Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 15.04.2005 yildagi PQ-57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAQD PUL MUOMALASINI TAKOMILLAShTIRISh VA BANKDAN TAShQARI AYLANMANI QISQARTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, naqd pul muomalasini erkinlashtirish boʻyicha keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, eng avvalo, kassa rejalari bekor qilinishi, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida ularga naqd pullar monesiz berilishi, naqd pullarni inkassatsiya qilishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi bank kassalariga naqd pul tushumining ancha koʻpayishiga, pul tizimi mustahkamlanishiga va toʻlov intizomi mustahkamalanishiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir vaqtda bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, ayniqsa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ish haqi va boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul muomalasi mexanizmlarini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bankdan tashqari aylanishini keskin qisqartirish, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy va boshqa toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar hisobiga boʻsh naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini tubdan qisqartirish va ularni banklarga jalb etish mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek barcha bank muassasalari faoliyatining muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pul tushumi toʻliq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi) qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari soʻzsiz qoʻllanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi jamgʻarmalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari oʻrtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq bank krediti berish, birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga isteʼmol krediti, shuningdek uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berishning yangi shakllarini faol rivojlantirish va koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqda savdo-sotiqni keng rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari tizimini yaratish, shu jumladan qishloq joylarda shahar doʻkonlari va supermarketlari filiallari tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning aylanma kapitalini shakllantirish mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor infratuzilmasi institutlarini, birinchi galda, sugʻurta va lizing xizmatlari koʻrsatadigan, aholining boʻsh mablagʻlarini safarbar etadigan korxonalarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan bankdan tashqari aylanmani tubdan qisqartirish va naqd pul massasini bank operatsiyalariga jalb etish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar roʻyxati ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PQ–193-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika inkassatsiya birlashmasi, Davlat soliq qoʻmitasi va tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkassatsiya xizmatlari faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorlari qatʼiy ijro etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkassatsiya qilishda qabul qilingan sxemaning soʻzsiz bajarilishi, respublika hududlarida inkassatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkassatsiya qilingan (banklarga topshirilgan) naqd pul tushumining hajmlari amalda vujudga keladigan chakana savdo va pulli xizmat hajmlariga mos kelishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi, pul tushumining bank kassalariga toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo, uy-joy kommunal sohasi, aloqa, yoʻlovchi transporti xizmatlar hamda boshqa turdagi pulli xizmatlarni tashkil qilishni takomillashtirish va rivojlantirish hisobiga naqd pul mablagʻlari kelib tushadigan qoʻshimcha manbalarni aniqlash borasidagi tizimli ishlarni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–57-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 145-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)