-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 243-modda)