Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019 04.04.2007 yildagi PQ-615-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

AUDITORLIK TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA ULAR KOʻRSATAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgani, uni faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy ragʻbatlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar yaratilgani, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirilgani va liberallashtirilgani qayd etib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar sust va baʼzi hollarda sifatsiz tatbiq etilmoqda, audit tizimidagi ishlar holati oshgan talablarga javob bermaydi, audit hali biznes samaradorligini real baholashning amaliy vositasi boʻlib qolgani yoʻq. Auditorlik tekshiruvlari koʻp hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkaziladi, audit tizimining oʻzi moliya bozorida hali yetarlicha ishonch qozongan emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda mustaqil audit tizimini yanada rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish usullarini qoʻllash, auditorlik tekshiruvlarining natijalari va xolisligi uchun ularning javobgarligini kuchaytirish, shu orqali tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan ularga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi sifatida yuklatilgan vazifalarini bajarishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2008-yilning 1-yanvarigacha mazkur qarorda tasdiqlangan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ustav kapitali miqdorlariga yetkazish va faoliyatni tashkil etish hamda litsenziya shartlari boʻyicha majburiy talablarni bajarishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi 2008-yilning 1-yanvarigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom talablari va shartlariga toʻliq javob beradigan faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlarining faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish va litsenziyasini bekor qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mamlakatning iqtisodiyot oliy oʻquv yurtlarida ixtisoslashtirilgan guruhlarni tuzish, kontingentni kengaytirish va yuqori malakali auditor mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborot haqida notoʻgʻri maʼlumot bayon etilgan auditorlik xulosasini tayyorlashi oqibatida ziyon keltirgani uchun auditorlar va auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar oldidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-615-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va auditorlik tashkilotlarining maqomi, vazifasi, majburiyatlari, huquq va javobgarligini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, auditorlik faoliyatining standartlari hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Auditorlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan shaxslardan, shuningdek har qanday uchinchi shaxslardan mustaqillik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda xolislik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini oʻtkazayotgan auditorlik tashkilotlari mustaqil ravishda ishlash usullari va metodlarini tanlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini amalga oshirayotgan shaxslarning professional kompetentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Auditorlik tashkiloti, auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi, oʻzining nomiga ega muhri, mustaqil balansi, banklarda hisob raqamlariga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Auditorlik tashkilotlari zimmalariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini hamda u bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy axborotning buxgalterlik hisob-kitobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi, shuningdek professional xizmatlar koʻrsatadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, toʻlov qobiliyati va oʻzini-oʻzi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Auditorlik tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Auditorlik tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini olib borish shakllari va uslublarini mustaqil ravishda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlari bilan toʻliq tanishib chiqish, shuningdek ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday majburiyatlarning aniq holatini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektdan uchinchi shaxslar axborotining yozma tasdiqnomasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyekt ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur boʻlgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini olib borish davrida xoʻjalik yurituvchi subyektga buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari professional xizmatlar koʻrsatish va xoʻjalik yurituvchi subyektning taftish komissiyasi (taftishchisi) funksiyasini amalga oshirish;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika auditorlar jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida xalqaro audit standartlarini qoʻllash;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Auditorlik tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzishdan avval buyurtmachining talabiga koʻra auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli litsenziya, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektning talabiga koʻra auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar toʻgʻrisida axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik hisobotida moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni aks ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida besh yildan kam boʻlmagan muddat saqlanishini taʼminlashi;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari mazkur subyektga zarar keltirganligiga yaqqol guvohlik beruvchi holatlarni aniqlagan taqdirda bu toʻgʻrida rahbariyat (mulkdor)ni xabardor qilishi hamda auditorlik xulosasida tegishli ravishda qayd etishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini aksiyadorlarga yetkazish uchun ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy majlisini chaqirishni talab qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika auditorlar jamoat birlashmasining talabiga koʻra auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun axborot taqdim etishi shart.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni taʼminlash;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Auditorlar nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining topshiriqlariga binoan faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida turli tekshiruvlarni oʻtkazishda mutaxassislar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Auditorlik tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining kamida 51 foizi mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli boʻlishi shart. Auditor oʻzi ishlayotgan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin emas.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur auditorlik tashkiloti oʻzining asosiy ish joyi boʻlgan auditorgina auditorlik tashkilotining rahbari boʻlishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlishi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga nisbatan qoʻyilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan toʻliq toʻldirilishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablagʻlaridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida beshinchi-oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xususiy korxona shaklidagi auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar toʻgʻrisida”, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Auditorlik tashkilotlari Davlat xizmatlari markazlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotining firma nomlanishida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasi mavjud boʻlib, boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlanishlari bilan aynan oʻxshash yoki bir xil boʻlmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxs, oʻz nomlanishida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida auditorlik faoliyatini amalga oshiradi. Auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat auditorlik tashkilotining masʼuliyatini sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlgan taqdirdagina tuziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Auditorlik tashkilotlari bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket oʻtkazish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun shtatdagi auditorlar yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi oʻtkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi toʻxtatilgan auditorlar bekor qilingan yoki toʻxtatilgan vaqtdan boshlab uch yil davomida auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilgani uchun auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbarining malaka sertifikatining amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan oʻsha auditorning malaka sertifikatining amal qilishi ham toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, auditorlik faoliyatining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya olish va auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatda auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda buxgalterning xalqaro sertifikati boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning sir saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining rahbari lavozimiga faqat shu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlgan auditorni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida attestatsiyadan oʻtishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisobotini tuzish va auditorlik xulosasini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yiliga bir marta belgilangan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish, shuningdek, auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boshqa axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi boʻyicha taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining rahbari va (yoki) auditorlar tarkibi oʻzgargani toʻgʻrisida 5 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvlarni oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilish.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;

auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilinmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisining yoʻqligi.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 444-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tekshiruvlaridan boʻyin tovlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Auditorning malaka sertifikati amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladigan auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda bir marotaba buzishga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tekshiruvi oʻtkazishda aniqlangan xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisob-kitobi yuritish, moliya hisobotini tuzish boʻyicha belgilangan talablarni buzganligi faktlarining auditor tomonidan yashirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorning malaka sertifikatini oʻz nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining shtatida turgan auditorning mazkur tashkilotning tegishli ruxsati (buyrugʻi)siz nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar topshirigʻi boʻyicha turli tekshiruvlarni oʻtkazish uchun mutaxassis sifatida qatnashishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Auditorning har yilgi malaka oshirish talablarini muntazam ravishda buzishi auditorlik malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Auditorlik tashkilotlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Auditorlik tashkilotlari, auditorlik tekshiruvni buyurtmachisi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va moliyaviy hisobot boshqa foydalanuvchilar, shu jumladan tijorat banklari, moliya tuzilmalari hamda investorlar oldida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti haqida notoʻgʻri auditorlik xulosalarini tuzishi oqibatida ularga keltirilgan zarar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sifatsiz yoki batafsil boʻlmagan auditorlik tekshiruvi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga keltirilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Hisob, hisobot va auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Auditorlik tashkilotlari litsensiya talablari va shartlariga rioya qilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29 Auditorlik tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 155-modda; 2008-y., 28-son, 264-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2014-y., 35-son, 444-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda)