21.12.2006 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MADRID BITIMIGA DOIR BAYONNOMAGA (MADRID, 1989-YIL 27-IYUN) MUVOFIQ BELGILARNI XALQARO ROʻYXATDAN OʻTKAZISHDA UNDIRILADIGAN YAKKA TARTIBDAGI BOJLARNING STAVKALARINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun)” qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78 foizi — Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Adliya vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun aʼzolik badallarini toʻlashda ulardan foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasida qoldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boj kodi‎ Bojning nomi‎ Stavkalar (AQSH dollari) ‎
1.‎ Belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilishni yoyish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: ‎
1.1.‎ belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun ‎ 320
1.2.‎ bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun:‎ 130
2.‎ Jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilish yoyilishi toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun: ‎
2.1.‎ belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun‎ 480
2.2.‎ bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun‎ 80
3.‎ Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun:‎
3.1.‎ belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun‎ 160
3.2.‎ bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun‎ 107
4.‎ Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoa belgisi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun:‎
4.1.‎ belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun‎ 320
4.2.‎ bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va xizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun‎ 53
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi bojlar toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyuta “soʻm”da undiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son — 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 515-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)