Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.05.2007 yildagi PQ-639-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-YILGI BOShOQLI DON EKINLARI HOSILIDAN BOʻShAGAN YERLARNI ShUDGORLAShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan boʻshagan yerlar oʻz vaqtida va sifatli shudgor qilinishini taʼminlash, kelgusi yil hosili uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosili oʻrib-yigʻib olingandan keyin oʻtkaziladigan shudgorlash ishlarining ilovaga* muvofiq hajmlari va muddatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishilgan taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi rahbarlari shudgorlash ishlarining oʻz vaqtida tashkil etilishi va sifatli oʻtkazilishi, hisobot buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshoqli don ekinlari oʻrib-yigʻib olingandan keyin shudgorlash ishlari mazkur Qarorning ilovasiga qatʼiy muvofiq belgilangan hajmlar va muddatlarda oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan qattiq javobgarlik choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosili yigʻishtirib olingandan keyin shudgorlash ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda zarur resurslar bilan taʼminlanganlik va yer fondidan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda tumanlar hamda xoʻjaliklar boʻyicha shudgorlash ishlarini oʻtkazish jadvalini tuzsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shudgorlash ishlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan maydonlarda poxol yigʻishtirib olinishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, shartnoma asosida boshqa korxonalar hamda tashkilotlarning haydov agregatlarini jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydov traktorlarining ikki smenada ishlashini va ulardan otryadlar tashkil etish usuli bilan samarali foydalanishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida ehtiyot qismlar yetkazib berishni, shuningdek koʻchma taʼmirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni shudgorlashning sifat koʻrsatkichlariga erishishni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlash ishlarida qatnashuvchi mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjalik korxonalariga dizel yonilgʻisi qiymatining 30 foizi oldindan toʻlangandan keyin ularga yonilgʻi-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-639-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 240-modda)