22.10.2004 yildagi 494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “AMU-ZANG MASHINA KANALI TIZIMINI TIKLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi infratuzilmasini yanada takomillashtirish, irrigatsiya tizimlarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va suv resurslarini boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berishni maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning 112,6 mln AQSH dollari miqdoridagi umumiy qiymati va uni moliyalashtirishda, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq qaytariladigan 73,2 mln AQSH dollari miqdoridagi qarzini hisobga olgan holda tomonlarning ishtirok etishi sxemasi belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha Surxondaryo viloyatining beshta tumanida Angor, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrabod va Termiz tumanlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davrida (2004—2008-yillar) Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini moliyalashtirishga ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarzini toʻlash sxemasi hamda jadvali 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2- 3-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va tanlab olingan tijorat banklari oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agent etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani samarali amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hamda Surxondaryo viloyati va loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimlariga kredit mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olib borish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va kiritishni taʼminlash masʼuliyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga loyihaning barcha xarajatlari yigʻma smetasini, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki qarzining berilishi, undan foydalanish va uni qaytarish tartibini tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, loyihaga kiritilgan tumanlarda tajriba tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosilidan boshlab, loyihani amalga oshirish davrida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish topshiriqlari oʻrniga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimi shartlariga muvofiq paxta xom ashyosi va don mahsulotlariga davlat xarid kvotalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va don mahsulotlari boʻyicha davlat xarid kvotalarini bajargan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotlarni shartnomaviy narxlar boʻyicha sotish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi va loyihaga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihadagi tumanlarning qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilanadigan xarid kvotalarini taqsimlash tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ulushi moliyalashtirilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida erishilgan bitimga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq loyiha doirasida import qilinadigan (respublikada ishlab chiqarilmaydigan) asbob-uskunalar, materiallarning investitsiya davri mobaynida bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
494-son