Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2019 05.05.1994 yildagi 1051-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUQAROLAR SAYLOV HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning Konstitutsiya, ushbu Qonun va boshqa qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan saylov huquqlari davlat muhofazasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar teng saylov huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan, kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni yigirma bir yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar.
(4-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, saylov toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab qoʻyilgan talablar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar qayerda boʻlishlaridan qatʼi nazar, ularga referendumlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga egadirlar. Uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodani erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga toʻlanadigan, tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyixatiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar roʻyxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchi saylovchilar roʻyxatidagi xato va noaniqliklar toʻgʻrisida saylov komissiyasiga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi yigirma toʻrt soat ichida bunday arizani koʻrib chiqishi hamda yoki xatoni tuzatishi, yoki arizachiga uning arizasi asosli tarzda rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biror bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga vaqtida kirmay qolgan saylovchi uning shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan uchastka saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar umumxalq ovozga qoʻyilgan qarorlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodlarni yoki hokimiyatning vakillik organlariga koʻrsatilgan nomzodlarni yoqlab yoki ularga qarshi tashviqot yuritish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarga oʻz ijtimoiy faolliklarini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati organlari saylovoldi uchrashuvlari oʻtkazish uchun saylovchilarga jihozlangan binolar, zarur maʼlumot va axborot materiallari berib turishlari shart. Yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Butun saylov kompaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzishga, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqtiga, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi toʻgʻrisidagi, shuningdek deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib koʻrsatilmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish kuni saylovchilarga buzib qoʻyilgan saylov byulletenini yangisi bilan almashtirib olish huquqi kafolatlanadi. Saylov byulletenini almashtirib berishni tegishli uchastka saylov komissiyasi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga koʻra belgilangan shaklda boʻlgan, deputatlikka nomzodlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar qayd etilgan saylov varaqalarini beradi. Saylovchilar toʻldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasi aʼzolaridan birida qoldirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega, bu komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga uning saylov huquqlari sud yoʻli bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuch ishlatish, aldash, qoʻrqitish orqali yoki boshqa yoʻllar bilan fuqarolarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, saylovoldi agitatsiyasini olib borishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga toʻsqinlik qilish, shuningdek hujjatlarni soxtalashtirish, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanash, referendum toʻgʻrisidagi, Prezident saylovi haqidagi, hokimiyatning vakillik organlariga saylov toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzgacha tarzda buzish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1051-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 127-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)