30.08.1995 yildagi 116-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ShON-ShARAF” ORDENINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Shon-sharaf” ordeni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Shon-sharaf” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. I va II darajali “Shon-sharaf” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-I-son

“Shon-sharaf” ordeni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda koʻrsatgan fidoyilik va mardlik uchun, Oʻzbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni taʼminlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustasno hollarda “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Shon-sharaf” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali “Shon-sharaf” ordeni,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali “Shon-sharaf” ordeni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida uch yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Shon-sharaf” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Shon-sharaf” ordeni va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi, shunga vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali yoki II va I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Shon-sharaf” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Shon-sharaf” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali “Shon-sharaf” ordenining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsifi

I darajali “Shon-sharaf” ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan kumush hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida kumush rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli kumush rang “I” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda kumush rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.

Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan eni 5 millimetrli och yashil rangli yoʻl, keyin esa eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr.

Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.

II darajali “Shon-sharaf” ordenining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II darajali “Shon-sharaf” ordeni kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol boʻrtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan zarhal hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning boʻyi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon oʻrtasida zarhal rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo boʻlgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli zarhal rang “II” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning chap va oʻng qismlarida simmetrik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida toʻq qizil rang fonda zarhal rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden eni 24 millimetrli rangdor yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning oʻrtasidan biri-biridan eni 1 millimetrli oq yoʻl bilan ajralib turadigan eni 2 millimetrli ikkita och yashil rangli yoʻl oʻtgan. Keyin esa ikki tomondan eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 46 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 191-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )