Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.02.2007 yildagi PQ-578-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJIY INVESTITSIYaLARNI AXBOROT BILAN TAʼMINLASh VA KOʻMAKLAShISh AGENTLIGI — “OʻZINFOINVEST”NI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish jarayonini yanada rivojlantirish, xorijga Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati haqida axborot uzatish, respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti toʻgʻrisida xorijiy ishbilarmon doiralarni keng xabardor etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va koʻmaklashish agentligi — “Oʻzinfoinvest”ni (bundan keyin matnda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va resurs salohiyati, shuningdek xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun respublikada yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisida xorijiy ishbilarmonlar doiralari oʻrtasida hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish va tushuntirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni axborot bilan qoʻllab-quvvatlash, ularga istiqbolli loyihalar, Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy asoslari toʻgʻrisida belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni hisobga olgan holda axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro manfaatli istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar oʻrtasida uchrashuv va muzokaralarni belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet mamlakatlarda reklama tadbirlari va aksiyalari (mavzuli koʻrgazmalar, anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalar va seminarlar) oʻtkazish, ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, bukletlar chop etish, Internet tizimida ixtisoslashtirilgan axborot veb-saytini tashkil etish va yuritish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining yuksak xalqaro mavqeyini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil muassasa hisoblanadi va oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga hisob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti mablagʻlari, oʻzining daromadlari, homiylik yordami va grantlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning umumiy cheklangan soni 18 birlikdan iborat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlari sonini 13 birlikka qisqartirish hamda Agentlikka qoʻshimcha 5 ta shtat birligi ajratish orqali, “Oʻzinfoinvest” agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 522-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzinfoinvest” agentligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnat haqi fondi doirasida Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatiga haq toʻlash shartlari tadbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjeti xarajatlarida Agentlik taʼminotiga mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik Toshkent shahar, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi binosiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-578-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning 1-bandidagi uchinchi xatboshi, 2-bandidagi birinchi xatboshi va 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati” nomli boʻlimi quyidagi mazmundagi 12-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. “Oʻzinfoinvest” agentligi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 40-modda; 2009-y., 49-son, 522-modda)