Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-may,
104-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
a) 1-ilovada:
19-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“gigiyena sertifikatining nusxasi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshi hisoblansin;
26-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 214-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda, 19-son, 161-modda)