Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.05.2007 yildagi PQ-638-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI UYuShQOQLIK BILAN YIGʻIShTIRIB OLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilda boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yigʻishtirib olish hamda davlat resurslariga gʻalla sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2007-yil don hosili oʻrim-yigʻimini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek gʻalla oʻrish kombaynlaridan samarali foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻalla oʻrish kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yigʻiladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda gʻallani dastlabki qayta ishlash uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qoʻyish joriy yilning 20-mayigacha tugallanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlov korxonalari va punktlarida xoʻjaliklardan gʻallani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligi boʻyicha amaldagi standart va normativlarga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga gʻalla tashish uchun yaroqli boʻlgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bilan birgalikda xoʻjaliklar bilan — davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan gʻalla uchun, mashina-traktor parklari bilan — koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari va gʻalla oʻrish kombaynlari operatorlariga ish haqi toʻlash uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzagromashservis” uyushmasi gʻalla oʻrim-yigʻim texnikasi mavjud parkining, ayniqsa yuksak unumli kombaynlarning tayyorlanishini taʼminlasin hamda ehtiyot qismlarning zarur zaxirasini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2007-yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan keyin ularni olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik oʻrnashish joyiga tashish va don yigʻishtirish tugallangandan keyin ularni olib kelish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida tegishli shartnomalar tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilgʻi-moylash materiallari bilan – fermer xoʻjaliklari mablagʻlari hisobiga taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-toroj qilinishiga va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi qatʼiyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yigʻishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gʻalla va urugʻlik materiali sifati ustidan tegishli nazorat oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Urugʻlik gʻallani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar gʻallaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek tovar gʻalladan urugʻlik maqsadida foydalanish taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi boʻlinmalari rahbarlari 2008-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻligining oʻz vaqtida va sifatli gʻamlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi xoʻjaliklar tomonidan don sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilib olish korxonalari boʻyicha muntazam ravishda tekshirib borsin. Hisobotni buzib koʻrsatishning aniqlangan holatlari toʻgʻrisida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-638-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 239-modda)