Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.12.2006 yildagi PQ-541-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-YILDA BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI BUDJETINI VA BOLALAR SPORT OBYEKTLARI QURILIShINING MANZILI ANIQ DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va maʼnaviy sogʻlom yosh avlodni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan ommaviy bolalar sportini keng rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshira borish, shuningdek bolalar sport komplekslarini 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan chambarchas bogʻliq holda qurish, rekonstruksiya qilish va sport anjomlari bilan jihozlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2007-yilgi daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish aniq manzilli dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan .
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hamda hududiy tashkilotlar va korxonalarning, shuningdek xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda homiylik yordami koʻrsatish toʻgʻrisidagi tashabbusi 4—6-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan, bolalar sporti obyektlarini jihozlash uchun 2007-yilda import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari va uskunalari roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilning 20-yanvarigacha pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi, ish tajribasi mavjudligi va moliyaviy barqarorligiga alohida eʼtibor qaratgan holda bolalar sporti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha tender savdolarini yakunlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sporti obyektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borishda namunaviy loyihalarga, shuningdek tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga qatiy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sporti obyektlarini ixtiyoriy ravishda homiylar hisobidan tashabbuskorlik bilan va nazoratsiz qurish oqibatida belgilangan standartlarga amal qilmaslik va mazkur obyektlardan foydalanish meʼyorlarini buzish hollariga olib keluvchi faktlarga yoʻl qoʻymaslikda shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi 2007-yilda ishga tushiriladigan bolalar sport komplekslarini belgilangan talab va standartlarga muvofiq zarur sport uskunalari hamda anjomlari bilan oʻz vaqtida jihozlashni, shuningdek bolalar, ayniqsa qizlar, ijtimoiy madadga muhtoj oilalardan boʻlgan oʻquvchilarni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida ular uchun sport formalari va jihozlarini xarid qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻz vaqtida kelib tushishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2007-yilning har choragi yakunlari boʻyicha ajratilgan mablagʻlardan Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari maqsadli foydalanishi va bolalar sporti inshootlari qurilishi obyektlarida xarajatlar smetasiga amal qilishini tekshirishni taʼminlasin va olib borilgan ishlar toʻgʻrisida Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga axborotnoma bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-541-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 719-modda)