Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2012 16.11.2005 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING IChIMLIK SUV TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA JALB QILINGAN KREDITLARINI QAYTARISh UChUN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI SUV TAʼMINOTI TAShKILOTLARI MABLAGʻLARINI JAMLASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 120-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suv taʼminotini yaxshilash loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilingan xorijiy kredit va qarz mablagʻlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 7-martdagi 66-son qarori)” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro moliyaviy institutlarning ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirishga jalb qilingan kreditlarini qaytarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlarini jamlash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki hamda Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlari bilan bitimlarni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 16-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-noyabrdagi 252-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliyaviy institutlarning ichimlik suv taʼminoti
tizimini takomillashtirishga jalb qilingan kreditlarini
qaytarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm
viloyati suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlarini jamlash
toʻgʻrisida
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qaroriga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-oktabrdagi 444-son, 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son va 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qarorlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini moliyalashtirish uchun 1997-yil 29-avgustdagi 75 mln. AQSh dollari summasiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki oʻrtasidagi Kredit bitimiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus va Urganch shaharlarida suv taʼminotini yaxshilash uchun 1997-yil 27-iyundagi 6 mln. Quvayt dinori summasiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasidagi Kredit bitimiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 2002-yil 11-maydagi 38 mln. AQSh dollari summasiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Kredit bitimiga hamda 2003-yil 17-iyundagi 10 mln. yevro summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Eron eksportni rivojlantirish banki oʻrtasidagi Umumiy bitimga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi va Eron eksportni rivojlantirish bankining jalb qilingan kreditlarini qaytarish uchun suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlarini jamlash tartibini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasining kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda loyihalar boʻyicha qurilishi tugallangan obyektlarning qabul qilinishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ—113-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki va Eron eksportni rivojlantirish bankining kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-oktabrdagi 444-son, 2002-yil 26-noyabrdagi 411-son qarorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-iyuldagi PQ–113-son qaroriga muvofiq kredit mablagʻlarini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini hamda kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa toʻlovlarni toʻlash quyidagi manbalardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha — Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari hisobiga va mablagʻlarning yetishmagan qismi — Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eron eksportni rivojlantirish bankining kreditlari boʻyicha — Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha toʻlovlar 2005-yilgacha toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasining tasdiqlangan TIAga muvofiq Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditlariga xizmat koʻrsatish yuzasidan xarajatlarni qoplash ulushlari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq manbalar (Davlat budjeti va suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari) va yillar boʻyicha belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI, OSIYO TARAQQIYOT BANKI, QUVAYTNING ARAB IQTISODIY RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI VA ERON EKSPORTNI RIVOJLANTIRISh BANKI KREDITLARI MABLAGʻLARINI BERISh VA ULARDAN FOYDALANISh, ShUNINGDEK LOYIHALARNING MILLIY VA XORIJIY VALYuTALARDAGI HISOBVARAQLARINI OChISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI TOʻLDIRIB BORISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihalar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditlari mablagʻlarini oʻzlashtirish, shuningdek loyihalarning milliy va xorijiy valyutalardagi hisobvaraqlarini ochish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirib borish Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlari, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitim va yakka tartibdagi bitim-xatlar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI, OSIYO TARAQQIYOT BANKI, QUVAYTNING ARAB IQTISODIY RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI KREDITLARINI QAYTARISh UChUN QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI SUV TAʼMINOTI TAShKILOTLARI MABLAGʻLARINI JAMLASh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi (keyingi oʻrinlarda subqarz oluvchilar deb ataladi) bilan qayta kreditlash toʻgʻrisida bitimlar tuzish yoʻli bilan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda subsidiar kreditlar deb ataladi) qayta kreditlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiar kreditlar quyidagi hajmlarda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv taʼminoti tashkilotlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki kredit mablagʻlarining bir qismi — 37.000,0 ming AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki kredit mablagʻlarining bir qismi — 20.890,0 ming AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kredit mablagʻlarining bir qismi — 3.004,8 ming Quvayt dinori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xorazm viloyati hokimligiga va Xorazm viloyati suv taʼminoti tashkilotlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki kredit mablagʻlarining bir qismi — 24.300,0 ming AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki kredit mablagʻlarining bir qismi — 17.110,0 ming AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kredit mablagʻlarining bir qismi — 2.995,2 ming Quvayt dinori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Subsidiar kreditlar quyidagi asosiy shartlarda beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki krediti mablagʻlari hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kredit subqarz oluvchilar tomonidan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki bilan Kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil mobaynida qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Libor (6 oy) stavkasi boʻyicha foizlarni plyus Libor spret summasini, shuningdek kreditning foydalanilmagan qismining yillik 0,75 foiz miqdoridagi majburiyat uchun vositachilik haqini subqarz oluvchilar tomonidan toʻlash har yili 15-fevralda va 15-avgustda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditning asosiy qarzini, foizlarni hamda majburiyat uchun vositachilik haqini toʻlash qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda koʻrsatilgan sanadan boshlab har yili 15-fevralda va 15-avgustda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va majburiyat uchun vositachilik haqini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda subqarz oluvchilar tomonidan, toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin toʻlov muddati oʻtgan qarz summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Osiyo taraqqiyot banki kredit mablagʻlari hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditni toʻlash Osiyo taraqqiyot banki bilan kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil mobaynida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Libor (6 oy) stavkasi boʻyicha foizlarni plyus yillik 0,6 foizni, subsidiar kreditning 1 foizi miqdoridagi bir martalik vositachilik haqini, shuningdek subsidiar kreditning foydalanilmagan qismining 0,75 foiz miqdoridagi yillik stavka boʻyicha majburiyat uchun vositachilik haqini subqarz oluvchilar tomonidan toʻlash har yili 1-may va 1-noyabrda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish davrida foizlarni va vositachilik haqini kapitalizatsiya qilish hamda kapitalizatsiya qilingan summani subsidiar kreditning asosiy qarzi summasigi kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditning asosiy qarzini toʻlash qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda koʻrsatilgan sanadan boshlab, har yili 1-may va 1-noyabrda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin toʻlov muddati oʻtgan qarz summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditni toʻlash Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab, 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 20 yil mobaynida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz oluvchilar tomonidan 2,5 foiz miqdoridagi yillik stavka boʻyicha foizlarni kreditning foydalanilmagan qismining yillik 0,75 foiz miqdoridagi majburiyat uchun vositachilik haqini toʻlash har yili 15-may va 15-noyabrda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditlarning asosiy qarzini toʻlash qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimda koʻrsatilgan sanadan boshlab, har yili 15-may va 15-noyabrda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subqarz oluvchilar tomonidan subsidiar kreditlarning asosiy qarzini, foizlarni va vositachilik haqini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasiga 0,1 foiz miqdorida, lekin toʻlov muddati oʻtgan qarz summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya hisoblab yoziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiar kreditlarni berish va ularni qaytarishning qolgan shartlari qayta kreditlash toʻgʻrisidagi tegishli bitimlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasining subsidiar kreditlari boʻyicha tegishli toʻlov sanasidan 20 ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻlanishi kerak boʻlgan summa hisob-kitobi bilan birga yozma bildirishnomani tegishli subqarz oluvchilarga yuboradi. Biror-bir sabab bilan subqarz oluvchilarning bunday bildirishnomani olmasliklari subqarz oluvchilarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha toʻlov majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Subqarz oluvchilar tegishli toʻlov sanasidan 10 ish kuni oldin qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimda va/yoki yozma bildirishnomada koʻrsatilgan zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga milliy valyutada oʻtkazishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qisman qoplashga ajratiladigan budjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi milliy valyutada jamlangan mablagʻlar hisobiga banklararo savdo sessiyalarida xorijiy valyutadagi mablagʻlarni belgilangan tartibda sotib oladi, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar keyinchalik tegishli kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tashqi majburiyatlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. ERON EKSPORTNI RIVOJLANTIRISh BANKINING KREDIT MABLAGʻLARINI QAYTARISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Eron eksportni rivojlantirish banki oʻrtasidagi Umumiy bitim shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Eron kompaniyalari oʻrtasida kontraktlar tuzilishi va maʼqullanishi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tegishli kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha Eron eksportni rivojlantirish banki bilan yakka tartibdagi bitim-xatlar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yakka tartibdagi tegishli bitim-xat imzolangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Eron eksportni rivojlantirish banki krediti mablagʻlarini kredit shartnomalari tuzish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining tegishli suv taʼminoti tashkilotlariga qayta moliyalashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Eron eksportni rivojlantirish banki kreditining qayta moliyalashtirilgan mablagʻlaridan foydalanish tartibi va ularni qaytarish shartlari tegishli kredit shartnomalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Eron eksportni rivojlantirish banki krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqini toʻlash, moliyalashtirish uchun toʻlov, sugʻurta mukofoti va kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa moliyaviy chiqimlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit shartnomalari boʻyicha tegishli toʻlov sanasidan 20 ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bunday toʻlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan milliy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazish toʻgʻrisida yozma buyurtmanoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tegishli yozma buyurtmanomasi asosida toʻlov sanasidan 10 ish kuni oldin zarur mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xorazm viloyati tegishli suv taʼminoti tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi tegishli yozma buyurtmanomada koʻrsatilgan hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. HISOBOT VA JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi vazirlik huzurida tashkil etilgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari orqali investitsiya davri mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyihalar amalga oshirilishining joriy holati, shu jumladan Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kreditlari mablagʻlaridan va Eron eksportni rivojlantirish banki kreditidan foydalanish, keyingi davr uchun oʻzlashtirish prognozi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning har choragida Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi va Eron eksportni rivojlantirish bankiga ular uchun maqbul shaklda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, ish rejasini va budjetni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar amalga oshirilishini nazorat qiladi, loyihalar boʻyicha moliyaviy va boshqa zarur hisob va hisobotlarni yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlari, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitim va yakka tartibdagi bitim-xatlar talablariga muvofiq loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablagʻlaridan foydalanishini nazorat qiladi va ularning hisobini yuritadi, shuningdek Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi, Eron eksportni rivojlantirish banki tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi va Eron eksportni rivojlantirish banki tomonidan belgilangan shakllarda kredit mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha toʻlov hujjatlari toʻgʻri rasmiylashtirilishini va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi bilan tuzilgan tegishli kredit bitimlarida, shuningdek Eron eksportni rivojlantirish banki bilan tuzilgan Umumiy bitimda va yakka tartibdagi bitim-xatlarda nazarda tutilgan loyiha boʻyicha bajaruvchining boshqa majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlarning hisobotlari Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Quvaytning arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi, Eron eksportni rivojlantirish banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirishda muammolar paydo boʻlgan taqdirda tegishli chora-tadbirlar oʻz vaqtida koʻrilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.