Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.06.2007 yildagi PQ-646-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007—2011 YILLARDAGI DAVRDA QURILISh MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish materiallari sanoati korxonalarini sifatli, raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy, ilgʻor mashina-uskunalar bilan jihozlash orqali ularni modernizatsiya qilishni jadallashtirish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2007—2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007—2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007—2011-yillarda “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashga investitsiyalarning texnologik tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yilgacha boʻlgan davrda “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturini amalga oshirish va asosiy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga 2007—2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan loyihalarning toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda asosiy turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari soʻzsiz bajarilishi uchun loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarining bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda unga 2007—2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda eksport hajmlarini oshirishni va import oʻrniga mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni eʼtiborga olgan holda, kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2011-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan davrda isteʼmol qilinadigan tabiiy gaz narxlari 4-ilovadagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun oʻzgarmay qolsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur ishlab chiqaruvchilar uchun tabiiy gazning barqaror narxi taʼminlanishi va ular tomonidan ishlab chiqariladigan qurilish materiallari narxining sunʼiy tarzda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha, mazkur qaror bilan tasdiqlangan 2007—2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga, eksport qilishga moʻljallangan zamonaviy turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etishga oid yangi investitsiya loyihalari ilova qilinishini nazarda tutgan holda, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-646-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 1-iyundagi PQ-646-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yilning 31-dekabrigacha boʻlgan davrda ishlab chiqarishda tabiiy gaz narxi oʻzgarmaydigan qurilish materiallarining roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pishiq gʻisht
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Nostandart, tejamsiz pechlarni energiya tejaydigan maxsus texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek solishtirma sarf-xarajatlarning belgilangan normalaridan ortiq hajmda tabiiy gaz isteʼmol qiladigan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gazning berilishi amaldagi ulgurji narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-avgustdagi PQ-1175-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2009-y., 34-son, 368-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qurilish gipsi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gipskarton plitalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Keramik pardozlash plitkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Keramik cherepitsa
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 234-modda; 2009-y., 34-son, 368-modda, 42-son, 449-modda)