O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BO‘YIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1325-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zspirtsanoat” hissadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-204-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2004-yil 15-mart, ro‘yxat raqami 1325 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 11-son, 133-modda; 2005-yil, 10-11-son, 80-modda; 40-son, 310-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
104-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
2005-67-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 364-modda)